Tugʻilishi
8-yanvar 1947-yil
Fargʻona, Oʻzbekiston
Vafoti
11-aprel 2020-yil
(73 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari
|
Mamlakat
|
Oʻzbekiston
|
Turi
|
medal
|
Kimga
Topshiriladi
|
Oʻzbekiston va xorijiy davlat fuqarolariga
|
Taqdirlash asosi
|
iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ishlari uchun
|
Holati
|
topshiriladi
|
Statistika
|
Taʼsis sanasi
|
1994-yil 5-may[1]
|
Navbat
|
Toʻngʻich mukofot
|
Kelajak bunyodkori medali
|
Kenja mukofot
|
Sodiq xizmatlari uchun medali
|
|
Anvar Obidjon (1947-yil 8-yanvar — 2020-yil 11-aprel) oʻzbek jurnalisti va shoiridir. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Obidjon 1946-1966-yillarda Samarqand moliya texnikumida, 1973-1979-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan oʻqigan.
Harbiy xizmatni oʻtagach (1966-1969), qishlogʻida „Nurobod“ jamoa xoʻjaligida dala xisobchisi boʻlgan (1970-1971), tumandagi „Paxta uchun“gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971-1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977-1978);
Anvar Obidjon (Obidjonov qoʻmitasida muharrir (1979-1981) boʻlgan. 1981-1986-yillarda „Kamolot“ nashriyotida muxarrir, bosh muxarrir oʻrinbosari, 1986-1987-yillarda „Yulduzcha“ nashriyotida bosh muharrir, 1988-yilllarda „Yosh kuch“ jurnalida adabiy xodim, 1988-1989-yilllarda „Mushtum“ jurnalida boʻlim mudiri, 1989-1998-yillarda „Choʻlpon“ nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishladi. !((* yildan buyon Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalida katta muharrir boʻlib faoliyat koʻrsatayapti.
Anvar Obidjon „Ona–er“(1975), „Olovjon va uning doʻstlari“ (1983), „Bezgakshamol“ (1985), „Akang qarag’ay Gulmat“ (1987), „Oltin yurakli Avtobola“ (1986), „Alamazon va Gulmat xangomasi“ (1992), „Meshpolvonning janglari“ (1994), „Oltiariq xangomalari“ (1999), „Odobli boʻlish osonmi?“ (2001), „Meshpolvon“ (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirdi. U aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlaydi.
Anvar Obidjon 1997-yil „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan, 1998-yilda „Oʻzbekiston xalq shoiri“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Anvar Obidjon 2020-yil 11-aprel kuni Toshkent shahrida 74 yoshida vafot etdi.[1]
Asarlari:
Alamazon va Gulmat. T.: „Choʻlpon“, 1998-yil
Juda qiziq voqea. T.: „Choʻlpon“, 1997-yil
Ketmagil. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti,1985-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |