ayollargina hisobga olinadi. GFR quyidagicha hisoblanadi:
Bu yerda kasr suratida bir yilda tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘lsa, maxrajida 15-49
yoshdagi ya’ni tug‘ish yoshidagi ayollarning o‘rtacha yillik soni.
Tug‘ilishning maxsus koeffitsientlari tug‘ilish darajasidagi o‘zgarishlarni aniq
ifodalaydi, tug‘ilishni atroflicha o‘rganishda qo‘llaniladi. Ushbu koeffitsient
alohida erkaklar va ayollar guruhiga nisbatan hisoblanishi mumkin. Demografik
tadqiqotlarda asosan reproduktiv yoshdagi (15-49 yosh) ayollarga nisbatan
qo‘llaniladi. Tug‘ilishning maxsus koeffitsientida har 1000 ta 15-49 yoshdagi
ayollarga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni aniqlanadi va uni yana quyidagicha ham
ifodalash mumkin:
TW
N
F
49
15
49
15
*1000
F
15-49
-tug‘ilishning maxsus koeffitsienti.
83
N - 15-49-o‘rganilayotgan davrda 15-49 yoshni ayollarda tug‘ilgan bolalar
soni.
T - o‘rganilayotgan davr (yil).
W - reproduktiv yoshdagi ayollarning o‘rtacha soni (15-49 yosh, tug‘ilish
darajasi past davlatlarda 15-44 yoshdagi ayollar olinadi).
Tug‘ilishning maxsus koeffitsienti erkaklarga nisbatan ham hisoblanadi. U
holda har 1000 ta 15-49 (14-54 yoshlar uchun ham hisoblanadi) yoshdagi
erkaklarga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni aniqlanadi. Misol uchun 1950 yil va
2005 yillarda AQSHda CBR ko‘rsatkichi mos ravishda 24,1 va 14,0 promille
bo‘lgan. Agar biz GFRga tegishli hech qanday ma’lumotga ega bo‘lmasak, bu ikki
yildagi CBR qiymatini 4,5 ga ko‘paytirib mos ravishda GFRning 1950 yil uchun
108,5 va 2005 yil uchun 63,0 promilleni aniqlar edik.
Agar sizda faqatgina CBRga oid ma’lumotlar bo‘lsa-yu, siz GFRni
hisoblamoqchi bo‘lsangiz, GFR ko‘rsatkichi (15-44 yoshli ayollar uchun) quyidagi
formulada aks etadi:
Ushbu hisoblangan GFR ko‘rsatkichi 1950 yildagi 106,2 va 2005 yildagi
66,7 promillelaridan katta farq qilmaydi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, GFR
ko‘rsatkichi CBR bilan bog‘liq muammoni farzand ko‘rish yoshidagi ayollar
hisobiga hal qilgan edi, ammo endi bu GFR ko‘rsatkichi bilan muammoni
oxirigacha echilgan emas. Bu ko‘rsatkich farzand ko‘rish yoshi, ya’ni 15-49 yosh
oralig‘ida ayollarda bir xil sur’atda farzandi bo‘lmasligini e’tiborga olmaydi.
Tug‘ilish, odatda 15-19 yoshdagi ayollarda past, 20-29 yoshdagi ayollarda esa
juda yuqori bo‘lib, 30 yoshdan pasaya boradi, 40 yoshda yanada pasayadi.
Mazkur ma’lumotni ya’ni, tug‘ilish yoshga bog‘liqligini e’tiborga olish uchun
demograflar ma’lum bir yosh guruhlari uchun ishlab chiqishadi.
Tug‘ilishning yosh koeffitsienti har 5 yillik guruhlar uchun 15-19, 20-24, 25-
29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49 yosh uchun hisoblanadi. Tug‘ilishning xususiy
koeffitsientlari - tug‘ilishni o‘rganishdagi eng aniq koeffitsientlar bo‘lib, ma’lum
84
yosh guruhlarida tug‘ilish darajasini ifodalaydi. Bu koeffitsient odatda har 1000 ta
15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49 yosh guruhidagi ayollarda
tug‘ilayotgan bolalar sonini aniqlashda qo‘llaniladi va quyidagicha ifodalanadi:
1000
/
/
/
y
TW
y
N
F
x
x
x
x
y
x
F
x/y
- tug‘ilishning maxsus yosh guruhi bo‘yicha koeffitsienti.
N
x/x+y
- ma’lum yosh guruhidagi onalardan tug‘ilgan bolalar soni.
T - o‘rganilayotgan davr (yil).
W - o‘rganilayotgan yosh guruhidagi ayollarning o‘rtacha soni.
Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (ASFR)da asosiy e’tibor ayollarning yosh
guruhlariga qaratiladi. Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (ASFR) esa quyidagicha
hisoblanadi:
Tug‘ilishning yig‘indisi (summarniy) koeffitsienti, tug‘ilish darajasini eng
aniq ifadolovchi ko‘rsatkich bo‘lib, unda dunyo hududlari, davlatlar va ma’lum
aholi guruhlaridagi tug‘ilish darajasini ifodalashda qo‘llaniladi. Hududlar bo‘yicha
tug‘ilish darajasini taqqoslaganda ham asosan tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti
ishlatiladi. Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti ma’lum avlodga tegishli har bir
ayolning hayoti davomida (o‘lim va yosh tarkibidagi o‘zgarishlardan qat’i nazar,
har bir yosh guruhidagi tug‘ilish darajasi saqlangan holda) tuqqan bolalarining
o‘rtacha soni. Tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti tug‘ilishning yosh guruhlari
koeffitsientlari yig‘indisiga teng.
49
15
/
y
F
y
F
x
x
йигинди
Y - yosh guruhlari orasidagi davr (intyerval). Tug‘ilishning yig‘indi
koeffitsienti 4,0 dan yuqori bo‘lsa - tug‘ilish darajasi yuqori, 2,15 dan kam bo‘lsa,
tug‘ilish darajasi past, 2,15-4,0 oralig‘ida bo‘lsa o‘rtacha hisoblanadi. Jamiyat
85
taraqqiyoti davomida tug‘ilish tarixiy davrlar va hududlar bo‘yicha muntazam
o‘zgarib kelgan. 18 asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyodagi deyarli barcha
davlatlarda tug‘ilish yuqori bo‘lgan. 20 asrning ikkinchi yarmidan boshlab esa
tug‘ilish yer kurrasi bo‘ylab kamaya boshladi.
Odatda
ko‘pchilik
demografik
tahlillarda
tug‘ilishning
yig‘indi
koeffitsientini hisoblashda besh yillik guruhlar hisoblansada, ba’zi hollarda 35 ta
bir yillik guruhlar ham olinadi, 15 yoshdagilar guruhi, 16 yoshdagilar guruhi, 17
yoshdagilar guruhi, 49 yoshdan kattalar guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |