J. P. Michel, bosh inspektor».
Glenarvan bu xabarni o‘qib bo‘lgandan so‘ng Mak-
Nabbs geografiya olimiga o‘girilib:
— Ko'rdingizmi, Paganel, Avstraliyada ham ka-torjniklar bo‘lar ekan, — dedi.
— Qochqin katorjniklar bo‘lishi mumkin — bu shubhasiz, — deb javob berdi geografiya olimi. — Jazo muddatini o‘tab chiqqanlar bu yerda yashash huquqiga ega emas.
— Har holda ular shu atrofda izg‘ib yurishibdi, — dedi Glenarvan. — Lekin bu planimizni buzib, bizni yo'ldan to‘xtatolmaydi. Jon, siz nima deysiz shunga?
Jon Mangls darhol javob bermadi. Yosh kapitan taraddudda edi: bir tomondan, Garri Grantni axtarish ishlarining to'xtatilishi Meri va Robert Grantlarni xafa qilishini o‘ylasa, ikkinchi tomondan, u ekspedit-siyani xavf ostida qoldirishdan cho'chirdi.
— Missis Glenarvan, miss Grant bo‘lmaganda bu muttahamlar shaykasi meni sira ham cho'chitmagan bo'lardi, — deb javob berdi nihoyat u.
Do'stlaringiz bilan baham: |