Olov − issiqlik manbai;
Bug‘lanish − harakat;
Shamol − sovuqqonlik;
Nomsiz element − qalb.
Bular hammasi psixologik faoliyatni namoyon qiladi. Epikurning shogirdi Lukretsiy nomsiz materiyani nomlash uchun termin topdi. Bu − ruh qalbdan farq qiladi. Bu tushunchani Lukretsiy «Ayollar tabiati haqida» asarida harakat turini, farqini bir butun «atomli» dunyoda tushuntirib berdi. «Qalb» Lukretsiy ta’rifi bo‘yicha: aktiv faoliyatli tanani o‘ziga bo‘ysundira oladi uning bundan idrok kelib chiqadi.
Keyingi qadamlardan biri bu «ong» tushunchasining kelib chiqishi. Rimlik vrach Galen ong tushunchasini har tomonlama tushuntirib berishga harakat qildi. Nerv-psixologik faoliyatning analizida bizga tanish «pnevma» bo‘ladi. Stoiklar (ta’sirida tarbiyalangan Galen) pnevmani 2 ga ajratishar edi. «Psixik» va «o‘suvchi» sezgi organlariga ta’sir organidagi «psixologik pnevmani» holatini o‘zgartiradi, lekin bu shaxsni o‘z-o‘ziga hisob berishiga kamlik qiladi. Qalb yuqoriga xudoga yoki pastga material dunyoga yo‘nalmaydi, balki o‘ziga-o‘zi, o‘z qobiliyat faoliyatini qabul qiladi deb ta’kidlagan edi Platon.
Do'stlaringiz bilan baham: |