Funksional tugmalar. Maxsus buyruqlar va amallarni bajarish tugmalari [F1] - [F12]. Har xil dasturlar bu tugmalarga har xil amallarni o‘rnatadi.
Yo‘nalish tugmalari. Kursor joylanishini o‘zgartiradi. Kursorni bitta belgi chapga, yuqoriga, o‘ngga va pastga siljitish imkoniyati.
Yordamchi tugmalar. [Home] - catr boshiga o‘tish. [End] - satr oxiriga o‘tish. [PageUp] - bir sahifa yuqoriga o‘tish. [PageDown] - bir sahifa pastga o‘tish. [Insert] - belgilarni o‘chirib, ustiga yozish yoki ularni siljitib o‘rtasiga yozish holatini o‘rtnatish. [Delete] - keyin (o‘ngda) joylashgan bitta belgini o‘chirish.
Raqam tugmalari. Raqamlarni kiritish uchun klaviatura. "0", ...,"9" gacha raqamlar va "/","*","-","Q" belgilari mavjud.
Tugmachalarning maxsus majmuilari.
[Ctrl] Q [Break] - ishlayotgan dastur yoki buyruqni tugatilishini ta’minlaydi.
[Ctrl] Q [Alt] Q [Del] - masalalar dipechirini chaqiradi yoki operatsion tizimni xotiraga qayta yuklaydi.
[Shift] Q [RrintScreen] - ekrandagi axborot nusxasini printerga chiqarish rejimini ulash va o‘chirishni ta’minlaydi.
[Ctrl] Q [Numlock] - dastur ishini to‘xtatib turadi va davom etiradi.
Sichqoncha - ma’lumot kiritilishini engillashtiruvchi manipulyator. SHKning asosiy qurilmalaridan biri bu sichqoncha. Uning 3 xil turi bo‘ladi: standart, trekbol va sensor paneli. Standart sichqonchalar stol ustida ishlatish zarur bo‘lgan, sensor paneli bilan trekbollar esa noutbuklar uchun yaratilgan va ular pastki paneli ichiga o‘rnatilgan bo‘ladi.
Sichqoncha ichida rezina ichiga joylashgan sharik bor, u stol bo‘yicha xarakat qilganda maxsus roliklar va indikatorlar orqali ushbu xarakat kompyuterga jo‘natiladi va ekrandagi sichqoncha kursatkichi (strelkasi) biz belgilagan yo‘nalishda xarakatlanadi.
IBM PC tipidagi SHK sichqonchasi
Uning nomi tashqi ko‘rinishidan kelib chiqqan. “Sichqoncha” qo‘lga bemalol joylashuvchi bir necha tugmachali bo‘ladi. Sichqoncha stol yoki maxsus yuzada (gilamchalar) harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi. Menyuning birortasini bajarish uchun sichqoncha mos tugmachasi bosiladi. Bir xil amaliy programmalar faqatgina sichqoncha bilan ishlashga moslashgan.
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi sichqonchalarning bir necha xil ko‘rinishlarini yaratishga sabab bo‘ldi. - sharikli, ikki tugmali;
sharikli, uch tugmali;
nurli, uch tugmali;
nurli, multimediali;
masofali, nurli, uch tugmali;
masofali, multimediali;
Do'stlaringiz bilan baham: |