1.3.
Aholi geografiyasining asosiy bo‗limlari va tadqiqot metodlari
Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, sayyoramiz aholisi milodning boshlarida
252 million kishini tashkil etgan, xolos. 1000 yilda dunyo aholisining soni 305
millionga, 1500 yilda – 440 millionga etgan. XIX asrning oxirlarida dunyo
aholisining soni 1 milliarddan oshib ketdi. Keyingi bir asr davomida, ya‘ni XX asr
va XXI asrning boshlarida dunyo aholisi juda tez sur‘at bilan ko‗payib bordi.
1900–1950 yillarda kurrai zamin aholisi har yili o‗rtacha 0,90 foizdan ko‗paygan
bo‗lsa, 1950–2000 yillarda bu ko‗rsatkich 1,75 foizni tashkil etdi. Hozirgi davrda
(2017 y.) dunyo aholisi 7,5 milliardni tashkil etmoqda. Aholi soni dinamikasidagi
bunday o‗zgarishlar qator iqtisodiy, ijtimoiy va demografik omillar bilan bog‗liq
albatta. Ulardan asosiylari aholi turmush tarzidagi, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi
ijobiy o‗zgarishlar, o‗lim hollarining kamayishi va aholi o‗rtacha umr ko‗rish
muddatining oshib borishidir.
Qayd etilganidek, dunyoning alohida hududlarida aholining ko‗payib borishi
va uning omillari, muammolari o‗ziga xos xususiyatlariga ega bo‗lib, ularning
yechimi ko‗pchilik aholishunos olimlar e‘tiborini tortdi. Aholining sotsial-iqtisodiy
va demografik muammolari bo‗yicha qator tadqiqotlar olib borildi. Natijada, aholi
muammolari bilan shug‗ullanuvchi fanlar tez sur‘atda ko‗paydi. Ularga falsafa,
tarix, sotsiologiya, huquqshunoslik, psixologiya, etnografiya, tibbiyot, biologiya,
demografiya, ekologiya, iqtisodiy geografiya va aholi geografiyasi kabi fanlar
kiradi. Mazkur fanlar tadqiqot natijalari asosida aholi haqidagi bilimlar tizimi
shakllanadi. Darhaqiqat, aholi qator fanlarning o‗rganish ob‘ekti hisoblanadi.
Sababi, aholi – bu hayotning ishlab chiqarish va takror barpo bo‗lish jarayonlarida,
tabiiy tarixiy ravishda shakllanuvchi va uzluksiz yangilanib turuvchi insonlar
birligi, kishilik jamiyatining matyerial komponentidir
1
.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida aholi insonlarning alohida tarixiy
birligi sifatida namoyon bo‗ladi (qadimgi dunyo aholisi, quldorlik, feodalizm
1
Демографический энциклопедический словарь.- М., 1985, c .268.
23
tuzum aholisi va h.k.). Bu hol aholining ijtimoiy jihatlarini yaqqol ifodalaydi.
Aholining yana bir umumiy jihati makon tomoni bilan xarakterlanadi. Insonlar o‗z
hayotlarida ma‘lum bir hududiy, ijtimoiy birlik bilan bog‗langandir. Masalan,
hududiy birligi – materiklarning aholisi (Shimoliy Amerika aholisi, Osiyo aholisi,
Yevropa aholisi....), davlatlar aholisi (AQSH aholisi, Rossiya aholisi, O‗zbekiston
aholisi va h.k.)da ifodalanadi. Ma‘lum bir davlat aholisini o‗rganganda esa,
hududiy birlik yana ham mukammallashadi. Masalan, O‗zbekiston aholisi, uning
viloyatlari va tumanlari aholisi, shahar va qishloq aholisi birligida ifodalanadi.
Aholining ijtimoiy birligi esa, ijtimoiy guruhlarda (qabila-urug‗, etnik, diniy,
siyosiy va h.k.) o‗z aksini topadi. Shuningdek, ijtimoiy birlik haqida so‗z
borganda, tarixiy davrlar – vaqt birligi ham muhimdir. Masalan, IX–X asrlarda
Amir Temur davri aholisi, Buxoro amirligi, Xiva xonligi aholisi va h.k. Demak
ijtimoiy – vaqt va makon hududiy tadqiqotlarda aholini har qanday vaqt va hudud
bo‗yicha ajratish imkonini beradi. Ma‘lumki, aholi geografiyasining asosiy ob‘ekti
– aholi va aholi manzilgohlari, ya‘ni maskanlaridir. Ana shu nuqtai nazardan aholi
geografiyasi aholishunoslik fanlari tizimida o‗z o‗rniga egadir.
Aholini o‗rganishda tadqiqot ob‘ekti aholi bo‗lgan barcha fanlar o‗zaro
bog‗liq holda bir-birining tadqiqot natijalariga asoslanib faoliyat ko‗rsatadilar.
Faqat geograf yoki demograf, iqtisodchi yoki sotsiolog ―Nima uchun sayyoramizda
yoki uning alohida hududlrida aholi ko‗payib yoki kamayib bormoqda?‖,
―Kelajakda yer yuzida aholi ko‗payishi jarayonida qanday o‗zgarishlar
kutilmoqda?‖, ―Aholining qishloqdan shaharga bo‗lgan migratsion oqimini qanday
izohlash mumkin?‖ degan savollarga o‗zi javob bera oladimi? Agar u o‗z ilmiy
yondoshuv natijalari asosida javob byersa ham, javob bir yoqlama bo‗lib qoladi.
Bunday muammolarni mukammal hal etishda aholishunoslik fanlari tizimiga
kiruvchi barcha fanlar tadqiqotlari natijalari va ular asosida shakllangan
aholishunoslik bilimlar tizimi zarurdir. Mazkur tizimni quyidagi sxema
ko‗rinishida ifodalash mumkin
1
.
1
Система знаний о народонаселении. - М., 1991. C. 16
24
Keltirilgan chizmaga ko‗ra aholi geografiyasi bevosita aholining umumiy
nazariyasi, demografiya va u orqali barcha demografiyaga tutash fanlar bilan
aloqadorligini kuzatish mumkin. Ma‘lum bir hudud yoki davlat aholisi soni, tarkibi
va takror barpo bo‗lishini, aholi maskanlarining (shahar va qishloqlar)
shakllanishining hududiy xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganar
ekan, aholi geografiyasi aholishunoslik bilimlar tizimidagi barcha fanlar tadqiqot
natijalaridan foydalanadi. O‗z navbatida, tizimdagi qayd etilgan fanlar aholi
geografiyasi tadqiqot natijalariga ham asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |