Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 0,81 Mb.
bet9/68
Sana05.01.2021
Hajmi0,81 Mb.
#54828
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
Bog'liq
M.R.Bo`rieva, Z.N.Tojieva, S.S.Zokirov-Aholi geografiyasi va demografiya aso

Birinchi davr. XVI asrga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda davlatchilik rivojlanishi bilan bog‘liq holda aholining soni, ayniqsa enkaklar soni, xo‘jaliklar haqida ma’lumotlar to‘plangan. Ba’zi davlatlarda esa aholi ro‘yhati ham o‘tkazilib turilgan. Lekin bu davrda demografik bilimlarga oid ma’lumotlar dunyoning hamma hududlarida ham to‘planib borilmagan. Ilmiy manbaalara demografik bilimlarga oid ma’lumotlar juda kam uchraydi. Ikkinchi davr. XVI – XVIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Demografik bilimlarni rivojlanishida bu davr alohida ahamiyatga egadir. Chunki bu davrda demografik bilimlarga ehtiyoj kuchaydi. Aholi hayoti da katta ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Feodalistik munosabatlarni asta-sekin kapitalistik munosabatlar egallay boshladi. XVI – XVII asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar, halqaro savdoning rivojlanishi, kapitalistik turmush tarzining shakllanishi natijasida turli davlatlar aholisi, ularning urf-odatlariga qiziqish kuchaydi. Ayniqsa, Yevropa davlatlarida aholi soni, harakatiga oid qator tadqiqotlar olib borildi. Bularga florensiyalik siyosatshunos va tarixchi N. Makiavelli, fransiyalik J. Boden, italiyalik D. Botero, angliyalik D. Graunt, V. Petti, rossiyalik V. Lomonosovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda dunyo aholisi, uning ba’zi hududlari, davlatlar aholisi haqida ancha mukammal ma’lumotlar to‘plangan. Uchinchi davr. asrlarni qamrab oli6, bunda dunyodagi deyarli barcha davlatlar, ularning hududlari bo‘ylab ham muntazam demografik bilimlar to‘planyb borilgan. Demografik bilimlar tizimi yana ham mukammallashgan. XVIII asrning ikkinchi yarimida Angliyada boshlangan sanoat to‘ntarilishi XIX asrga kelib, AQSh, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, Yaponiya kabi davlatlarni. qamrab oldi. Natijada feodal jamiyatga qaraganda, ishlab chiqarish kuchlari ancha rivojlandi, texnika bilan ta’minlangan, ixtisoslashtirilgan industriyaga ega bo‘lgan, sanoat kapitalizmi vujudga keldi. Uning rivojlanib borishi jamiyat taraqqiyotida ulkan o‘zgarishlarga sabab buddi. Bu xolat Yevropa mamlakatlarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Natijada demografik jarayondar ham rivojlanib, ular haqidadagi bilimlar doirasi yana ham kengayib bordi. Demografik tadqiqotlar o‘tkazilishi har bir davlat uchun zaruriy ilmiy yo‘nalishga aylandi. Ushbu davrda yirik demograf olimlar yetishib chiqdi. Ular jumlasiga E-Rosset, R.Pressa, U.Laplas, A.Ketle, A.Giyyar, D.Mendeleev, S.Novoselskiy, V.Bunyakovskiyg. G.Syundberg, V.R.Smulevich, D.I.Valentey, Ya.N.Guzevatey, A.E.Boyarskiyg. A.Ya.Kvasha, O‘zbekistonda esa Ye.S.Timm, A.A.Shoroxova, M.K.Koraxanov, I.R.Mullajonov va boshqalarni kiritish mumkin. Shuning bilan birga bu davrda dunyo, miqyosida jamda uning barcha davtlatlarida demografik tadqiqotdar olib boruvchi, muttaxassislar tayyorlovchi yirik oliy va ilmiy maskanlar tashkil topdi va rivojdaidi.

Demografiya fanining paydo bo‘dish tarixi xaqida ilmiy manbalarda batafsil ma’lumotlar mavjuddir. «Bunday manbalarga D, K. Shelestovning «Demografiya: istoriya i sovremennost», V.Borisovnnng «Demografiya» nomli kitoblari, hamda, «Demograficheskiy ensiklopedicheskiy slovar» larnn misol qilib keltirish joizdir. Bu manbaalarda qayd etilishicha demografiya fanining paydo bulishi, asosan XVII asrning ikkinchi yarimidan boshlandi. Ana shu davrda Angliyada vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalib, aholi o‘rtasida o‘lim hollari nihoyatda ko‘payib ketdi. Shu bois Londonda har hafta o‘lim haqida byulletenlar, ya’ni maxsus ma’lumotlar chop etilib, axoliga tarqatilar edi.

O‘z salomatliklarini saqlash maqsadida mazkur ma’lumotlarni juda ko‘p fuqarolar o‘qirdilar. Angliyalik savdogar olim J.Graunt London tug‘ilish va o‘lim xaqidagi 80 yillik ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi va 1662 yili o‘zining 90 betdan iborat «O‘lim haqidagi byulletenlar asosida olib borilgan va mundarijada ilova etilgan tabiiy va siyosiy kuzatishlar natijalari. Ko‘rsatilgan shaharning boshqaruvi, dini, savdosi, havosi, o‘sishi va boshqa o‘zgarishlar hususiyada London fuqarosi Djon Garuntning asari» kitobini yozdi. Kitob juda uzun nomlangan bo‘lib, o‘z oldiga keng qamrovli ijtimoiy hodisalarni maqsad qilib qo‘ygan edi. Kitobda muallif Londonda ulum xolati va o‘limning yosh guruhlari bo‘yicha atroflicha urgangan. Tug‘lishning shahar va qishloqlar farqlari, aholi migratsiyasi tahlil etilgan. Shuningdek, J.Graunt birinchi bo‘lib, ulimning matematik jadvalini ishlab chiqqan. Ushbu asar o‘z zamonasida ziyoblar tomonidan juda ijobiy baholandi. Uch yil mobaynida asar to‘rt marta qayta chop etildi. Kitob qirol Karl II ga juda ma’qul keldi va muallif J.Grauntni qirollik jamiyatiga qabul qildi.

J.Graunt bu kichik hajmli kitobchasi bir ejas uch fanning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu fanlar demografiya, statistika va sosiologiya fanlari edi. J.Graunt olib borgan tadqiqotlarning davomchisi sifatida fanda «Siyosiy-arifmetika» yo‘nalishi paydo bo‘ldi, Mazkur fan jamiatdagi hodisa va jarayonlarni miqdoriy qonuniyatlarani o‘rganardi.



XVIII – XIX acrlarda jamiyat xayotidagi demografik, jarayonlarni o‘rganishga qiziqish kuchaydi. Taniqli iqtisodchilar, tarixchilar, siyosat junoslar, astronomlar shifokorlar, matematiklar tomonidan demografik jarayonlarnn o‘rganishga doir qator tadqiqotlar olib borildi. Nihoyat XIX acrda A.Giyyar yangi vujudga kelgan fanga nom berdi. Uning 1855 yilda Parijda “Inson statistikasi elementlari, yoki qiyosiy demografiya”, deb nomlangan kitobi chop etildi. Bu asarda demografiyaning mustaqil fan sifatida maqsadi yoritilgan. A. Giyyar asarida demografiyaga ko‘p jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi insonlarning tabiiy va ijtimoiiy tarixi va ularning umumiy harakati jismoniy, fuqarolik va ahloqiy holatini matematik tarzda o‘rganuvchi fan deb ta’rif berilgan. 1851 – 1922 yillarda yashab ijod etishgan olim Jan Bertilon (A. Giyyarning nabirasi) tomonidan ham demografiyaning fan sifatidagi o‘rganuvchi predmetiga baho beriladi. Olim 1881 yilda yozilgan “Fransiya aholisi harakatining statistikasi” nomli asarida “Demografiya jamoya hayotini o‘rganish bilan shug‘ullandi. Uning maqsadi jamiyatning rivojlanishi, qayta tiklanishi va nihoyat inqirozga uchrab, bahram topishlarning sabablarini o‘rganish. U halqning, ham jismoniy, ham ahloqiy tuzulishni ko‘rib chiqadi: odamlar qanday va nima uchun nikoh quradilar, qay miqdorda ko‘payadilar va tadbiq etadi. Va nihoyat u insonlar necha yoshda qanday vaziyatda qaysi sabablarga ko‘ra, o‘lishlarining sabablarini yoritadi” deb yozadi. Demografiyani predmetiga oid A.Giyyar va J.Bertilonlarning hulosalaridan ko‘rinib turibdiki, demografiya juda keng muammolarni o‘z ichiga oladi. Ana shunday qarashlar XX asrning 70 yillarida qadar mavjud edi. Keyinchalik demografiyaning o‘rganish doirasi bir oz torayib, aniqlanib bordi. Nihoyat demografiya aholining tabiiy harakatini, ya’ni uning takror barpo bo‘lishini atroflicha o‘rganadigan fan, degan hulosaga kelindi. XX asrning keyingi 30 yilida dunyoda demografiya alohida fan sifatida juda rivojlandi. AQSh, Yaponiya, Fransiya, Angliya, Rossiya kabi davlatlar oliygohlarida “Demografiya” kafedralari tashkil topib, shu soha bo‘yicha demograf olimlar tayyorlash hai yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda ham, 200 yilda, O‘zbekiston Milliy Universitetining geografiya fakultetida respublikada dastlabki “Demografiya” kafedrasi tashkil topdi. Bu hol o‘lkada “Demografiya” ning fan sifatida rivojlanishi tomon ko‘yilgan dastlabki, lekin ahamiyatli qadamdir. O‘zbekistonda ham demografik tadqiqotlar rivojlanishi o‘z tarixiga egadir. Respublikada fan, madaniyat va davlatchilik rivojlanishi juda qadimiy tarixga ega. Yuqorida demografik bilimlar to‘plash, asosan davlatchilik bilan bog‘liq ekanligi haqida fikr yuritildi. Demak, O‘zbekistonda ham, demogafik bilimlar juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Bular haqida qadimiy qo‘lyozmalar, arxeologik yodgorliklar, qator ilmiy manbalar guvohlik beradi. Lekin o‘lkada maqsadli demografik tadqiqotla o‘tkazish asosan 1960 yillardan boshlanadi. Ana shu davrdan to hozirgi kunga qadar Respublikada juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan demogafik tadqiqotlar olib borilgan, hamda shu sohada yirik mutaxxasislar tayyorlangan. Demografiya sohasida erishilgan yutuqlar ustoz olim M. K. Qoraxonov nomi bilan bog‘liqdir. Olim nafaqat O‘zbekistonda, balki Markazaiy Osiyoda yirik demografik tadqiqotlar olib bordi. Ushbu hududning XIX asrning ikkinchi yarimidan boshlab, demografik tarixini tikladi. Aholi o‘sishi, tug‘ilishi, o‘lim, nikoh va ajralish kabi demografik jarayonlar xususiyatlarini o‘rgandi. Ular bilan bog‘liq omillar, muammolarni aniqlab berdi. O‘rta Osiyo tarkibiga kiriuvchi respublikalarda aholi o‘sishi proghozini yaratishda iomiy rahbarlik qildi. Qoraxonov o‘lkamiz aholisining miqdoriy rivojlanishi bilan bir qatorda uning sifatiy rivojlanishi sohasida ham yirik tadqiqot ishlarini olib bordi. Ustoz rahbarligida O‘zbekistonda aholi ma’lumotlilik bosqichlari bo‘yicha proghozi ham ishlab chiqilgan. Olimning olib borgan tadqiqotlari asosida monografiya, risolalar va 200 dan ortiq ilmiy maqolalari sop etilgan. Ustoz o‘z ilmiy faoliyatini 1960 yillardan boshlab, hayotning ohirgi damlarigacha O‘zbekiston Milliy Universitetining geografiya fakultetida olib bordi. Dastlab respublikada demografiyasini o‘rganuvchi ilmiy guruh tuzdi. 1972 yilda ana shu guruh O‘rta Osiy Respublikalari demografik holati va muammolarini o‘rganuvchi yirik “Aholishunoslik ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi” ga aylandi. Ushbu laboratoriyada O‘rta Osiyo Demografiyasini o‘rganishga doir chuqur, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqotlar olib borildi. Shuning bilan bigan, Qoraxonov M.Q. rahnamologida aholi muammolarini o‘rganuvchi yirik ilmiy maktab yaratildi. Ustoz maktabida shakllangan muttaxassislar bugungi kunda uning ishini davom etirrib, jamiyat taraqqiyaga molik tadqiqotlar olib bormoqdalar. O‘lkamiz demografik tarixini va aholi muammolarini o‘rganishda Mullajonov R. I., Ubaydullaeva R. A., Ahmedov E., Ota – Mirzaev O. B., Maksakova L. P., Soliev A.S., Ali – Qoriev N. S., Salimov X., Bo‘rieva M.R., Qayumov A. A., Ergashov O. E., Safarov E., Saydaxmedov O., Murtazina G., Rayimjonov Z.X., Ortiqboev R.J. kabi olimlar borgan tadqiaotlar ham ustoz Qoraxonov M.Q., boshlagan ilmiy izlanishlarni davomi sifatida O‘zbekistonda olib borilgan demografik tadqiqotlar tarixida alohida ahamiyatlidir.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish