Аҳоли сони ва такрор барпо бўлиши



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/208
Sana30.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#87197
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   208
Bog'liq
Aholi geografiyasi

Epidemik  kasalliklar.  Kasalliklar  endemik  yoki  epidemik  bo’ladi.  Epidemik 
kasalliklar  yoki  epidemiyalar  biron  bir  hududda  infeksiyali  kasalliklarning  tezda 
tarqalishi,  ko’plab  o’limlarga  sabab  bo’lishi  keyin  yo’qolib  kyetishidir.  Ko’plab 
yuqumli kasalliklar epidemiyalarga aylanishi mumkin. Bularga qizilcha, cho’chqa 
grippi, qizamiq, gripp, shamollash, isitma va boshqalar kiradi. Agar kasallik yetarli 
darajada  barqaror  saqlansa  bu  kasallik  endemik  deyiladi.  Epidemiyali  kasalliklar 
“paydo  bo’ladi,  cho’qqiga  chiqadi  va  yo’qolib  ketadi;  endemik  kasalliklar  esa 
ma’lum bir vaqt davomida barqaror miqdorda kasallik va o’limlarga sabab bo’lib 
turadi”.  Epidemiyalar  asosan  mahalliy  darajada  boshlanadi  va  keyin  yaqin 
hududlarga tarqaladi. Agar epidemiya bir necha davlat yoki qit’alargacha tarqalsa, 
bu “Pandemiya” deyiladi. Pandemiyalar iqtisodiy, demografik va ijtimoiy jihatdan 
epidemiyalarga qaraganda ancha vayronkorroq.  
Jon  Kaldvel  epidemiyalar  zamonaviy  demografiya  uchun  muhim  edi  chunki 
o’limlarning  izidan  tushush  zarur  va  muhim  tadqiqotga  aylandi,  deb  yozgan  edi. 
Masalan,  Ispan  gripp  epidemiyasi  millatlar  ligasi  tomonidan  O’sish  Nazorati 
tizimining  tashkil  etilishiga  sabab  bo’lgan  edi.  Yevropadagi  eng  dahshatli 
epidemiyalardan biri bu Qora O’lat nomi bilan tanilgan virusli kasallik tarqalishi 
bo’lib, u qayerdadir Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan, Ipak Yo’li orqali O’rta Yer 
dengiziga  tarqalgan  va  kemalardagi  kalamushlar  vositasida  1347-1352-yillarda 
Yevropaga  tarqalgan.  Shimoliy  Yevropagacha  tarqalgan  bu  epidemiya  qit’aning 
1/3  ga  yaqin  aholisini  qirib  yuborgan.  Tez-tez  yuz  byeruvchi  epidemiyalar 
shunchalik ko’p ediki, aholi yarmigacha qisqarib ketdi va bu aholining tiklanishiga 
keyingi ikki asr davomidagina erishildi.  


 
109 
1660-yillardagi  Londonda  yuz  bergan  Buyuk  O’lat  keying  bir  necha  yillar 
davomida  takrorlanib  turdi,  ammo  uning  miqyosi  yuqoridagi  Qora  O’latchalik 
emas  edi.  Dastlab  buni  bubonik  o’lat  deb  jo’ylashgan  ammo  hozirda  buni 
ko’pchilik virusli isitmaga o’xshash kasallik, deb hisoblashmoqda. Jon Grayntning 
“O’lim Billi” ham shu paytlarda ishlab chiqilgan.  
XIX-asrda  Britaniya  to’rt  marotaba  vaboga  uchragan  va  ayni  shu  paytlarda 
oddiy  vrach  Jon  Snou  vaboning  tarqalish  sirini  yechdi  va  uning  kashfiyoti 
Britaniya  va  G’arb  dunyosini  vabodan  ozod  qilinishiga  sabab  bo’ldi.  Jon  Snou 
Shuni  ko’rsatib  byerdiki,  muayyan  quduqlar  o’zida  zararli  suvni  saqlaydi  va 
vabodan  o’layotganlar  ham  aynan  shu  suvlardan  ichganlardir.  U  bugungi  kunda 
ba’zilar fan tarixidagi eng mashhur hujjatlardan biri, deb hisoblaydigan, quduqlar 
va Londonning vabo tarqalgan joylarining xaritasini chizdi. Bu Geografik Axborot 
Tizimlari  (GAT)  muayyan  quduqlarning  yopilishiga  olib  kelgan  siyosatni 
belgilagan eng dastlabkilaridan biri edi. Stiven Jonsonning “Arvoh Xarita” (2006) 
kitobi  Jon  Snou  harakatlarining  ajoyib,  qiziqarli  va  ta’sirlanarli  jihatlari 
ta’riflangan tengsiz asardir.  
Yaqin  muddat  oldin  sodir  bo’lgan  epidemiyalardan  biri  bu  Ispan  gripp 
epidemiyasi  bo’lib,  Ispaniya  bundan  zararlangan  dastlabki  Yevropa  davlati 
bo’lganligi uchun shunday atalgan. U 1918-yilda Yevropa bo’ylab, keyin esa butun 
dunyoga  tarqaldi.  Epidemiologlar  Nayal  Jonson  va  Yurgen  Myullyerlar 
ta’kidlashicha epidemiya 50 millionga yaqin inson umriga zomin bo’lgan; ba’zilar 
esa  undan  ham  yuqori  natijani  ko’rsatishadi.  Ispan  grippi  o’sha  paytda  Yer 
sharining  yarmiga  teng  bo’lgan  1  milliard  insonni  zararlagani  aniq.  Ba’zilar 
ko’plab  grippdan  o’lganlar  kam  rivojlangan  mamlakatlarda  hisobga  olinmay 
ketilgan, deb taxmin qilishadi.  
Epidemiya  Shimoliy  Amerikaga  tarqalgan  paytda,  AQSHda  700000  ga 
yaqin  kishi  o’lgan  va  Kanadada  esa  50000  kishi.  Kvebek  va  Labradorning  ba’zi 
kichik qishloqlari butunlay qirilib ketgan. Bu epidemiyaning asosiy qurbonlari 20 
va  40  yosh  o’rtasidagi  yosh  insonlar  bo’lishgan.  Agar  AQSHdagi  1911-1917  va 
1918-yil uchun maxsus-oylik o’lim darajalarini tekshiradigan bo’lsangiz, grippning 


 
110 
ta’siri 1918-yilning so’nggi choragida, aniqrog’i, oktyabr oyida bo’lganiga guvoh 
bo’lasiz.  1918-yilda  San-Fransiskoda  fuqarolardan  ko’chaga  chiqqanlarida  va 
jamoat  joylarida  bo’lganlarida  niqob  taqishlarini  talab  qiluvchi  qonun  qabul 
qilingan.  Shahar  Sog’liqni  Saqlash  Depatramenti  tomonidan  “Niqob  taqing  va 
hayotingizni saqlab qoling! Bir Niqob Grippga qarshi 100% himoya!” nomli shiori 
tarqatilgan. Shunga qaramasdan, San-Fransisko va yaqin atroflarda 3500 kishi, shu 
jumladan,  bu  kitob  muallifi  Dadli  Postonning  bir  xolasi  va  uch  bobo  va  buvilari 
ushbu  grippdan  vafot  etishgan.  Postonning  1918-yili  20-dekabrda  42  yoshida 
“gripp”dan  vafot  etgan  va  keyingi  kuni  San  Fransisko  janubidagi  Kolma 
Shaharchasida  Muqaddas  Hoch  Qabristonida  dafn  etilgan  ona  tomondan  buvisi 
Ani  Karaning  haqiqiy  o’lim  haqidagi  guvohnomasi  4.2  rasmda  keltirilgan. 
Postonning  onasi,  Ketrin  Kara  ham  1918-yilda  gripp  bilan  kasallangan  va 
xayriyatki omon qolgan va 1936-yilda Dadli Postonga turmushga chiqqan va 1940-
yilda Dadli Poston Kichik (muallif) va Katlin (singlisi)ni dunyoga keltirgan.  
 

Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish