Bog'liq 26-MAVZU. AQSHDA FUQAROLIK URUSHINING BOSHLANISHI VA BORISHI
I. 2. 1775-1783 yillarda mustaqillik uchun kurash AQSh ning tashkil topishi. 1765-yilda Angliya parlamenti mustamlakalarga qarshi qaratilgan ikkita qonun qabul qildi. Bulardan biri qo‘shinlarni joylashtirish qonuni bo‘lib, bu qonun ingliz hukumatiga mustamlakalariga cheklanmagan miqdorda qo‘shinlar yuborish va ularni aholi uylariga joylashtirish huquqini berar edi. 2-qonun har qanday hujjatlar, gazetalar, broshyuralar, e’lonlar ustidan gerb solig‘ini solish to‘g‘risida edi1.
Bu qonunlar mustamlakalarda juda katta g‘azab uyg‘otdi va burjua elementlarining qarshi ta’sir ko‘rsatishiga qaramay, ommaviy g‘alayonlarga aylanib ketdi. Bostonda hurriyat rahbarlarining farzandlarining rahbarligi ostida ishchi va hunarmandlarning g‘alayonlari 13-avgustdan 18-avgustgacha davom etdi. Mitinglar o‘tkazishdi, kechasi mash’allar yoqib yurishlar qildilar. Chinovniklarning uylariga o‘t qo‘ydilar, sud arxivlarini yoqib yubordilar. Gubernator yuborgan qurolli otryadlar haydab yuborildi. Gubernatorning yordam yuborish to‘g‘risidagi iltimosiga politsiya boshlig‘i mening odamlarimni endi topib bo‘lmaydi: ular xalqqa qo‘shilib ketdi, deb javob berishi ahvolning naqadar tang ekanligini ko‘rsatdi2.
Xalq harakatidan qo‘rqib ketgan mansabdorlar o‘z lavozimlaridan voz kechdilar. G‘arb to‘g‘risidagi qonun kuchga kirgach 1-noyabr kuni yangidan xalq g‘alayonlari ko‘tarilib ko‘p kishilik mitinglar va namoyishlar uyushtirildi, gerbli qog‘ozlar kuydirib yuborildi. Xalq “Umumiy ittifoqlik” yoki o‘lim!, erkinlik yoki o‘lim kabi degan shiorlar bilan kurashni kuchaytirdilar3.
Mustamlakalardagi bu harakatlar xalqning qanday kuchga ega ekanligini ko‘rsatdi va ko‘p o‘tmay gerb qonunining bekor qilinishiga kattagina yordam berdi. Mustamlakalar vakillari kongressni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilishdi. Gubernatorning taqiqlashiga qaramay kongress 1675-yil 7-oktyabrda Nyu-Yorkda ochildi.
Yuqori tabaqalar petitsiya bilan murojaat qilib, hech narsaga erishib bo‘lmasligini ma’lum qildi. Oktyabr oyi oxirlarida ingliz tovarlari butun mustamlakalarga yoyildi. Metropoliya burjuaziyasi mustamlaka bozorlaridan mahrum bo‘lib qolishdan qo‘rqib mustamlakalar bilan bo‘lgan nizoni tezroq bartaraf qilinishini talab qildilar. 1766-yil martida gerb solig‘i to‘g‘risidagi qonun bekor qilindi.
Ammo shu bilan ingliz parlamenti ilgarigi qonunlarga asosan mustamlakalarga soliq solish huquqi saqlab qolganligi qayd qilindi. qo‘shinlarni joylashtirish qonuni va boshqa qonunlar kuchda qoldi. Tounshend qonuniga binoan 1767-yil bir qancha tovarlarga bojxona to‘lovi joriy qilindi. To‘lovdan tushgan daromad mansabdorlar va harbiy ma’murlarning ta’minotiga sarflanar, shu bilan ular kolonistlardan mustaqil bo‘lib qolgan edilar.
Jazo choralari kuchaytirilib g‘alayonni bostirish va qo‘zg‘olonni oldini olish 1768-yil Bostonga harbiy yordamchi kuchlari bilan to‘la kemalar kirib keldi1. So‘ngra hukumat siyosiy jinoyatlarda ayblangan kolonistlarni Angliyaga olib ketib, o‘sha yerda sud qilishni buyurdi, ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan mustamlaka majlislari tarqatib yuborildi.
Bu tadbirlarning hammasi kolonistlarning g‘azabini oshirdi. Mustamlakalarda ko‘pgina pamfletlar paydo bo‘ldi. Mitinglar va maxfiy yig‘ilishlar oddiy tusga kirib klublar va maxfiy jamiyatlarning faoliyati ancha jonlandi. Vashington gubernatori tomonidan taqatib yuborilgan Virginiya majlisi ba’zi deputatlarning tashabbusi bilan ingliz tovarlariga bokot e’lon qildi. Ingliz tovarlarini Shimoliy mustamlakalariga olib kelib sotish 1768-yilgi 1363 funt sterlingdan, 1769-yilda 504 ming funt sterlingga tushib qoldi2.
Kolonistlar qo‘shinining olib chiqib ketilishini, o‘zlarining huquqlarini poymol qiluvchi qonunlarning bekor qilinishini talab qildilar. Parlament taushend qonuni bekor qilish bilan Yana qisman yon berishga majbur bo‘ldi. Mustamlaka burjuaziyasi kurashning passiv metodlarini mahkam ushlab olgan edi va hukumatga qisman yon berish bilan qanoatlanishga rozi edi. Biroq mehnatkashlar harakati tobora inqilobiy tus olmoqda edi. 1763-yilda Shimoliy Korolinada tenglashtiruvchilar nomi bilan mashhur bo‘lgan fermerlar harakati boshlanib ketdi. 4 yil davom etgan bu kurash qatnashchilari qonga botirildi. 1768-1774-yilda Allegan shtatidagi fermerlar ingliz harbiy kuchlariga ochiqdan – ochiq kurash olib bordilar.
Sharqiy hududlarda ayniqsa Massachusetsda ishchilar, hunarmandlar va fermerlar metropoliyaning faol tarafdorlarini ushlab olib, qattiq jazolay boshladilar. 1768-yilda Massachusetsda oq tanli qullarning g‘alayoni ko‘tarildi. Qo‘shinlar bilan to‘qnashuvlar tez-tez bo‘lib turdi. Bostonda 1775-yil 5-mart kuni aholi bilan to‘qnashuvlar vaqtida askarlar 4 ishchini o‘ldirdilar va 5 kishini yarador qildilar. O‘ldirganlar orasida qochoq negr Attaks yuor edi. O‘ldirilganlar dafn marosimi xalq namoyishiga aylanib ketdi. “Boston qotilligi” inqilobiy jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Nihoyat inqilobiy vaziyat yetilib kelmoqda edi1.
Inqilobning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari ishchilar, hunarmandlar va fermerlar bo‘lib, bular birgina mustaqillik uchun kurashmasdan, shuningdek iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy huquqlar uchun ham kurashdilar. Biroq xalq ommasi uyushmagan edi. Ommaning harakatlarga rahbarlik ishlarini yirik burjuaziya bilan quldorlar o‘z qo‘llariga olgan edilar, ular o‘z navbatida xalq inqilobidan qo‘rqar, toji-taxt bilan kelishib qo‘ya qolmoqchi edilar. Ularning maqsadi metropoliyaning hukumron sinflari ega bo‘lgan huquqlarga ega bo‘lish edi, xolos.
Metropoliyaning murosasizligi hamda xalqning ishchilar, hunarmandlar va fermerlarning avj olib ketgan qurolli kurashi ostida sinfiy kuchlar tobora tabaqalarga bo‘linib ketayotgan edi. Quldorlar, yirik burjuaziya, ruhoniylarning bir qismi ommaviy harakatlarni keng quloch yoyib ketayotganligidan qo‘rqib ketib, royalistlar lagerga o‘tib ketdi va qirol tomonda turib kurashdi.
Biroq ikkilanish va og‘ishlar yo‘lini bosib o‘tgan burjuaziyaning bir qismi har holda metropoliyaga qarshi kurashga boshchilik qildi, ammo xalq harakatini keng quloch yoymasligiga tirishdi.
Xalqdan qo‘rqib qolgan bu burjuaziya ommadan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, o‘zining cheksiz hukumronligini o‘rnatish uchun payt poylar edi. 1775-yil 9-mayda Filodelfiyada ochilgan ikkinchi kontinental kongresda hukumron guruh burjuaziya va plantatorlar vakillari, ya’ni mo‘‘tadillar bo‘lib ular Vashington Radolf, T.Jefferson, P.Genri, S.Adams va boshqalar edilar. Bular yangi burjuaziya demokratlarning o‘z tashkilotlari ham yo‘q edi, ular o‘zaro kelishmasdan ish ko‘rar edilar. Shunga qaramay, kongress ularning tashabbusisiz to‘plangan armiyani vaziyat ostida o‘z qaramog‘iga olib, Jorj Vashingtonni bosh qo‘mondon etib tayinladi.
J.Vashington (1732-1799) Virginiyalik senatorlarning boy aristokrat oilasidan chiqqan ma’lumotli kishi edi. Uning akalari Ogayo yer kompaniyasiga boshchilik qilar, bu kompaniya 18 yashar Jorjni dastlab yer o‘lchovchi qilib tayinlagan edi. Bu yerda u yigitlik chog‘idayoq hindular bilan bo‘lgan to‘qnashuvlarda ko‘ngilli askarlar ko‘mondoni sifatida, 1754-1756-yillarda uncha katta bo‘lmagan otryadlari bilan bo‘lgan janglarda dong chiqargan edi. Vashington sof vijdonli g‘ayratli va jasur kishi bo‘lib, juda katta tashkilotchilik qobiliyatiga ega edi1.
U kamgap, vazmin, o‘zining hamkasblariga hamda qo‘l ostidagi xodimlariga talabchan, g‘amxo‘r va haqiqiy vatanparvar edi.
Kongress umumiy armiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilib, shu bilan bir vaqtda qirolga petitsiya yubordi. Petitsiyada kongress o‘z sadoqatini ta’kidlagan va barcha masalalarni tinch yo‘l bilan hal qilishni so‘ragan edi.
Shuningdek, ingliz xalqiga qarata murojaat ham qabul qilgan edi. Angliya mustamlakalaridagi xalq bir-birovlari bilan urush olib borishga qarshi bo‘lib, kolonistlar kurashiga xayrixohlik ko‘rsatmoqda edilar. Ularni mustamlakalaridagina emas, balki, Angliyaning o‘zida ham hukum surib kelayotgan reaksiya va zulmga qarshi kurash zarurligini tushinish tuyg‘usini birlashtirar edi. Angliya o‘z qo‘lida mustamlakalarni boe berishdan qo‘rqan va mustamlakalar bilan savdoning keskin tushib ketganligi natijasida ziyon ko‘rgan burjuazyaning ma’lum bir qismi, parlamentga yuborgan petitsiyalarida nizoni bartaraf qilishni keskin talab qilgan edi. Angliya hukumati ushbu talablarni rad etib, mustamlakalarni isyon holatida deb e’lon qildi. Muntazam armiya 55 ming kishiga, flotning shaxsiy sostavi 28 ming kishiga yetkizildi2.
Ingliz burjuaziyasi hamma vaqt birovlvrning qo‘li bilan urush qilishni yaxshi ko‘rar edi. Nemis hukmronlari tomonidan Angliyaga sotilgan 29 ming nemis soldati Amerikaga jo‘natildi. Iingliz ma’murlari hindu qabilalarini va plantatorlar qaramog‘idagi negirlarni kolonistlarga qarshi otlantirishga harakat qildi. Biroq hindu qabilalarining ko‘pchilik qismi Angliya tomonida o‘tib, Oneydo qabilasi qo‘zg‘olonchilarni qullab quvatladi, irokezlar esa o‘zlarini betaraf deb e’lon qilgan bo‘lsa, negirlarning ko‘pchiligi inqilobning tarafdorlari edilar.
Mustamlakalarda o‘z tarafdorlarini ko‘paytirish, qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida ixtilof chiqarish va ularning kuchlarini zaiflashtirish uchun inglizlar ig‘vo qilish va pora berib o‘ziga og‘dirib olish usulini ishga soldilar.1775-yilning oxirlarida 20 mingga yaqin royalistlar metropoliya tomonida turib urishdilar. Royalistlarning qurolli kurashga o‘tishi va ko‘pgina ruhoniylarning inqilobga qarshi tashviqoti avj oldirib yuborilganligi tufayli kongres 1776-yil 2-yanvarda ular ustidan nazorat qilishni mahalliy ma’murlar zimmasiga topshirishdi. Shundan so‘ng ularni qurolsizlantirish (1776 yil mart) va mol mulkini musodara qilish (1777 yil noyabr) to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Mamlakatning deyarli hamma joylarida tuzilgan xafsizlik komitetlari bu qaror chiqishidan ilgariyoq royalistlarni qamoqqa olib, mol mulklarini musodara qila boshlagan edilar.
Kongress singari kontinental armiya ham, payt poylash va mudofaa taktikasini qo‘llayotgan edi. To‘g‘ri, Kanadani bosib olishga urinib ko‘rildi, bu esa mustamlaka burjuaziyasinigg eng muhim siyosiy va strategik vazifasi edi. Biroq bu urinish to‘la muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. 1776-yilning boshlarida Vashington, uning sustkashligidan juda ko‘p norziliklar tug‘ilganligi tufayli Bostonni olishga tayyorgarlik ko‘rish boshlandi. Bostonni qamal qilish uchun armiyaning barcha asosiy kuchlari bir joyga to‘plandi va ingliz qo‘shinlari Dorchestr tepaliklarini qo‘lga kiritish yo‘lidagi urinishlarni muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqqanidan keyin 17-martda Bostonni tashlab chiqib ketdilar. Ingliz kemalariga qarshi qo‘zg‘olonchilarning qurolli qismlari jang qildilar, qo‘lga tushirilgan qurollar va kiyim kechaklar qo‘zg‘olonchilar armiyasini ta’minlanishiga sarf qilinar edi. Mustamlaka qo‘shinlari yomon qurollangan, arteleriya oz, ko‘pincha eng zarur kiyim va oziq-ovqatlar yetishmas edi. Sanoat urush talablariga tezda moslasha olmasa ham, lekin urushning borishida ancha yutuqlarga yerishdi. Qishloq xo‘jaligiga urush juda kam ta’sir qildi. Shunday bo‘lsada ko‘p joylarda ayniqsa, shaharlarda va janubiy mustamlakalarda qo‘shinlar va xalq ochlikdan azob chekayotgan edi. Narxlarning oshib va chayqovchilikning misli ko‘rilmagan darajada kuchayib ketganligi natijasida mehnatkashlar ommasining ahvoli og‘ir edi. Burjuaziya va yirik er egalaridan iborat vatanparvarlar Amerika qog‘oz pulidan ingliz tillasini afzal ko‘rar, Amerika aholisi ochlikdan halok bo‘layotgan bir paytda ingliz qo‘shinlarini ta’min qilar edi. Vashingtonning o‘zi 1775-yilda bunday degan edi: Fuqarolik burchini, odamgarchilikni bu qadar unutib yuborish, bu qadar chayqovchilik, foyda olish uchun bu qadar hiyla ishlatish hollarini men hech qachon ko‘rgan emasman.
Vakolatli hukumatning va boshqaruvning markazlashtirilmaganligi, provinsializm ruhining va mustamlakalar o‘rtasida ziddiyatlarining hukm surishi ham halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Mustamlakalar tamoman mustaqil bo‘lib, ular qo‘shinlar ta’minotini tashkil etishlari kerak edi, lekin urush ularning territoriyalariga yetib bormaguncha bu ishni qilishga shoshilmadilar. Barcha qiyinchiliklarni bartaraf qilib va engib chiqish uchun birlashgan davlatlar barpo qilish kerak edi. Lekin bu uchun oldin mustaqillik e’lon qilinishi lozim edi. Keng xalq ommasining eng yaxshi ijtimoiy hayotga erishish yo‘lidagi umidlarimustaqil respublika e’lon qilinishi bilan bog‘liq edi. Xalqning va burjua demokratlarning mustaqillik haqidagi talablari klublarda va gazetalarda qat’iyroq qilishda 1776-yil yanvarida nashr etilgan va ikki oy ichida 120 ming nusxa sotilib bo‘lgan “Tetik fikr” degan pamflet katta rol o‘ynadi. Uning muallifi inqilobchi-demokrat T. Pein (1737-1809) Angliyada hunarmand oilasida tug‘ilgan qobiliyati tufayli u mustaqil o‘qish bilan kuchli publitsist va jamoat arbobi bo‘lib etishgan shaxs edi.
Pein 1775-yilning noyabridayoq kongress tomonidan ta’sis etilgan maxfiy komitet sekretari vazifasida ishlay boshladi. Keyin u demokrat general Nataniel Grinning yordamchisi sifatida urushda qatnashdi. Pein va boshqa demokratlar propganda qilgan mustaqillik talabi rad qilib bo‘lmaydigan talabga aylandi. Kongress ikkilanib turganda Shimoliy Korolinada, Virginiyada va boshqa mustamlakalarda 1776-yilning aprel-mayida mustaqillik e’lon qilindi. Mustamlakalar o‘zlarini shtat deb e’lon qildilar. O‘shanda kongress ham 1776-yilning mayida qaror qabul qilib, unda mustamlakalarga Angliya bilan aloqa bilan aloqani uzish tavsiya qilingan edi. Nihoyat, 1776-yilning iyunida kongress “Mustaqillik dekloratsiyasi” qabul qildi. Dekloratsiya loyihasi burjua demokratik ruhda yozilgan edi, lekin u kongressning o‘ng qism a’zolari tomonidan o‘zgartirilib yuborildi. Munozara faqat mustaqillik ruhida emas, balki davlatning harakteri to‘g‘risida ham edi. Mustaqillik dekloratsiyasi kishilarga juda katta imkoniyat yaratib bergan hujjat edi.
Demokratik ruhdagi bu dekloratsiya xalqning katta g‘alabasi edi, chunki kurash avjiga chiqqan paytda xalq ommasi shu qadar dahshatli kuch ediki, kongress demokratlari ular bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. Inqilobning birinchi davri mustaqillik e’lon qilinishi bilan tugadi va yangi davr respublika davr boshlandi. Tarkibi bir qadar yangilangan kongress eshdi milliy ta’sis deb nomlandi. Konstitutsiyani ishlab chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish, soliq-moliya masalasini va yana boshqa turli masalalarni hal qilish kerak edi. 1775-yilda mustamlakalarda 8 ming, 1781-yilda 56 ming ingliz qo‘shini bor edi. Manbalarda aytilishicha, urush harakatlarida 30 minggacha kishi qatnashgan. Urush mobaynida Angliya Amerikaga hammasi bo‘lib 90 mingga yaqin soldat yuborgan1. O‘z xo‘jayinlari tomonidan sotilgan yollanma askarlarga ishonib bo‘lmas edi. Biroq urush 6-yilga cho‘zilib ketdi. Nihoyat respublikada qulay xalqaro vaziyat vujudga kelganligi tufayli, qurollangan xalqning faollik ko‘rsatishi, jumladan, partizanlar harakati tufayli g‘alabaga erishdi. 1776-yil avgustida Bruklin yonidagi jangda Vashington armiyasi mag‘lub bo‘ldi. 15 sentyabrda Nyu-Yorkni, noyabrda bir nechta qal’ani topshirdi. Undan keyin Delaver daryosini ortiga chekindi. Ko‘p amerkalik askarlar asir tushdi. Yil oxirida respublika tang ahvolga tushib qoldi. Ammo 1777-yilning boshlarida Vashington o‘z mavqeini tiklab qolishga erishdi. Kongress Yorktaunga ko‘chdi. Burjua tarixchilari bu mag‘lubiyatga general Li qilgan xiyonat sabab bo‘lgan deb baholaydilar. Ammo g‘alabaga inqilobiy yo‘l bilan erishish mumkin edi. Chunki mo‘‘tadil armiyaga xalq ishonmas edi. Ahvol keskinlashgan paytlrda xalqning o‘zi mustaqil ravishda ish ko‘rgan. Ingliz armiyasi Kanadadan o‘tib N’yu-York shtati orqali hujum qilish vaqtida, respublika qo‘shinlariga aristokrat Skviller ko‘mondonlik qilgan edi. Shundan keyin ushbu qo‘shin tarkibida jang qilishga ahd qilib, juda ko‘p kishilar qo‘shila boshladilar. Natijada 1777-yil 17-oktyabrda Saratog yonidagi jangda respublika qo‘shinlari ingliz qo‘shinlarini tor-mor keltirdilar. Bu g‘alaba mamlakatning xalqaro ahvolini yaxshiladi va nihoyat 1783-yilda sulh tuzildi. Angliya AQShning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi.
Xalqni itoatda saqlash uchun Shimol kapitalistlari va Janub quldorlari markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, pul sistemasini va savdo to‘g‘risidagi qonunlarni tartibga solish, boylar mafaatlarini ko‘zlab er uchastkalarini sotib olishni ta’minlash va G‘arbdagi yangi yerlarni bosib olish uchun bir qator hiyla nayranglar o‘ylab topdilar. To‘rt oy davom etgan munozaralardan keyin ishlab chiqilgan konstitutsiya AQSh tarixida muhim rol’ o‘ynadi. Bu konstitutsiyada inqilobning demokratik tendensiyalari o‘z ifodasini topgan bo‘lsada, Amerika xalqining takliflari o‘z ifodasini topgan emas edi. Bu muhim tarixiy xujjat edi. 1787-yilgi konstitutsiyaga binoan AQSh federal davlatga aylandi. 1787-yili Ta’sis konventi AQSh konstitutsiyasini qabul qildi, u davlat tizimi to‘g‘risidagi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud prokuratura organlariga bo‘linishi, ular o‘rtasidagi bog‘liq jihatdan amaliy ahamiyat kasb etdi1. Jorj Vashington AQShning birinchi prezidenti etib saylandi, o‘sha davrning ulug‘ siymolari T.Pein, B.Franklin, T.Jefferson AQSh davlatini tashkil etish va uni idora qilish an’analarini shakllantirdilar.