Apparat va dasturiy


Windows tizimining standart utilit dasturlari



Download 20,93 Mb.
bet135/284
Sana23.01.2022
Hajmi20,93 Mb.
#403184
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284
Bog'liq
Shk amaliy

Windows tizimining standart utilit dasturlari.

Reestrlarni sozlash. Operatsion tizimi bilan ishlashning asosiy momentlaridan biri reestr bilan ishlashdir. Reestrni to’g’ri sozlanishida AT, dastur komponentalarini va dasturlarni ish jarayonini ma’qullash (optimizatsiyalash) mumkin. Reestr tizimingizni aniqroq va batafsil sozlash imkonini beradi.

Reestr - tarkibiy tuzilmasi ma’lumotni o’z ichiga olgan, amaliy tizimning ma’lumotlar bazasidir. Windows 9X va NT reestrlari qisman ajralib turishadi. Windows 95/98da reestrlar, Windows katalogida joylashgan SYSTEM.DAT va USER.DAT fayllarida mavjud. Windows Me da esa yana bitta LASSES.DAT fayl

qo’shilgan. [12], [13]. [14], [19].

Microsoft reestr INI fayllarni o’rnini bosish kerak edi. INI fayllar faqatgina, amaliy tizimning ancha oldingi versiyalariga yo’naltirilgan eski dasturlar bilan moslashuvchanligi uchun koldirilgan.

INI fayllarga muhim cheklanishlar qo’yilgan, ulardan asosiysi, INI fayllarning maksimal xajmi 64 Kbayt dir.

Ogohlantirish: reestrga tegishli ma’lumotni, to’la to’kis ishonch hosil qilmaguningizcha, hech qachon xotiradan o’chirmang va o’zgartirmang. Aks holda bu xarakatlaringiz, Windowsning noto’g’ri ishlashiga olib kelishi mumkin va ma’lumotlarni tiklashga to’g’ri keladi.

Reestr bilan ishlash uchun, Windows dasturlar to’plamiga kiruvchi, regedit dasturidan foydalaniladi. Dasturni yuklash uchun buyruqlar qatoriga regedit ni bajarng buyrugini kiriting ( Puskg’Vo’polnitg’ regedit) va OK tugmasini bosing.

Dasturni oynasi ochilgach, unda chap tarafida, Provodnikdagi disk tuzilma (struktura)sini aks etadigan daraxt kabi, reestrning daraxti paydo bo’ladi, o’ng tomonda esa, belgilangan (aktiv) bo’limda joylashgan kalitlar ro’yxati chiqadi. Redaktor yordamida kiymatlarni to’g’rilashingiz, reestrni import va eksport kilishingiz hamda qidiruvni amalga oshirishingiz mumkin.



regedit oynasini ishga tushurish.

Reestr oltita bo’limdan iborat. Har bir bo’lim, oynaning chap kismida joylashgan va papka belgisi ko’rinishiga ega bo’lgan kism bo’limlarni o’z ichiga oladi.

Reestr daraxtning chekli elementi - bu, uch tipga bo’linadigan kalitlardir: satrli (masalan, “:g’g’Windows”);

ikkilamchi (masalan, 10 82 A0 8F). Bunday kalitning maksimal uzunligi 16 Kbayt;

DWORD. Bu tipdagi kalit 4 baytdan iborat bo’lib, o’n oltilik va o’nlik ko’rinishda aks etadi (masalan, 0x00000020 (32) - qavsni ichida kalitning o’nlik qiymati ko’rsatilgan).

Endi joriy bo’limlarni ko’rib chikamiz, anikrogi, ular kanday ma’lumotga ega. Tartib bo’yicha boshlaymiz:

HKEY_LASSES_ROOT. Bu bo’limda Windowsda qayt etilgan fayllar tiplari, shuningdek, OLE va drag-and-drop operatsiyasi to’g’risida ma’lumotlar mavjud.

HKEY_URRENT_USER. Bu erda, Windowsra kirgan foydalanuvchi qobig’ini sozlatuvchilar joylashgan (masalan, “Pusk” menyusini, Ish stolini). Bular HKEY_USERg’name qism bo’limida joylashgan fayllarning nusxasini oladi. Bu erda, name - Windowsda ishlayotgan, foydalanuvchining nomidir. Agarda kompyuterda bitta foydalanuvchi ishlasa va Windowsra doimiy kirish ishlatilsa, unda bo’lim qiymatlari HKEY_USERSg’.DEFAULT kism bo’limdan olinadi.

HKEY_LOAL_MACHINE. Bu bulim kompyuterga tegishli, drayverlar, dasturiy ta’minotni urnatish va HKEY_USERS sozlash ma’lumotlarni uz ichiga oladi. Hamma foydalanuvchilar uchun Windows kobigini xam o’z ichiga oladi. Avval aytilgandek, aynan shu bulimdan HKEY_URRENT_USER bo’limga ma’lumotlar nusxalanadi. Barcha XKU (HKEY_URRENT_USER) dagi o’zgarishlar avtomatik ravishda XKU ga o’tadi.

HKEY_URRENT_ONFIG. Bu bo’limda Pdug&Pday qurilmasining va apparat vositalari o’zgaruvchan bo’lgan kompyuterning tarkibiy tuzilmasi haqida ma’lumot joylashadi.

HKEY_DYN_DATA. Bu erda esa foydalanuvchining kompyuterda o’rnatilgan ko’rilmalari haqida dinamik ma’lumotlar saqlanadi. Aynan, bu bo’limga tegishli ma’lumotlar Boshkaruv panelidan chaqirilgan, "Svoystva Sistemo’" (“Tizim xususiyat(xossa)lari”) oynasidagi "Ustroystva" ilovasida aks etadi. Bu bo’limdagi ma’lumotlar amaliy tizim yordamida o’zgartiriladi. Shunday ekan, qo’l yordamida, ba’zi birlarini o’zgartirish tavsiya etilmaydi.

HKEY_URRENT_USER va HKEY_LOAL_MACHINE bo’limlari katta imkoniyatlarga ega. Aynan, ularda amaliy tizimni lozim bo’lgan ko’rinishga olib keladigan sozlanishlar saqlanadi.

Reg-fayllar tuzilmasi. Reg-fayl - bu, o’ziga xos tuzilmaga ega bo’lib, reestrga o’tadigan ma’lumotni, o’z ichiga oladigan fayldir. Agarda reestr redaktori bilan ishlash imkoniyati bo’lmasa, unda reestrni to’g’rilash usulidan biri reg-faylni yaratish va boshka joyga o’tkazish usuli eng oson deb hisoblanadi (albatta DOSdagi ximoyalangan rejimiga o’tish va boshka dasturlardan foydalanish mumkin, lekin bular xammasi murakkabrok buladi va asosan, uzok vaktda bajariladi).

Reg-fayllar tuzilmasiga nisbatan o’ziga xos talablar qo’yiladi. Faylning birinchi satrida, albatta, kuyidagilar kiritilishi lozim:

REGEDIT4 (Windows 9x uchun) yoki Windows Registry Editor Version 5.00 (Windows 2000/XP uchun). Harflar katta shriftda yozilishi mumkin. Birinchi qatorda bundan tashqari xech narsa bulmasligi kerak. Bu matndan so’ng, keyingi katorda Albatta bo’sh qator bo’lishi kerak. So’ngra, ba’zi bir parametrlarni o’zgartirish yoki kiritish lozim bo’lgan reestr bo’limini ko’rsatish zarur. Bo’limning nomi kvadrat qavslarga [...] olinishi shart. Har bir qatorda ko’shiladigan parametrlar bittadan yoziladi. Agarda, bir necha bo’limlarga o’zgartirishlar kiritmoqchi bo’lsangiz, unda oldingi bo’limning oxirgi parametri va keyingi bo’limning nomi orasida bo’sh qator qoldirish lozim.




Download 20,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish