Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


Barcha qishloq aholi manzilgohlari



Download 7,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/169
Sana27.06.2022
Hajmi7,39 Mb.
#711585
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169
Bog'liq
30 11

Barcha qishloq aholi manzilgohlari 
funksiyasiga qarab uchta asosiy 
guruhga birlashtiriladi
Qishloq 
xo‘jaligi
bilan bog‘lanmagan
Aralash 
qishloq
aholi 
manzilgoh
lari 
Qishloq 
xo‗jaligi
bilan 
bog‗langan
14.1- rasm. Qishloq aholi manzilgohlari funksiyalariga guruhlanishi. 
Barcha qishloq aholi manzilgohlari shaharlar singari o‗z bajaradigan 
funksiyasiga qarab uchta asosiy guruhga birlashtiriladi:
1.
Qishloq xo‗jaligi bilan bog‗langan; 
2.
Qishloq xo‗jaligi bilan bog‗lanmagan; 
3.
Aralash qishloq aholi manzilgohlari. 
Qishloq xo‗jaligi bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan, aholisi qishloq xo‗jaligi 
maxsulotlari etishtirish va uni qayta ishlash bilan band bo‗lgan aholi manzilgohlari 
qishloq xo‗jaligiga ixtisoslashgan aholi manzilgohlari, deb yuritiladi. Bunday 
qishloqlar aholisi odatda dehqonchilik, bog‗dorchilik, uzumchilik hamda 
chorvachilik bilan shug‗ullanadi. Ma‘lumki, yer yuzi qishloq aholisining asosiy 
qismi qishloq xo‗jaligida band.
Qishloq xo‗jaligining zonal ixtisoslashuvi, qishloq aholi manzilgohlarining 
zonal farqini keltirib chiqaradi. Bu esa nafaqat qishloq aholi manzilgohlari 
kattaligi, funksional tiplari, balki ularning joylanishiga ham ta‘sir etadi. Masalan, 
o‗rmon zonalaridagi aholining o‗rmon xo‗jaligida bandligi, cho‗l zonasidagi 
qishloqlarning mayda va tarqoqligi, aholisining chorvachilik va dehqonchilik bilan 
shug‘ullanishi va boshqalar. Qishloq xo‗jaligi funksiyasini bajaruvchi aholi 
manzilgohlari unchalik katta bo‗lmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda jami aholi 


272 
manzilgohlarining 30 foizidan 70 foizigacha, rivojlangan davlatlarda deyarli 100 
foizini tashkil etadi. 
Qishloq xo‗jaligi bilan bog‗lanmagan ikkinchi guruh aholi manzilgohlari 
miqdori jihatdan o‗sib bormoqda. Bu aholi manzilgohlari yana bir necha 
guruhlarga ajratiladi: 
1.
sanoat korxonalari posyolkasi; 
2.
transport; 
3.
o‗rmon sanoati; 
4.
baliqni qayta ishlash; 
5.
dala-hovli va hokazolar. 
Mazkur qishloq aholi manzilgohlarida xizmat ko‗rsatuvchi soha tarmoqlar 
o‗sha joy geografiyasiga mos va xos holda rivojlanadi. Aytaylik, kichkina temir 
yo‗l stansiyasi yoki kon atrofida juda katta qishloq aholi manzilgohi vujudga 
kelmaydi, ba‘zi posyolkalar vaqtincha ham hisoblanadi (dala hovli, sanatoriya, 
stansiyalar). 
Qishloq aholi manzilgohlarining ikkinchi guruhiga bir qismi aholi qishloq 
xo‗jaligida, qolgani sanoat, transport, qurilish va xizmat ko‗rsatish sohalarida band 
bo‗lgan 
qishloq xo„jaligi bilan bog„lanmagan aholi
manzilgohlari kiradi. Bunday 
aholi manzilgohlari odatda, ―temir yo‗l bekatlari, metyerologik stansiya, rekratsiya 
va turistik sohalar, qazilma boyliklar, suv omborlari va kanallar asosida 
shakllangan. Bu qishloqlarning aholisi ham uncha ko‗p bo‗lmaydi‖
1
. Ko‗pgina 
tuman ma‘muriy markazlari ushbu guruhga kiradi. Aynan, mana shunday 
ma‘muriy markaz funksiyasini bajaruvchi punktlar qishloq aholi manzilgohlari 
orasida o‗zining yirikligi, agrar-industrial xususiyati bilan asosiy o‗rinni egallaydi. 
Shuningdek, ushbu aholi manzilgohlari nafaqat ma‘muriy – tashkiliy markaz, 
balki, madaniy, savdo-sotiq markazlari hamdir. Qolavyersa, bunday qishloq aholi 
manzilgohlarida xom ashyo va mehnat omiliga tayanilgan iqtisodiyot 
tarmoqlarining kichik korxonalari joylashadi, ya‘ni o‗rmon, yog‗och tayyorlash, 
1
Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: ―fan va texnologiya‖- 
2009. Б.10. 


273 
ovchilik, transport xizmati (temir yo‗l, quvur o‗tkazish va.hak.). Qishloq xo‗jaligi 
bilan bog‗lanmagan qishloq aholi manzilgohlarida yashovchilar aholiga rekratsion 
xizmat ko‗rsatishni, tabiatni asrash, qo‗riqxonalarni qo‗riqlash kabi vazifalarni 
ham bajaradi.
Qishloq xo‗jaligi bilan bog‗lanmagan aholi manzilgohlari eniga va bo‗yiga 
qarab o‗sib bormoqda. Aksariyat, mamlakatlarda qishloq aholisi salmog‗ining 
kamayishi, suburbanizatsiya masshtabi kengayishi, transport va xizmat ko‗rsatish 
sohalarining ko‗payishi ushbu turdagi aholi manzilgohlari nisbiy va mutloq 
miqdori ortishiga olib kelmoqda. Ammo, bunday aholi manzilgohlari kichik, 
mayda qishloqlardan iborat bo‗ladi. Sababi, uncha katta bo‗lmagan temir yo‗l 
stansiyasi, foydali qazilma koni, kichik davolanish, dam olish maskanlaridan 
boshqa qishloqning rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan omillar yetarli bo‗lmagan 
holda aholi manzilgohi kichikligicha qoladi. Hatto, foydali qazilma konlari 
ba‘zasida tashkil topgan kichik qishloqlar vaqtinchalik xususiyat kasb etadi. Kon-
qazilov ishlari yakunlanishi bilan bu qishloqlarni ko‗chirishga to‗g‗ri keladi. 
Aholisining aksariyati qishloq xo‗jaligida, ma‘lum bir yashovchilar 
sanoatda, transportda, qurilishda, xizmat ko‗rsatish yoki boshqarishda ishlaydigan 
qishloq aholi manzilgohlari ―
aralash qishloqlar

, deb ajratiladi. ―Aralash tipdagi 
qishloqlar ikki sohalarning rivojlanishi yoki, odatda, qishloq xo‗jaligi va u bilan 
bog‗liq sanoat korxonalar negizida vujudga kelgan. Bunday qishloqlarning 
demografik salohiyati nisbatan katta bo‗lishi mumkin. Demak, qishloqlarning 
katta-kichikligini ularning bajaradigan funksiyasi belgilab beradi. Bu aholi 
manzilgohlari geografiyasining eng muhim qonuniyatlaridandir‖
1
. Bu tipdagi aholi 
manzilgohlari o‗rtasida eng ko‗p tarqalgani agrar-industrial punktlap hisoblanadi. 
Holbuki, aralash qishloqlar funksional jihatdan agra-industrial, mahalliy ma‘muriy, 
madaniy-maishiy markaz, shahar atrofi hududlariga ajratiladi.
Rivojlangan mamlakatlarda qishloq aholi manzilgohlaridan eng avvalo 
iqtisodiy jihatdan foyda beradigan, ya‘ni fyermyer xo‗jaliklariga e‘tibor qaratiladi. 
1
Солиев А, Назаров М. Ўзбекистон қишлоқлари (Қишлоқ жойлар географияси).-Т.: ―fan va texnologiya‖- 
2009. Б.11. 


274 
Ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgan xo‗jaliklarda ishlovchi va yashovchilar uchun 
barcha sharoitlar, ya‘ni ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari tezlik bilan yo‗lga 
qo‗yiladi, rivojlantiriladi. Kommunikasiya tizimi, maktab, bog‗cha, sog‗liqni 
saqlash, uyda xizmat ko‗rsatish kabi qator xizmatlar amalga oshiriladi.

Download 7,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish