Aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/83
Sana12.09.2021
Hajmi0,65 Mb.
#172781
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
boy bulish siri

www.aql.uz  - aqlingiz uchun ozuqa, kitbolar, dono fikrlar, kashfiyotlar 

Janob Ijli jilmaydi. 

—  Men hikoya qilgan kishi — Avraam Linkolndir. 

Yigitcha yon daftarchasiga nimalarnidir yozib qo'ydi. 

—  Hayotda shunchalik ko'p narsalarga yetishgan insonlar qachonlardir mag'lubiyat 

alamlariga chidagan yoki rad etilganliklaridan hatto, bexabar edim, — dedi u. 

—  Albatta. Aslida ilg'or kishilar o'z muvaffaqiyatlariga erishishlarining sababi ham 

mag'lubiyatlarga shuncha bor duchor bo'lganliklarida. 

Yon daftarchasiga navbatdagi yozuvni bitgan yigitcha jilmaydi. 

—  Tushunmayapman, — dedi u boshini ko'tarib, — agar biz urinishlarni qayta-qayta 

davom ettiraversak, oxir-oqibatda muvaffaqiyatga erishamiz, demoqchimisiz? 

—   Ha. Ko'pincha shunday, — javob berdi janob Ijli, — shart shuki, biz xatolarimiz 

orqali  o'rganamiz.  O'z  lampochkasini  yaratish  uchun  Tomas  Edison  birgina  tajribani  o'n 

ming  marta  takrorlagan,  har  safar  u  qandaydir  yangilikdan  xabar  topib,  kerakli 

o'zgarishlarni kiritavergan. 

— Qat'iyat — bu hammamizning bolalik chog'imizdagi sifatidir, — davom etdi janob 

Ijli.  —  Masalan,  qachon  bo'lmasin  uzoq  vaqt  kurash  va  har  kuni  yiqilaverishdan  so'ng 

nihoyat yurishni o'rganib olgan bolani ko'rganmisiz? 

—  Nima uchun biz o'sha sifatni yo'qotib boramiz? — so'radi yigitcha. 

—  Ba'zan  omadsizlik  va  inkorlardan  qo'rqamiz.  Gohida  o'zimizga  ishonchni 

yo'qotamiz.  Lekin  eng  asosiysi:  omadsizlik  va  inkor  —  muvaffaqiyatning  eng  muhim 

tomoni  ekanligini  unutamiz.  Amalda  qancha  ko'p  omadsizlik  va  inkorni  boshdan 

kechirsangiz, shuncha katta yutuqqa erisha olasiz. 

—  Anglayolmayapman, — dedi yigitcha. — Bu qay tarzda bo'lishi mumkin? 

—    Chunki  omadsizlik  va  inkorlar  —  muvaifaqiyat  sari  yetaklovchi  zinapoyaning 

zaruriy  bosqichlaridir.  O'z  xatolarimiz  orqali  o'rganamiz  va  natijada  maqsadga 

yaqinlashamiz. Jorj Bernard Shou aynan shunday yo'l tutgan. U: «Men yoshligimda o'nta 

ishimdan  to'qqiztasi  omadsiz  bo'lganini  sezardim.  Omadsiz  bo'lishni  istamaganim  uchun 

o'n baravar ko'p ish bajarar edim», — degandi. 

Tanlagan  yo'lida  katta  yutuqqa  erishgan  har  qanday  kishini  olishingiz  mumkin,  — 

tushuntirdi  janob  Ijli,  —  ular  muvaffaqiyatga  erishishdan  avval  albatta,  qator  omadsizlik 

va inkorlardan o'tganliklarini bilib olasiz. 

Men o'zimga ilk bor qat'iyatning muhimligini kashf etganimda mashhur aktyor bo'lish 

u  yoqda  tursin,  bironta  rol  olish  umidini  ham  yo'qotib  qo'ygandim.  Lekin  basharti 

muvaffaqiyatga  erishmuqchi  bo'lsam,  o'z  urinishlarimni  tinmay  davom  ettirishim 

zarurligini  angladim.  O'zimga  va  qobiliyatimga  ishonardim.  Aniq  maqsadim  bor  edi, 

o'zimga  o'ylangan  harakatlar  rejasini  tuzib  oldim  va  nihoyat,  to'qqiz  oydan  keyin  rol 

olmagunimcha ish izlashni davom ettirdim. 

—    Biroq,  siz  doim  omadsizlikka  uchrab,  hech  qanday  natijalarga  erishmasangiz, 

qat'iyatli bo'lish ancha qiyin kechadi, — dedi yigitcha. 

—    Buni  hech  kim  oson  deyayotgani  yo'q,  —  dedi  janob  Ijli.  —  Basharti  bu  oson 

bo'lganida  har  kimning  qo'lidan  kelardi.  Lekin  muvaffaqiyatga  erishuvchi  kishining 





Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish