Amaliy takrorlar – 18 soat. Poyafzal mayda ta’miri bo‘yicha vazifa bajarish. YUmshoq xona poyafzali tikish. Suviner poyafzal tikish. Bolalar poyafzali (pinetka) tikish. Tanlov asosida.
Mustaqil ish – 5 soat.
Poyafzal tag patagini yopishtirish va tikish. Ishlar tahlili.
II chorak
98 soat
Mikroporistli rezina. Taglikli poyafzal ta’miri–25soat. Mikroporistli rezina poyafzal. Taglik va patak orasidagi charm patak. Mikroporistli rezina. Uning tayyorlanishi va qo‘llanilishi. Patak ta’miri va almashtirilishi. Rezinali taglik patak ta’miriga tayyorlanish va tekislash.
Amaliy ishlar: Poyafzal tag qismini tekislash, Mikroporistli rezinadan patak bichish, unga ishlov berish (mashinada elim qatlamni qoplash), (poyafzalga va patakka). Quritish. Elim qatlamini faollashtirish (qizdirish). Ortiqcha joylarini poyafzal pichog‘ida kesib tashlash. Kesilgan joylarini qo‘lda rashpil yordamida ishlov berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |