haqiqiy (real)
va
potensial
xodimlardir. Mustaqillik
yillari O‗zbekiston Respublikasida ham Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiya etgan
aholini tasniflash tizimiga o‗tildi, unga ko‗ra aholini tizimiy taqsimlashda
mamlakat mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga
ajratiladigan bo‗ldi.
Mehnat resurslarining tarkibi quyidagicha:
-
mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi
. O‗zbekistonda mehnat
yoshining quyi chegarasi 16 yosh bo‗lib, yuqori chegara yosh bo‗yicha pensiya
olish huquqi bilan belgilangan. Bu erkaklar uchun 60 yoshni va ayollar uchun 55
206
yoshni tashkil etadi. Biroq, unga I va II guruh ishlamayotgan nogironlar, yoshi
bo‗yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan fuqarolar kirmaydi.
-
mehnat yoshidan o„tgan bo„lsa-da ishlayotgan shaxslar va yosh bo„lsa ham
ishlayotgan o„smirlar
.
Mehnat resurslari balansini tuzishda ish bilan band aholining barcha
toifalarini to‗liq qamrab olish muhim ahamiyatga ega. Yollanib ishlaydiganlar
ham, yollanmasdan ishlaydiganlar ham ishning doimiyligi, vaqtinchaligi,
mavsumiyligi, tasodifiyligi yoki bir martalik bo‗lishidan qat‘i nazar, iqtisodiyotda
ish bilan band, deb hisoblanadi.
Yollanib ishlaydiganlar
– band aholining eng ko‗p sonli guruhi bo‗lib,
mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona (tashkilot, muassasa) rahbari yoki
alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari
haqida yozma mehnat shartnomasi, kontrakt yoki og‗zaki bitim tuzgan shaxslarni
o‗z ichiga oladi.
Yollanmasdan ishlaydiganlar
– 1) individual asosda, doimiy yollanma
xodimlardan
foydalanmasdan
mustaqil
ishlaydigan
shaxslarni;
2)
ish
byeruvchilarni, shu jumladan fyermyer va dehqon xo‗jaliklari boshliqlarini; 3)
oilaviy korxonalarning haq olmaydigan xodimlarini; 4) jamoa mulkdorlar
(koopyerativlar, shirkatlar kabi) a‘zolarini birlashtiradi.
Tarixdan ma‘lumki, mehnatga layoqatli yosh chegarasi ijtimoiy-iqtisodiy
sabablarga ko‗ra huquqiy asosda o‗zgarib turgan. Chunonchi, 1929-1933 yillarda
14 yosh – mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi bo‗lgan, 1937 yilga kelib, u
15 yoshgacha ko‗tarildi. Urush yillarida ushbu yosh chegarasi yana 14 yoshga
tushdi, urushdan keyin u 16 yoshga ko‗tarildi va hozirgacha amal qilib kelmoqda.
Xozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh»ning yuqori chegarasi erkaklar uchun 59
yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi.
Erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga etgandan so‗ng ular pensiya olish
huquqiga ega. Biroq bu qoidada ham istisno bor. Organizmga yuksak ruhiy
fiziologik bosimlar bilan bog‗liq kasb faoliyatining ayrim turlari uchun pensiya
chizig‗i 5-10 yilga, ba‘zan undan ham ko‗proq qisqaradi. Bunda imtiyozli
207
shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar uchun pensiya yosh
chegarasi erkaklarnikidan pastroq bo‗lsa-da, erkaklarning o‗rtacha umr ko‗rishi
ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir. Iqtisodiyotda hozirgi paytda
―mehnat resurslari‖ tushunchasi bilan bir qatorda «ishchi kuchi» atamasi ham ko‗p
qo‗llanilmoqda.
Ishchi kuchi
– mehnat jarayonida inson foydalanadigan uning jismoniy va
ma‘naviy qobiliyatlar majmuasi bo‗lib, xorijiy adabiyotlarda u ko‗pincha
«iqtisodiy faol aholi» tushunchasining sinonimi sifatida qo‗llaniladi. «Ishchi
kuchi» atamasi ko‗p hollarda uch ma‘noni anglatadi:
• organizm, tirik inson shaxsi ega bo‗lgan va har safar u qandaydir iste‘mol
qiymatini yaratish chog‗ida ishga soladigan jismoniy va ma‘naviy qobiliyatlar
majmui sifatida;
• aholining ish bilan band bo‗lgan yoki ish izlayotgan qismi – iqtisodiy faol
aholining sinonimi sifatida;
• umuman ishlovchilar yoki muayyan bir korxona ishchilari (kundalik turmushda
odatda shunday foydalaniladigan tushuncha) sifatida.
Shunday qilib, mehnat resurslari tushunchasiga iqtisodiyotda ish bilan band
bo‗lgan xodimlar; band bo‗lmasa-da, mehnat qobiliyatiga ega bo‗lgan odamlar,
ya‘ni haqiqiy hamda potensial xodimlar kiritiladi. Boshqacha aytganda, mehnat
resurslari mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli fuqarolar hamda
mehnatga layoqatli yoshdan kichikroq fuqarolar (ishlaydigan o‗smirlar) va
mehnatga
layoqatli
yoshdan
kattaroq
yoshdagi
fuqarolar
(ishlaydigan
pensionyerlar) dan iborat bo‗ladi.
Ish bilan band aholini va ish izlayotgan ishsizlarni anglatadigan «iqtisodiy
faol aholi» – mehnat resurslari haqidagi tasavvurlarni aks ettiradigan yana bir
boshqa tushunchadir. Bu tushuncha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda anchadan
buyon ishlatilib kelinmoqda. Xalqaro andozalarga muvofiq, «iqtisodiy faol aholi»
tushunchasi BMT milliy hisob varaqalar va balanslar tizimlariga kiritilgan tovarlar
va xizmatlar, ishlab chiqarish uchun muayyan vaqt mobaynida o‗z mehnatini taklif
etadigan har ikki jinsga mansub shaxslarni o‗z ichiga oladi. Bu tushunchani
208
aniqlaydigan ikkita ko‗rsatkich mavjud: odatda «faol aholi», deb uzoq davom
etadigan vaqtga, masalan, yilga tatbiqan; «hozirgi paytda faol aholi», deb qisqa
vaqt bo‗lagiga, masalan, hafta yoki kunga nisbatan aytiladi.
Iqtisodiy faol bo‗lmagan aholi toifasiga o‗quv yurtlarida kunduzi o‗qiydigan
o‗quvchilar, talabalar, kursantlar; pensiya oluvchi shaxslar; uy xo‗jaligi bilan
shug‗ullanuvchilar; ish qidirmay qo‗ygan shaxslar; ishlashga zaruriyati bo‗lmagan
shaxslar kiritiladi. Ko‗rinib turibdiki, «mehnat resurslari» va «iqtisodiy faol aholi»
atamalari bir-biridan farq qiladi. «Iqtisodiy faol aholi» tushunchasi «mehnat
resurslari» tushunchasidan o‗z mazmuni bo‗yicha torroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |