Iqtisodiy omillar.
Aholi migratsiyasiga ta‘sir etuvchi omillar orasida
iqtisodiy omillar eng muhimi hisoblanadi, chunki qolgan barcha omillar
1
Преведенцев В.И.География населения. –M., 1975, 4-бет.
2
Рыбаковский Л.А. Миграция населения: прогнозы, факторы, политика. –М.. 1987, 5-бет.
222
pirovardida iqtisodiy muammolarga aylanadi yoki iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
Iqtisodiy omillar deganda har bir davlat iqtisodiy tizimining mustahkamligi, uning
o‗sish darajasi va rivojlanish ko‗lami tushuniladi. Dunyoning turli mintaqalarida
iqtisodiy imkoniyatlar, mehnat sharoitlari va ish haqi o‗rtasida yuzaga kelgan
sezilarli farq ishchi kuchlarini mamlakatlararo ko‗chib yurishiga sabab bo‗luvchi
muhim omil hisoblanadi. Masalan, AQSH va Meksikadagi daromadlarning
taxminan 10 barobarga farq qilishi meksikalik ishchilarni AQSHga ish qidirib
o‗tishlarining asosiy sababi hisoblanadi. Shunday qilib yer yuzida rivojlangan boy
va rivojlanayotgan iqtisodiy imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarning mavjudligi
xalqaro migratsiya va jahon mehnat bozorining amal qilishini belgilovchi asosiy
omil hisoblanadi
1
.
Demografik omillar.
Aholining o‗sish sur‘ati, aholi sonining ko‗payishi yoki
qisqarishi bilan bog‗liq bo‗lgan omillar demografik omillar bo‗lib sanaladi.
Bunday omillar qatoriga birinchi navbatda aholining tabiiy o‗sish darajasini
kiritish mumkin, chunki tabiiy o‗sish migratsion jarayonga ta‘sir yetishi bilan
birgalikda migratsion jarayonning jadallashuvi ham o‗z navbatida, tabiiy o‗sishga
sabab bo‗lishi mumkin. Tabiiy o‗sish natijasida, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi
yetishib chiqishiga, ya‘ni migratsiya qilishi mumkin bo‗lgan aholi ko‗payishiga
zamin yaratiladi. Shu o‗rinda demografik omillarning iqtisodiy omillar bilan uzviy
bog‗liqligini alohida ta‘kidlab o‗tish lozim bo‗ladi. Jumladan, iqtisodiy o‗sish bilan
tabiiy o‗sish o‗rtasidagi farqning ortishi ham migratsiyaga katta ta‘sir etadi. Ya‘ni,
tabiiy o‗sish sur‘atlari iqtisodiy o‗sish sur‘atlaridan yuqoriroq bo‗lsa, mamlakatda
ishsizlar sonining ortishiga va kishilarning chet elga ish izlab chiqishlariga sabab
bo‗ladi.
Tabiiy o‗sish sur‘atlari iqtisodiy o‗sish sur‘atlaridan past bo‗lsa mamlakatda
ishchi kuchiga bo‗lgan talab ko‗tariladi va chet ellik ishchilarning ish izlab
kelishlari ortadi. Misol uchun, 90 - yillarning o‗rtalarigacha Iqtisodiy Hamkorlik
va Taraqqiyot Tashkiloti mamlakatlarida (AQSH, Yaponiya, Kanada, Avstraliya,
Yangi Zelandiya, Islandiya, Turkiya, Shveysariya va Yevropa Ittifoqi davlatlari)
1
Ҳакимова М. ва бошқ. Халқаро иқтисодий муносабатлар. -Т.; 1997. 140-бет.
223
iqtisodiy faol aholi yiliga o‗rtacha 0,8 foiz ko‗paygan, yalpi ichki milliy mahsulot
hajmi esa 3 foizga oshgan
1
.
Siyosiy omillar.
Ayrim mamlakatlardagi, siyosiy vaziyatning bararor
emasligi, ularning iqtisodiy ahvoliga ta‘sir etib, mamlakat ishchi kuchinining
chetga oqimini keskin kuchaytiradi. Shu jumladan, turli siyosiy inqiroz va urushlar
natijasida majburiy migrantlar (qochoqlar, deportatsiya qilinganlar) sonining
ko‗payishiga olib keladi. Sobiq Ittifoqning tarqalib kyetishi natijasida, nafaqat,
Ittifoq tarkibidagi davlatlarda, balki unga qo‗shni bo‗lgan sotsialistik lagyer
tarkibidagi davlatlarda siyosiy beqarorlik hollarining yuzaga kelishiga sabab
bo‗ldi. Uning natijasida majburiy migrantlar soni ko‗paydi. Ekspyertlarning
ma‘lumotiga ko‗ra MDH davlatlarida ayni paytda (2003 y.) 1,8 mln. qochoqlar va
majburiy migrantlar mavjud
2
.
Ijtimoiy omillar.
Aholi migratsiyasini keltirib chiqaruvchi omillar ichida
ijtimoiy omillar ham kattagina ahamiyat kasb etadi. L.L.Rыbakovskiy
migratsiyaning ijtimoiy omillari deganda, migratsion jarayonga ma‘naviy
omillarning ta‘sirini tushunadi
3
. M.Q.Qoraxonov migratsion jarayondagi ijtimoiy
omillarni kishilarning malakasi va ma‘umoti qanchalik yuqori darajada bo‗lsa,
uning migratsion harakatchanligi (mobilligi) Shunchalik tez va u ongli ravishda
malakasidan samarali foydalanish mumkin bo‗lgan joyni qidiradi
4
. Shu jumladan,
o‗qish va kasbiy malakani oshirish maqsadlari ham ko‗plab kishilarni, ayniqsa,
yoshlarni migratsiya qilishlariga sabab bo‗ladi.
Ijtimoiy omillar ichida etnik omillar ham o‗ziga xos mavq‘ega ega. Etnik
omillarga - aholining an‘analari, urf-odatlari, tili, turmush tarzi kabilarni kiritish
mumkin. Ularning har biri migratsiya jarayonini jadallashtirishi yoki
sekinlashtirish mumkin. Jumladan, o‗zbek xalqining tarixan o‗troqligi, o‗z
tug‗ilgan va o‗sgan joyiga bog‗liqligi, o‗rgangan qadriyatlari va turmush tarzini
o‗zgartirishga moyil emasligi tufayli, sobiq Ittifoqdagi boshqa xalqlar ichida eng
sust migratsion harakatchanligi bilan ajralib turadi. Biroq so‗nggi bir necha yil
1
Yuqoridagi manba, 141- бет.
2
Internet malumotlari -
www.FromUz
.- sayt emmigrantov iz Uzbekistana.
3
Рыбаковский Л.Л. Миграция населения: прогнозы, факторы, политика.- М.; 1987.
4
Караханов М.К. Некапиталистический путь развития и проблемы народонаселения. -Т., 1982.
224
ichida migrantlar tarkibida o‗zbeklar salmog‗ining tobora ortib borayotganligini
ko‗rish mumkin.
Til omili ham migratsiyaga sezilarli ta‘sir etadi. Kishilarning til bilish
bilmasligi ham ularning migratsiya qilishiga yoki migratsiyadan tiyilib turishiga
sabab bo‗ladi. Misol uchun 1989 yilda o‗zbek tiliga ―Davlat tili‖ maqomining
byerilishi va davlat rasmiy idoralarida o‗zbek tilida ish yuritishning lozimligi
ta‘minlanishi natijasida, o‗zbek tilini o‗rganishni hohlamagan yoki o‗rganmagan
kishilarning boshqa hududlarga migratsiya qilishlariga sabab bo‗ldi.
Ekologik omillar.
XX asrning o‗rtalaridan migratsiya omillari qatoriga
ekologik omillar ham qo‗shildi va borgan sari uning ko‗lami tobora ortib
bormoqda. Ekologik jihatdan o‗z hayotlariga havf tug‗iladigan joylardan
kishilarning ko‗chib kyetishi tabiiy holdir. Misol uchun, O‗zbekistonda ikkita yirik
ekologik havf o‗chog‗i mavjud. Bular Orol dengizining qurishi bilan bog‗liq
ekologik xavf o‗chog‗i va Surxondaryo viloyatining Tojikiston bilan chegara
hududlari (Tursunzoda alyuminiy zavodi atmosfyeraga chiqindilarni chiqarishi
natijasida) bo‗lib, bu yerlardagi kishilar o‗zlarining va avlodlarining kelajak
taqdirini o‗ylab boshqa ekologik jihatdan xavfsizroq hududlarga ko‗chib
ketmoqdalar. Birgina O‗zbekistonning Orolbo‗yi hududlaridan 90-yillarda
Qozog‗istonga- qariyib 30 ming, Turkmanistonga – 4 ming va O‗zbekistonning
boshqa hududlariga qariyib 20 ming kishi ko‗chib ketishga majbur bo‗lishgan
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |