Maorilar o‘rovidan chiqib ketishga urinib ko‘rish uchun qorong‘u tushishini kutishdan boshqa ish qol-madi.
Maorilar esa joylaridan qimirlamas edilar. Ularning safi kech qolganlari bilan to'lib, yana ham zichlashgandek edi. Pastda yonayotgan gulxanlar tog‘ atrofini halqadek o‘rab oldi. Qo'shni vodiylar qorong'ulik qo‘yniga cho'mganda, Maunganamu tog‘i o‘tli halqalar o‘rtasidan ko‘tarilib borayotgandek tuyular, lekin uning cho‘qqisi qorong‘ulik qa’riga kirib ketgan edi. Olti yuz fut pastda esa dushman lagerining guvullashi, shovqin-suronlari esjiitilib tu rar di.
Soat to'qqizda, atrofni tun qorong'uligi bosganda, Glenarvan bilan Jon Mangls o'rtoqlarini bunday xavfli yo‘ldan boshlab o‘tishdan oldin o‘zlari razved-kaga borib kelmoqchi bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |