Antidangasalik


Uyqu rejimini to‘g‘rilashning foydasi



Download 1,59 Mb.
bet4/19
Sana28.10.2022
Hajmi1,59 Mb.
#857425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Antidangasalik Ðéð░Ê│ÐÇð©ÐÇ

Uyqu rejimini to‘g‘rilashning foydasi


Dangasalik kelib chiqishining asosiy sabablaridan yana biri — charchoq. Insonlarning energiyasi tugashi tufayli ishlarni bajarishga layoqati bo‘lmaydi. Energiya to‘ldirishning yo‘li bu uyqu rejimini to‘g‘rilash va to‘g‘ri ovqatlanishdir. Afsuski, hozirda ko‘pchilikda uyqu borasida xato fikrlar juda ko‘p. Ayrimlar ishlarini tezroq bitirish uchun uyquni qisqartirishga urinadi, bu esa foyda o‘rniga ko‘proq zararga ishlaydi. 2017-yil iyun oyida Vestern universitetining Miya va aql instituti neyrobiologlari 40 000 kishi ishtirokida tungi uyqu yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazdi4. Barcha ishtirokchilarning qariyb yarmi 6,3 soatdan kam uxlashlarini xabar qilishdi. Tadqiqot yetakchi professori Konor Uayld (Conor Wild) bunday deydi: “Biz miyangiz eng yaxshi ishlashini ta’minlash uchun uyqu miqdori 7-8 soat bo‘lishi kerakligini isbotladik. Shuningdek, bundan ko‘p va kam uxlaganlarda zaiflashish holati yuzaga kelishini aniqladik”.
Demak, siz o‘z cheklistingizning “Indikatorlar” bo‘limiga har kuni necha soat uxlaganingizni qayd qilib borishingiz kerak bo‘ladi.
Inson miyasining peshona qismi markazida epifiz bezi joylashgan. Bu bez o‘zidan melatonin gormonini ishlab chiqaradi. Melatonin5 ishlab chiqarish jarayoni ko‘zga yorug‘lik nuri tushishdan to‘xtaganda boshlanadi. Bu inson biologik soati bilan chambarchas bog‘liq, ya’ni tungi soat 21 va 22 oralig‘ida ro‘y beradi. Ammo hozirgi kunda ko‘pchilik bu paytda televizor, kompyuter qarshisida yoki qo‘lida telefon bilan o‘tirgan bo‘ladi. Bu esa tun bo‘lishiga qaramay, ko‘zga yorug‘lik nurlari tushishini ta’minlaydi. Melatonin gormoni ishlab chiqarilishi kechikib, biologik soat bilan mos tushmay qoladi va sizning uyqingiz kelmaydi, shuningdek, sizda yana charchoq alomatlari sezila boshlaydi. Shu bois siz kechki payt telefoningizdagi “Tungi rejim” va “O‘qish rejim”larni yoqib qo‘yishingiz zarur. Bu telefoningizdan chiqayotgan ultrabinafsha nurlarini to‘sib qolib, melatonin gormoni ishlab chiqishiga xalal bermaydi. Bundan-da yaxshi usul shuki, siz yotoqqa borishingizdan kamida yarim soat avval telefon yoki kompyuterdan foydalanishni to‘xtatishingiz zarur.
Demak, siz o‘z cheklistingizning “Amaliyotlar” bo‘limiga “Ekranda tungi rejim” topshirig‘ini kiritishingiz va belgilab borishingiz kerak bo‘ladi.



Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish