Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiyotyo’nalishi 202-guruh talabasi Anarboyev Oybekning Antropagen ta’sir tufayli yuzaga keluvchi tabiiy geografik jarayonlar mavzusida tayyorlagan taqdimoti Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari – odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayishi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi. - Antropogen omillar, muhitning antropogen omillari – odam va uning xoʻjalik faoliyatining oʻsimlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bogʻliq omillar guruhi. Odam tabiatga ta’sir koʻrsatib, uni oʻz ehtiyojlariga moslashtirib, Yerning beqiyos keng hududlarida fauna va florani oʻzgartiradi, bu esa oʻsimliklarning kamayishi, ayrim oʻsimlik va hayvon turlarining qirib yuborilishi, oʻsimliklar introduksiyasi va boshqalarga olib keladi.
Odamning tabiatga bilvosita ta’siri iqlimni, atmosfera va suv havzalarining fizik holati va kimyoviy tarkibini, yerning ustki qatlamini, tuproq struktu-rasi va boshqalarni oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Qoʻriqerlarni oʻzlashtirish, monokulturali (bir ekinli) agrotsenozlar barpo etish va boshqa tadbirlar tabiiy biotsenozlarnit oʻzgarishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Atom sanoatining rivojla-nishi, ayniqsa atom qurollarini sinash, suv, atmosfera va tuproqni ifloslanti-ruvchi sanoat chiqindilarining koʻpayib borishi muammolari muhim boʻlib bormoqda
Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu-zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib ke-ladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu-ammoga aylantirdi.Ad.: Alibekov L., Qishloq xoʻjaligini ximiyalashtirish va atrof-muhit, T., 1986; Egamberdiyev R., Ekologiya, T., 1993Abdukarim Zikiryoev. - Odam madaniy oʻsimliklar va uy hayvonlari uchun ma’lum darajada yangi sharoit yaratdi, ularning zotlarini yaxshiladi va mahsuldorligini oshirdi, ekinzorlarning hosildorligini juda koʻpaytirdi, lekin tabiat qonunlarini chuqur bilmasdan tabiiy muvozanatda bu-zilishlarga olib keladigan faoliyat ku-tilmagan salbiy oqibatlarga olib keli-shi mumkin. Ekinlarni notoʻgʻri sugʻorish yerning shoʻrlanishi va eroziyaga olib ke-ladi; yerni ortiqcha quritish oʻsimliklar qoplamini oʻzgartiradi. Hozirgi zamon fani va texnikasi insonning tabiatga keng miqyosda aralashishiga qulay sharo-itlar yaratib berib, oʻz navbatida atrof muhitni muhofaza qilishni muhim mu-ammoga aylantirdi.Ad.: Alibekov L., Qishloq xoʻjaligini ximiyalashtirish va atrof-muhit, T., 1986; Egamberdiyev R., Ekologiya, T., 1993Abdukarim Zikiryoev.
Do'stlaringiz bilan baham: |