Adapter
|
Rangi
|
Matnli
|
Grafikli
|
|
MDA
|
Oq-qora
|
80x20, 2 ta rang
|
640x200, 2 ta rang
|
|
CGA
|
Rangli
|
80x25, 16 ta rang
320x200, 4 ta rang
|
640x200, 2 ta rang
|
|
Hercules
|
Oq-qora
|
80x25, 2 ta rang
|
720x348, 2 ta rang
|
|
EGA
|
Rangli
|
80x25, 16 ta rang
|
640x350, 16 ta rang
|
|
|
80x43, 16 ta rang
|
|
|
VGA
|
Rangli
|
80x25, 16 ta rang
|
640x480, 16 ta rang
|
|
SVGA
|
Rangli
|
80x25, 16 ta rang
|
800x600, 256 ta rang
|
|
Kompyuterga monitor ulash uchun maxsus videoadapter zarur. Videoadapter - tasvir to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizatsiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun bo‘yicha) taqsimlab shakllantirishdan iborat.Eng birinchi SHKlarda monitor vazifasida maishiy televizordan foydalanilgan bo‘lsa, hoziresa kompyuterni juda kuvvatli, kuchli grafik stansiyaga aylantiruvchilarga etib kelindi. Bu vaqt ichida platalar va standartlarni bir necha avlodi almashdi. Avvaliga MDA (Monocrome Display Adapter - displeyning monoxrom adapteri) standarti paydo bo‘ldi. MDA platasi ekranga faqat alfavit-raqamli axborotni chiqarishga qodir - hech qanaqa grafika va ranglarni ta’minlay olmasdi.
MDA o‘rniga kelgan CGA (Color Graphics Adapter - rangli grafika adapteri) nafaqat matnli, balki grafik rejimlarda ham ishlar va mavjud bo‘lgan o‘n olti rangining to‘rttasini ko‘rsata olardi.
Keyingi bosqichda EGA (Enhansed Graphics Adapter — yaxshilangan grafika adapteri) ekranda ko‘rinadigan ranglarning sonini 64 rangli palitradan 16 ranggacha etkazdi va ekranga chiqariladigan grafika sifatini ancha yaxshiladi. EGA standarti paydo bo‘lishi grafik dasturlar, jumladan Microsoft Windows operatsion sistemasi imkoniyatlarini kengaytirishga va mashhur bo‘lib ketishiga omil bo‘ldi.
Bugun ham foydalanib kelinayotgan VGA (Video Graphics Array) eng muvaffaqiyatli videostandart hisoblanadi, biroq hozirgi kunda u ham takomillashib, SVGA (Super Video
Graphics Array) standartiga o‘tdi.
Agar CGA ning birinchi variantlarida ranglar palitrasi 262144 dan 256 xil chiqarishni ta’minlasa, keyingi VGA bilan to‘g‘ri keladigan platalar paydo bo‘ldiki, ularda ranglari bo‘yicha farq 16.8 mlnni tashkil qiladi. Monitorlarni o‘lchamiga qarab uning bahosi o‘sib boradi. Masalan, 17 dyuymli monitorlar 14 dyuymli monitorga nisbatan uch barobar qimmat bo‘ladi. Monitorlar sifati bo‘yicha ekrandagi kadrlar chastotasi — 75 Gsni tashkil etishi lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar (qimmatroq bo‘ladi) 100 kadrni o‘tkazishi mumkin. Ekrandan zararli nurlanish olmaslik, ular ta’sirini kamaytirish uchun ekranni LR(Low Radiation) deb yurituvchi maxsus koplamalar bilan ta’minlanganiga e’tibor bering. Monitor sotib olayotganingizda kompyuter MPR II yoki TSO 95 standartiga mos kelsagina zararli nurlanishlar minimumga keltirilgan deb tushunish kerak. SHu bilan birga monitor spetsifikatsiyasida NI(Non Interiaced), ya’ni ekran qatorlarini barobariga ko‘rsatish rejimi berilgan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Monitorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |