Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169
Bog'liq
30 11

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11-MAVZU.
AHOLINING MEXANIK HARAKATI. MIGRATSIYA 
GEOGRAFIYASI 
 
Reja: 
11.1.
Aholi migratsiyasini o‗rganish borasidagi ilmiy yondoshuvlar va uning 
mohiyati, omillari 


220 
11.2.
Aholi migratsiyasining turlari va uni ifodalovchi ko‗rsatkichlar 
11.3.
Xalqaro migratsiya va undagi o‗zgarishlar 
11.1.
 
Aholi migratsiyasini o‗rganish borasidagi ilmiy yondoshuvlar va 
uning mohiyati, omillari 
 
Migratsiya 
(lotin tilidagi 
migration
so‗zidan olingan bo‗lib, ko‗chish, 
ko‗chib o‗tish ma‘nolarini anglatadi) – kishilarning o‗z doimiy yashash joylarini 
doimiy yoki uzoqroq muddatga ma‘muriy chegarani kesib o‗tgan holda 
o‗zgartirishidir
1
. Bu aholi migratsiyasiga sobiq Ittifoq davlatlarida byerilgan 
ta‘rifdir. Jahonda aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ta‘rifga ko‗ra 
migratsiya kishilarning muayyan chegaradan doimiy yashash joylarini o‗zgartirish 
maqsadida kesib o‗tishi tushuniladi
2
. Bulardan tashqari, migratsiya atamasiga turli 
olimlar o‗z tadqiqotlari doirasida turlicha yondoshib, o‗z ta‘riflarni berishgan. 
Jumladan, B.YA.Goldfarb aholi migratsiyasiga ijtimoiy-geografik nuqtai - 
nazardan yondoshib, bu jarayonni 
“kishilarning yashash, ishlash yoki o„qish joyini 
ma‟muriy chegaradan o„tgan holda o„zgartirish qobiliyatini amalga oshirish 
bo„yicha murakkab tarixiy, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayon”
3

deb tushuntiradi. 
L.YA.Rыbakovskiy 
migratsiya 
tushunchasini 
talqin 
etishda, 
bu 
tushunchaning keng va tor ma‘nodagi mohiyatidan kelib chiqadi. Tor ma‘nodagi 
migratsiya aholining yashash joyini o‗zgartirish bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗chishi 
bo‗lsa, keng ma‘noda esa kishilarning turli maqsad bilan va turli vaqtga hududiy 
siljishlarini tushunadilar.
4
V.I.Prevedensevning fikricha ham, migratsiya, deb keng ma‘noda 
kishilarning turlicha joy o‗zgartishlarini, tor ma‘noda esa bir joydan ikkinchi joyga 
1
Демографический энциклопедический словаpь. - М., 1985., 251- бет. 
2
Руководства по народонаселению 4-изд. - Астана, 2003, 63-бет. 
3
Гольдфарб Б.Я. Миграция населения.-М.: 1981, 3-бет. 
4
Рыбаковский Л.А. Миграция населения: прогнозы, факторы, политика. –М.: 1987, 5-бет. 


221 
ko‗chishi, ya‘ni doimiyga yoki ma‘lum muddatga yashash joyini o‗zgartirishi bilan 
bog‗liq bo‗lgan siljishini nomlasa bo‗ladilar
1

L.P.Maksakova, B.S.Xorev, L.A.Rыbakovskiy, V.A.Ionsev va boshqalar 
migratsiyani kishilarning nafaqat yashash joyini o‗zgartirishi, balki ish joyini ham 
o‗zgartirishi munosabati bilan bir hududdan ikkinchi bir hududga qatnashi bilan 
bog‗laydilar
2

N.N.Filipova va V.A.Sukov migratsion jarayonga iqtisodiyot, aniqrog‗i 
aholini mehnat bilan ta‘minlash nuqtai nazaridan yondoshib, migratsiya so‗zini 
tom ma‘noda aholining sohalar, hududlar bo‗yicha kasbiy va ijtimoiy bo‗lishini 
tushunadilar. 
E.D.Baranov va B.D.Breev ham migratsiyaga huddi shu nuqtai-nazardan 
yondoshib, aholi migratsiyasi, deb kishilarning mehnat faoliyati, joyi va turi, 
shuningdek, mehnat sarflash sohasini o‗zgartirish bilan bog‗liq bo‗lgan har qanday 
hududiy siljishlarni ataydilar. Yuqoridagi ta‘riflarning barchasida kishilarning o‗z 
turar joylarini o‗zgartirishiga urg‗u byerilgan, ya‘ni, ular bergan ta‘riflarda aholi 
migratsiyasining muhim tarkibiy yo‗nalishi bo‗lgan tebranma (mayatniksimon) 
migratsiya nazardan chetda qolib ketgan. Chunki tebranma migratsiya natijasida 
kishilarning doimiy turar joylari o‗zgarmaydi. 
Aholi migratsiyasi atamasiga yuqorida tilga olingan va shunga o‗xshash 
yondoshishlarni tahlil etgan holda tushunchani quyidagicha ta‘rifladim: 
Aholi migratsiyasi – bu kishilarning turli sabab va omillar natijasida o‗z 
yashash va ish joylarini ma‘muriy chegaradan o‗tgan holda o‗zgartirishlaridir.
Ma‘lumki migratsiya kishilarning doimiy va vaqtincha o‗z yashash yoki ish 
joylarini o‗zgartirishlari natijasidagi bir joydan ikkinchi bir joyga ko‗chishlaridir. 
Tabiiyki aholi migratsiyasi qator omillar ta‘sirida vujudga keladi. Bu omillarni 
shartli ravishda iqtisodiy, demografik, siyosiy, ijtimoiy va ekologik omillarga 
bo‗lish maqsadga muvofiq bo‗ladi. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish