Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

 
CBR  unchalik  aniq  bo‘lmagan  ko‘rsatkichdir,  sababi  o‘rtacha  aholi  soni 
olingan  tug‘ilish  jarayonida  ishtirok  etmaydigan  aholi  qismi,  yosh  ayollar  (15 
yoshgacha  bo‘lgan)  va  tug‘ish  yoshidan  o‘tgan  ayollar  (50  yoshdan  yuqori)  ham 
kiritiladi.  Bu  koeffitsientning  kamchiligi  shundan  iboratki,  mazkur  ko‘rsatkichga 
erkaklar ham qo‘shiladi, umuman olganda erkaklar tug‘ishda ishtirok etmaydilar. 
Shunga  qaramay,  ba’zi  demograflar  bu  jarayonni  ham  o‘rganishadi,  biz  buni 
keyinroq ko‘rib chiqamiz. 
 
Tug‘ilishning  umumiy  koeffitsienti  (CBR)dan  farqli  ravishda  tug‘ilishning 
yosh  bo‘yicha  koeffitsienti  yoki  xususiy  koeffitsienti  (GFR)ni  aniqlashda  biz 
tug‘ruq  yoshidagi  ayollarni  olamiz.  Amaliyotda  juda  oz  miqdordagi  ayollar  15 
yoshgacha  va  49  yoshdan  so‘ng  farzand  ko‘radilar,  shuning  uchun  demograflar 
odatda  farzand  ko‘rish  yoshi  chegaralari  sifatida  15-49  yosh  orasidagi 
diapazonni,  ya’ni  oraliqni  olishadi.  Ammo  bu  diapazon  univyersal  hisoblanadi. 
Rivojlangan davlatlarda 44 yoshdan so‘ng farzand ko‘rish ko‘p ham kuzatilmaydi. 
Shuning  uchun  GFR  ba’zida  15-44  yosh  uchun  ham  hisoblanadi.  Albatta  ushbu 
yosh  diapazonlarida  ham  istisnolar  mavjud.  Misol  uchun  2000  yil  AQSHning 
Texas shtatidagi ayollarga byerilgan tug‘ilish to‘g‘risidagi guvohnomada ularning 
yoshi eng past 11 yoshda, eng yuqori 53 yoshgacha bo‘lgan.  
 
2000 yilda Texasda farzand ko‘rgan onalarning o‘rtacha yoshi 26,1 yoshni 
tashkil  etgan.  Faqatgina  farzand  ko‘rgan  ayollarning  0,3  foizi  15  yoshgacha 
bo‘lgan  va  40  yosh  va  undan  yuqori  yoshdagi  onalarning  ulushi  esa  1,6  foizni 
tashkil  etgan.  Texasda  farzand  ko‘rgan  ayollarning  deyarli  yarmidan  ortig‘ini 
(55,0  foizi)  20-29  yosh  oralig‘idagi  onalar  va  deyarli  to‘rtdan  uch  qismi  (74,4 
foizi) 20-34 yosh oralig‘idagi onalar bo‘lgan. 
 
2005  yilda  AQSHda  farzand  ko‘rgan  yosh  onalarning  salmog‘i  Texasga 
nisbatan  ancha  past.  2005  yilda  AQSHda  farzandli  bo‘lgan  10  -  14  yosh 
oralig‘idagilar  0,2  foizdan  kamroqni  tashkil  etadi.  AQSHda  2005  yilda  farzand 


 
82 
ko‘rgan ayollarning 2,4 foizdan ko‘prog‘i 40 yoshdan yuqoridir. Ba’zi hollarda 15 
yoshgacha  yoki  40  yoshdan  yuqori  yoshdagi  ayollar  farzand  ko‘rishadi  yoki 
farzand  ko‘rishmoqchi.  Shu  sababli  GFRni  hisoblash  15  yoshdan  boshlanadi, 
ba’zida esa 15 yoshgacha bo‘lgan ayollar ham qo‘shiladi. 
 
2008  yil iyul oyida  BBSqari bir  ayolning farzand  ko‘rganligi  haqida  xabar 
tarqatdi.  2008  yil  Shimoliy  Hindistonda  Omkari  Panwar  70  yoshida  egizak 
farzandli bo‘ldi. U va uning eri Charam Singx yoshi 70 dan oshgan fyermyer ikki 
farzandi  bor,  ikkalasi  ham  qiz  bola.  Ular  o‘g‘il  farzandli  bo‘lishni  juda  ham 
hohlaganliklari  uchun  bepushtlilikni  davolash  uchun  bankdan  kredit  olishdi, 
natijada,  og‘irligi  taxminan  ikki  funt  keladigan  o‘g‘il  va  qiz  farzandi  bo‘lishdi 
(British Broadcasting Korporatsiya News, 2008).  
Yuqorida  qayd  etilgandek,  tug‘ilishning  umumiy,  maxsus  va  xususiy 
koeffitsientlari  ham  mavjud  bo‘lib,  ular  asosida  tug‘ilish  darajasi  aniqlanadi. 
Bulardan  tug‘ilishning  maxsus  koeffitsienti  (GFR)  tug‘ilishni  hisoblaydigan  yana 
bir  ko‘rsatkichdir.  U  CBR  dan  aniqroq,  chunki,  bunda  tug‘ish  yoshidagi 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish