Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

4.5. -jadval 
Dunyo hududlarida aholi o‘limi (1000 aholiga nisbatan o‘lganlar soni)
* 
Hududlar 
1958-1962 
yy. 
2001 y. 
2010 y. 
2017 y. 
Dunyo bo‘yicha 
17 



Yevropa 
10 
11 
11 
11 
Osiyo 
20 



Afrika 
23 
14 
12 

Shimoliy Amerika 
13 



Lotin Amerikasi 




Avstraliya va Okeaniya 





Население мира. М., 1965. С 12; Население и общество. (Информбюллетен РАН. М., 2001 № 56. 
Population Refyerence Bureau. 2017 World Population Data Sheet.
 
Bizning  sanoat  inqilobidan  oldingi  o’lim  darajalari  va  sharoitlari 
to’g’risidagi  bilimlarimiz  juda  oz  u  paytlarda  o’lim  darajasi  baland  bo’lganligini 
bilamiz.  Ammo  o’lim  to’g’risidagi  ma’lumotning  aniqligi  va  mavjudligi  ko’plab 
ochiq  savollarga  javob  topgan  bo’lar  edi.  Urushning  o’lim  bilan  bog’liq  bo’lgan 
natijalari  hisoblash  uchun  ancha  qiyin  masala.  Birinchi  qiyin  ishlardan  biri  bu 


 
100 
ta’riflash masalasidir. Urush nima? Ba’zi harbiy tarixchilar va arxeologlar kamida 
ikki  qatnashuvchi  orasida  bo’ladigan  har  qanday  konfliktlarni  urush,  deb 
ta’riflashadi.  Ammo  bu  haqiqatdan  yiroq  yondashuv.  Hozirda  olimlar  urushni 
o’limlar soniga ko’ra ta’riflashmoqda.  
Devid  Uilkinson  1820-yildan  byeri  sodir  bo’lgan,  qurbonlar  soni  300  dan 
ortiq  bo’lgan  315ta  to’qnashuvni  aniqlab  chiqqan.  Harbiy  harakatlar  paytida 
to’g’ridan-to’g’ri dushman kuchlari tomonidan sodir etilgan o’limlarga qo’shimcha 
ravishda  bu  yerda  urush  natijasida  sodir  bo’luvchi  aholi  yo’qotishlar,  shu 
jumladan,  soldatlar  tomonidan  tarqatilgan  kasalliklar,  talon  taroj  paytidagi 
o’limlar,  dehqonchilik  dalalarini  vayron  etilishi  natijasidagi  ocharchiliklar  tufayli 
o’limlar,  va  nihoyat  iqtisodiy  va  ijtimoiy  beqarorlik  sababli  yuzaga  keladigan 
qiyinchilik paytlaridagi o’limlar ham hisobga olinishi kerak.  
Aholining  o‘lim  ko‘rsatkichlari  ham  bevosita  tabiiy  o‘sishga  ta’sir 
ko‘rsatadi. Avlodlarning almashinuvi, ularning uzoq yashashi esa o‘lim jarayoniga 
bog‘liqdir. Inson hamisha uzoq umr ko‘rishga intiladi. Har bir jamiyatda insonning 
uzoq  umr  ko‘rishi,  avlodlar  salomatligi  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy  imkoniyatlar 
yaratiladi.  Natijada,  insonlarning  uzoq  umr  ko‘rishiga:  o‘lim  hollarini  esa  sotsial 
chora tadbirlar bilan boshqarishga yerishiladi. Avlodlarni uzoq-umr ko‘rishi, tashqi 
muhit  bilan  uzoq  muloqotda  bo‘lishi  uning  demografik  mayliga  ham  ta’sir 
ko‘rsatadi. Aholi tez sur’at bilan kamayib borishiga ham olib keladi.  
O‘lim  hodisasining  katta  yoki  kichik  ko‘rsatkichni  tashkil  yetishi  bir 
yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  o‘limi  bilan  bevosita  bog‘liq.  Har  1000  ta  tug‘ilgan 
chaqaloqqa to‘g‘ri keladigan go‘daklar o‘limi dunyo bo‘yicha 56 tani tashkil etadi. 
Shundan, Afrikada bu raqam 89 ta, Yevropada 9 ta, Okeaniyada 26 ta, Osiyoda 53 
taga teng.    
Afrika  davlatlarida  dunyo  bo‘yicha  umumiy  o‘lim  ko‘rsatkichi  o‘ta  baland. 
Har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan aholi o‘limi 15-20 ‰, ba’zi joylarda 25 ‰ ga 
ham  etadi  (Nigyerda-  24  ‰).  O‘lim  darajasi  baland  bo‘lgan  ikkinchi  mintaqa 
Yevropa hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, taraqqiyotiga ko‘ra bir-biridan 
keskin  farq  qiluvchi  bu  ikkala  geografik  hudud  o‘lim  hodisasi  ko‘pligi  bilan  bir-


 
101 
biriga o‘xshaydi. Yevropaning deyarli barcha qismlarida o‘lim tug‘ilishga nisbatan 
yuqori.  O‘limning  umumiy  ko‘rsatkichi  va  mamlakat  iqtisodiy  rivojlanishi 
o‘rtasidagi bog‘liqlik har doim ham o‘zini oqlamaydi. Jumladan, Yevropa iqtisodiy 
jihatdan  baquvvat  bo‘lishiga  qaramasdan,  aholi  o‘rtasida  o‘lim  ko‘pligi  bilan 
ajralib  turadi.  Buni  ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoit  bilan  emas,  balki  aholi  yosh 
tarkibidagi vaziyat bilan baholash maqsadga muvofiq.  
Yevropa  aholisining  umumiy  o‘lim  ko‘rsatkichida  bolalar  va  o‘rta 
yoshdagilar  o‘rtasida  o‘lim  kam  uchraydi,  keksa  yoshdagilarda,  erkaklarda, 
aksincha, juda baland. Bundan tashqari Yevropa aholisi tarkibida ekzogen omillar 
tufayli  sodir  bo‘ladigan  o‘lim  hodisasi  ko‘p  uchraydi.  Tug‘ilish  darajasining 
pastligi,  o‘limning  tug‘ilishdan  ko‘pligi  aholining  tabiiy  kamayishini  keltirib 
chiqardi.  Bugungi  Yevropa  demografik  vaziyatida  aynan  shunday  holat  tufayli 
qisqargan  aholi  takror  barpo  bo‘lishi  sodir  bo‘lmoqda,  ya’ni  aholi  tabiiy  ravishda 
kamaymoqda.  
Aholining  juda  ko‘p  qismi,  ayniqsa,  Osiyo,  Afrika  hududlarida  yuqumli 
infeksion  kasalliklardan  bolalik  davrida  ko‘z  yumishgan.  Qadimda  yer  sharida 
go‘daklar  va  ayollar  o‘limi  yuqori  bo‘lgan.  Ko‘pchilik  ayollar  farzand  ko‘rish 
davrlarida  turli  kasalliklardan,  ayniqsa,  qon  yo‘qotish  tufayli  halok  bo‘lganlar. 
Markaziy  Osiyo  davlatlarida  XIX  asr  oxiri  –  XX  asr  boshlarida  har  1000  ta 
tug‘ilgan  chaqaloqlardan  bir  yoshgacha  bo‘lgan  davrda  300-400  tasi,  ba’zi 
davrlarda  esa,  500-600  tasi  nobud  bo‘lgan.  O‘sha  davrlarda  aholi  o‘limining 
yuqoriligi,  qayd  etilganidek,  aholining  turmush  darajasiga,  tibbiy  xizmatlarning 
etishmasligiga,  aholining  ma’lumotlik  darajasining  pastligiga,  farzandlar 
tug‘ilishining  yuqoriligi  va  farzandlar  tug‘ilishi  orasidagi  davrning  nisbatan 
qisqaligi kabi omillar bilan bog‘liq edi. 
O’lim hammaga bir paytda kelmaydi, ba’zilarimiz ba’zilarimizga qaraganda 
ertaroq, yoki  kechroq  o’lamiz. O’rtacha hisobda, ayollarga qaraganda  erkaklar  va 
aholini  ko’pchilik  qismini  tashkil  etuvchi  etnik  guruh  a’zolariga  qaraganda 
ozchilikni  tashkil  etuvchi  etnik  guruh  vakillari  tezroq  vafot  etishadi.  O’lish 
darajasining  qisqarishi  bir  qancha  ijtimoiy  va  iqtisodiy  foydali  jihatlari  bor. 


 
102 
Sog’lomroq  kishilar  yaxshiroq  va  uzoqroq  ishlay  olishadi,  shuning  uchun 
ishchilarning  samaradorligi  va  ishlab  chiqarish  salohiyati  ancha  oshdi.  Ko’plab 
tirik  qolayotgan  bolalar  endi  ancha  salohiyatli  va  ishchan  ishchilarga 
aylanishmoqda.  Bolalar  tirik  qolishidagi  ancha  yutuqlar  va  bolalar  o’limining 
qisqarishi jamiyatni bola tarbiya qilishdagi ko’plab tashvishlardan xalos etdi.  Shu 
paytning o’zida o’lim darajasining tushishi aholi o’sish darajasining oshishi bilan 
to’g’ridan-to’g’ri  bog’liq,  albatta  tug’ilish  darajasi  ham  tushmasa;  shunday  qilib, 
o’limning  qisqarishi  aholi  tarkibi  va  tuzilishiga  ham  ta’sir  qiladi.  Bu  ijtimoiy, 
iqtisodiy  va  demografik  natijalar  tufayli  kelajakda  kutiladigan  o’lim  darajalari 
haqida ko’plab muhokamalar mavjud.  
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish