Nega “time management” texnikalari ishlamaydi?
2015-yilda Amerikada o‘tkazilgan tadqiqot2 natijalariga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning 61 foizi, 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarning 61 foizi va erkaklarning 48 foizi o‘zlari xohlagan narsani qilishga vaqti yo‘qligini aytadi. Shu bois ham ko‘pchiligimiz kamida bir marta bo‘lsa-da, “time management” texnikalaridan foydalanib ko‘rganmiz. Hamma texnikalar boshida ishlayotgandek tuyiladi, ammo biroz vaqt o‘tgach, bizning hafsalamiz pir bo‘lgan holda barcha texnikalardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yamiz. Bunga bir nechta sabablar bor: birinchidan, “time management” texnikalari murakkab. Turli xildagi chizmalar, standardlar, belgilashlar miyaga ortiqcha yuklama beradi. O‘zi dangasalikdan qutilmoqchi bo‘lgan inson qanday qilib murakkab texnikalarni islatishi mumkin? Ikkinchidan esa “time management” texnikalarida biz “vaqt”ni markazlashtirib olamiz, ya’ni biz bir kun oldin ertangi kun uchun reja tuzamiz. Har bir soatda nima ishlar qilishimizni rejalashtiramiz. Ammo ertasi kuni ertlabki qaysidir ishimiz vaqti cho‘zilib ketish hisobiga bizning undan keyingi o‘rindagi barcha ishlarimiz o‘z-o‘zidan ortga surilib ketadi va shu bilan hammasi barbod bo‘ladi. Misol uchun, siz ertaga soat 9:00 da ishga borishni, 11:00 da tushlik uchrashuvini, soat 14:00 da yana ishga qaytishni, soat 18:00 da ishdan chiqib, do‘stingiznikiga mehmonga borishni reja qilgansiz. Ertasi kuni esa ishingiz ba’zi sabablarga ko‘ra cho‘zilib, tushlikka 12:00 da chiqishingizga to‘g‘ri kelib qoldi. Bu esa sizning uchrashuvingizni va undan keyingi ro‘yxatdagi barcha ishlaringizni ortga surilishiga olib keladi. Uchinchidan, bizning kun jadvalimizdagi qaysidir ish soatida kayfiyatimiz yo‘qligi tufayli yoki charchoq sabab ish qilishga xohishimiz bo‘lmasligi mumkin. Shunga o‘xshash bir qancha holatlar sabab insonlarda “time management” metodlari ishlamaydi.
Nima qilish kerak?
Buning uchun ertangi kunlik rejalarni tuzganda vaqtni emas, energiyani markaziylashtirishimiz kerak. Ya’ni biz o‘zimizga muayyan vaqtda biror ishni qilishni belgilamasdan, ertangi qiladigan ishlarimiz ro‘yxatini tuzib chiqishimiz kerak bo‘ladi. Shunda biz ishlarni o‘zimizning holatimizdan kelib chiqqan holda bajarish imkoniga ega bo‘lamiz. Biz bu yerda sizning energiyangizni to‘g‘ri taqsimlab, topshiriqlarni bajarishni o‘rganib olamiz. Topshiriqlarni to‘g‘ri tuzish haqida esa keyinroq gaplashamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |