10 Kapitan Grant bolalari. 289
— Siz irlandiyalikm isiz? — deb so‘radi Glenarvan, xo'jayinning o‘ziga uzatilgan qo'lini qisar ekan.
— Irlandiyalik edim, — deb javob berdi Paddi
O’M ur. — Endi avstraliyalikm an . Janoblar kim
bo‘lsangizlar ham ichkariga m arham at, o‘z uyin-
gizdek istirohat qilinglar.
Bu samimiy taklifdan foydalanib, o‘ylab-netib o'tirm ay, ichkari kirish vaqti keldi. Missis O’Mur Elen bilan Meri G rantni darhol ichkariga olib kirib ketdi, kolonistning o‘g ‘illari esa xushmuomalalik bi lan mehmonlarning qurollarini bir chetga olib qo‘ydi-lar.
Uyning yo‘g ‘on-yo‘g‘on yog'ochlardan qurilgan pastki qavati, ko‘rinishidan, yaqinginada bitkazilgan katta yorug* zal edi. Uning ochiq rangga bo'yalgan devorlari ostiga yog‘och kursilar ishlangan. Zalda yana o‘ntacha taburetka, ichiga oppoq chinni idishlar va qalayi ko‘zalar qator terib qo‘yilgan ikki dub bufet va yigirm ata mehmon kelganda ham atrofiga bahazo'r joylasha oladigan uzun, keng stol turardi. Zaldagi bu-tu n asbob-uskuna bu kattakon uyga va uyning novcha-novcha, azam at xo'jayinlariga juda mos tush-gan edi.
Soat o‘n ikkiga zang urdi, o‘rtaga dasturxon tor-tildi. Rostbif bilan qovurilgan qo'yning soni o‘rtasida sho‘rva solingan idish bug'lanib turardi; ular atrofiga zaytun, uzum va apelsinlar solingan k atta -katta la-ganchalar terib tashlandi. Xo‘jayin bilan uning xotini shunday xursand edilar, stol xilma-xil lazzatli taomlar bilan shunday bezatilgan ediki, o‘tirmaslikning sira ilo-ji qolmadi. Shu vaqt fermaning xizmatchilari kirib keldilar; ular ham xo'jayinlar bilan birga o'tirib ovqat-lanishar ekan. Paddi O’Mur mehmonlarga ajratilgan joyni ko'rsatdi.
— Men sizlarni kutgan edim, — dedi u Glenarvanga soddagina qilib.
— K utgan edim deysizm i? — deb so‘radi Glenarvan, hayron bo‘lib.
— Men biznikiga keladigan odam larni doim kuta-man, — deb javob berdi xo‘jayin.
Keyin u tantana bilan ovqatdan oldin o‘qiladigan duoni o‘qiy boshladi, oilasi bilan xizm atchilari stol ol-dida hurm at bilan kutib turdilar.
Ularning urf-odatlari bunchalik soddaligini ko'rib,
290
Elen juda ta ’sirlandi. Eriga b ir qarab qo‘yib, uning ham bundan xuddi shunday ta ’sirlanganini ko‘rdi.
Mazali taom lar ishtaha bilan yeyila boshladi. Jonli suhbat boshlanib ketdi.
Paddi O’Mur o'zining o'tm ishini so‘zlab berdi. Uning o‘tm ishi qashshoqlikdan o‘z vatanini tashlab ketishga m ajbur bo'lgan em igrantning tipik tarix i edi.
Paddi O’M ur boshdan kechirganlarini ochiq gapirib bergandan keyin, m ehm onlar ham o‘z dardini shunday ochiq aytishar deb kutdi, lekin bironta ham savol bermadi. U: «Men m ana shunday odamman, sizning kimligingizni esa so‘rayotganim ham yo‘q»
deydigan
|
odam lar xilidan
|
edi. G lenarvan
|
ham
|
«Dunkan»
|
to ‘g‘risida, uning
|
Bernulli
|
buruni
|
oldida
|
langar tashlab turganim , o'zlarining
|
horm ay-char-
|
cham ay olib borayotgan qidirish ishlari to ‘g ‘risida gapirib bergusi keldi. Lekin u to ‘ppa-to‘g‘ri m aqsadga ko‘chib qo‘ya qoladigan odam bo‘lganidan dastlab Paddi O’M urdan, «Britaniya»ning halokatga uchra-gani to ‘g ‘risida hech narsa bilasizm i, deb so‘radi.
Irlandiyalik bunday kema to ‘g ‘risida hech narsa eshitm agan ekan. Umuman keyingi ikki yil ichida na Bernulli burunining o'zida, na uning atrofida bironta ham kema halokatga uchram agan ekan. Vaholanki, «Britaniya»ning halokatga uchraganiga hali ikki yil
b o'lgani yo‘q. Shuning uchun Paddi O’M ur
«Britaniya» ekipajidan hech kim g ‘arbiy sohilning bu qism iga chiqarib tashlangani yo‘q, deb ishonch bilan ayta olardi.
— Endi esa, ser, — deb ilova qildi u, — men bu m asala sizni nega buncha qiziqtiryapti, deb so‘ray-man.
Glenarvan kolonistga hujjatlarning qanday topil-ganini, « Dunkan »ning qayerlarga borganini va kapi-tan G rantni axtarib topish yo‘lida qilingan ham m a ish-larni bir-bir so‘zlab berdi. U Paddi O’M urning ishonch bilan aytgan bu so‘zlaridan keyin «B ritaniya»da halokatga uchraganlarni ax tarish ishlaridan voz kechishga to ‘g ‘ri kelishini ham ochiq aytdi.
G lenarvanning bu so‘zlari uning ham rohlarini yomon ahvolga solib qo‘ydi. Robert bilan M erining ko'zlarida yosh yaltiradi. H atto Paganel ham ovutib, dalda beruvchi bir og‘iz so‘z topib aytolmadi.
291
Jon Mangls juda qatti azobga tushib qoldi. «Dunkan»da shunday uzoq sohillarga qilgan safari
bekor ketgan bu mard va olijanob odam larni umidsiz-lik chulg‘ab ola boshlagan ham ediki, birdan allakim:
— Umidni uzmang, ser: kapitan G rant tirik bo‘lsa, u albatta A vstraliyada, — deb qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |