Y e t t i n c h i b o b
AYRTON
Bu so‘zlar odamlarni qanchalik hayron qoldirgani-ni tasvirlab berishning iloji ham yo‘q. Glenarvan sakrab o‘rnidan turib ketdi, taburetkasini surib tash lab:
— Kim aytdi buni? — deb qichqirdi.
— M en,— deb javob berdi Paddi O’M urning stol-ning bir chekkasida o‘tirgan xizm atkorlaridan biri.
— Senm i, A yrton?— deb so 'rad i kolonist, Glenarvandan ham ko‘proq hayron bo‘lib.
— Ha, men, — dedi hayajon bilan, lekin q at’iy qilib A yrton, — men ham xuddi sizga o‘xshagan shot-
landiyalikm an, ser, buning
|
u stig a
|
«B ritaniya»da
|
|
halokatga uchraganlardan birim an.
|
kuchli ta ’sir
|
|
Bu so‘zlarning odam larga
|
qanday
|
|
ko'rsatganini aytib odoq qilib bo‘lmaydi. Baxt va haya-jondan h u sh in i yo'qotayozgan M eri G rant boshini Elenning ko'kragiga qo‘ydi. Jon Mangls, Robert va Paganel sakrab o'rinlaridan turib, Paddi O’M ur hozir-gina A yrton deb atagan odamning oldiga otildilar.
Bu aft-basharasi jiddiy, quyuq qoshlari tagiga chuqur yashiringan ko'zlari chaqnagan qirq besh yoshlardagi b ir kishi bo'lib, ozg‘inligiga qara-may, juda kuchli ekani ko'rinib turardi. U faqat suyag-u, paydan iborat bo'lgan odamdek tuyular, shotlandiyaliklarning iborasi bilan aytganda, «yog* yig'ishga vaqti sarflanm aydigan» odamlar xilidan edi. Yag‘rini keng, o‘rta bo‘yli, xatti-harakatlari qat’iy. Uning betidan aqlli va g'ay ratli odam ekani ko‘rinib tu rard i, bular esa kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Chehrasida yaqin-orada ko‘p azob-uqubat-lar chekkanini ko‘rsatib turadigan allaqanday belgi-lar bor ediki, bu ham uning foydasiga so‘zlardi. U, shubhasiz, ko‘p azob-uqubat chekkan kishi edi, lekin bu azoblarga chidash beradigan, ularga qarshi
292
kurasha oladigan va ularni yenga oladigan odam ko'rinardi.
Glenarvan bilan uning ham rohlari buni bir qarash-dayoq his qildilar. A yrton o‘ziga nisbatan hurm at uyg‘ota oldi. Glenarvan unga darhol savollar yog‘dira boshladi. U larning ikkalasi — A yrton ham, Glenarvan ham — aftidan, bu uchrashuvdan hayajon-langan edilar, shuning uchun G lenarvanning dastlab bergan savollarida tartib bo‘lmadi.
— «Britaniya»da halokatga uchraganlardan bi-rimisiz-a? — deb so'radi Glenarvan.
— Ha, ser, men kapitan G ran tn in g bosm ani edim ,— deb javob berdi Ayrton.
— Kema halokati vaqtida, siz u bilan birga qutulib qoldingizmi?
— Yo‘q, m ilord, yo‘q! 0 ‘sha dahshatli m inutda,
to ‘lqin meni palubadan yuvib ketib, sohilga chiqarib
tashladi.
— Demak, siz hujjatda aytilgan m atroslardan emas ekansiz-da?
— Yo‘q. Men bunday hu jjatlarn in g borligidan mutlaqo bexabarm an. K apitan uni men kemadan g ‘o-yib bo'lganim dan keyin tashlagan bo‘lsa kerak.
— Lekin kapitanga nima bo'ldiyki... kapitanga?
— Men uni «Britaniya»ning butun komandasi bi lan birga cho‘kib ketgan, halok bo'lgan, faqat o‘zim omon qolganman deb yurardim .
— Lekin hozirgina kapitan G rant tirik dedingiz-
ku!
— Yo‘q, men «Agar kapitan G rant tirik bo‘lsa...» dedim.
— «...u A vstraliyada», deb qo'shib ham qo'ydin-giz.
— Ha, u faqat shu yerda bo‘lishi mumkin.
— Demak, uning qayerdaligi sizga m a’lum emas ekan-da?
— Ma’lum emas, ser. Takror aytam an: men, uni to ‘lqinlar o‘z qa’riga yutib ketgan yoki sohildagi tosh-larga urilib, halok bo‘lgan deb o‘ylab yurardim . Uning tirik bo‘lishi ehtim olligini hozir sizdan eshitib turibm an.
— Bo'lm asa siz nimani bilasiz?
— Faqat bir narsani: agar kapitan G rant tirik bo‘lsa, u A vstraliyada bo'lishi kerakligini.
293
— Halokat qayerda yuz berdi? — deb so‘radi ma yor Mak-Nabbs.
Bu savolni eng oldin berish kerak edi, albatta, lekin Glenarvan bu uchrashuvdan shunday hayajonga tush-gan, kapitan G rantning qayerdaligini bilishga shunday shoshilgan ediki, «Britaniya» qayerda halokatga uchraganini so‘rash esiga ham kelmadi. Suhbat shu paytgacha bir masaladan ikkinchiga sakrab, juda yuza-ki, noaniq olib borildi. M ayorning savolidan keyin suh bat ish yuzasiga ko‘chdi-da, ko‘p o'tm ay bu sirli voqia tarixining barcha tavsilotlari hammaga butunlay aniq-ravshan bo‘ldi-qo‘ydi.
M ak-Nabbsning savoliga A yrton m ana bunday javob qildi:
— To‘lqin yuvib ketganda, men bakda kliver
yelkanini tushirayotgan edim, «Britaniya» esa
A vstraliya sohiliga qarab jadal suzib kelayotgan edi,
sohilga ikki kabeltovdan ham kam masofa qolgandi. Demak, kema ham halokatga xuddi o‘sha yerda uchra-gan ekan.
— 0 ‘ttiz yettinchi daraja kenglikda edimi? — deb so‘radi Jon Mangls.
— 0 ‘ttiz yettinchi parallelda, — dedi A yrton.
— G'arbiy sohildami?
— Yo‘q, yo‘q, sharqiy sohilda, — deb darhol javob berdi botsman.
— Halokat qachon yuz berdi?
— 1862-yilning yigirm a yettinchi iyuniga o‘ta r kechasi.
— Xuddi o‘zi! Xuddi o‘sha chislo! — deb qichqirdi Glenarvan.
— Ser, o‘zingiz ko‘rib turibsizki, men faqat shun day deya olishim mumkin, — dedi Ayrton: — Agar
kapitan G rant hali tirik bo‘lsa, uni faqat A vstraliya q it’asidan axtarish kerak, faqat A vstraliyadan.
— Axtaram iz ham, topamiz ham, qutqaram iz ham, do'stim ! — deb qichqirdi Paganel. — Oh, qim mat ba-ho hujjat, — deb davom etdi geografiya olimi, niho-yatda soddadillik bilan, — qanday idrokli odamlar qo‘liga tushganingni bir bilsang edi!
Lekin Paganelning bu xushomad so'zlarini hech
kim eshitgani yo‘q, albatta . E duard va Elen G lenarvanlar, Meri va Robert — ham m alari A yrtonni o‘rab olib biri-birlariga gal bermay, qo‘lini qisar edi-
294
lar. Bu odamning u lar orasida o ‘tirg a n i kapitan
G rantning qutqarilishiga garovdek tuyulardi. Kema
halokatga uchraganda bu matros jon saqlab qololgan ekan, nim a uchun kapitan omon qolmasin? A yrton, kapitan ham xuddi m enga o'xshab omon qolgan bo‘lsa, sira ham ajab emas, deb takror-takror aytdi. K apitanning qaerdaligini aytib berolmayman, lekin u, hech shubhasiz, shu q it’aning biror yerida bo‘lishi kerak, dedi u.
Sayohatchilarim iz bergan sonsiz-sanoqsiz savol-larga, botsman juda bam a’ni, aniq javob berardi. U gapirar ekan, miss Meri uning qo‘lidan m ahkam ush-lab o‘tirdi. A xir bu odam otasining xam rohlaridan biri, «B ritaniya»ning m atroslaridan biri bo‘lgan-a! U G arri G rant bilan bir xil hayot kechirgan, u bilan bir-ga dengizlar oshgan, xuddi o‘sha xav f-x atarlarn i boshdan kechirgan... Shuning uchun ham xursand-
ligidan yum -yum yig'layotgan M eri botsm anning
q at’iy yuzidan ko'zini uzmasdi.
Shu paytgacha, bu odam ro std an ham
«B ritaniya»ning botsm anim i, uning gaplariga ishonib bo‘ladimi, degan xayol hech kimning m iyasiga kel-gani yo‘q. Faqat hamma narsaga ham ishonaverm ay-digan mayor bilan Jon M anglsgina A yrtonning gaplariga tamoman ishonsa bo‘larm ikan, deb o‘ylar edilar, u bilan uchrashuv shunday kutilm agan ish bo'ldiki, haqiqatan ham uning gaplariga bir oz shub-ha bilan qarash mumkin edi. To‘g ‘ri, A yrton gapirib bergan voqialar va tilga olgan chislolar h u jjatd a ko'rsatilgan ma’lum otlar bilan bir bo‘lib chiqdi, u hatto har xil tafsilotlargacha gapirib berdi. Lekin tafsilotlar har qancha aniq bo'lsa ham, hikoyaning is-honchli bo‘lishiga asos bo‘lolmasdi, chunki eng may-da-chuyda ta fsilo tlar orqasida yolg‘on yashirinib yotishi juda ko‘p ko‘rilgan . Lekin Mak-Nabbs shub-halarini hech kim ga bildirm adi, bu haqda indam ay qo‘ya qoldi.
Jon Manglsga kelsak, botsman Meri bilan otasi to ‘g ‘risida gaplasha boshlashi hamonoq uning butun shubhalari tarqalib ketdi, keyin u A yrtonning haqiqatan ham kapitan G rantning yo'ldoshi ekaniga ishonib qoldi. Ma’lum bo'ldiki, sobiq botsman M eri bi lan Robertni bilar ekan, «Britaniya» safarga jo'nab ketishidan oldin Glazgoda ularni ko‘rgan ekan. U
295
kapitan G rant jo'nash oldidan o‘z kemasida do‘stlari-ga ziyofat berganini, ziyofatga Meri bilan Robertning ham kelganini qizning yodiga soldi. Bu ziyofatda sha-har sherifi Mak Intayr ham bo'lgan. 0 ‘sha vaqtda en-di o‘nga kirgan Robertga ko‘z-quloq bo'lib turish botsman Dik Ternerga topshirilgandi, bola esa undan qochib, bom -salingga chiqib ketgan.
— Rost, rost esimda! — deb uning so‘zini tas-diqladi Robert.
Ayrton bunday mayda-chuyda faktlarni ko‘plab keltirdi, aftidan, u bularga uncha aham iyat ham bermasdi, lekin bu ikir-chikirlar Jon M anglsning nazarida katta aham iyatga ega di. Botsman har safar so'zlashdan to ‘xtaganda, Meri yolborib undan:
— Otamizdan yana biror narsa gapirib bering, m ister A yrton, — deb so‘rardi.
Botsman esa qizni xursand qilishi m um kin bo'lgan yangi-yangi narsalarni so‘zlab ketardi. Glenarvan un
dan bu x o tiralard an ko‘ra foydaliroq n arsalarni so‘ramoqchi bo‘ldi, lekin botsman bilan gaplashish Meri uchun qanchalik quvonch ekanini ko‘rgan Elen imo bilan erini to‘xtatib turardi.
Ayrton «Britaniya»ning Tinch okeandagi safarini boshdan-oyoq so'zlab berdi. U aytib bergan hodis-alarning ko‘pini Meri ham bilardi, chunki to 1862-yil-ning may oyigacha kemadan xabar kelib turgandi. Bir yil davom etgan bu safar vaqtida G arri G rant Okeaniyaning juda ko‘p orollarida bo‘ldi. U Yangi Gebrid orollaridagi, hamda Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya orollaridagi gavanlarga kirib o'tdi. Lekin qayerga bormasin, barcha orollar-ning yeri egallab olinganligini, egallanganda ham ko‘pincha hech qanday qonuniy asos bo‘lm agani holda egallab olinganini ko‘rdi. M etropoliyadan ogohlantirib q o ‘y ü g a n mahalliy ingliz m a’m urlari un-ga har jihatdan xalaqit qilardilar. H ar holda kapitan G rant Yangi Gvineyadan g'arbroqda m a’qul yer topa-di; kapitan bu yerlarda Shotlandiya koloniyasini yaratish va uni gullab-yashnatish qiyin emas, deb o'ylardi. H aqiqatan ham Molukk va Filippin orollari o'rtasida to ‘xtab o 'tish mumkin bo'lgan yaxshigina bir port bo‘lsa ko‘pgina kem alarni o'ziga jalb qilishi mumkin edi, ayniqsa Suets kanali bitib, Yaxshi Umid b urunini aylanib o‘tadigan yo‘l o‘z aham iyatini
296
yo'qotgandan keyin, bu port ko‘p kem alarning diqqa-tini jalb qilgan bo‘lardi.
Yangi Gvineyani tekshirib bo‘lgandan keyin ko‘m ir va oziq-ovqat g ‘amlab olish uchun «Britaniya» Kalyaoga yo‘l oladi. 30-mayda bu portdan chiqib, Hind okeani orqali, keyin Yaxshi Umid burunidan aylanib o‘tadigan yo‘l orqali Yevropaga qaytishni mo‘ljallab, safarga chiqadi. «Britaniya» ochiq dengiz-ga chiqqandan uch h afta keyin dahshatli bo‘ron qo‘zg‘aladi, kema shikastlanib, bir tomoniga yonbosh-lagan holda yurolm ay qoladi. M achtalarni chopib tashlashga majbur bo'ladilar. Tryum teshilib, uni berkitishning sira iloji bo‘lmaydi. Ko‘p o'tm ay kema
komandasi juda holdan toyib
|
qoladi.
|
Kema
|
ichiga
|
kirib qolgan suvning
|
ham m asini nasoslar
|
bilan
|
chiqarib tashlashning
|
hech
|
im koni
|
bo‘lm aydi.
|
«Britaniya» bir haftagacha bo'ronga o'ym choq bo'lib yuradi. Tryum dagi suv olti futgacha ko‘ta rilad i. Kema sekin-asta cho'ka boshlaydi. Qayiqlarni bo‘ron olib ketadi. Ekipajning halok bo'lishi m uqarrar bo‘lib qolgan ekan-u, birdan 27 -iyunga o‘ta r kechasi (Paganel buni to ‘g ‘ri topgan edi) A vstraliyaning shar-qiy sohili ko'rinib qoladi. Ko‘p o‘tm ay «Britaniya» shiddat bilan sohilga kelib uriladi. A yrtonni xuddi shu payt to'lqin yuvib ketadi va u xushini yo‘qotadi. U o‘ziga kelganda, yow oyilar qo‘liga asir tushganini ko'radi. Ular A yrtonni q it’aning ichkarisiga olib ke-tadilar. 0 ‘shandan keyin u «Britaniya» to ‘g ‘risida
hech narsa eshitmaydi va tam om ila asosli ravishda
kema Tufold ko‘rfazining suv osti toshlariga urilib, pachaq-pachaq bo‘lib ketgan, yuki bilan ekipaji halok bo‘lgan deb o‘ylaydi.
Shu bilan hikoyaning kapitan G rantga aloqador qismi tugadi. Ayrton hikoya qilar ekan, uning so‘zini uh tortib necha m artalab bo'lib turdilar. Botsm anning hikoyasi rostligiga hatto mayor ham shubha qilmadi. Endi A yrtonning boshidan kechirganlarini eshitish kerak edi, chunki uning boshidan kechirganlari hatto
«B ritani»ning
|
tarix id an
|
ham
|
qiziqroq
|
edi.
|
H ujjatlarga asosan, halokatdan
|
keyin
|
kapitan G rant
|
ham ikki m atrosi
|
bilan A yrton
|
singari tirik
|
qolgani
|
shubhasiz; demak, bulardan birining taqdiriga qarab, boshqalarining taqdirini ham bilish mumkin. Shuning uchun ham ular A yrtondan o‘z boshidan kechirgan-
297
larini gapirib berishni iltimos qildilar. U buni qisqa va sodda qilib so‘zlab berdi.
Kema halokatidan keyin omon qolgan dengizchi asirlikda o‘ziga keladi, uni yow oyilar qabilasidan biri q it’aning ichkarisiga o‘ttiz yettinchi parallel o‘tadi-gan yerdan to ‘rt yuz mil chamasi shimolga, Darling daryosi vodiysiga olib ketadi. U yerda dengizchi og‘ir hayot kechiradi, chunki qabilaning o‘zi ham qashshoq edi, lekin yow oyilar unga yomon muomala qilmaydi-lar. Og‘ir qullikda o‘tgan bu ikki yil juda uzoq cho‘zi-ladi. Ammo u axir bir kun ozod bo'lishga umid qiladi.
yo'lda ming xil xavf-xatarlarga uchrashini bilsa ham, qochib ketishni o‘ylab yuradi, bunga faqat qulay sharoit kelishini kutadi.
1864-yil oktabr oyining tunlaridan birida yow oyi-larning ko'zini sham g'alat qilib, bepoyon qalin
o'rm onlarning ichida g ‘oyib bo'ladi. Ildizlar, qirqquloqlar va mimoza yelimi bilan tirikchilik qilib, ko‘pincha um idsizlikka tushib, bu bo‘m-bo‘sh kimsa-siz yerlarda kunduzi quyoshga, kechasi yulduzlarga qarab yo‘l bosib, rosa bir oy yuradi. Shu taxlitda u botqoqlardan o‘tadi, daryolar kechadi, tog‘lar oshadi, A vstraliyaning undan oldin faqat jasur sayohatchilar-dan bir necha kishigina borishga jasorat qila oigan bo‘m-bo‘sh joylaridan o‘tib keladi. Nihoyat holdan toygan, o‘lay deb qolgan holda sudralib mehmon do‘st Paddi O’M urning uyiga yetib keladi va uning xiz-matiga kirib, tinch, baxtli hayot kechira boshlaydi.
— A yrton mendan xursand bo‘lsa, — dedi ir-landiyalik kolonist, dengizchi hikoyasini tugatgandan so‘ng, — men ham undan juda xursandm an. U aqlli, dovyurak odam, xizm atni ham yaxshi qiladi, agar mening uyim da tu rish unga ma’qul bo‘lsa, Paddi O’M urning uyi uzoq vaqtgacha uning o‘z uyi bo'lib qoladi.
Ayrton irlandiyalikka tashakkur bildirib ta ’zim qilib qo‘ydi-da, odamlar hikoyamdan qanoat hosil qil-gan bo‘lsalar kerak deb o ‘y l a s a ham, yana savol beri-lishini kuta boshladi. Rost-da, har bir gapni yuz mar-tadan takrorlab aytgandan keyin, yana nim a ham desin!
Glenarvan Ayrtondan eshitgan m a’lum otlari asosi-da yangicha ish boshlash planini muhokama qilishga kirishmoqchi bo‘lib turgan ediki, mayor dengizchidan:
298
— Siz «Britaniya»da botsm an edingizmi? — deb so‘rab qoldi.
— H a, — deb javob berdi A yrton, o‘ylab -netib o‘tirm ay; keyin u Mak-Nabbs bu savolni uning so‘zla-riga hali ham to ‘la ishonch hosil qilmaganidan bergani-ni sezib, qo‘shib qo‘ydi: — H atto kemada xizm at qilish haqidagi shartnom am yonimda saqlanib qolgan.
So'ng u darhol ana shu rasm iy hujjatni olib kel-gani chiqib ketdi. U bir m inut ham o‘tm ay qaytib kel-di, lekin bu vaqt ichida Paddi O’M ur Glenar-vanga o‘z fikrini aytib ulgurdi:
— Ser, menga ishonavering, A yrton halol odam. U
m enikida ikki oydan beri xizm at qiladi, bu vaqt ichi da u meni biror m arta ham xafa qilgani yo‘q. U xiz m at qilgan kema halokatga uchraganini, o‘zi asirlikda bo‘lganini men ilgari ham eshitgan edim. Unga ishon-sangiz bo‘ladi, halol odam.
Glenarvan, men uning halol odam ekaniga sira ham shubha qilayotganim yo‘q, deb javob bermoqchi bo‘lib turgan ediki, botsman qaytib kirib, Glenarvanga butun
qoidalarga
|
amal
|
qilib
|
tuzilgan
|
shartnom a
|
berdi.
|
Shartnom a
|
«Britaniya»ning xo‘jayini kapitan
|
G rant
|
tom onidan
|
im zolangan
|
edi. M eri
|
otasining
|
qo‘lini
|
darhol
|
tanidi. H ujjatda
|
«birinchi
|
klass m atros Tom
|
A yrton
|
uch
|
machtali «Britaniya»
|
kemasiga botsm an
|
qilib olindi» deb
|
k o 'rsatilg an edi.
|
Shunday
|
qilib,
|
A yrtonning
|
kim ligiga hech qanday
|
shubha qolmadi,
|
chunki uning qo‘lidagi hujjatni uniki emas deb faraz qilish qiyin edi.
— Endi, — dedi Glenarvan, — hozirgi sharoitda biz nima qilishimiz kerak, shu masalada darhol o‘z fikrlaringizni o‘rtaga tashlashingizni iltim os qila-man. A yrton, sizning m aslahatingiz biz uchun ayniqsa qim m atli, har bir m aslahatingiz uchun sizdan juda m innatdor bo‘lamiz.
A yrton bir oz o‘ylab oldi-da:
— Menga bunchalik ishonch bildirganingiz uchun rahm at, ser, — deb javob berdi. — Ishonchingizni oqlayman, deb o'ylayman. To‘g ‘ri, men bu m am lakat
ham da yovvoyilarning od atlari to ‘g ‘risida b a’zi narsalarni bilam an, bordi-yu, sizlarga biror foydam tegsa...
— Bunga shubha yo‘q, — dedi Glenarvan.
— Men ham xuddi sizning fikringizdam an, — deb
299
davom etdi Ayrton, — kapitan G rant bilan uning ikki m atrosi halokatdan keyin omon qolganlar, ular ingliz-lar qo‘lidagi yerlarga yetib borolmagan ekanlar, ular to ‘g ‘risida boshqa hech qanday m a’lum otlar yo‘q ekan, demak, ular ham men singari yow oyilarning biror qabilasi qo‘liga asir tushishgan.
— A yrton, siz hali men keltirgan dalillarni takror-layapsiz, — dedi Paganel. — K apitan G rant ikki mat-rosi bilan yow oyilar qo‘lida asirlikda bo'lsa kerak.
Lekin yow oyilar ularni ham sizni olib ketishganidek
o 'ttiz yettinchi paralleldan shimolga olib ketishgan
deya olamizmi?
— Ha, ser, shunday bo‘lishi ham ehtimol, — deb javob berdi Ayrton, — inglizlarga dushman bo'lgan yow oyi qabilalar, inglizlar qo‘li ostidagi yerlarga yaqin joylarda yashashni yoqtirm aydilar.
— Bu bizning ishim izni qiyinlashtiradi, — dedi
tashvishlanib Glenarvan. — Bunday k atta q it’ada asirlarning izini qaydan topib bo'lar ekan?
Bu savolga javoban o‘rtaga uzoq sukut tushdi. Elen ham rohlarining har birining betiga bir-bir tikilib qarab chiqdi — hamma jim . H atto Paganel ham hozir mum tishlab qolgan edi. Uning ham ishagi ixtirochili-gi ham hozir ish bermadi.
Jon Mangls katta -katta qadam tashlab zalda u yoq-dan-bu yoqqa yurardi, u qiyin ahvolga tushib qolsa, o‘zining kemasi palubasida shunday qiladigan odati bor edi.
— Siz nim a qilgan bo‘lar edingiz, m ister Ayrton? — deb so‘radi botsm andan Elen.
— Jonim , men yana «Dunkan»ga o 'tirib , to ‘g‘ri halokat yuz bergan joyga jo ‘nagan bo'lardim , — deb darhol javob berdi A yrton. — U yerga yetib olgandan keyin esa, sharoitga qarab ish qilgan bo‘lardim , bax-tim dan bo'lib, ularning izini topib olishim ga biror narsa sabab bo'lib qolsa ham ajab emasdi, axir.
— Bu m a’qul plan, — dedi Glenarvan, — lekin «Dunkan»ni tuzatib olguncha kutib turishga to ‘g ‘ri keladi.
— Iye! Hali kemaning buzuq joyi bormi? — deb so‘radi A yrton.
— Ha, — dedi Jon Mangls.
— Jiddiy shikastlanganm i?
— Yo‘q, lekin uni tuzatish uchun zarur asbob-
300
uskuna kerak, ular bizda yo‘q. V intning parrakla-ridan biri qayrilib ketgan, uni faqat M elburnda tuza-tish mumkin.
— Yelkan ko'tarib suzib borishning iloji yo‘qmi?
— Iloji bor. Buning uchun shamol yo'lovchi shamol bo‘lishi kerak; Tufold ko‘rfaziga yetib borgu-nimizcha ancha vaqt o'tadi, Melburnda to ‘xtab o'tish ham zarur.
— Bo‘lmasa «Dunkan» M elburnga boraversin, — dedi Paganel, — biz esa usiz ham Tufold ko‘rfaziga yetib olamiz!
— Qanday qilib? — deb so'radi Jon Mangls.
— A vstraliyani ham Janubiy Am erika singari ke-sib o'tam iz. Buni biz o‘ttiz yettinchi parallel bo‘ylab borib, amalga oshiramiz.
— Xo‘sh, «Dunkan» nima bo'ladi unda? — deb al-laqanday o‘jarlik bilan so‘radi Ayrton.
— «Dunkan» bizning oldimizga keladi, yoki biz uning oldiga boramiz. Bu sharoitga qarab hal qilina-di. A gar q it’ani kesib o‘tish vaqtida kapitan G rantni topsak, u bilan birga M elburnga qaytam iz. A gar qidirishni q it’aning narigi sohiligacha davom etdirsak, «Dunkan»ning o‘zi bizni olib ketgani keladi. Bu plan-ga kim e’tiroz bildiradi? M ayorning e’tirozi yo‘qmi?
— A vstraliyani kesib o‘tishning iloji bo'lsa, mening e’tirozim yo‘q, — deb javob berdi Mak-Nabbs.
— A lbatta iloji bor, men hatto missis Glenarvan bilan miss G rantning biz bilan sayohat qilishlarini taklif qilaman, — dedi olim.
— Jiddiy gapiryapsizmi, Paganel? — deb so‘radi Glenarvan.
— Juda jiddiy aytyapman, qim matli ser. Bu, ham-masi bo‘lib uch yuz ellik milcha yo‘l bo‘ladi. K uniga o‘n ikki mildan yurganim izda bu yo'lni bir oyga qol-may, ya’ni «Dunkan»ni tuzatib bo‘lishguncha bosib o‘tam iz. A gar gap q it’ani sal shimolroqdan, eng enli joyidan, chidab bo‘lmas issiq bo‘ladigan suvsiz qaqroq cho‘llar cho‘zilib ketgan yeridan kesib o 'tish to ‘g‘risi-da borganda boshqa gap edi, bu qiyin ishni bajarishga
hali eng m ard sayyohlar ham urinib ko‘rganlari yo‘q. 0 ‘ttiz yettinchi parallel esa V iktoriya viloyatidan, de-yarlik ham m a yerida odam yashaydigan inglizlar o'lkasidan, k atta yo‘llar, tem ir yo'llar qurilgan ray-onlardan o'tadi. Bunday sayohatni kolyaskada, hatto
302
oddiy aravada ham qilish mumkin. Londondan Edin-burgga borgandek gap.
— Yovvoyi hayvonlarchi? — deb so‘rad i Glenarvan, u barcha e’tirozli m asalalarni hal qilib ol-moqchi edi.
— A vstraliyada yovvoyi hayvon yo‘q.
— Yovvoyi odamlarchi?
— Bu kengliklarda yovvoyi odam larni uchratm ay-siz, uchratsangiz ham, ular yangi zelandiyaliklar sin-gari qonxo'r emas.
— Surgun qilinganlarchi?
— A vstraliyaning janubiy viloyatlarida surgun
qilinganlar yo‘q. U lar A vstraliyaning sharqiy koloniyalaridagina bo'ladi. Surgunga yuborilganlarni Viktoriya viloyatiga qabul qilm aydilargina emas, h at to boshqa viloyatlarda surgun m uddatini o‘tab bitir-ganlarni ham bu viloyatga kiritm aslik to ‘g ‘risida qo-nun bor. Xuddi shu bu yil V iktoriya viloyatining boshqarmasi bir paroxod kompaniyasiga, agar g ‘arbiy sohildagi surgun qilinganlar yashashiga ru x sat etil-gan portlarda ko'm ir yuklashni to ‘xtatm asangiz, siz-larga subsidiya berishni to ‘xtatam iz, deb do‘q qildi. Ingliz bo'laturib buni bilmasligingiz qiziq!
— Dastlab shuni aytayki, men ingliz emasman, — deb javob berdi Glenarvan.
— Janob Paganelning gaplari juda to ‘g‘ri, — dedi Paddi O’Mur. — Viktoriya viloyatigina emas, butun Janubiy A vstraliya, Kvinslend va hatto Tasmaniya — hech qaysisi surgundan bo‘shaganlarni o‘z terri-toriyasiga kirgizm aydi. Shu ferm aga kelganimdan beri ular to ‘g‘risida biron og‘iz bo‘lsin so‘z eshitganim
yo‘q.
— Men ham birontasini bo'lsin ko‘rganim yo‘q, — deb qo‘ydi Ayrton.
— Ana, ko‘rdinglarm i, do'stlarim , — deb so'zida davom etdi Paganel, — bu yerlarda yow oyi odamlar juda kam, yovvoyi hayvonlar ham, surgun qilinganlar ham yo‘q, vaholanki Yevropada ular bo'lm agan joy kamdan-kam . Demak, masala halmi?
— Siz nim a deysiz, Elen? — deb so‘radi Glenarvan, xotinidan.
— Men nima derdim , azizim Eduard, men ham siz-lar aytadigan gapni aytam an-da,— deb javob berdi u qolgan sayohatchilarga o'girilib.— Yo‘lga! Yo‘lga!
Do'stlaringiz bilan baham: |