Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши


  Aholi o‘limi, sabablar, omillar va geografik qonuniyatlar



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

4.3.  Aholi o‘limi, sabablar, omillar va geografik qonuniyatlar 
 
 
 
Aholining  takror  barpo  bo‘lishi  nafaqat,  tug‘ilishga,  balki  o‘lim  jarayoniga 
ham  bog‘liq.  O‘lim  avlodlar  almashinuvidagi  asosiy  jarayon  hisoblanadi.  Oxirgi 
yillarda  dunyo  sivilizatsiyasida,  aholi  o‘rtasidagi  o‘lim  ko‘rsatkichlarining 
pasayishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Shuni ham qayd qilish lozimki, yosh bolalar 
va  go‘daklar  o‘limi  ko‘rsatkichlarining  tahlili,  mamlakatlar  rivojlanish  darajasini 
va aholi farovonligini aniqlab beradi. 
Aholi  o‘limi  turli  sabablar  natijasida  ro‘y  beradi  va  aholining  tabiiy  o‘sishi 
hamda  kamayishida  muhim  demografik  jarayon  bo‘lib  ishtirok  etadi.  Aholining 
o‘limi  biologik  jarayon  bo‘lib,  tabiiy-iqlim,  genetik,  ijtimoiy-iqtisodiy,  madaniy, 
siyosiy  va  boshqa  omillar  ta’sirida  o‘zgaradi.  Mazkur  omillar  ikkita  guruhga 


 
95 
bo‘linadi: ichki (endogen); tashqi (ekzogen) omillarga, ichki (endogen) omillarda 
insonni  biologik  qarish  natijasida,  o‘lim  hodisasi  kuzatilsa,  tashqi  (ekzogen) 
omillarda  esa,  atrof-muhit,  tashqi  ta’sirlar  orqali  ro‘y  beradigan  aholining  o‘limi 
nazarda  tutiladi.  O‘limning  ro‘y  berishida  asosan  endogen  va  ekzogen  omillarni 
sabab qilib ko‘rsatildi. 
Endogen  omillar  -  organizmning  ichki  rivojlanishi,  uning  shakllanishi  va 
qarishi,  insonning  yashash  faoliyati,  qobiliyatining  pasayishiga  sabab  bo‘ladigan 
omillardir.  Odatda,  endogen  omillar  tufayli  keksa  yoshdagi  aholi  ko‘proq  o‘lim 
topadi.  Buni  odatda  me’yoriy  hodisa,  deb  baholashadi.  Biroq  aholining  yosh 
qatlamida ham endogen sabablar tufayli o‘lim hodisasi ro‘y beradi. Bularga davosi 
yo‘q irsiy kasalliklar, nojo‘ya voqea-hodisalar kiradi. 
Ekzogen  omillar-  odamlarda  tashqi  ta’sir  bilan  bog‘liq  paydo  bo‘ladigan 
o‘limlar bo‘lib, bu omillar ta’siri oqibatida, aholining turli yoshdagi kishilari turli 
vaqtda  turli  joyda  vafot  etadilar.  Ushbu  omillarga  ichki  yuqumli  kasalliklar,  kasb 
kasalliklari,  og‘ir  mehnat  va  mehnat  sharoitlari  oqibatida,  yuzaga  kelgan 
kasalliklar,  baxtsiz  hodisalar,  zaharlanish,  narkomaniya,  alkogolizm  va  hokazolar 
kiradi. Hozirgi zamon sanoati, urbanizatsiya, texnika taraqqiyoti, avtomatlashtirish, 
xalq xo‘jaligini ximiyalashtirish natijasida, atrof-muhitning, atmosfyera havosining 
buzilishi,  oqar  suvlarning  ifloslanishi,  o‘lim  hodisasining  yanada  ko‘payishiga 
sabab bo‘lmoqda.  
O‘lim jarayoni ma’lum aholi guruhlarida, avlodlarda, davlatlarda va jamiyat 
taraqqiyoti  bosqichlarida  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarga  bog‘liq  holda,  inson 
hayotining  turli  davrlarida  sodir  bo‘ladi.  O‘lim  jarayonini  ifodalashda  quyidagi 
koeffitsientlardan foydalaniladi. O‘limning umumiy koeffitsienti: 
1000


TP
M
m
 
m-o‘lim umumiy koeffitsienti (promilleda ifodalanadi). 
M-o‘rganilayotgan davrdagi o‘lganlar soni. 
T-davr 


 
96 
P-o‘rganilayotgan davrdagi aholining o‘rtacha soni. 
O‘limning  umumiy  koeffitsientiga  ham  aholining  yosh  va  jinsiy  tarkibi 
bevosita  ta’sir  ko‘rsatadi.  Aholi  tarkibida  qariyalar  salmog‘ining  ko‘pligi 
o‘limning umumiy koeffitsientini ko‘tarilishiga olib keladi.  

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish