Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Ikkilamchi ma‘lumotlar — bu birlamchi ma‘lumotlar



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169
Bog'liq
30 11

Ikkilamchi ma‘lumotlar — bu birlamchi ma‘lumotlar
asosida olib borilgan ilmiy tahlil va hisob-kitoblardir.
Birlamchi ma‘lumotlar — demografîk
jarayonlar haqida to‗plangan dastlabki
statistik ma‘lumotlar, jadvallar va maxsus
ko‗rsatkichlar.
2.1.-rasm. Demografik ma‘lumotlar turlari. 
O‗rganilayotgan hudud yoki davlat aholisi sonining ma‘lum davrdagi (2 yil, 
5, 10, 15 va undan ko‗p yillar) o‗zgarishi aholi soni dinamikasida o‗z aksini topadi. 
Aholi soni dinamikasi, uning jami, umumiy (mutloq) soni, o‗sish koeffitsienti, 
aholi sonining o‗sish sur‘ati kabi ko‗rsatkichlarda ifodalanadi. Har bir hudud aholi 
sonini o‗rganganda, yuqorida qayd etilgandek, uni doimiy (Shu hududda doimiy 
ro‗yxatga olingan) va real (tekshirilayotgan davrda Shu hududda ma‘lum muddat 
yashayotgan) aholiga ajratiladi.
Demografik tadqiqotlar olib borishda nazariy aholi soni, hamda mavjud, real 
aholi sonidan foydalaniladi. Nazariy aholi soni o‗zgarmas – stabil aholi sonidir. 
Stabil aholi soni lotincha ―
stabils”
so‗zidan olingan bo‗lib, doimiy, o‗zgarmas, 
degan ma‘noni bildiradi. Aholining asosiy kategoriyasi mavjud (nalichnыe) 
aholidir. Demografik koeffitsientlarni hisoblaganda mavjud (nalichnыe) aholi 
sonidan foydalaniladi. Shuningdek, mavjud aholi soni aholi ro‗yxatlari – orasidagi 
davr uchun aholi mutloq sonini o‗rganishda ham qo‗llaniladi. 
 
2.2. Aholining joriy statistik hisobi 


32 
 
Aholi to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni doimiy joriy ro‗yxatga olib borish aholini 
hisobga olishning muhim turlaridan bo‗lib, bu jarayon asosan fuqarolik holati 
dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan bajariladi. Bu tashkilotlar tug‗ilish, 
o‗lim, nikoh va ajrimlar holatlarini doimiy ravishda qayd etib, ro‗yxatga olib 
boradilar. O‗zbekistonda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) 
organlari tuman, viloyat, shaharlar doirasida tashkil etilgan va ularda tug‗ilganlar, 
o‗lganlar, qayd etilgan nikohlar, ajrimlar, ularning aniq sanalari va shaxslari haqida 
to‗la ma‘lumotlar doimiy qayd etilib boriladi. Umuman demografik jarayonlarni 
ro‗yxatga olish dasturidagi savollarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi 
guruhga jarayonlar manzili, sodir bo‗lgan va qayd etilgan vaqti, ikkinchi guruhga 
esa jarayon o‗tgan shaxslar haqidagi savollarni kiritiladi. Masalan, tug‗ilishni 
ro‗yxatga olishda-chaqaloqni otasi, onasining millati, yoshi, ish joyi kabi 
ma‘lumotlar ham qayd etiladi.
Nikoh jarayonini ro‗yxatga olishda ham nikohga kiruvchilarning millati, 
yoshi va ijtimoiy holati haqida ma‘lumotlar ko‗rsatiladi. Ushbu ma‘lumotlar 
asosida juda ko‗p ko‗rsatkichli jadvallar tayyorlanadi. Ana shunday jadvallarga 
tug‗ilganlarni onasining millati, yoshi, otasining millati, yoshi bo‗yicha 
taqsimlanishi, vafot etganlarning hududlar, millatlar, yosh guruhlari bo‗yicha, 
nikoh, ajrimlarni ham ana shu, holatlar bo‗yicha taqsimlanishini misol qilish 
mumkin. 
Aholi migratsiyasi davlatlarning maxsus organlarida muntazam hisobga olib 
boriladi. Ularda migratsiyada ishtirok etgan shaxsni demografik va ijtimoiy 
holatini ifodalovchi ma‘lumotlar bilan birga, kelish va ketish sabablari manzillari 
haqida ham ma‘lumotlar qayd etiladi. Aholini doimiy ro‗yxatga olishda ishonchli 
va to‗la ma‘lumotlar bo‗lishi muhimdir. Chunki, ushbu ma‘lumotlar asosida har bir 
hududning demografik holati, rivojlanishi o‗rganiladi, qator ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolar echimi ishlab chiqiladi. Shuning uchun har bir demografik jarayonni 
o‗z vaqtida qayd etilishi maxsus qonunlar orqali nazorat etiladi.


33 
Tanlama sotsiologik-demografik tadqiqotlar ham aholini o‗rganishda muhim 
manbaa bo‗lib xizmat qiladi. Mazkur tadqiqotlarda demografik jarayonlar va 
ularga ta‘sir etuvchi omillar, xususiyatlari haqida aholi ro‗yxati va aholini doimiy 
hisobga olish orqali olib bo‗lmaydigan ma‘lumotlar to‗planadi. Shuningdek, 
mazkur tadqiqotlarda demografik prognozlar uchun juda muhim bo‗lgan 
demografik mayl (aholining demografik jarayonlarga bo‗lgan munosabatlari) uning 
avlodlar bo‗yicha xususiyatlarini ham o‗rganish mumkin. Maxsus demografik 
tadqiqotlar sotsiologik uslubda, so‗rovnomalar, suhbatlar yordamida olib boriladi. 
Tug‗ilish, o‗lish, nikohga kirish, ajralish (nikohning bekor qilinishi), aholi 
migratsiyasi kabi demografik jarayonlarni sotsiologik uslub yordamida o‗rganish 
sotsiologik-demografik tadqiqot deyiladi. Bunday tadqiqotlarda demografik 
jarayonlarning turli avlodlarda, ijtimoiy guruhlarda, millatlarda va hududlarda 
xususiyatlari va unga ta‘sir etuvchi omillari mukammal o‗rganiladi. Buning uchun 
o‗rganilayotgan demografik jarayonlar va ularning omillarini aniqlashga oid 
savollardan maxsus so‗roq varaqasi (anketa) tuziladi. Ular aholi o‗rtasida suhbat 
o‗tkazish, bevosita savol-javob yoki aholining o‗ziga tarqatish yo‗li bilan 
to‗ldiriladi. Sotsiologik uslub bilan o‗tkazilgan bunday tadqiqotlar demografik 
jarayonlarni o‗rganishda, ularning xususiyatlarini to‗g‗ri aks ettirishda juda qulay 
hisoblanadi.
Demografik jarayonlarni bevosita savol-javob, suhbat usuli yordamida 
o‗rganganda statistik ma‘lumotlar ifodalay olmagan jihatlar ham yoritiladi. 
Sotsiologik uslub, ayniqsa, O‗zbekiston kabi qadimda demografik jarayonlari 
muntazam statistik ro‗yxatga olib borilmagan hududlar uchun yana ham 
qimmatlidir. Chunki, keksa avlodlar o‗rtasida maxsus sotsiologik-demografik 
tadqiqotlar o‗tkazib, qadimda demografik jarayonlar qanday bo‗lganligi va ularga 
ta‘sir etgan omillar haqida ma‘lumotlar to‗plab, birmuncha aniq tasavvurga ega 
bo‗lish mumkin. 
O‗zbekistonda demografik jarayonlarni sotsiologik-demografik tadqiqotlar 
yordamida o‗rganish 1928-1930 yillardan boshlangan. 1960-1970 yillardan 


34 
boshlab esa mukamallashib, rivojlanib bordi
1
. Ushbu tadqiqotlar yordamida 
respublika shahar va qishloq tumanlarida tug‗ilish, o‗lim, nikoh va ajralish kabi 
jarayonlar va ularga aholining bo‗lgan munosabatlarini avlodlar bo‗yicha alohida 
o‗rganilgan, omillari, xususiyatlari aniqlangan.
Aholini hisobga olishda yana bir muhim manba aholining alohida guruhlari 
haqidagi ma‘lumotlar bo‗lib, ular turli tashkilotlar tomonidan to‗planadi. Masalan, 
saylovchilar ro‗yxati (O‗zbekistonda 18 va undan yuqori yoshdagilar saylash 
huquqiga ega bo‗lib, ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati haqidagi ma‘lumotlar har 
bir shahar, qishloq saylov okruglar tomonidan to‗planadi) harbiy xizmatga loyiq 
aholi (erkaklarning ma‘lum yoshdagilari harbiy ro‗yxatga olinadi) reproduktiv 
yosh (15-49)dagi ayollar (maxsus tibbiy muassasalar ro‗yxatida turadi) ro‗yxatlari. 
Shuningdek, mahalla, qishloq fuqarolik kengashlarida, oilalar va oila a‘zolarining 
soni, xo‗jaliklar haqida ham ma‘lumotlar yig‗ib boriladi.
Aholini hisobga olish, uning kategoriyalari, ya‘ni belgilari orqali amalga 
oshiriladi (kategoriya-grekcha so‗z bo‗lib, aytib berish, belgi, degan ma‘noni 
bildiradi). Aholi belgilari ularning mazkur hududda, yoki bir ma‘muriy birlikda 
doimiy yoki vaqtincha yashashlarida ifodalanadi. Ushbu belgilar asosida aholi uch 
kategoriyaga ajratiladi: doimiy yashovchi aholi, mavjud (nalichnoe) aholi va 
yuridik aholi
2
. Aholini o‗rganishda qayd etilgan uch kategoriya barcha hududlar va 
davlatlar uchun umumiy mezon bo‗lib xizmat qiladi. 

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish