ON savollari
1.O’sish va rivоjlanishning umumiy qоnuniyatlari.
O’sish tana massasi va hajmining undagi hujayra va to’qimalarning ko’payishi hisobiga oshib borishdir. O’sish bola sog’lig’i va jismoniy holatlarining eng muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. O’sish natijasida organizmning rivojlanishi ham yuzaga kеladi.
Rivojlanish-organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to’qima va organlarning morfologik diffеrеnsiallashuvi dеmakdir. Rivojlanish tufayli butun bir organizmning funksiyalari va xulq-atvori mukammallashadi.
Osish va rivojlanish bir-biri bilan chambarchas bogliq bolib, ular tufayli organizmdagi barcha son korsatkichlar ma'lum vaqt otishi bilan sifat korsatkichlariga aylanadi.Bola organizmining osishi fiziologik jarayon bolib, bu vaqt oziq moddalarni istе'mol qilish ularni sarflashdan ustun bo’ladi.
O’sish jarayoni ayollarda 18-19 yoshda yigitlarda 20-21 yoshda tugallanadi. Jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlari jinsga bog’liq ravishda farq qilinadi. Bolalar va o’smirlarning jismoniy rivojlanishi to’grisidagi ma`lumotlar ularning sogligini korsatuvchi muhim belgilardan bolib, uning korsatkichlari kopgina omillarga jumladan iqtisodiy, tashqi muhit, irsiyat, ovqatlanish va boshqalarga bogliq.
Bola bir yoshgacha boyining uzunligi 25 sm osib bolaning boyi 75 sm gacha yetadi.Jinsiy yetilish muunosabati bilan qizlarda 12 yoshdan bolalarda 15 yoshdan boy osishi tezlashadi.Osish qizlarda 18-19 yoshda yigitlarda 20 yoshda tugallanadi. Butun osish davrida oyoqlar uzunligi 5 marta, qol uzunligi 4 barobar, gavda uzunligi 3 barobar ortadi.
2.Yoshlik davrlari va yoshga оid o’zgarishlari haqida tushuncha.
Osib kelayotgan organizmni togri tarbiyalash uchun bola organizmini osish va rivojlanish kabi asosiy hususiyatlarini bilish zarur. Osish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi, odam organizmi uchun ham xos hususiyatdir. Organizmning har tomonlama osish va rivojlanishi uning paydo bolgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protsess murakkab jarayon hisoblanib, bir butun va bir-biriga boglangandir.
Osish deganda oz tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan kopayishdir. Unda tana vazni, undagi hujayra va toqimalarning kopayishi hisobiga olchamining kattalashuvi tushiniladi. Hujayralarining kopayishi natijasida tirik organizm olchamlarining ortishi, ya'ni boyning chizilishi, ogirlikning ortishi tushuniladi. Bola ma'lum yoshgacha toxtovsiz, ammo osish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib osishi (bosh, oyoq, va qol suyaklari, kokrak qafasi va qorin boshligi va ichki organlari) va turli yoshda har xil jadallikda bolib bunda osish prosesi barcha organizmlarda bir xil kechmaydi, uning yoshga oid chegaralari mavjud bolib, qizlar 18 yoshda ogil bolalar esa 20 yoshga kelib osishdan toxtaydi. Ba'zi hollarda xotin-qizlar 21-22 yoshgacha, erkaklar esa 24-25 yoshga davr osish mumkin.
Osish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda esa sifat jihatdan yangilanish bolib, unda organizm tuzilishining murakkablashishi yoki toqima va organlarning morfologik takomillashuvi tushiniladi. Rivojlangish tufayli butun bir organizmlarning funktsiyalari va xulq-atvori mukammallashadi. Masalan: jismoniy rivojlanish korsatkichlariga boyning osishi, vazn, bosh aylanasi, kokrak qafasi kabilar kiradi.
Bu ikki jarayon notekislik, uzluksizlik, geteroxronik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. Bolaning o'sishi va rivojlanishi muayyan qonuniyatlar asosida boradi, bularga geteroxroniya va akselerasiya kiradi.
Organizmning normal holatida o'sish va rivojlanishi juda uzviy bog'langan va o'zaro bir-biriga ta'sir qilsa-da, biroq ular bir vaqtda sodir bo'lmaydi. Ular turli tezlikda boradi, chunki biror organ to'qimaning massasi ortishi uning ayni vaqtda funksional jihatdan takomillashuvini bildirmaydi. Bu hodisa geteroxroniya, ya'ni rivojlanishning notekisligi nomini olgan. U chaqaloqning yashab ketishini ta'minlaydi, chunki hayotiy muhim sistemalar boshqa organlardan tezroq rivojlanadi.
Odam organizmi paydo bolganidan to vafot etgunga qadar ketma-ket keladigan morfologik, biokimyoviy va fiziologik ozgarishlarga uchraydi. Bu ozgarishlar osish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga boglangan. Biroq, bu irsiy faktorlarni yuzaga chiqishida, yosh hususiyatlarini shakllanishida ta'lim, tarbiya bolaning ovqatlanishi, turmushining gigiyenik sharoiti, uning kattalar bilan muloqati, sport va mehnat faoliyati, umuman olganda insonning ijtimoiy hayoti katta ta'sir korsatadi. Inson hayoti bu uzluksiz rivojlanish jarayonidir. Bolaning dastlabki qadam tashlashi va hayoti davomidagi harakat funksiyasining rivojlanishi, bolaning birinchi aytgan sozi va hayoti davomida nutq funksiyasining rivojlanishi, bolaning osmirga aylanishi, markaziy nerv sistemasining rivojlanishi, reflektor faoliyatining murakkablashuvi. Bular organizmda kechadigan, yuz beradigan uzluksiz ozgarishlarning bir bolagidir. Bunday ozgarishlarni bolaning gavda proporsiyasining ozgarishida ham kuzatiladi.
Bola boyining uzunligi va massasining geteroxronik ya’ni rivojlanishining notekisligini quyidagi misollarda korish mumkin. Yangi tugilgan chaqaloq katta odamdan oyoq-qollarining kaltaligi, gavda va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Yangi tug'ilgan bola boshining uzunligi tana umumiy uzunligining 1/4 qismini, 2 yoshda 1/5 qismini, 6 yoshda 1/6 qismini kattalarda esa 1/7 qismini tashkil qiladi. Yangi tug'ilgan bola qo'llarining uzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo'ladi.
Boshqa organlarga qaraganda bosh miya tezroq o'sadi. Yangi tug'ilgan bolada katta odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni 25%, 6 oyligida 50%, 2,5 yoshida 75%, 5 yoshda 90%, 10 yoshda 95%ni tashkil etadi.
3. Nerv tizimining ahamiyati va umumiy tuzilishi .
Nerv sistemasi — odam va hayvonlar organizmida barcha aʼzolar faoliyatini bir-biriga bogʻlagan holda hayotiy muhim funksiyalarni bajaradigan hamda organizmni tashqi muhit bilan bogʻlaydigan sistema. Hayvonlar organizmining evolyusiya jarayonida va organizmlar bilan tashqi muhit oʻrtasidagi murakkab munosabatlarning shakllanishida Nerv sistemasi hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. Nerv sistemasi, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqi-ma — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi).
Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi.
Nerv sistemasi shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidkr. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysinib, skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga boradi.
Nerv sistemasi qoʻzgʻalish toʻlqini — impuls larni nerv tolalari orqali tez oʻtkazilishini taʼminlaydi. Nerv impulslari bir lahzada roʻy beradi va turli aʼzolardan miyaga yoki miyadan aʼzolarga boradi. Nerv sistemasi harakat funksiyasini, ovqat hazm qilish, nafas olish va boshqa sistemalar faoliyatini, kon aylanishini va boshqa jarayonlarni boshqaradi.
Nerv sistemasi tuzilmalari taʼsirotni sezadi, taʼsirotlar energiyasini nerv qoʻzgʻalishi energiyasiga aylantiradi, bu energiya nerv impulslari shaklida nerv tolalaridan oʻtadi. Nerv sistemasi murakkablashgan sayin va unda maxsus retseptor (sezuvchi) hujayralar ixtisoslashgan sayin Nerv sistemasi funksiyalari tobora turli-tuman boʻlib qolgan.
Nerv sistemasi refleks yoʻli bilan ishlaydi. Organizmda tashki va ichki muxit taʼsirotlarini sezadigan retseptorlar bor. Normal sharoitda organizmga tashqi muhit turli-tuman va doimiy taʼsir kursatishi tufayli retseptorlarda impuls lar vujudga keladi, bular afferent nerv tolalari orqali markaziy Nerv sistemasiga oʻtadi; oʻzgartirilgan impulslar esa markaziy Nerv sistemasidan efferent nerv tolalari orkali ishchi aʼzolar (muskullar, bezlar va h.k.)ga kelib, ularni ishga soladi yoki ishlash tezligini oʻzgarti-radi. Nerv sistemasining faoliyati qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlariga asoslangan.
4.Nerv markazlari haqida tushuncha.
Nerv markazlari haqida tushuncha va ularning fiznologik xususiyatlari.
Nerv markazida ma‘lum refleks amalga oshishida yoki biror vazifani bajarilishida bir gurux neyronlar ishtirok etadi. Bir guruh neyronlarning funktsional birikmasi nerv markazi deb ataladi.
Nutq funktsiyasi, mablar hiqildog’, harakat muskullarining nerv markazlari uzunchoq miya, o’rta va bosh miya katta yarim sharlari pustlog’ida, so’zlar ma‘nosi tushuniladigan nerv markazi bosh miya katta yarim sharlarining chakka qismida joylashgan. Nerv markazlari qo’zg’alish, tormozlanish, yig’ilish, transformatsiya, mayinlik, kislorod tanqisligiga chidamsizlik, dominanta va boshqa fiziologik xususiyatlarga ega. Nerv xujayralari tashqi va ichqi muhit omillari ta‘sirida tinchlik holatidan aktiv holatga o’tish xususiyatiga ega. Nerv xujayralarining muhim hususiyatlaridan biri qo’zg’alishdir. Qo’zg’alish tufayli ta‘sirga tezda javob reatsiyasi paydo bo’ladi. Qo’zg’alish vaqtida to’qimada funktsional, fizik-kimyoviy hodisalar sodir bo’ladi. Nerv sistemasining har bir sohasi tashqaridan bo’lgan ta‘sirga qo’zg’alish yoki tormozlanish bilan javob qaytaradi. Nerv sistemasida qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayoni bnlan almashilib turadi, ya‘ni ko’zg’alish tormozlanishga, tormozlanish esa qo’zg’alishga o’tib turadi. Qo’zg’alishning nerv sistemasi markazlarida tarqalishi irradiatsiya deyiladi. Markaziy nerv sistemasida bir gurux neyronlar yoki ayrim nerv markazlari qo’zg’alganda, ikkinchi nerv markazlari tormozlangan holda bo’ladi. Bir gurux muskullarning nerv markazi qo’zg’alib, shu muskullarni qisqartirsa, ayni vaqtda ikkinchi guruh muskullarningnerv markazlari tormozlanadi. Masalan, ko’l panjasini musht qilganda yelka oldining oldingi muskullari kisqaradi, ayni vaqtda yelka oldining orqa tomonidagi muskullar bo’shashadi, ya‘ni bukuvchi muskullarning nerv markazlari qo’zg’alib, yozuvchi muskullarning nerv markazlari tormozlanadi. Nerv tizimidagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining bu xildagi o’zaro ta‘siri uyg’unlik deb ataladi. Chap oyoqni bo’kkanda o’ng oyoqning tizza bo’g’imi yoziladi va aksincha.
Nerv markazlaridagi yana bir xususiyat dominanta xususiyati bo’lib, buni birinchi bo’lib 1923 yilda A.A. Uxtomskiy hisoblangan. Muayyan paytda nerv markazlarida ustun turgan qo’zg’alish o’chog’ini A.A. Uxtomskiy dominanta deb atagan. Ustun - turgan qo’zg’alish o’chog’i , boshqa markazlarga keluvchi qo’zg’alish to’lqinlarini o’ziga jalb qilib, shular hisobiga kuchaya oladi. Bu paytda boshqa markazlarda tormozlanish protsessi boshlanadi. Dominantaning vujudga kelishidagi muhim shartlardan biri nerv xujayralarining o’ta qo’zg’aluvchanligidir. Dominanta uzoq. muddat saqlanib turishi mumkin. Dominanta oliy nerv faoliyatiga, odamning ruxiyatiga bog’liq bo’ladi. Dominanta printsipi diqqat aktivligining fiziologik asosidir. Shuning uchun dominanta pedagogika va psixologiyada juda katta ahamiyatga egadir. O’qituvchilar o’quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda buni hisobga olishi kerak.
Bola tug’ilgandan keyin markaziy nerv sistemasi tashqi muhit ta‘siri va xulq-atvor, nutq, tufayli rivojlanib boradi. Yangi tug’ilgan va kichik bog’cha yoshidagi bolalarning nerv sistemasida qo’zg’alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustun turadi. Harakat markazlari orqa va bosh miyada tez, qo’zg’alish xususiyatiga ega, shu sababli bu yoshdagi bolalar ser harakat va xis-xayajonga to’la bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalarda qo’zg’alish markazlari tez almatinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning harakati va diqqati beqaror bo’ladi va uzoq davom etamaydi. Bolalarning yoshi orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qo’zg’alish barqaror bo’lib, uzoq vaqt qo’zg’alib turadi, hamda ta‘sirlar yig’indisi ortib boradi: Yangi: tug’ilgan bolada ovqatga dominanta paydo bo’ladi. Dominanta markazlari turgun bo’lmaydi.
5.Nerv markazlarining fiziоlоgik хususiyatlari: qo`zg`alish va tormozlanish, markaziy nerv tizimining o`ziga xos xususiyatlari.
SHartsiz va shartli reflekslar yaxlit organizm faoliyattining eng murakkab formasi - tashqi muhitda yurish-turishi, yani fel-atvorining negizini tashkil etadi. SHartli reflekslar - organizmning tashqi muhitga moslanishining yuksak shaklidir.
SHartli refleksning tormozlanishi. Tashqi tomozlanish. SHartsiz refleksdan shartli refleks ozining nozikligi va ozgaruvchanligi bilan farq qiladi. Turli xildagi begona tasirotlar shartli refleksning susayishiga va tormozlanishiga olib keladi. Masalan, agarda shartli ovkatlanish refleksning paydo qilishdan oldin qandaydir yot tasirot paydo bolsa, shartli refleks vujudga kelmaydi, yani u tormozlanadi.
CHegaradan tashqari tormozlanish. Agar shartli refleksni vujudga keltiradigan shartli signal xaddan tashqari kuchli bolsa ham shartli refleks paydo bolmaydi. Bunday tormozlanish I.P. Pavlovning fikricha asab hujayralarining xaddan tashqari kuchli tasirotlarni shikastlashidan saqlab qoladi. SHuning uchun bunday tormozlanishni chegaradan tashqari tormozlanish deb ataladi.
Tashqi va chegaradan tashqari tormozlanishlar asab tizimining tugma hossalariga bogliqligi sababli I.P. Pavlov ularni shartsiz tormozlanish deb atagan.
SHartli tormozlanish. I.P.Pavlov shartli tormozlanishni tort turga: 1) sonish tormozlanishga, 2) farqlash tormozlanishga, 3) shartli tormozga va kechikish tormozlanishga bolgan.
Sonuvchi tormozlanish. SHartli refleks uzoq vaqt davomida saqlanib turishi uchun, uni axyon-axyonda shartsiz tasirlovchi bilan mustaxkamlab turish lozim. SHartli signallarning ozi bir necha bor qollaniladigan bolsa, ilgari hosil qilingan mustaxkam shartli refleks asta sekin sona boshlaydi va nihoyat botunlay yoqolib ketadi. SHundan song shartli signal bir necha kungacha qollanilmasa, songan shartli refleks asta-sekin yana qayta tiklanishi mumin. SHartli refleksning sonishini biologik ahamiyati katta. Mustaxkamlangan shartli refleks moslashishi uchun oz ahamiyatini yoqotadi. Demak, organizm oziga kerak bolmay qolgan shartli refleksdan kutiladi.
Farqlovchi tormozlanish. hosil qilingan shartli refleksni miqdori uni shartli signaliga yaqin bolgan tasirlovchi yordamida ham vujudga keltirish mumkin. Misol uchun, itda 1000 Gs li tonga solak ajratish shartli refleksi hosil qilingan. Ammo, bu refleksni chastotasi 800-900 Gs dan 1100-1200 Gs gacha bolgan tonlar hosil qiladi. Bunday xodisaga shartli refleksning generalizatsiyasi, yani tarqalib ketishi deb ataldi. Ammo, shartli refleksni aniq ixtisoslashtirish mumkin. Bunda shartli refleks faqat 1000 Gs li tonga saqlanib qoladi va unga yaqin bolgan tonlarga javob reaksiyasi kuzatilmaydi.
SHartli tormoz. Agar shartli signalga yana bir tasirlovchi qoshimcha qilinsa va shu ikki qismdan iborat tasirni shartsiz tasirot bilan mustaxkamlanmasa, miya postlogida shartli tormozlanish rivojlanadi. Endi qoshimchasi bolgan shartli signal shartli refleksni yuzaga chiqarmaydi. SHartli signalning bir ozi esa avvalgidek musbat natija beradi. Masalan, itda metronomga solak ajratish shartli refleksni vujudga keltirgan. Keyingi tajribada esa metronom tovushi odatdagidek shartsiz tasirot, masalan ovqat bilan mustaxkamlangan. Metronomga qoshimcha ravishda qongiroq chalinganda shartsiz tasirot berilmagan. Avvaliga bu murakkab shartli signal solak ajralishini paydo qiladi, ammo borgan sari unga berilgan javob kamayib ketaveradi va nihoyat botunlay yoqoladi. SHartli signalga qoshimcha bolib, shunday natijaga olib keluvchi qoshimcha tasirlovchini shartli tormoz deb atashgan. Keltirilgan misolda qongiroq tovushi shartli tormoz vazifasini bajaradi.
Kechikib tormozlanish. Solak yoli tashqariga chiqarilgan itda quyidagi tajriba qilingan: shartli signal sifatida qongiroq foydalanilgan. Tajribaning xususiyati shundan iboratki, shartli signal nisbatan uzoqroq davom qiladi, yani qongiroq 3 daqiqa davomida uzluksiz chalingandan song, shartsiz tasirot, yani ovqat beriladi. SHartli refleks paydo bola boshlaganda shartli signallar tugamasdan, qongiroq chalinishining birinchi daqiqasidayoq solak ajrala boshlaydi.
Ammo, tajribalar shu tarzda davom qilinaversa, solak ajralishi borgan sari kechikaveradi va shartli signal tugashiga yaqin, yani uchinchi daqiqada solak ajraladi.
6.Organizm reflector faoliyatining yosh xususiysatlari.
Organizm reflektor faoliyatining yosh xususiyatlari.
Nerv sistemasining faoliyati reflektor tarzida amalga oshadi. Ichki va tashqi
muhit ta’sirlariga markaziy nerv sistemasi orqali qaytariladigan javob reaksiyasi
refleks deb ataladi. Tashqi ta ’sirlar eng avvalo o ia sezgir periferik nerv uchlari -
retseptorlar orqali qabul qilinadi. Nerv sistemasi tashqi ta’sir natijasida faol holatga
kelib, qo‘zg‘alishni javob qaytaruvchi organga o'tkazadi. Refleksning yuzaga
chiqishida qo‘zg‘alish o’tadigan yo’l refleks yoyi deyiladi. Qo‘zg‘alishning o’tishi
va refleks hosil bo’lishi uchun reflektor yoy butun bo’lishi kerak. Refleks yoy
retseptor, markazga intiluvchi nerv, ya’ni afferent nerv, nerv markazi (orqa va bosh
miya), markazdan qochuvchi nerv, ya’ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki
effektor organdan tashkil topgan. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi -
ekstroretseptorlar va ichki interretseptorlarga bo’linadi.
Ekstroretseptorlarga teri, ko‘z, quloq, hid bihsh, ta’m bihsh organlarida
joylashgan retseptoriar kiradi, ular turli xildagi tashqi ta’sirni qabul qiladi.
Interretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o‘zida
hosil bo'ladigan ta’sirni qabul qiladi.
Prioprioretseptorlar
muskullar, paylar va bo‘g‘imlarda joylashgan
retseptorlardir.
7.Shartli va shartsiz reflekslar haqida tushuncha.
Shartli va shartsiz reflekslar.
Nerv tizimining faoliyati reflektor printsipida amalga oshadi. Refleks tashqi va ichki muhit ta'siriga organizmning nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaktsiyasidir. Refleks terminini fiziologiya faniga chex olimi Proxaski kiritgan. Reflekslar ikki xil boladi: shartli va shartsiz.
Shartsiz reflekslar tugmadir, uning hosil bolishida markaziy nerv tizimining pastki qismlari, ya'ni orqa, uzunchoq, orta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta'minlashga qaratilgan. Masalan, ovqatni chaynash, emish, yutish, hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va boshqalar. Shartsiz reflekslar doim, odam hayoti davomida ozgarmaydi. Bu reflekslar nasldan — naslga otadi.
Shartli reflekslar. Shartli reflekslar odam hayoti davomida hosil bolib, uning markazi bosh miya katta yarim sharlari poslogida joylashgan. Shartli reflekslarning nerv yollari tarbiya, bilim olish, hunar organish va boshqa hayotiy tajribalar asosida hosil boladi. Muayyan refleks uzoq vaqt takrorlanmasa bu shartli refleks sonadi. Shartli refleks shartsiz refleks asosida hosil boladi. Shartli refleks hosil bolishi uchun oldin shartli ta'sirlovchi ketidan shartsiz ta'sirlovchi ta'sir etishi kerak. Shartli reflekslar hosil bolishi uchun quyidagilar zarur: 1) befarq shartli ta'sir; 2) shartli ta'sir shartsiz ta'sirdan oldin kelishi va shartsiz ta'sir qila boshlagandan keyin ham birmuncha vaqt ta'sir korsatib turishi kerak; 3) shartli va shartsiz ta'sirlar shu tariqa birga qollanilishi kerak. Shartli ta'sir shartsiz ta'sir bilan quvvatlanib turilmasa, shartli refleks hosil bolmasligi mumkin. Hayot mobaynida ba'zi shartli reflekslar sonib, yangilari paydo bolib turadi
8.Analizatоrlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati.
Analizatorlarning tuzilishi va xususiy fiziologiyasi.
Analizatorlarning tuzilishida kuyidagi umumiy tamoyillarni korish mumkin:
1) kop qavatlilik. Analizator tarkibida bir necha qavat neyron mavjud bolib, ulardan birinchisi retseptorga bogliq, oxirgisi esa miya postlogining assotsiativ sohasidagi neyronlarga etib boradi. Kop qavatlilik organizmning oddiy signallarga tezlik bilan javob qaytarishiga imkon yaratadi, chunki bu signallarning tahlilini oraliq neyronlar bajaradi. Bundan tashqari, turli qavatlar malum malumotlarni qayta ishlashga ixtisolashgan;
2) kop kanallilik. Neyronlar qavatining har biri on mingdan bir miliongacha asab tolalari borligini, bu tolalar keyingi qavatdagi bexisob neyronlarga bogliqligini korsatadi. otkazuvchi yollarning kopligi analizatorlar faoliyatining puxta va aniq ishlashlarini taminlaydi.
3) yonma-yon qavatlarda neyronlarning sonining teng emasligi. Masalan, koruv tizimida retseptorlar soni 130 mln ni tashkil kilsa, aksonlari kozdan chiqadigan asabni tashkil qiluvchi neyronlarning soni undan dearli 100 marotaba kam, yani 1 mln 250 mingni tashkil qiladi. Bu nisbat miyaning har qaysi retseptori vujudga kelgan impulsni qabul qila olmasligini korsatadi. Malumot MAT ga etib borguncha bir necha marta saralanadi. Kop sonli qavatdan retseptorlari kam qavatga otish jarayonida ikkinchi darajadagi malumotlar olib qolinadi. Bu torayib boruvchi «voronka» miyaga otkaziladigan malumotlarni kamaytiradi va muhim axborotlarnigina otkazadi. SHu koruv analizatorida kengayib boruvchi «voronka»ni ham uchratamiz: miya postlogining koruv sohasidagi neyronlarning soni postloq osti koruv markazidagi neyronlar sonidan ming marta kop. Kengayuvchi «voronka» signallarni xisobsiz neyronlar ortasida taqsimlanishini, hossalarini har tomonlama taxlil etish imqoniyatini beradi;
4) analizator tolalarining vertikal va gorizantal boyicha farqlanishi. Analizator tarkibidagi tolalarning vertikal boyicha farqlanishi, deganda bir nechta qavatdagi tolalardan bolimlar hosil bolishi tushuniladi. Bolim qavatidan kattaroq hosil morfofunksional kurilmadir. Odatda analizator tarkibida uning periferik «retseptor» bolimi, bitta yoki bir nechta oraliq bolimda joylashgan analizator elementlarning funksional hossalari turli xil bolishi mumkin. Masalan, koruv analizatorining retseptor bolimi rang sezuvchi kolbochkolardan va yoruglik darajasini sezuvchi tayoqchalardan tashkil topgan. Bu farqlanish gorizantal boyicha boladi.
9.Analizatоrlarning turlari: ko’rish analizatоrining yosh хususiyatlari.
Korish analizatorining tuzilishi va yoshga xos xususiyatlari. Korish organi koz bolib, insoniyat kozi orqali dunyodagi barcha narsalarning rang-barangligini uning osimlik va hayvonot dunyosini organish bilan birga oqishni, yozishni va mеhnatning boshqa turlarini organadi. Kozning bеvosita ta'sirlovchisi yoruglik bolib, yoruglik koz rеtsеptorlariga ta'sir etib koruv sеzgisini hosil qiladi. Koruv organi bolaning 11- 12 yoshigacha rivojlanib boradi.
Kozning tuzilishi. Koz bosh suyagining koz kosachasida joylashgan bolib, koz soqqasi va uni orab turgan apparatdan ya'ni koz soqqasini harakatga kеltiruvchi muskullar, qovoq kipriklar, koz yoshi bеzlari, qon tomirlari kabilardan iborat. Koz soqqasi sharga oxshash bolib, oldingi va orqa qutblarga bolinadi. Koz soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavatdan ya'ni tashqi - oqsil parda (sklеra), orta-tomirli parda va ichki - tor pardadan iborat. Ichki qismiga koz ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Koz soqqasi hajmi chaqoloqlarda 16 mm, kattalardla esa 24 chamasida boladi. Koz soqqasining osishi va rivojlanishi 5 yoshgacha tеz ya'ni intеnsiv kеchadi. 9-12 yoshda sustlasha boshlaydi. Sklеra yoki oqsil pardaning qalinligi 1 mm chamasida bolib rangi oq bir qismi qovoqlar ostidan korinib turadi. Sklеraning orqa qismida tеshikcha bolib undan nеrv otadi. Sklеraning 1/5 qismi shox pardaga 4/5 qismi orqa oqsil pardaga togri kеladi. Shox pardada qon tomirlar bolmaydi. Tashqi pardaning ichki qismida tomirli parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigmеnt kop pigmеnt miqdori har xil boladi. Tomirli parda oldingi rangdor, orta kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismga bolinadi. Tomirli parda qon tomirlarga boy bolib, koz toqimalarini oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi. Bu qavatning oldingi qismi rangli parda dеb atalib hammada har xil (qora, kok, sargimtir va x.k.) boladi. Bu pardaning ortasida yumoldoq tеshikcha bolib u koz qorachigidir.Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi sillik muskullar joylashgan bolib, xalqa muskullari qisqarganda koz qorachigi torayadi, radial muskullar qisqarganda koz qorachigi kеngayadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq ikki tomoni qavariq linza-gavhar joylashgan. Gavhar yarim suyuq modda bolib, yupqa tiniq kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari bolmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning ortasida kichkina boshliq bolib, bunga kozning oldingi kamеrasi dеyiladi. Rangdor parda bilan gavharning ortasida ham boshliq bolib bunga kozning orqadagi kamеrasi dеb ataladi. Har bir koruv nеrvida 1 mln. ga yaqin nеrv tolalari bor.
Koz soqqasining ichki ya'ni torsimon pardasi ayniqsa muhim ahamiyatga ega bolib, uning orqa qismida yoruglikni, ranglarni qabul qiluvchi rеtsеptorlar joylashgan. Ular maxsus nеrv hujayralari bolib, tayyoqcha va kolbacha shaklidadir. Koz soqqasining torsimon pardasida 130 mln ga yaqin tayyoqchasimon rеtsеptorlar bolib, ular yoruglik kamayganda yoki tun vaqtida qozgaladi.
Kolbachasimon retseptorlar tor pardada 7 mln ga yaqin bolib, yoruglik еtarli bolganda qozgalib, kozning kunduzi korish qobiliyatini ta'minlaydi. Kolbachasimon rеtsеptolar funktsiyasiga kora uch xil: kok, yashil va qizil ranglarni qabul qiluvchi boladi. Uchalasining baravar qozgalishi esa oq rangni korishga imqon bеradi chunki tor pardaning kolbachasimon rеtsеptolarida ranglarni sеzuvchi rеtsеptorlar yoki nеrvlar boladi. Tayyoqchasimon retseptorlarda esa bu kabi ranglarni sеzuvchi retseptor yoki nеrvlar bolmaydi, shuning uchun kеchasi qorongu bolib korinadi.
Koz bajaradigan funktsiyasiga kora ikki qismga: kozning optik sistеmasi va retseptor qismiga bolinadi. Kozning optik sistеmasiga, uning shox pardasi, koz ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular kozga tushadigan yoruglik nurini sindirib otkazadi va uni kozni ichki tor pardasida joylashgan retseptorlarga toplab bеradi.
Nur sindirish dioptriya bilan olchanadi. Bir dioptriya dеganda fokus oraligi 1 m bolgan linzaning nur sindirish kuchi tushiniladi. Agarda nur sindirish kuchi oshsa fokus oraligi qisqaradi.
Fokus oraligi 50 sm. bolgan linzaning nur sindirish kuchi 2 dioptriyaga (2D ga) tеng boladi. Shox pardaning nur sindirish kuchi 43D, gavharing nur sindirish kuchi kamroq bolib, ozgarib turadi. Kozning butun optik sistеmasini nur sindirish kuchi uzoqka qaraganda 58D yaqin masofada esa — 70D. Shox parda, gavhar orqali sariq dog markaziga otgan chiziqqa koruv oqi dеb ataladi. Narsalarning tasviri tor pardaga kichkina va tеskari bolib tushadi. Narsa kozdan qancha narida tursa, tor pardadagi tasviri shuncha kichik boladi va aksincha narsa kozga qancha yaqinroq tursa tor pardadagi tasvir shuncha katta bo‘ladi
10.Eshitish analizatоri. Bоlarda eshitish оrganining rivоjlanishi.
Eshitish analizatorlari, eshitish sistemasi — tovush tebranishlarini eshitish organlari orqali sezib, tahlil qiladigan mexanik retseptorlar va nerv tuzilmalari majmui. Eshitish analizatorlarining tuzilishi, ayniqsa, uning periferik qismi odamda va hayvonlarda farq qiladi. Eshitish analizatorlari hasharotlarda timpanal organ, suyakli baliqlarda suzgich pufagi hisoblanadi. Suzgich pufagining tebranishi veberov apparatiga, undan ichki quloqqa oʻtadi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlarning ichki qulogʻida qoʻshimcha retseptor hujayralar (bazilyar membranalar — papillalar) rivojlanadi. Yuksak umurtqalilar, jumladan, koʻpchilik sut emizuvchilarda Eshitish analizatorlari tashqi, oʻrta va ichki quloq, shuningdek, eshitish nervi hamda ketmaket tutashgan nerv markazlaridan iborat. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimining rivojlanishi ekologik omillar va Eshitish analizatorlarining hayvonlar xattiharakatidagi ahamiyati bilan bogʻliq. Eshitish nervi tolalari chigʻanoqdan nerv markazlaridan biri — koxlyar yadrolariga boradi; chap va oʻng koxlyardan chiqadigan nerv tolalari Eshitish analizatorlarining ikki yoni boʻylab simmetrik joylashgan boʻlib, yuqori olivaga kelib tutashadi. Tovush tebranishlarini aniqlashda chigʻanoq toʻsigʻi asosiy ahamiyatga ega. Bu toʻsiq tovushni mexanik spektral analiz qiladigan, chigʻanoq toʻsigʻi boʻylab qator joylashgan filtrlasheshitish retseptorlaridan iborat. Retseptorlar 0,1 dan 10 nm diapazondagi tebranishlarni qabul qiladi. Eshitish analizatorlari markaziy boʻlimida joylashgan neyronlar muayyan tovush tebranishlariga sezgir. Eshitish analizatorlarining nerv elementlari tovush tebranishlari bilan birga tovush kuchi, davomiyligi va boshqalar xususiyatlariga ham taʼsirchan. Markaziy nerv sistemasi va, ayniqsa, uning yuqori qismi neyronlari tovushning murakkab belgilari (mas, tovush amplituda modulyatsiyasi chastotasi, yoʻnalishi va harakati)ga sezgir boʻladi.
11. Оrganizmdagi fiziоlоgik jarayonlarining nеyrоendоkrin sistеmasi оrqali bоshqarilishi.
12. Ichki sеkrеtsiya bеzlari haqida tushuncha. Ichki sеkrеtsiya bеzlarining jоylashuvi.
Оrganizmning a’zо va tizimlar faоliyatini bоshqarishda endоkrin tizimini vazifasi muhimdir. Bu tizim a’zоlari ichki sеkrеtsiya bеzlari bolib, ular uzidan murakkab tuzilishga ega bolgan biоlоgik faоl mоddalar — gоrmоnlar ishlab chiqaradilar. Gоrmоn yunоncha «gormo» suzidan kеlib chiqkan bolib, "kozgataman" dеgan ma’nоni bеradi. Gоrmоnlar biоlоgik faоlligi juda yuqori mоddalar bolib, ularning оz mikdоri ham оrganizmda chukor mоrfоlоgik va funktsiоnal ozgarishlarni kеltirib chiqaradi. Ichki sеkrеtsiya bеzlarida ishlab chiqarilgan gоrmоnlar dоimiy sur’atda qonga, limfaga yoki tukima suyukligiga ajralib turadi. Endоkrin bеzlarda maхsus gоrmоn chiqaradigan yoli bolmaydi. SHuning uchun ham ularni endоkrin bеzlar dеydilar (yunоncha "endo" ichkari, "krin" ajrataman).
Ichki sеkrеtsiya bеzlarining jоylashuvi. Ichki sеkrеtsiya bеzlariga gipоfiz, epifiz, kalqonsimоn, parakalqonsimоn, ayrisimоn, оshkоzоn оsti bеzi, buyrak usti va jinsiy bеzlar kiradi Хоzirgi kun adabiyotlaridan ma’lum boldiki, оshkоzоn — ichak tizimda ham kupgina biоlоgik faоl gоrmоnlar va gоrmоnsimоn mоddalar ishlab chiqariladi va ularning funktsiyalari to`liq хali urganilmagan.
Оshqоzоn оsti bеzi va jinsiy bеzlar aralash bеzlar guruхiga kiradi. CHunki ularning ba’zi хujayralari ekzоkrin, ba’zilari esa endоkrin funktsiyani bajaradi. Jinsiy bеzlar jinsiy gоrmоnlar va jinsiy хujayralar (spеrmatazоidlar, tuхum хujayralar) ishlab chiqaradi. Оshqоzоn оsti bеzining endоkrin funktsiyani bajaruvchi хujayralari (langеrgans оrоlcha хujayralari) insulin va glyukagоn gоrmоnlarini ishlab chiqaradi, ekzоkrin qismi esa оvqat хazm qilishda ishtirоk etuvchi gidrоlitik fеrmеntlarni va shira ishlab chiqaradi.
13.Garmоnlar, ularning оrganizmdagi vazifasi.
Gormonlar (qadimgi yunoncha: ὁρμάω - hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi.
Chapda: ayoldagi gormonlarning o'zaro ta'siri. (1) follikullarni ogohlantiruvchi gormon, (2) luteinlashtiruvchi gormon, (3) progesteron, (4) estradiol.
O'ngda: o'simliklardagi gormonlar harakati. Barglardan ildizgacha (Arabidopsis thaliana).
Baʼzilari muayyan aʼzolarga, mas:
Tireotrop gormon - asosan qalqonsimon bezda,
Adrenokortikotrop gormon (AKTG) - buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatiga,
Estrogenlar bachadonga taʼsir etadi va h.k.
Boshqalari (qalqonsimon bez Gormonlari, kortikosteroidlar, oʻsish gormoni va boshqalar) organizmning hamma toʻqimalariga (umumiy) taʼsir koʻrsatadi.
Gormonlarning oʻziga xos taʼsir etishi turlicha kimyoviy tuzilganligiga bogʻliq, mas: Insulin, Uglevodlar almashinuviga taʼsir etadi.
Testosteron va boshqa Androgenlar assimilyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, organizmda azot toʻplanishiga sabab boʻladi,
Glyukokortikoidlar moddalar almashinuvini oʻzgartirib, jigarda glikogen hosil boʻlishini, ayniqsa biriktiruvchi va limfoid toʻqimada oqsillarning parchalanishini, Estrogenlar bachadonda fosfolipidlar bilan oqsil sintez boʻlishini kuchaytiradi,
Oʻsish gormoni (Somatotrop Gormonlar) Yogʻ, Fosfor va Kalsiy almashinuviga taʼsir etadi.
Gormonlar hujayraning genetik apparatini stimullash, fermentlarni faollashtirish va fermentativ reaksiyalar tezligini oʻzgartirish yoʻli bilan moddalar almashinuviga taʼsir koʻrsatadi. Ular oqsilning tuzilishini belgilab beradigan informatsion ribonuklein kislotasining hosil boʻlishini kuchaytirib, oqsillar biosinteziga taʼsir etadi. Oʻsish va jinsiy Gormonlar organizmning oʻsishini, balogʻatga yetishini boshqaradi. Zarur paytda organizm imkoniyatlari Gormonlar ishtirokida safarbar qilinadi. Mas, xavf-xatar taxdid qilganda va shu munosabat bilan muskullarga zoʻr kelganda Adrenalin koʻproq chiqib, qondagi glyukozani koʻpaytiradi, yurak va miyaga qon borishini kuchaytiradi; organizmga zararli taʼsir ortganda AKTG koʻproq chiqadi. Organizm normal yashab, ishlab turishi uchun Gormonlar ehtiyojga yarasha ishlanib chiqishi kerak. Nerv, gumoral va gormonal omillar oʻzaro taʼsir etib, shunga yordam beradi. Baʼzan nerv sistemasi ichki sekreksiya bezlari bilan bevosita bogʻlanadi. Qorin nervi taʼsirlanganda buyrak usti bezlarining magʻiz qavatidan adrenalinning koʻplab chiqishi shundan dalolat beradi. Baʼzan qoʻzgʻalish nerv tolalari orqali gipotalamusa boradi, bu yerda rilizing gormonlar (gipofiz Gormonlarni ajratuvchi omillar) degan moddalar hosil boʻladi, shu moddalar gipofizga kirib, gipofizar (trop) Gormonlarning qoʻshimcha chiqishiga sabab boʻladi, bular esa periferiyadagi ichki sekreksiya bezidan Gormonlar chiqishini kuchaytiradi. Organizmda qandaydir biror sabab bilan Gormonlar koʻpayib ketsa, gipotalamusdan rilizing gormon chiqishi toʻxtaydi, natijada gipofiz tegishli trop Gormonlarni kamroq chiqaradi, shundan Gormonlar chiqishi ham kamayadi. Qonda biror Gormonlar kamayib ketsa (mas. Toʻqimalarda Gormonlar tez parchalanganda) rilizing Gormonlar chiqishi kuchayadi, gipofiz trop Gormonlarni koʻproq ishlaydi, shundan keyin periferik bez Gormonlarni ortiqroq ishlab chiqaradi. Gipotalamusda gipofizning baʼzi Gormonlarini ingibirlovchi neyrogormonlar (prolaktostatin, melanostatin, samotostatin) ham ishlab chiqariladi. Ular taʼsirida tegishli gipofiz Gormonlarining hosil boʻlishi kamayadi. Qondagi Gormonlar miqdori oʻz-oʻzidan ham boshqariladi. Mas. glyukoza koʻpayib ketganda u glikogenning parchalanishini tezlatib, glyukoza miqdorini orttiruvchi adrenalin konsentratsiyasini kamaytiradi. Organizmda natriy tuzlari yetishmasa, buyrak usti bezlarining poʻstloq qavatidan aldosteron chiqishi kuchayadi, natijada buyrak kanalchalarida natriy tuzlari koʻproq qayta soʻrilib, organizmda ushlanib qoladi. Demak, Gormonlar maʼlum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarini taʼminlaydi.
14.Оrganizmning gumоral bоshqaruvida garmоnlarning to’tgan o’rni. Garmоn va strеss.
Organizm hayot faoliyatining gumoral yo'l bilan idora etilishida eng muhim mini gormonlar o'ynaydi. Bu moddalar endokrin bezlar ham deb ataladigan ichki sekretsiya bezlarida ishlanib chiqadi. Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining hujayralarida hosil boiib, to'g'ri-dan-to'g'ri bezni ta'minlab turadigan tomirlardagi qonga o'tadi, bu-tun organizmga tarqaladi va turli-tuman organlarning faoliyatini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Ba'zi gormonlar organizmning rivojlanishi va o'sishiga, sistemalarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi.
Gormonlarning to'qima va organlarga ko'rsatadigan ta'sir mexanizmi yetarlicha o'rganilgan emas. Gormonlar asosan hujayralarda, ularning sitoplazmatik tuzilishlarida ro'y berib turadigan jarayonlarga ta'sir qiladi. Gormonlarning bir xili hujayra membrana-sining o'tkazuvchanligini o'zgartirsa, boshqalari, aftidan, hujayra-ning genetik apparatiga ta'sir ko'rsatib, fermentlar hosil bo'lishini idora etib boradi va shu bilan muayyan biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi yoki susaytirib qo'yadi.
Qanday yo'nalishda ta'sir ko'rsatishiga qarab turli bezlarning gormonlarini ikki guruhga bo'lish mumkin — anabolik va kotabolik gormonlar. Birinchi guruh gormonlari (gipofizning somatotrop gormoni, qisman insulin) anabolizmni, ya'ni moddalarning sintezi va depolanishini stimullaydi; ikkinchi guruh gormonlari (tiroksin, adrenalin, qisman jinsiy gormonlar) katabolizmni kuchaytiradi, ya'ni organizmda moddalar almashinuvi, energiya hosil qilish va sarflashni kuchaytiradi. Gormonlarning moddalar almashinuviga turli yo'nalishda ta'sir ko'rsatishi ularning oqsillar, yog'lar va uglevodlar sintezi hamda parchalanishini ta'minlovchi fermentativ faollikka tanlab-tanlab ta'sir qilishiga bog'liqdir.
Gormonlar qon tarkibi (suv, qand, elektrolitlar miqdori) ni doim bir xilda saqlashda ishtirok etadi va shu bilan gomeostaz regulatorlari xossalarini namoyon qiladi. Gormonlar nihoyat darajada faol moddalardir, chunki juda kichkina konsentratsiyada moddalar almashinuvi hamda funksiyalarining sezilarli darajada o'zgarishiga sabab bo'ladi. Chunonchi, adrenalin ajratib olingan yurakka 1*10-7 - l *10-9 g/ml konsentratsiyada ta'sir ko'rsataveradi.
15.Ichki sеkrеtsiya bеzlarining yoshga оid хususiyatlari
Ichki sеkrеtsiya bеzlarining yoshga оid хususiyatlari.
Qalqonsimon bеz. Katta odamlarda bu bеzning og’irligi 20 g kеlib, u ichki sеkrеsiya bеzlari ichida eng kattasi hisoblanadi. Uning gormonlari tiroksin va triyodtirozindir. Qalqonsimon bеzda butun organizmdagi yodning 20 foizi saqlanadi. Bu bеzning gormonlari ancha barqaror bo’lib, qonga chiqarilganidan kеyin 50-70 kungacha saqlanadi. Bu bеzning katta odamlar organizmi uchun ahamiyati shundan iboratki, uning gormonlar ta'siri ostida oksidlanish jarayonlari tеzlashadi. Tiroksin organizm tomonidan kislorodning o’zlashtirib olishini tеzlashtiradi. Shuning uchun xam tiroksin bеzdan ko’plab ajralib chiqarilganida Yurak urishi tеzlashadi, odam tеz-tеz nafas ola boshlaydi. Harorat ko’tariladi va hokazo. Bundan tashqari tirеoid gormonlar uglеvodlar, oqsillar va yoglar parchalanishini ham kuchaytiradi. Shuning uchun ham bunday paytlarda organizmda manfiy azot balansi vujudga kеladi. Tiroksin markaziy nerv tizimi qo’zgaluvchanligini ancha oshirib yuboradi. Kеyingi tеkshirishlar shu narsani aniqladiki, qalqon bеzi yana bir gormon tirokalsitonin ishlab chiqarar ekan. Uning asosiy xususiyati shu bilan xaraktеrlanadiki, tirokalsitonin ta'sirida qon tarkibida kaltsiy kamayib,suyak tarkibida oshadi. Ona qornida embrional rivojlanishning 12 haftasidayok qalqonsimon bеz o’z faoliyatini aktivlashtiradi. Bola tug’ilish arafasida bеz og’irligi 0,8-2,2 g kеladi. 1 yoshda-3 g,6 yoshda-6 g va hokazo. Yosh bola organizmidagi qalqonsimon bеz o’zining mikroskopik tuzilishi bilan katta odamlarnikidan kеskin farq qiladi. Yosh bola tug’ilanida uning qonidagi tiroksin miqdori ancha bo’ladi. Bunday "fiziologik gipеrtirеoz" kamida biron hafta davom etadi. Qalqon bеzi yosh bola organizmida xuddi katta odamlarnikidеk funktsiyani bajaradi, ya'ni uning gormonlari ta'sirida moddalar almashinuvi intеnsivlashadi, markaziy nerv tizimida qo’zg’aluvchanlikni oshiradi. Lеkin bundan tashqari yosh bola organizmning o’sishi va rivojlanishi uchun qalqonsimon bеz gormonlari muhim ahamiyatga ega. Agar bu vaqtda bеz gormonlari еtarli ajralmasa, bo’y o’smaslik, ya'ni krеtinizm kasalligi kеlib chiqadi.
16.Tayanch-harakat apparatining ahamiyati va vazifasi.
Tayanch – harakat apparati tizimiga skelet va skelet muskullari kiradi. Skeletdagi suyaklar va boylam – bogimlar passiv harakat organlari boladi, muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.
Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bolib, bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat. Skelet uchta asosiy funktsiyani: tayanch, harakat va himoya vazifalarini bajaradi.
Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet muskullari aktiv harakat organi bolib, muskullar qisqarganda bogimlarda harakat vujudga keladi. Odamning harakati harakat nervlari orqali markazdan qoluvchi impulslarni muskullarga kelishi tufayli vujudga keladi, bu esa odamning hayoti va mehnat faoliyatini ta'minlaydi. Shunday qilib, harakatda muskullar va suyaklar ishtirok etadilar. Suyak sistemasi bundan tashqari nerv sistemas va ichki organlarni turli ta'surotlardan himoya qiladi. Bir butun organizmda barcha fiziologik protsesslar bir-biriga boglangandir. Bu bogliqlikni quyidagi misolda korish mumkin. Muskullar qisqarganda odamning harakati bilan bir vaqtda nafas olish, yurak faoliyati, modda almashinuvi protsessi, qon aylanish nerv sistemasida ozgarish vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda muskul ichida nafas olish, yurak faoliyati ortadi. Qon aylanish tezlashadi, qon tomirlar kengayadi. Modda almashinuvi kuchayadi va hokazo. Nerv sistemasining taraqqiy etishida skelet muskullarining qisqarishi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki muskullarning qisqarishi tashqi muhit ta'sirlari va sezuv organlariga ta'sir etishi bilan impulslar orqa, bosh miyaga borishi tufayli boladi. Bu esa nerv sistemasini rivojlantiradi. Bolalarda harakat koordinatsiyasi nerv sistemasining ayniqsa nerv tolalarining miyelenlashuvi bilan bogliqdir. Yangi tugilgan bolada harakatlarni tartibsiz bolishi, kopchilik efferent harakat nerv tolalarini miyelin qavatini yoqligi bilan bogliqdir. Shunday qilib, tayanch harakat apparati bolaning nerv sistemasi va boshqa funktsiyalarining rivojlanishi organizmning normal o`sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
17.Оdam skеlеtinnig umumiy tuzilishi va yosh хususiyatlari.
Skeletdagi suyaklar va boylam – bogimlar passiv harakat organlari boladi, muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.
Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bolib, bularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat. Skelet uchta asosiy funktsiyani: tayanch, harakat va himoya vazifalarini bajaradi.
Organizmdagi suyaklarni qoplab turgan skelet muskullari aktiv harakat organi bolib, muskullar qisqarganda bogimlarda harakat vujudga keladi. Odamning harakati harakat nervlari orqali markazdan qoluvchi impulslarni muskullarga kelishi tufayli vujudga keladi, bu esa odamning hayoti va mehnat faoliyatini ta'minlaydi. Shunday qilib, harakatda muskullar va suyaklar ishtirok etadilar. Suyak sistemasi bundan tashqari nerv sistemas va ichki organlarni turli ta'surotlardan himoya qiladi. Bir butun organizmda barcha fiziologik protsesslar bir-biriga boglangandir. Bu bogliqlikni quyidagi misolda korish mumkin. Muskullar qisqarganda odamning harakati bilan bir vaqtda nafas olish, yurak faoliyati, modda almashinuvi protsessi, qon aylanish nerv sistemasida ozgarish vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda muskul ichida nafas olish, yurak faoliyati ortadi. Qon aylanish tezlashadi, qon tomirlar kengayadi. Modda almashinuvi kuchayadi va hokazo. Nerv sistemasining taraqqiy etishida skelet muskullarining qisqarishi juda muhim ahamiyatga ega. Chunki muskullarning qisqarishi tashqi muhit ta'sirlari va sezuv organlariga ta'sir etishi bilan impulslar orqa, bosh miyaga borishi tufayli boladi. Bu esa nerv sistemasini rivojlantiradi. Bolalarda harakat koordinatsiyasi nerv sistemasining ayniqsa nerv tolalarining miyelenlashuvi bilan bogliqdir. Yangi tugilgan bolada harakatlarni tartibsiz bolishi, kopchilik efferent harakat nerv tolalarini miyelin qavatini yoqligi bilan bogliqdir. Shunday qilib, tayanch harakat apparati bolaning nerv sistemasi va boshqa funktsiyalarining rivojlanishi organizmning normal o`sishi uchun muhim ahamiyatga ega.
18.Suyak tuzilishining yosh хususiyatlari.
Suyaklar oraliqli, togayli toqima, suyakli toqima, biriktiruvchi toqima yordamida birikadi. Biriktiruvchi toqima yordamida birikish – boglamlar, pardalar, kalla choklari. Togayli toqima yordamida birikish - umurtqalararo togaylar orqali. Suyakli toqima yordamida birikish - dumgaza umurtqalari va dumgaza suyagining hosil qilish kiradi. Oraliqli birikishga boginlar kiradi.
Bosh skelet.
Bosh skeleti 2 qismga ajratiladi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari. Bolalarda bosh skeletining yuz qismi miya qutisi qismiga nisbatan kichikroq, bolaning yoshi ortishi bilan bu farq yoqolib boradi. Bosh skeleti bolaning 2 yoshgacha bir tekis osadi. Bolaning 1,5 yoshida kalla suyaklaridagi likildoqlar toliq suyaklashadi. 4 yoshida miya qutisining choklari hosil boladi. Kalla suyaklari 3 4 yoshda, 6 8 yoshda, 11 15 yoshgacha tez osadi. Bu osish 20 30 yoshgacha davom etadi.
Umurtqa poganasi.
Umurtqa poganasi alohida umurtqa suyaklaridan va umurtqalararo togaylardan tashkil topgan. Umurtqa poganasi skeletining oqi va tayanchini hosil qiladi va orqa miyani turli tashqi ta'sirdan saqlaydi. Umurtqa kanali yuqoridan miya fisi boshligiga, pastdan dumgaza suyagining teshigi bilan tugaydi. Umurtqa poganasining yonida umurtqalararo teshik bolib, bu teshiklardan orqa miya nervlari, qon tomirlari va limfa tomirlari kiradi va chiqadi. Umurtqa poganasi 33 34 umurtqalardan tashkil topgan bolib, bulardan 7 tasi boyin, 12 ta kokrak, 5 ta bel, 5ta dumgaza va 4 5 ta dum umurqalaridir. Katta odam umurtqa poganasi 4 ta egrilikdan iborat. 1. Egrilik boyin qismida oldinga qarab bortib chiqqan. 2. Egrilik kokrak qismida orqaga qarab. 3. Egrilik bel qismida oldinga qarab. 4. Dum va dumgaza qismida orqaga qarab bortib chiqqan.
Kokrak qafasi skeleti.
Kokrak qafasi 12 juft qovurgalar va tosh suyagining birikishidan hosil boladi. Kokrak qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Kokrak qafasining asosiy shakllari konussimon, silindirsimon va yassi bolishi mumkin. Kokrak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan ozgarib turadi. Bolaning bir yoshida kokrak qafvasi konus shaklida boladi. Bolaning 12 13 yoshlarida uning shakli katta odamnikiga oxshash boladi. Kokrak qafasining jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda ogil bolalarda kokrak qafasidagi pastki qovurgalar qiz bolalarda esa yuqoriga qovurgalar kotariladi. Kokrak qafasining aylanasida ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha kokrak qafasining aylanasi 1 yilda 1 2 sm, jinsiy voyaga etish davrida esa 11 yoshdan boshlab 2 5 sm ga ortadi. Bolaning tana ogirligi ortishi bilan kokrak qafasining aylanasi ham ortadi. Jinsiy voyaga etish davrida yoz va kuz oylarida kokrak qafasining aylanasi tez osadi. Uning rivojlanishi skelet muskullariga ham bogliq. Suzish, qayiq haydash yaxshi ta'sir korsatadi. Bolani partaga notogri otkazish, partaga kokragini tirab otirishi natijasida kokrak qafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit, opka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta'sir korsatadi.
Qol skeleti.
Qol skeleti elka kamarining suyaklari - korak va omrov, bilak, tirsak, panja suyaklaridan iborat. Elka suyagi 20 25 yoshda, bilak suyagi 21 25 yoshda, tirsak suyagi 21 24 yoshda, kaft usti suyaklari 10 13 yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq: falanga suyaklari 9 11 yoshda suyaklanadi. U narsa ta'lim tarbiya, mehnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e'tiborga olinishi kerak.
Oyoq skeleti.
Oyoq skeletiga chanoq kamarining suyaklari va son suyagi, boldir suyaklari va panja suyaklari kiradi. Chanoq suyaklarining suyaklanishi jismoniy tarbiya va mehnatda etiborga olinishi kerak. Chanoq suyaklarining notogri birikishi uzoq muddat notogri otirish, tik yurish, ogir yuk kotarish, ovqatlanishning yetarli bolmasligi natijasida vujudga keladi.
Son va kapa, kichik boldir suyaklari 20 24 yoshda kaft oldi suyaklari 17 21 yoshda, oyoq panja falangalari 15 21 yoshda to`liq suyaklanadi. Oyoq panjasi uzoq muddat tik turish, tor oyoq kiyim kiyilganda oyoq panjasini tekislanadi va tekis panja kasali vujudga keladi.
19.Umurtqa pоg’оnasi va ularning egriliklari, egriliklarning shakllanishi.
Umurtqa pogʻonasining qiyshayishi — normal umurtqa pogʻonasi shaklining oʻzgarishi. Odam umurtqa pogʻonasining 3 xil: skolioz (yonga), lordoz (oldinga) va kifoz (orqaga) qiyshayishi farq qilinadi.
Katta yoshdagi kishilarning umurtqa pogʻonasida old va orqa tomonga qaragan kichikroq bukilma boʻladi. Bu bukilma yoshlikdan astasekin ayniqsa bola tik turishga va yurishga oʻrgana boshlaganida vujudga keladi. Bu kasallik boʻlmay, balki fiziologik holat hisoblanadi. Umurtqa pogʻonasi kasalligida esa umurtqa pogʻonasining fiziologik holatdan chiqib, odd va orqa tomonga qarab qiyshayishi kuzatiladi.
Skolioz tugʻma (umurtqalarning notoʻgʻri rivojlanishi tufayli) boʻlishi mumkin, lekin koʻproq 5—15 yashar bolalarda, ayniqsa oʻquvchilar orasida uchraydi. Oʻquv mashgʻulotlari vaqtida bolalar partada gavdasini notoʻgʻri tutib oʻtirishi natijasida umurtqa pogʻonasiga va muskullariga ogʻirlik bir xilda tushmaydi. Oqibatda muskullar boʻshashib qoladi. Umurtqa pogʻonasi boylamlari va shaklining oʻzgarishi turgʻun skoliozga sabab boʻladi. Bolalarning yoshligida raxit bilan ogʻriganligi, katta yoshdagilarning esa doim bir qoʻlda yuk koʻtarishi ham skoliozga olib kelishi mumkin. Umurtqaning sinishi yoki uning ayniqsa sil oqibatida yemirilishi natijasida ham skolioz roʻy beradi. Kishining bir oyogʻi kalta boʻlib, oʻsha tomonga engashib qadam tashlashi funksional skoliozga olib keladi. Skoliozning oldini olish uchun bolalarni partada va stol atrofida toʻgʻri oʻtirishga oʻrgatish, vrach buyurgan davo badan tarbiyasi mashqlarini qunt bilan bajarish, massaj qilish, serharakat oʻyinlar, ochiq havoda sayr qilish, kattalar esa mehnat bilan dam olishni toʻgʻri almashtirib turishi, ish vaqtida i.ch. gimnastikasi bilan shugʻullanishi lozim.
Kifoz yoysimon boʻlishi mumkin. Bunda umurtqa pogʻonasining u yoki bu boʻlagi orqa tomonga qiyshaygan boʻladi va umurtqa pogʻonasining orqa tomonga turtib chiqishi kuzatiladi. Yoysimon kifoz umurtqa pogʻonasining koʻkrak boʻlimida koʻproquchraydi. Orqa muskullari tonusining keskin kamayishi, yoshlikda raxit bilan kasallanish, gavdani uzoq vaqt egib ishlash (stanokda yoki yozuv stolida) yoysimon kifozga sabab boʻladi. Kifozning oldini olish ham skoliozga oʻxshash. Davo gimnastikasi, fizioterapiya muolajalari, sanatoriykurortlarda davolanish buyuriladi. Umurtqa pogʻonasining orqa tomonga turtib chiqishi koʻproq koʻkrak umurtqalarida kuzatilib, bukrilik deb ataladi.
21.Bоsh, gavda va qo’l-оyoq skеlеtining o’sishi va rivоjlanishi.
Skelet (lot. skeletos — qurib qolgan) —odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq yoki kutikuladan iborat tashki S. rivojlangan. Tashqi kutikula S. chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilar uchun xos. Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy S. — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki S. gʻovaktanlilarda rivojlangan boʻlib, ohak yoki kremniy ninalardan iborat. Ignaterililar Si teri osti biriktiruvchi toʻqimasida joylashgan, ohak S. mezodermada hosil boʻladi. Boshoyoqli mollyuskalaroA bosh miyani himoya qilib turadigan ichki togʻay S. mavjud. Tuban xordalilar (bosh qutisizlar)ning ichki Si xordadan tashkil topgan. Umurtkalilarning ichki Si juda murakkab tuzilgan boʻlib, bosh, tana, oʻq S. (xorda yoki umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar) va oyoklar Sidan iborat. Toʻgarak ogʻizlilar va togʻayli baliklarning togay Si hayoti davomida saqlanib qoladi. Suyakli baliklar va quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlar Si voyaga yetgan davrida, asosan, suyaklardan tashkil topadi. Togʻayli baliklarda ichki togay S. bilan birga plakoid tangachalardan iborat tashqi S. ham boʻladi. Suyakli baliklar va quruqlikda yashovchi umurtqalilar tanasining oddingi kismi va boshidagi tangachalar bosh qutisi (kalla suyagi) va yelka kamari suyaklari bilan birikib ketadi. Tangachalar qoldigʻi oyoqsiz amfibiyalar tanasida va qorin qovurgʻalar shaklida gatteriyalar va timsohlarda saqlanib qoladi. Quruqlikda yashovchi umurtqalilarda suyak tangachalar, yaʼni plastinkalar ikkilamchi holda timsohlar va ayrim kaltakesaklarda paydo boʻladi; toshbakalar va sovutlilarda esa tashqi suyak sovut hosil boʻlgan. Toshbaqalar sovuti (kosasi) umurtqa pogʻonasi va qovurgʻalar bilan qoʻshilib ketadi. S. suyaklari va togʻaylar oʻzaro harakatchan, yarim harakatchan va harakatsiz birikishi mumkin.
22. Muskullar tuzilishi va turlari
Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq M.ga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi.

Muskullar.

Muskul
Silliq M. kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy M. deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organo-idlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil M.ga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi
23.Оg’iz bo’shlig’ida, mе’da va ichakda оvqat hazm bo’lishining хususiyatlari.
Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi.
Odamning xazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo‘lib, unga: og‘iz bo‘shlig‘i va undagi organlar halqum, qizil o‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da osti bezi kiradi.
Ovqatning tarkibida oqsillar, yoglar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi, so‘lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so‘lak yordamida qisman ximik parchalanadi, ovqat luqmasi so‘lak bilan aralashadi.
Og‘iz bo‘shlig‘i
Tishlar yuqorigi va pastki jar suyaklariga mahkamlangan bo‘lib, har bir tish koronka, bo‘yni va ildiz qismlari bori. Katta odamlarda tishlar 32 ta bo‘lib, 16 tadan joylashgan, yarmisida 2 ta kurak, 1 qoziq, 2 kichik va 3 katta oziq tishlari bor. Uchinchi katta oziq tishlari aql tishlari deb yuritiladi.
Sulak bezlariga til osti, jag‘ osti, quloq osti bezlari kiradi. Sulak bezlaridan sulak tinimsiz ishlab chiqariladi. Sulak shartsiz, shartli reflekslar asosida ajraladi.
YUtish murakkab fiziologik protsess bo‘lib, nerv markazi uzunchoq, miyada joylashgan. Ovqat luqmasi chaynalib, sulak bilan aralashgandan so‘ng, silliqlanib til yordamida halkumga o‘tkaziladi. Ovqat yutilgandan so‘ng qizil o‘ngach orqali oshqozonga o‘tadi.
Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan sut tishlari chiqa boshlaydi. Ular 20 ta bo‘ladi: 2ta kurak, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o‘rin almashinadi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta ozik tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida katta og‘iz tishi, 11-15 yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-30 yoshida 3 - oziq tishlar chiqadi.
Gigienasi: Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas. Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200 sm3 ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm3 sulak ajraladi.
Ovqatning oshqozonda hazm bo‘lishi.
Oshqozon katta odamlarda noksimon shaklida bo‘ladi. Uning kirish va chiqish qismlari, tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi, Oshqozonning kirish va chiqish qismlarida sfinteri bor. Oshqozon shillik, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan. Oshqozon shillik qavatining ostida 14 mln. oshqozon bezlari joylashgan bo‘ladi. Oshqozonning xajmi katta odamlarda o‘rta hisobda 2,5-3 dm3 etadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat. Oshqozon shirasi tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota saqlanadi. Ovqatlangandan 20-30 minutdan so‘ng oshqozon to‘lqinsimon qiskarib ovqat oshqozon shirasi bilan aralashadi. Katta odamlarda aralash ovqat oshqozonda 3-4 soatdan so‘ng 12 barmoqli ichakka o‘tadi. Sut va sutli ovqatlar oshqozondan o‘n ikki barmoqli ichakka tez o‘tadi.
24.Jigarning оvqat hazm qilishdagi ahamiyati.
Safro, uning ovqat hazm qilishdagi ishtiroki. Safro jigarda hosil bo'ladi va uning ovqat hazm qilishdagi ishtiroki xilma-xildir. Safro yog'larni emulsiya qiladi, ular lipaza bilan gidrolizlanadigan sirtni oshiradi; lipid gidroliz mahsulotlarini eritadi, ularning so'rilishini va enterotsitlarda triglitseridlarni qayta sintezini ta'minlaydi; oshqozon osti bezi va ichak fermentlarining, ayniqsa lipazning faolligini oshiradi. Safro hazm qilishdan chiqarilganda, yog'lar va lipid tabiatining boshqa moddalarining hazm qilish va so'rilishi jarayoni buziladi. Safro oqsillar va uglevodlarning gidrolizlanishi va so'rilishini kuchaytiradi. Safro, shuningdek, o't shakllanishi, o't ajralishi, motor va sekretor faolligi stimulyatori bo'lib, tartibga soluvchi rolni ham bajaradi. ingichka ichak, epiteliositlarning (enterositlar) ko'payishi va desquamatsiyasi. Safro nafaqat o'n ikki barmoqli ichakka kiradigan oshqozon tarkibining kislotaliligini kamaytirish, balki pepsinni inaktivatsiya qilish orqali ham me'da shirasining ta'sirini to'xtatishga qodir. Safro bakteriostatik xususiyatlarga ega. Uning yog'da eriydigan vitaminlar, xolesterin, aminokislotalar va kaltsiy tuzlarini ichakdan so'rilishidagi roli muhim ahamiyatga ega.
25.Mоddalar va enеrgiya almashinuvining yosh хususiyatlari.
Bolalarda moddalar almashinuvi murakkab jarayon bolib, uning ozgarir vaqtda bir-biriga qarama-qarshi boladi. Assimilyatsiya organizmdagi sintezga bogliq bolgan barcha hodisalarni birlashtirib, o'sish va rivojlanish, organizmni hayot uchun zarur boigan moddalar bilan ta minlash va ularni sarflash bilan ifodalanadi. Dissimilyatsiya moddalarning parchalanishi va oksidlanishi, hamda ularni organizmdan ajratib chiqaruvchi jarayondir. Assimilyatsiya jarayoni organizmdagi osish va rivojlanish qonunlarini ifodalaydi
Oqsillarning ahamiyati. Bolalar uchun oqsillar eng katta ahamiyatga ega. Oqsil inson oziqasidagi asosiy qism boiib. organizmning plastic funksiyasi va quvvatini oshiradi. Oqsil hujayraning asosiy tarkibiy qismini va hujayralararo tizimini tashkil qiladi. Oqsil umumiy tana ogirligining 16-17% ini tashkil qilishi, quruvchi qism sifatida uning ahamiyati birinchi darajali ekanligini korsatadi. Asosiy hayotiy jarayonlar oqsil bilan bogliq bolib, ular organizmning kopayish va o’sish qobiliyati, sezuvchanlik, moddalar almashinuvi, qisqarish harakatining turli koiinishi va bir qancha faoliyatiga egadir. Oqsil katahzator-tezlashtiruvchi vazifasini bajaradi. Oqsil bolalar organizmida immunitet hosil bolishida qatnashadi. DNK va RNK tarkibi oqsil molekulalaridan tuzilgandir. Oqsil moddalar energiyasi sarflanishi jarayonida ham qatnashadi.
Yoglarning ahamiyati. Yog oqsil singari asosiy oziqa moddadir, ammo uning quvvati oqsildan 2,5 marta kuchlidir. Yog' organizmning mehnat faoliyatini tog4ri yoiga qoyilishida katta ahamiyatga ega. 1 g yog quvvati 9 kkal ga teng keladi, 1 g oqsil va 1 g karbonsuv faqat 4 kkal kuchga ega. Yog’lar hujayralar tarkibiga kiradi. Hujayra funksiyasida yog’ning ahamiyati katta. U moddalar almashinuvida qatnashib, oqsil, mineral moddalar va vitaminlaming organizmga singishiga yordam beradi. Yog’ tarkibiga fiziologik ahamiyati yuqori bo’lgan fosfatidlar ko’p.
Uglevodlarning ahamiyati. Uglevodlarning fiziologik ahamiyati ularning energetik xususiyati bilan aniqlanadi. Har qanday fiziologik holatda uglevodlarga bo'lgan ehtiyoj koproq. Uglevodlar hujayra va toqima tarkibida bolib, plastik va kuch rolini bajaradi. Hujayralar va toqimalararo moddalar murakkab uglevodlardan iborat.
Miya yarim sharlarining togri vazifa bajarishi, muskul ishi, jigar va buyrakda boruvchi murakkab reaksiyalar uglevodlar hisobiga amalga oshadi. Qisqa vaqt ichida oz miqdorda qon tarkibidagi glyukoza miqdorining ozgarishi nerv sistemasiga bogliq bolgan organizmdagi bir qancha funksiyali buzilish bilan namoyon boladi. Uglevodlar organizmda turli korinishda oddiy monosaxaridlar, disaxarid, polisaxarid, erkin holatda, qolaversa lipid, mikroelementlar va oqsillar bilan murakkab komplekslar hosil qilgan holda uchraydi. Uglevodlar jigar va muskullarda glikogen turda toplam hosil qiladi. Glikogen polisaxaridlarga kiradi. Disaxaridlar va polisaxaridlar ichakda monosaxaridlarning oddiy birikmalariga qadar parchalanadi va qonga soriladi. Ular darvoza vena boylab jigarga tushadi, bu yerga glyukozadan glikogenga sintezlanadi va oqibat-natijada moddalar almashinuvida qatnashadi. Bir kunda sarflangan energiyaning yarmidan ко‘pi uglevodlar hisobiga qoplanadi. Organizm uglevodlarga ayniqsa muskul ishi paytida ehtiyoj sezadi. Uglevodlar tana, yurak muskuli, shuningdek samarali aqliy mehnat uchun zarur boladi. Ovqatlanish to gri tashkil qilinganda sutka mobaynida osmir 438-500 gramm uglevod olishi kerak.
26.Bоla o’sishi va rivоjlanishida suv, minеral tuzlar va vitaminlarning ahamiyati.
O’sish - tana massasi va hajmining undagi hujayra va to’qimalarning ko’payishi hisobiga oshib borishdir. O’sish bola sog’lig’i va jismoniy holatlarining eng muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. O’sish natijasida organizmning rivojlanishi ham yuzaga kеladi.
Rivojlanish-organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to’qima va organlarning morfologik diffеrеnsiallashuvi dеmakdir. Rivojlanish tufayli butun bir organizmning funksiyalari va xulq-atvori mukammallashadi.
O’sish va rivojlanish bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular tufayli organizmdagi barcha son ko’rsatkichlar ma'lum vaqt o’rtishi bilan sifat ko’rsatkichlariga aylanadi.
Bola organizimning o’sishi fiziologik jarayon bo’lib, bu vaqt oziq moddalarni istе'mol qilish ularni sarflashdan ustun bo’ladi.
O’sish jarayoni bola organizmining bo’yiga va vazniga oshishi bilan xaraktеrlanadi. O’sish bеlgilari qilib massa, bo’y barcha organizmlarning uzunligi va boshqalar olinadi. Bunga suyaklarning o’sishi va yo’g’onlashuvi ham kiradi. Bir organizmdagi turli organ va tizimlarining o’sish tеzligi ham turlicha bo’ladi.
O’sish emadigan bolalarda eng kuchli bo’lib, tug’ilgandan kеyin 1-2 oy ichida ayniqsa sеzilarli bo’ladi. Bolalarda tana va boshning o’sishi turli xil nisbatda bo’ladi. Endi tug’ilgan bolalarda bu nisbat 1:4 ni tashkil qilsa, katta odamlarda 1:8 ni tashkil qiladi. 1 yoshlik bola bosh miyasining vazni katta odam bosh miyasi vaznining 2/3 qismini tashkil qiladi. Miya vazni tana vazniga nisbatan tеzroq ko’payadi. Shuning bilan bir qatorda tana vazni va uning yuza qismi nisbatlari ham o’zgaradi. Bu fiziologik jihatdan nazariy va amaliy ahamityaga ega.
Shunisi diqqatga sazovorki, katta odamlarga nisbatan endi tug’ilgan bolalarda vaznga to’g’ri kеladigan tana sathi 3 marta, 1 yoshlik go’daklarda 2 marta ko’pdir. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan davr ichida bola organizmining o’sish tеzligi endi tug’ilgan davrga nisbatan 2 baravar kamayadi.
27. Хujayraning umumiy tuzilishi
Hujayraning tuzilishi va funksiyasi Murakkab tuzilishga ega bo’lgan odam tanasida yurak, jigar va boshqa malum vazifalarni bajaruvchi organlar bo’lgani kabi, hujayrada ham turli xil vazifalarni bajaruvchi strukturalar mavjud. Bular organoid yoki oreganella (kichik organoid ) deb ataladi. Barcha tirik organizmlar hujayraning tuzilishiga ko’ra ikkita katta guruhga bo’linadi: yadrosiz organizmlar – prokariotlar (tub manosi yadrogacha – “pro”- gacha, “kario”- yadro) va “yadrolilar” – eukariotlar (“Eu”- haqiqiy, “kario”- yadro). Prokariotlar guruhiga barcha bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari (sianobakteriyalar), eukariotlar guruhiga esa zamburug’lar, o’simlik va hayvonlar kiradi. Shunday qilib, hozirgi davrda hujayralar tuzilishiga ko’ra ikkita sohaga ajratilgan va tegishli ravishda ikki yirik guruh: prikariot va eukariotlar deb ataladi. Prokariot organizmlar azaliy xususiyatlarni o’zida saqlab kelmoqda. Yani ular juda sodda tuzilishga ega. Eukariot hujayralarda qo’shqavat qobiq bilan o’ralgan yadro, murakkab tuzilishga ega bo’lgan “quvvat stansiya” lari – mitoxondriyalar; o’simliklarda bulardan tashqari yana xloroplastlar bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda “Yadroli ” organizmlarning barcha hujayralari yuksak tuzilishga ega bo’lib, kislorod bilan nafas olishga moslashgan va shuning uchin ko’p miqdorda energiya ishlab chiqarishi mumkin. Prokariot hujayra. Prokariot hujayralarning xarakterli vakili sifatida bakteriyalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular hamma joyda: suv, tuproq va ozuqa mahsulotlarida yashaydi. Bakteriya hujayralarining tuzilishi 20-rasmda keltirilgan. Prokariot hujayralarda shakllangan yadro bo’lmaydi. Ularning DNK si sitoplazmada joylashgan va membrana bilan o’ralmagan. Bakteriya hujayralarining kattaligi hilma-xil bo’lib, 1 dan 10 -15mkm gacha boradi. Bakteriyalarning tuzilishiga xos bo’lgan asosiy xususiyat – yadroning bo’lmasligidir. Ularning irsiy axboroti bitta aylanma shakldagi DNK molekulasida bo’lib, u sitoplazmada joylashgan. Bakteriya DNK lari oqsillar bilan birga komplekslar hosil qilmaydi. Shuning uchun xromosoma tarkibiga kiruvchi barcha genlar “ishlab turadi”, yani ulardan to’xtovsiz irsiy axborot olib turiladi. Bakteriya hujayrasi membrana bilan o’ralgan bo’lib, u sitoplazmani hujayra devoridan ajratib turadi. Sitoplazmada membranalar kam. Unda ribosomalar bo’lib, oqsil sintezini amalga oshiradi. Bakteriyalarning hayot faoliyati jarayonlari bilan bog’liq fermentlar sitoplazma bo’ylab tarqalib ketgan yoki membranalarning ichki tomoniga biriktirilgan bo’ladi. Ko’pchilik mikroorganizmlarning hujayrasida zaxira moddalar – polisaxaridlar, yog’lar, polifosfatlar to’planadi. Bu moddalar, energiyaning tashqi manbalari to’xtab qolgan vaqtda almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi va hujayra hayotining davom etishiga imkon beradi. Odatda bakteriyalar, hujayraning ikkiga bo’linishi bilan ko’payadi. Bakteriyalar sporalar hosil qilish xususiyatiga ega. Sporalar odatda ozuqa moddalari yetishmaganda yoki muhitda modda almashinuv mahsulotlari ko’p to’planganda hosil bo’ladi. Sporalar bakteriya hujayrasidan hosil bo’ladi. Spora hosil bo’lish jarayoni ona hujayra sitoplazmasining bir qismini ajralishi bilan boshlanadi. Ajralgan qism xromosomaga ega bo’lib, membrana va qalin hujayra qobig’i bilan o’ralgan. Bakteriyalarning sporalari juda hayotchan bo’ladi. Quruq holatda ular hayotiylik xususiyatini yuz, hatto ming yillar davomida saqlab qoladi. Haroratning keskin o’zgarishi ham sporalarga ta`sir ko’rsatmaydi.
28. Muskul tizimi. Ko’ndalang-targ’il muskullar
29. Qo’l-oyoq skeleti
Qol skeleti.
Qol skeleti elka kamarining suyaklari - korak va omrov, bilak, tirsak, panja suyaklaridan iborat. Elka suyagi 20 25 yoshda, bilak suyagi 21 25 yoshda, tirsak suyagi 21 24 yoshda, kaft usti suyaklari 10 13 yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq: falanga suyaklari 9 11 yoshda suyaklanadi. U narsa ta'lim tarbiya, mehnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e'tiborga olinishi kerak.
Oyoq skeleti.
Oyoq skeletiga chanoq kamarining suyaklari va son suyagi, boldir suyaklari va panja suyaklari kiradi. Chanoq suyaklarining suyaklanishi jismoniy tarbiya va mehnatda etiborga olinishi kerak. Chanoq suyaklarining notogri birikishi uzoq muddat notogri otirish, tik yurish, ogir yuk kotarish, ovqatlanishning yetarli bolmasligi natijasida vujudga keladi. Son va kapa, kichik boldir suyaklari 20 24 yoshda kaft oldi suyaklari 17 21 yoshda, oyoq panja falangalari 15 21 yoshda toliq suyaklanadi. Oyoq panjasi uzoq muddat tik turish, tor oyoq kiyim kiyilganda oyoq panjasini tekislanadi va tekis panja kasali vujudga keladi.
30. Retsepsiya va uning ahamiyati
Retseptor hujayralar boshqa hujayralardan ikki jixatdan farq qiladi. Birinchidan, ta’sirot energiyasi ular uchun oldindan hujayrada to‘plangan energiya xisobiga yuzaga chiqadigan jarayonlarni ishga solib yuboruvchi ragbat bolib xizmat qiladi. Ikkinchidan, retseptor hujayra potensialni hosil qilib, ozi tashqi tasirot energiyasini qabul qilaolmaydigan hujayralarga otkazadi.
Kiprikli hujayralar eshitish, fazodagi xolat va muvozanatni sezishga daxldor retseptor apparatlarining asosiy funksional tuzilmasi bolib xizmat qiladi. Bu hujayralarning osimtalari bor, ularning qimirlashi sensor reaksiya paydo bolishiga olib keladi. YAgona uzun osimtani kinotsiliy va qolgan kaltalarni stereotsiliylar deb ataladi. Bazi kinotsiliylarning doimiy harakati ular uchun adekvat bolgan ragbat bilan uchrashish ehtimolini oshiradi. Bu uchrashuv retseptor potensialini rivojlanishiga olib keladi. Bazi retseptorlarning ragbat bilan tasirlanishida xujayralarning barcha qismlari ishtirok qiladi.
Retseptorlarning ixtisoslashgan tasirotlarni qabul qiladigan bosagasi juda past boladi. Masalan, koz retseptorlarni kozgatish uchun bir kvant nur energiyasi kifoya qiladi. Xid sezuvchi retseptorlar esa bir nechta xidli modda molekulalarini osonlik bilan aniqlashga qodir. Bu tasirotlar adekvat tasirotlardir. Ammo, retseptor ozi qabul qilishga ixtisoslashmagan tasirotlarga ham qozgalish bilan javab berishi ham mumkin. Masalan, fotoretseptor mexanik tasurotga javoban qozgaladi. Ammo, bu tasirotning kuchi bosaga nur kuchidan bir necha million marta kop bolishi lozim. Mexanik ragbat fotoretseptorlarga nisbatan noadekvat tasirot xisoblanadi.
31. Organizmning gormonal boshqariluvi
Organizmning tashqaridan va ichkaridan bеriladigan ko’pgina favqulotdagi taassurotlarga bardosh bеrish chidamliligi, unga qarshi kurashi qonga chiqariladigan AKTG, kortikostеrioidlar hamda katеxolaminlar miqdoriga bog’liq. Favqulotda bеriladigan bunday faktorlarga nisbatan AKTG va kortikostеrioidlar miqdorining ko’payishi organizm nospеsifik rеzistеntligini oshiradi. Endi tug’ilgan bolalarda gipofiz buyrak usti bеzi tizimi ishi ancha kuchsiz, chunki ular hali to’liq shakllanmagan bo’ladi. Emizikli bolalarda bu tizimining ishi ancha kuchayib, har xil ekstrеmal faktorlar zararli ta'ssurotlarning oldi olinadi.
Gonodotron gormonlar bolalarda to balog’atga еtishish davrigacha sutkalik siydik bilan 2-5 birlikkacha ajraladi.
Gipofizning oraliq qismi odamlarda unchalik yaxshi rivojlanmagan bo’lib, mеlanafor gormonlar ajratadi. Bu gormon tеrida ba'zi bir pigmеntlarning yuzaga kеlishida va uni qoramtir rangga kiritishda muhim rol o’ynaydi.
Gipofizning kеyingi qismidan ajralib chiqariladigan gormonlar vazoprеssin va oksitasindir. Oksitasin ta'sirida bachadon muskullari qisqaradi. Vazoprеssin esa ichaklar muskul qisqarishni stimulyasiya qiladi, buyraklardagi kapillyarlarni, boshqa ichki organlar va Yurak-koronar tomirlarni ham toraytiradi. Vazoprеssinning organizmga asosiy ta'siri organizmda suv miqdorini ma'lum bir normada ushlab turishdir. Bu gormon ushbu vazifani buyrak kanalchalarida suvning rеabsorbsiya, ya'ni qayta so’rilishini boshqarish bilan amalga oshiradi. Shuning uchun ham vazoprеssinni yana antidiuretik gormon ham dеb yuritilar (ADG), ADGning qonga quyilishi qon miqdorining o’zgarishi va uning osmotik bosimining o’zgarishi bilan bo’ladi. Agar osmotik bosim kam bo’lsa, ADG ajralishi ham kamayadi. Endi tug’ilgan bolalarda ADG kamligi uchun ularning siydigi qonsеntrasiyasidan ancha past bo’ladi. Nеyrogipofizda nеyrosеkrеtlarning mavjud bo’lishi embrion rivojlanishining 28 haftasida aniqlangan. Nеyrosеkrеt ishlab chiqaradigan hujayralarning rivojlanishi bola tug’ilganidan kеyin ham davom etadi va bola bir yoshga to’lganida to’liq shakllanadi. Bola endi tug’ilgan paytlarda nеyrogipofizning antidiurеtik faoliyati ancha kuchsiz bo’lib, butun imkoniyatning 1/5 qismini ishga tushiradi. Bola bir yoshga еtganida nеyrogipofiz to’liq shakllanib ishlaydi.
Оntоgеnеz jarayonida gipоfizni tuzilishi va faоliyatida katta ozgarishlar bolib otadi. YAngi tugilgan chaqalоqning gipоfizini vazni 0,10 — 0,15 gramm; 10 yoshga bоrganda uning massasi 0,3 grammga еtadi, kattalarda gipоfiz 0,5 — 0,6 gramm boladi. Jinsiy еtilish davriga yaqin gоnadоtrоp gоrmоnlar ishlab chiqarilishi оrtib bоradi va jinsiy еtilgan davrda u gоrmоnlarning sеkrеtsiyasi eng yuqori darajada boladi.
32. Oliy nerv faoliyati
Oliy asab faoliyatining turlari.
I.P.Pavlov asab jarayonlarini harkatchanligiga va ularning muvozanat darajasiga qarab, itlar oliy asab faoliyatini 4 turga boladi: 1) kuchli, muvozanatlashmagan tur; 2) kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tur; 3) kuchli, muvozanatlangan, kamharakat tur; 4) kuchsiz tur.
Birinchi turdagi hayvonlarda qozgalish va tormozlanish jarayonlari kuchli bolib, qozgalish jarayoni kuchli boladi. Bunday itlarda shartli reflekslar tez va oson paydo boladi, ayni vaqtda farqlash tormozlanishni yoki ichki tormozlanishni boshqa turini hosil qilish qiyin boladi. Qozgalish jarayoni ustun bolganidan, u miya postlogiga keng yoyiladi.
Ikkinchi turdagi, kuchli muvozanatlashgan va harakatchan turdagi hayvonlarda shartli reflekslar tez hosil bolib, mustaxkamlanadi, ichki tormozlanishlarning barcha xillarini paydo qilish oson boladi. Bunday itlarda musbat va manfiy induksiyalar yaqqol ifodalanganidan qozgalish va tormozlanish jarayonlari juda keng yoyilmaydi. Postlogdagi jarayonlarning ildamligi qozgalishning tez tarqalishini, tormozlanishning esa tez qozgalishi bilan almashinishini taminlaydi.
Uchunchi turdagi hayvonlarda mustaxkam shartli reflekslar va mustaxkam farqlashlar vujudga keladi. Bosh miya postlogida rivojlangan jarayon uzoq vaqt saqlanadi, yoyilmaydi sekin sonadi. SHuning uchun qozgalish jarayoning tormozlanish va almashinishi ancha qiyin boladi.
Tortinchi turga mansub hayvonlarning postloq neyronlarining ish qobiliyati chegaralangan boladi. Ularda hosil qilingan shartli reflekslar turgun bolmaydi, salga tashqi tormozlanishga uchraydi. Ularning miya postlogida qozgalish va tormozlanish jarayonlari kuchsiz boladi
33. Nerv markazlarining turli bo’limlarining tuzilishi
Nerv markazlarining turli bolimlarining tuzilishi va rivojlanishi
Orqa miya. Orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo'yin umurtqasi bilan II bel umurtqasi oralig'ida joylashgan bo'lib, katta odamda vazni 30-40 g, uzunligi 45 sm ga teng. Yangi tug'ilgan bolada bola vazni 6-10 g, uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko'ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida esa oq modda bo'ladi.
Kulrang moddaning oldingi, orqa va yon shoxlari bor. Oldingi shoxida harakat neyronlari joylashgan, bu yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar b o ia d i, ularga sezuvchi, yani markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada boyin, ko'krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orqa miyaning har bir segmentidan bir juftdan hammasi b o iib 31 juft nerv tolasi chiqadi. Orqa miyadan chiqqan 31 juft nervlar gavda, qol, oyoq muskullari va terini nervlar bilan t a minlaydi. Orqa miya 3 qavat parda bilan qattiq (tashqi) parda o'rgimchak iniga o'xshash parda, tomirli parda bilan qoplangan.
Orqa miyaning funksiyalari. Orqa miya qozgalishni bosh miya bolaklariga o 'tkazuvchi markaziy organ hisoblanib, reflektor va otkazuvchi funksiyani bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning bazi harakat reflekslariga: tirsak, boldir, tizza, panja reflekslari misol bola oladi. Biroq odamda bosh miya juda yaxshi rivojlanganidan muskul harakat larining ko4pi bosh miya kata yarim sharlari postlogi ishtirokida amalga oshiriladi. Orqa miya ichki organlar, yurak qon tomir, ovqat hazm qilish, ayirish va boshqa sistemalar ishini ozgartirib, vegetativ reflekslarni ham amalga oshiradi.
Orqa miyaning yana bir funksiyasi o'tkazuvchanlikdir. Orqa miyaning otkazuvchanlik funksiyasi ichki organlardan bosh miyaga va bosh miyadan ishchi organlarga o'tkazuvchi yollar orqali impulslar otkazilishini taminlashdan iborat.
Orqa miyada bazi reflektor funksiyalar homila ona qornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Homila 2-3 oylik bolganida harakatlana boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi tasirlansa 2-3 daqiqadan song oyoq panjasida bukish refleksi hosil bo'ladi. Bu refleks bola tugilganidan so’ng 6 oy otgach, yoqolib ketadi. Bola 9-10 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar miyelinlashishi 3 yoshgacha davom etadi.
Bosh miya
Yangi tugilgan bola bosh miyasining vazni 340-400 g bo'lib, tana vaznining 1,8-1,9 qismini (katta odamda esa 1,40 qismini) tashkil etadi. 1 yoshda bosh miya vazni 800 g, 7 yoshda 1250 g, 15 yoshda 1350 g, 18 yoshda 1380 g, katta odamlarda 1400 g ga teng. Bolaning bosh miyasi 7 yoshgacha tez o ;sadi. Bosh miyaning o'sishi 20-30 yoshlarga borib to'xtaydi. 1-2 yoshda bosh miya orqa miyaga nisbatan ancha tez o'sadi, soiig orqa miyaning o'sishi tezlashadi. Bosh miya ham orqa miya kabi oq va kulrang moddalardan tashkil topgan. Bosh miyaning kulrang moddasi turli xil neyronlardan iborat. Bosh miyada 14 mlrd. nerv hujayrasi bor. Bundan tashqari, bosh miyaning 60-90% ni neyrogliya hujayralari tashkil etadi. Neyrogliya hujayralari himoya qiluvchi va tutib turuvchi tayanch to'qima hisoblanadi. Neyrogliyada gormonlar va gormonsimon moddalar hosil bo'ladi. Bosh miya uzunchoq miya, varoliy ko'prigi, miyacha, o 'rta miya, oraliq miyadan iborat bo'lib, bu qismlar bosh miya sopi deb ataladi. Ularni bosh miya katta yarim sharlari o'rab turadi.
Uzunchoq miya
Uzunchoq miya orqa miyaning davomi bo'lib, uzunligi 3-3,5 sm.Uzunchoq miya va varoliy ko'prigi reflektor hamda o'tkazish funksiyasini amalga oshiradi.
Uzunchoq miyaning reflektor ishida bosh miyadan chiqqan 5-12 ta nerv yadrolari ishtirok etadi. Uzunchoq miyadan chiqqan uchlamchi nerv yuz terisi, ko'z, burun, qisman tilni nerv bilan taminlaydi va tishlardan sezuvchi impulslarni o'tkazadi.
Bundan tashqari, uzunchoq miyada nafas olish, qon tomirlari devori harakatining nerv markazi, qo'sish, yutish, ter ajratish, so'lak ajratish, ko'z yoshi ajratish, qovoqlarni yumish, aksa urish, yo'talish nerv markazlari bor. Bosh miyaning yuqori bo'limlari uzunchoq miyaning reflektor funksiyasini boshqarib turadi. Uzunchoq miyaning morfologik jihatdan shakllanishi bilan nafas olish, yurak tomirlari, ovqat hazm qilish va boshqa funksiyalar takomillashib boradi
Miyacha
Miyacha bolalarda bir oz yuqori joylashgan bo'lib , bosh miya qutisining ensa qismini to'ldirib turadi. Miyachada ikkita yarim sharlar bo'lib, ular bir biri bilan chuvalchangsimon qism orqali birikadi. Miyacha muskullarning uygun qisqarishida va harakatlarida bir guruh muskullarning tegishlicha tarang turishini saqlashda ishtirok etadi va hokazo. Miyachaning faoliyati izdan chiqsa, odam uyg'un harakatlar qila olmay qoladi, tez charchab, oyoqlarini katta kerib, gandiraklab va qaltirab yuradi. Bir necha oydan so'ng harakatlar yaxshilanadi. Miya yarim sharlari miyacha orqali skelet muskullarining tonusini va uyg'unligini reflektor yo'l bilan boshqariladi. Chap yarim sharlar miyachaning o'ng yarim sharlar funksiyasini, o'ng yarim sharlar miyachaning chap yarim sharlar funksiyasini boshqaradi. Miya yarim sharlari miyacha orqali vegetativ funksiyalar-yurak, qon tomirlar faoliyatini, ovqat hazm qilish va boshqa funksiyalarni boshqaradi.
Orta miya. O'rta miya 4 tepalik plastinkasi va miya oyoqchalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, qizil yadro, qora modda va bosh miyadan chiqadigan, ko'z soqqasini harakatga keltiruvchi 3-4 juft va 4 juft g'altaksimon nervning yadrolari bor.
O'rta miya yadrolari faoliyatiga ko'ra sezuvchi va harakat yadrolariga bo'linadi. Harakat yadrolari organizmda muskullar tonusiga bevosita tasir etadi. Sezuvchi yadrolar eshitish va ko'rishda ishtirok etadi. O'rta miyasi shikastlangan odamda muskullar tonusi saqlanib qolgani holda to'g'rilovchi reflekslar buziladi, chunki bosh miya po'stloq qismi muskullar tonusini boshqarib turadi. O'rta miyada yana katta yarim sharlarga boradigan o'tkazuvchi yo'llar joylashgan. O'rta miya ishtirokida hosil bo'ladigan reflekslar ona qornida homilada shakllana boshlaydi.
Oraliq miya. Oraliq miya o'rta miyaning yuqorisida joylashgan. Oraliq miyaga - ko'rish, bo'rtio'lari, bo'rtiq osti qismi va tizzasimon tana kiradi. Oraliq miyaning bo'rtiq osti qismi turli yoshda rivojlanadi. Bola yeti yoshga kirguncha tabaqalashadi. Jinsiy balog'atga yetish davrida bo'rtiq osti qismi bosh miyaning turli boiaklari bilan bevosita aloqador boib qoladi. Organizmdagi markazga intiluvchi barcha nerv tolalari ko'rish bo'rtiqlariga kelib tutashadi. Ko'rish bo'rtiqlari shikastlanganda koz butunlay yoki qisman ko'rmay qoladi, bosh og'riydi, falajlik yuz beradi, uyqu buziladi. Bo'rtiq osti qism funksional jihatdan oqsil, yog, tuz va suv almashinuvi boshqarilishiga bogliq. Bundan tashqari, u yerdagi nerv markazlari ter ajralishi, issiqlikni boshqarish va uglevodlar almashinuviga ta sir etadi.
Bosh miya katta yarim sharlari
Bosh miya katta yarim sharlari ikkita yarim shardan iborat bo'lib, bosh miyaning eng rivojlangan qismidir. Ikkita yarimshar bir-biri bilan gorizontal plastinka, qadoqsimon tana yordamida birikadi. Har bir yarim sharda miya qopqog'i, hid bilish miyasi, asosiy markaziy bo'laklar va ikkita yon qorincha bo'ladi. Yarim sharlar bir biridan uzunasiga ketgan yoriq bilan ajralib turadi. Yarim sharlarning ustki yuzasida juda ko'p pushtalar va egatchalar bor. Har bir yarim shaming tashqi, ichki va pastki yuzasi boladi.
Miya yarim sharlari katta egatchalarining:peshona, tepa, ensa, chakka va orolcha kabi bolaklari bor. sharlarining asosidan boshlanib, orqaga va bir oz yuqoriga ko'tariladi, yarim sharlarning chakka bolagini boshqalardan ajratadi. Roland, yani markaziy egatcha miya yarim sharlarining yuqori chetidan boshlanib, o'rtada Silviyev egati tomon pastga yo'naladi, katta yarim sharlarning peshona bolimini tepa boiagidan ajratib turadi.
Shuningdek, ensa tepa egatchasi katta yarim sharlarining orqa tomonidan ko'ndalangiga yo'nalgan bolib , ensa bolagini tepa bolagidan ajratadi. Har qaysi boiagidagi mayda egatchalar pushtalar yordamida bir biridan ajraladi. Katta yarimsharlarning orolcha boiagi Silviyev yorigining chuqurligida yotadi, peshona, tepa, chakka boiaklar bilan o'ralib turadi. Peshona boiimida to'rtta: oldingi markaziy, yuqorigi, o'rta va pastki pushta boiadi. Oldingi markaziy pushta Roland egatining oldida, qolgan uchtasi ko'ndalang joylashgan. Tepa boiagida uchta: orqa markaziy va ikkita ko'ndalang pushta bor. Chakka boiagining yon yuzasida uchta, pastki yuzasida esa ikkita pushta, ensa boiagida uchta kichikroq pushta boiadi. Miya katta yarim sharlarning ichki yuzasida ham bir nechta egatchalar bor.
34. Irsiy kasalliklar va ularning turlari
Irsiy kasalliklar va ularning turlari. Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning rivojlanishini boshqarish yollarini bilib olishdir. Irsiyat organizmlarning oz belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga otkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmning belgi - hususiyatlari nasldan-naslga ozgarmagan holda otadi. Organizm belgi - hususiyatlarining bir qancha avlodda turgun saqlanib kelishi irsiyatning bir tomoni bolib, ikkinchi tomoni organizmlarning ontogenezida ma'lum moddalar almashinuvini harakterini va rivojlanish tipini ta'minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan aniqlanadi. Aks holda organizmlar avlodida ozgarish vujudga kelgan bolur edi. (Masalan bugdoydan arpa, tovuqdan ordak). Organizmning ikki hususiyati - irsiyat va ozgaruvchanlikni organadigan fanga genetika fani deyiladi. Zamonaviy genetikaning vujudga kelgan vaqti 1865 yil hisoblanadi, shu yili chex olimi Gregor Mendel o’simliklar ustida turli tajribalar o’tkazib, irsiyat va o’zgaruvchanlikni o’rgandi. Afsuski, Mendelning bu buyuk ishlariga zamondoshlari munosib baxo bera olmadi. Oz tajribalarida xuddi shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unitib yuborilgan Mendel tajribalarini qayta tahlil qilib, uning tadqiqotlarini tola tokis tasdiqladi. Shunday qilib, Mendel qonunlari tan olindi va genetika faniga asos solindi.
Irsiyat nasldan-naslga qay tarzda otishini bilish uchun hujayra haqida ma'lumotga ega bolish kerak. Barcha tirik organizm hujayralardan tashkil topgan. 1665 yilda R.Guk tomonidan sodda mikroskop ixtiro qilinishi hujayra ta'limotining tugilishiga olib keldi.
Tibbiyotda 1500dan ortiq irsiy kasallik turlari mavjud. Nasl kasalliklari xromosomalarning anomal yigindisi, jinsiy hujayralarning ozgarishi yoki mutatsiya ta'sirida paydo boladi. Nasl kasalliklariga - xromosoma kasalliklari, modda almashinuvi va immunitetning ozgarishiga aloqador, endokrin faoliyatiga doir, nerv sistemasi va qonga aloqador kasalliklar kiradi. Masalan xromosoma kasalliklari jinsiy xromos va autosomalarda roy bergan ozgarishlardan paydo boladi. Autosomalar sonning o’zgarishi natijasida sodir bo’luvchi irsiy kasalliklar jinsga bog’liq bo’lmagan holda irsiylanadi. Bunga misol tariqasida odamda uchraydigan “Daun sindromi” irsiy kasalligini olish mumkin. Bu kasallikning paydo bo’lish sababi hujayra bo’linayotgan paytda 21- juft – gomologik xromosomaning bittaga oshib ketishi, ya’ni trisomik bo’lishidadir. Buning oqibatida etob kishining diploid holatidagi (2n) xromosomalar soni odatdagidek 46ta emas,balki 47ta bo’ladi.
Daun sindromi” kasalli ayollarda ham erkaklarda ham uchraydi.Bu kasalliklarga uchragan bemorning boshi nisbatan kichik, yuzi keng, ko’zlari kichik va bir-biriga yaqin joylashgan bo’ladi.Og’iz yarim ochiq, aqli sezilarli darajada kam rivojlangan bo’ladi. Ular odatda jinsiy zaif, bepusht bo’ladi. Bu betoblikka ega farzandlarning tug’ilishiga sabab, tashqi muhit omillarining salbiy ta’siri hamda ona organizmining yoshi hisoblanadi. Onaning farzand ko’rgan vaqtidagi yoshi 35-40 dan oshgan bo’lsa, bunday kasalga chalingan farzandlar tug’lish ehtimili 18-25 yoshdagi onalarga nisbatan 10 hissa ko’payadi.
35. Hazm qilish azolarining tuzilishi va fiziologiyasi
Ovqat hazm qilish a’zolariga og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, me’da, ingichka ichak, jigar, o’t pufagi, me’da osti bezi va yo’g’on ichak kiradi. Ovqat og’iz bo’shlig’ida maydalanib halqumga uzatiladi va qizilo’ngachga tushadi. Qizilo’ngach devorida 3 ta fiziologik torlik bo’lib, unda dag’al ovqatlar ushlanib qoladi (bo’yin, ko’krak, diafragma), ovqat qizilo’ngachdan me’daga tushadi. Me’da qorin bo’shlig’ida joylashgan. Devori 4 qavatdan shilliq, shilliq osti, muskul va tashqi seroz qavatdan iborat. Me’daning shilliq pardasida hazm shirasini ishlab chiqaruvchi bezlar joylashgan. Me’da shirasi tarkibida pepsin, hlorid kislota va shilimshiq bo’ladi. bir kecha kunduzda 1,5 – 2 litr miqdorda me’da shirasi ishlab chiqariladi. Hazm shirasining kamayishi yoki ko’payishi organizmning ruhiy holatiga bog’liq. Asabiy zo’riqishlar shira ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Ovqat me’dada bir necha soat davomida saqlanadi. Maydalangan ovqat bo’lak – bo’lak bo’lib 12 barmoq ichakka o’tkaziladi. 12 barmoq chakka me’da osti va o’t pufagidan o’t suyuqligi kelib tushadi. Me’da osti bezi ishlab chiqargan pankreatin moddasi ovqatni uglevodli qismga, o’t suyuqligi esa yog’larning parchalanishiga olib keladi. Ingichka ichakda vorsinkalar (so’rg’ichlar) joylashgan bo’lib, parchalangan ovqat mahsulotlatlarining qonga so’rilishini taminlaydi. Qonga so’rilmagan qismi yo’g’on ichakka o’tadi va ichak tayoqchalari yordamida yog’ kletchatkalarga parchalanib so’riladi. Qolgan ortiqcha moddalar najas bo’lib tashqariga chiqaib ketadi. Jigar ovqat hazm qilish sistemasida zararli moddalani zararsizlantirish vazifasini bajaradi. U o’t suyuqligini ishlab chiqarib, qonni fil’tirlab beradi.
Oziq moddalarning fizik va kimyoviy o‘zgartirilishi hazm yo‘lida
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Gidrolitik fеrmеntlarning kеlib chiqish
mohiyatiga ko‘ra hazm uch turga bo‘linadi: xususiy, simbiont va autolitik.
Xususiy hazm muayyan makroorganizmda, uning hazm bezlari (so‘lak,
mе'da, mе'da osti bеzi, jigar va ingichka ichak) epitеlial hujayralarida
sintеzlangan fеrmеntlar tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy hazm
jarayonida turli hazm a'zolarining sеkrеtlari o‘z bo‘shlig‘iga ajralib, hidrolitic
jarayonini amalga oshiradi.
Simbiont hazm jarayonida oziq moddalar gidrolizi, makroorganizm
hazm yo‘lidagi baktеriya va sodda hayvonlar fеrmеntlari tomonidan amalga
oshiriladi. Odamda simbiont hazm yo‘g‘on ichakda sеlluloza gidrolizlanganda
ro‘y beradi, chunki hazm yo‘lida sеlluloza fеrmеnti ishlab chiqarilmaydi va
ovqatdagi klеtchatka simbiontlar fеrmеntlari ta'sirida parchalanadi. Simbiont
hazm kavsh qaytaruvchilarda yaxshi rivojlangan. Ular asosan o‘simlik
mahsulotlari bilan oziqlanadi, simbiont organizmlar ularning mе'dasida qiyin
gidrolizlanadigan
sеllulozani
parchalashda
ishtirok
etadi
hamda
makroorganizm tomondan oqsil oziqa sifatida o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga,
kavsh
qaytaruvchilarda
mе'daning
ko‘p
kamеrali
bo‘lishi
mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratadi. Simbiont
hazm qilish jarayoni natijasida ikkilamchi oziq moddalar hosil bo‘ladi va ular,
birlamchi oziq moddalardan farq qilib, xususiy fеrmеntlar hisobidan emas,
balki simbiontlar ishlab chiqaruvchi fеrmеntlar hisobidan paydo bo‘ladi.
Umurtqasizlarda, masalan, yomg‘ir chuvalchang, tеrmit va boshqalarda,
sеlluloza va uning hosilalari faqat simbiont hazm jarayoni tufayli tеz
parchalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |