T o‘ r t i n c h i h o b
ELEN GLENARVANNING TAKLIFI
Elen kapitan Grantning bolalari bilan gaplashar ekan, admiralteystvo Glenarvanning iltimosini qan-day qarshi olgani to‘g‘risida hech narsa demadi. Shuningdek, kapitan Gratning Janubiy Amerika hin-dulariga asir tushib qolgan bo'lishi mumkinligi to‘g‘risida ham indamadi. Bola bechoralarni battar xafa qilib, ularning ota bilan ko'rishish umidini qay-tadan so'ndirishning nima hojati bor! Buning biror foydasi ham tegmas edi. Shuni tushungan Elen miss Grantning savollariga javob berib bo'lgach, end o‘zi Meri Grantga uning hayoti to‘g‘risida savollar bera boshladi.
Meri Grantning ta’sirli va oddiy hikoyasi Elen-ning unga bo'lgan mehrini yana ham oshirib yubordi.
Kapitan Grantning Meri bilan Robertdan boshqa bolasi yo‘q edi. Garri Grantning xotini Robertni tug'ishda vafot qildi. Kapitan Grant o'zining uzoqqa cho'ziladigan dengiz safarlari vaqtida bolalarini o‘zining bir keksa mehribon xolavachchasiga top-shirib ketar edi. Kapitan Grant o‘z ishini puxta bil-gan, jasur dengizchi edi. Asli shotlandiyalik bo‘lgan kapitan Shotlandiyada Pert grafligiga qarashli Dendi shahrida yashar edi.
Garri Grantning oldin kapitan yordamchisi, so'ngra kapitan sifatida qilgan dastlabki uzoq safar lari muvaffaqiyatli o‘tdi. Robert tug'ilgandan keyin oradan bir necha yil o‘tgach, u bir qadar mablag* egasi bo'lib qoldi.
30
Butun Shotlandiyada uning dongini chiqargan fikr ham kapitanning miyasida ana shunda tug‘ildi. Glenarvan va ba’zi boshqa kishilar kabi kapitan Grant ham Angliya Shotlandiyani asirlikka solgan deb hisoblar edi. Uning fikricha, Shatlandiyaning man-faatlari anglo-sakslarning manfaatlariga mos kelmas edi, shuning uchun u Tinch okeandagi orollardan biri-da Shotlandiyaning katta mustamlakasini vujudga keltirmoqchi edi. U o‘zining bo‘lajak mustamlakasiga mustaqillik bermoqchi edimi? Ehtimol. U o‘zining bu yashirin niyatlarini bitta-yarimtaga aytib qo‘ygan bo‘lishi ham mumkin. Har holda, bu niyatlarini amal-ga oshirishda hukumat unga yordam bermadi. Yordam bermadigina emas, u kapitan Grantga turli vositalar bilan xalaqit bera boshladi. Lekin kapitan taslim bo‘lmadi. U o‘z vatandoshlariga murojaat qil-di, o'zining butun bor-yo‘g‘ini sarflab, «Britaniya» kemasini qurdi va saralangan komanda tuzib, Tinch okeandagi katta orollarni tekshirgani jo‘nab ketdi. Bolalarini esa xolavachchasi bo‘lgan keksa bir kam-pirning qo‘liga topshirdi. Bu 1861-yilda bo‘lgan edi. 1862-yilning may oyigacha, bir yil mobaynida u o‘zi to‘g‘risida xabar berib turdi. Lekin «Britaniya» 1862-yil iyun oyida Kalyaodan jo'nab ketganidan keyin hech kim ular to‘g‘risida hech nima eshitmadi. «Dengizchilar gazetasi» ham kapitan Grantning taqdiri to‘g‘risida hech qanday xabar bosmadi.
Bu orada Garri Grantning keksa xolavachchasi to'satdan vafot qildi va uning bolalari dunyoda yolg‘iz qoldilar. Meri Grantning yoshi o‘n to‘rtda edi, lekin jasur qiz og‘ir ahvolga tushib qolganidan qo‘rq-madi, ruhi tushmadi va butun diqqatini hali juda ham yosh bola bo‘lgan ukasiga qaratdi. Robertni tar-biyalash, o‘qitish kerak edi. Rejali, ziyrak, saranjom va qanoatli qiz o‘zi to‘g‘risida o‘ylamadi, kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay ishlab, ukasini tar-biyaladi, unga onalik qildi.
Yetim qolgan bolalar muhtojlik bilan mardona kurashib, Dendi shahrida yashadilar. Ularning ahlligiga kishinig havasi kelardi. Meri faqat ukasi to‘g‘risida qayg‘urar va uning kelajakda baxtli bo'lishini o'ylardi. Bechora qiz «Britaniya»ning halok bo‘lganiga va otasining o‘lganiga ishonib qolgan edi. «Tayms» gazetasidagi e’longa tasodifan ko‘zi tushib
qolganda, uning qanday hayajonga tushganini tasvir-lab berish qiyin. Bu xabar uning so‘ngan umidlarini birdan jonlantirib yubordi.
Meri darhol harakat qilishga qaror berdi. Kimsasiz begona sohillarda halokatga uchragan kema qoldiqlari orasidan kapitin Grantning jasadi topilibdi, degan mash’um xabarni eshitishga ham rozi edi, hatto shunday xabar ham doimiy shubhalar va doim azob beruvchi noma’lumlikdan ko‘ra yaxshiroq edi.
Meri bor gapni ukasiga bildirdi. 0‘sha kuniyoq kapitan Grantning bolalari Pertdan o‘tadigan poyezd-ga chiqdilar, kechqurun Malkolm-Kestlga yetib keldilar. Qanchadan-qancha ruhiy azoblardan so‘ng Merining qalbida qaytadan umid tug‘ildi.
Meri Grant Elen Glenarvanga ana shunday qayg‘uli hikoya so‘zlab berdi. Qiz bu uzoq sinov yil-larida o‘zini qahramonona tutganini xayoliga ham keltirmay, oddiygina so‘zlar edi. Lekin Elen buni ju-da yaxshi tushundi, shuning uchun u qizning hikoya-sini tinglar ekan, ko‘z yoshlarini yashirmas va kapi tan Grantning bolalarini tez-tez quchoqlar edi.
Robert esa o'zlarining qanday ahvolda qolganlik-larini endigina tuygandek bo‘ldi. Opasining hikoyasi-ni eshitar ekan, u Meriga ko'zlarini katta ochib qarar-di. Robert Merining uni deb nimalar qilganini, qan day azoblar chekkanini faqat endigina anglab yetdi va ortiq o‘zini tutolmay opasining bo‘yniga tashlandi va uni mahkam quchoqladi.
— Oh opajon! Aziz opajonim! — dedi g‘oyat haya-jonlangan bola. Suhbat davom etar ekan, asta-sekin qorong‘u tushdi, bolalar juda charchaganini payqagan Elen gapni to‘xtatdi. Meri bilan Robert o‘zlari uchun ajratilgan xonalarga kirib, porloq kelajak to‘g‘risida-gi shirin xayollar og‘ushida uxlab qoldilar.
Ular chiqib ketgach, Elen mayor Mak-Nabbsni chaqirishni buyurdi va unga kechqurun bo‘lgan ham-ma gapni so‘zlab berdi.
— Meri Grant juda ajoyib qiz ekan-da, — deb ba-ho berdi Mak-Nabbs, Elenning hikoyasini eshitib bo'lib.
— Gap erimning o‘zi boshlagan ishni muvaffaqiy-at bilan tugatishida qoldi, — dedi Elen, — aks holda, bu ikki bolaning ahvoli nihoyatda og‘ir bo'ladi!
— Glenarvan o‘z maqsadiga erishadi, — dedi Mak-
32
Nabbs. — Nahotki, admiralteystvodagi lordlarning yuragi Shotlandiya sementidan ham qattiq bo‘lsa.
Mak-Nabbsning bu ishonchiga qaramay, Elen kechani juda tashvishlanib, mijja qoqmay o‘tkazdi.
Ertasiga ertalab, Meri bilan Robert barvaqt turib, Malkolm -Kestlning keng hovlisida sayr qilib yuri-sharkan, yaqinlashib kelayotgan faetonning ovozi eshitildi. Glenarvan Malkolm-Kestlga qaytib kelayot gan edi. Otlar ola-tasir yugurib kelardilar.
Glenarvan qasrga kirib kelishi bilanoq mayor va Elen uning qarshisiga yugurdi.
Glenarvan g'amgin, xomush, ayni vaqtda darg'a-zab ko‘rinardi. U indamasdan xotinini quchoqladi:
— Xo‘sh, nima bo‘ldi, Eduard?— deb so‘radi Elen.
— Chatoq, azizim, bu odamlarning qalbi toshdan ekan! — deb javob berdi Glenarvan.
— Rad qilishdimi?
— Ha, kema borish to‘g‘risidagi taklifimni rad qi-lishdi. Franklinni axtarish uchun bekorga sarf qilin-gan million-million pullar haqida gapirdilar. Hujjat aniq emas degan vaj ko'rsatdilar. Kema bundan ikki yil oldin halok bo'lgan, endi bu bechoralarni topish amrimahol deb bahona qildilar. Falokatga uchragan kishilar hindular qo‘liga asir tushganidan keyin, al-batta mamlakatning ichkarisiga olib ketilgan, uchta odamni, uchta shotlandiyalikni topish uchun butun Patagoniyani tintib chiqish mumkin bo‘lmaydi-ku, deb ishontirmoqchi bo'ldilar. Bu xavfli, befoyda qidirish ishlarida qutqarmoqchi bo‘lganimizdan ko‘ra ko'proq odam halok bo'ladi, dedilar. Xullas, ilti-mosimni rad qilishga ahd qilgan kishilarning barcha dalillarini keltirdilar. Ular kapitan Grantning maqsadlarini hali unutganlari yo‘q. Endi bechora ka pitan butunlay halok bo‘ldi!
— Otam! Bechora otam! — deb yubordi Meri Grant, Glenarvan qarshisida tiz cho‘kar ekan.
Glenarvan oyoqlari ostiga tiz cho‘kkan qizga hay-ron bo'lib qaradi:
— Otam dedingizmi?! Nahotki, siz miss...
— Ha, Eduard, — dedi gapga aralashib Elen, — miss Meri va uning ukasi Robert — kapitan Grantning bolalari. Admiralteystvodagi lordlar ularni yetimlikka mahkum qilibdilar.
— Oh, miss, — dedi Glenarvan qizning turishiga
2 K apitan G ran t bolalari. 3 3
yordamlashar ekan, — men sizlarning shu yerda ekaningizni bilganimda...
Uning gapi chala qoldi. Qasr hovlisida og‘ir jimlik cho‘kdi, bu jimlikni faqat ho‘ng-ho‘ng yig‘i tovushi buzar edi. Na Glenarvan, na Elen, na mayor va na o‘z xo‘jayinlari atrofida xomush turgan qasr xizmatkor-lari churq etib og‘iz ochmas edilar. Bu barcha shot-landiyaliklarning qalbida ingliz hukumatiga nisbatan g'azab qaynayotgani ochiq ko'rinib turardi.
Bir necha minutdan so‘ng mayor Glenarvandan:
— Demak, endi hech qanday umid yo'qmi? — deb so‘radi.
— Hech qanday!
— Unday bo'lsa, — deb qichqirdi kichkina Robert, — o‘sha janoblarning oldiga men o'zim bora-man. Ko'ramiz...
Opasi uning gapini tugatishiga imkon bermadi, lekin bolaning mahkam qisilgan mushtlari uning niyatlaridan darak ierib turardi.
— Yo‘q, Robert, yo‘q! — dedi Meri Grant. — Bizga qilgan barcha yaxshiliklari uchun bu qasrning olijanob xo'jayinlariga tashakkur aytamiz-u, ketamiz. Biz ularning bu yaxshiligini hech vaqt unutmaymiz.
— Meri! — deb qichqirdi Elen.
— Nima qilmoqchisiz endi? — deb so‘radi Glenarvan qizdan.
— Men qirolichaning oyog‘iga yiqilaman, — deb javob berdi qiz, — ko‘ramiz, u ham otasini qutqa-rishni so‘rab yolborgan ikki bolaning gapiga quloq solmay qo‘yaverarmikin.
Glenarvan bosh chayqab qo‘ydi, u qirolichaning biror iltifot ko'rsatishigagina emas, Meri Grant uning huzuriga kira olishiga ham shubha qilardi.
Ingliz kemalarining shturvali oldiga yozib qo‘yi-ladigan: «Passengers are requested not to speak to the man ad the wheel»1 degan so‘zlar go‘yo podsho saroyining eshiklariga ham yozib qo'yilgandek, kishi-larning ohi tojdorlarga kamdan-kam yetib boradi.
Elen erining fikrini tushundi. U qizning barcha urinishlari natijasiz tugashini bilardi. Elen shu bu-gundan boshlab bu ikki bolaning hayoti umidsizlik va g‘am bilan o'tishi aniq ekaniga shubha qilmasdi.
1«Passajirlardan rulevoy bilan gaplashmaslik so'raladi».
34
Xuddi shu payt uning miyasiga g‘oyat yuksak va oli-janob bir fikr keldi...
— Meri Grant! — dedi u. — Bir oz shoshmang, ketmay turing. Menga quloq soling.
Ukasining qo‘lidan ushlab, ketmoqchi bo‘lib tur-gan qiz to‘xtadi.
Elen, ko'zlari yoshlanib, hayajon bilan eriga muro-jaat qildi.
— Eduard! — dedi u qat’iy tusda. — Kapitan Grant mana bu hujjatlarni dengizga tashlar ekan, o‘z taqdirini shu hujjat borib tegadigan kishining qo‘liga topshirgan. Hujjat bizning qo'limizga kelib tegdi...
— Bu bilan nima demoqchisiz, Elen? — deb so'ra-di Glenarvan.
Atrofdagilarning hammasi jim turishar edi.
— Men, — deb davob etdi Elen, — o‘z hamjihat hayotimizni xayrli ish bilan boshlash — buyuk baxtdir, demoqchiman. Azizim Eduard, siz xursand qilish uchun meni sayohatga olib chiqishni maqsad qilib qo‘ygansiz. Lekin o‘z vatani tomonidan taqdir-ning hukmiga tashlab qo‘yilgan baxtsizlarni xalos etishdan ham buyukroq sevinch, shundan ham foy-daliroq ishning bo‘lishi mumkinmi?
— Elen! — deb yubordi Glenarvan.
— Ha! Siz mening fikrimni tushndingiz, Eduard. «Dunkan» — pishiq, ishonchli kema. U janubiy den-gizlarda bemalol suzib yura oladi, butun dunyoni ay-lanib chiqishga ham chidaydi. Agar lozim bo'lsa, bun-day sayohatga chiqadi ham! Yo‘lga chiqaylik, Eduard! Kapitan Grantni axtarib topaylk!
Yoshgina xotinining bu mardona so‘zlaridan haya-jonga kelgan Glenarvan uni quchoqladi va tabassum bilan bag‘rig‘a bosdi, Meri bilan Robert esa uning qo'llarini o‘pa boshladilar. Bu manzaradan xursand bo‘lib, qattiq hayajonlangan Malkolm-Kestldagi xiz-matkorlar ham ovozlarining boricha:
— Ura! Ura, Eduard va Elen Glenarvanlar sha-rafiga uch martalab ura!— deb qichqirishar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |