www.aql.uz - aqlingiz
uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar,
kashfiyotlar
Shu kuni kechqurun yigitcha hayoti haqida ro'y-rost uzoq o'yladi. Ko'p yillar ortga
nazar tashlab, shunga amin bo'ldiki, qaysarlik va chidam sifatlarini rivojlantirishga
mutlaqo harakat qilmabdi. uning yo'lida biron qiyinchilik yoki to'siq uchrashi bilan hech
ikkilanmay ortga chekinar va undan osonroq nimadir izlay boshlar ekan.
Endi, janob Ijli bilan uchrashganidan so'ng, modomiki biron-bir narsada
muvaffaqiyatga erishishni xohlasa, u o'zgarish uchun qat'iy qaror qilishi va toshyo'nar
singari yo'l tutishi zarur ekanligini angladi.
Uning yo'lida qanday to'siqlar duch kelsa, to muvaffaqiyatga erishmagunicha qat'iyat
bilan olg'a ilgarilashi zarur.
Yigit yon daftarchasini oldi-da, janob Ijli bilan suhbatlashayotgan chog'da
yozganlarini yana bir bor qayta o'qib chiqdi:
Do'stlaringiz bilan baham: