Mak-Nabbs ichdan qaynab kelayotgan so‘zlarini aytib yuborishni istamagandek, labini tishladi.
Glenarvan, Mangls, Elen, aftidan, uning o‘z fikr-larini oxirigacha aytishini kutib turar edilar, lekin u indamay, Ayrton ko'zdan kechirayotgan arava tomon-ga ketdi.
— U nima demoqchi bo'ldiykin? — deb so'radi Glenarvan, Jon Manglsdan.
— Bilmadim, — dedi yosh kapitan, — lekin mayor besabab bir narsa deydigan odam emas.
— Albatta, Jon, — dedi Elen. — Aftidan, Mak-Nabbs nima uchundir Ayrtondan shubhalanyapti.
— Shubhalanyapti? — dedi yelkasini qisib Paganel.
— Nima uchun? — deb hayron bo'ldi Glenarvan. — Nahotki, u Ayrtonni otlar bilan ho‘kizlarni o'ldirishda shubha qilsa? Nima maqsadda? Bots-manning man-faatlari bizning manfaatimiz bilan bir emasmi?
— To‘g‘ri aytdingiz, azizim Eduard,— dedi Elen,— men shuni qo'shimcha qilmoqchimanki, safarning boshidan beri u bizga o'zining sadoqatini juda ko‘p ko‘rsatdi.
— Bunga shubha yo‘q, — dedi Jon Mangls.— Lekin mayor nima demoqchi bo‘ldi ekan? Men har qanday qilib bo‘lsa ham buni aniqlashim kerak.
— Mayor uni anavi katorjniklarning sherigi deb
o 'y l a y o t g a n bo'lmasin yana? — deb yubordi birdan Paganel.
Do'stlaringiz bilan baham: |