Answer the phone, or don't you love me anymore
Answer the phone don't you hear it
Did your money finished?
Did your money finished?
Walking all placeGaz ballonli avtomobil
-sikilgan yoki suyultirilgan yonuvchi gazlarda ishlovchi avtomobil; gaz ballonlari avtomobil shassisiga, baʼzan tepasiga oʻrnatiladi. Tabiiy gazlar, neftni kayta ishlash va qazib olishda yoʻlakay olinadigan gazlar va tosh koʻmirni qayta ishlab olinadigan koks gazlari siqilgan holatda boʻladi. Siqilgan gaz ballonga 20 MN/m2 gacha bosim bilan haydaladi. Suyultirilgan gazlar: propan-butan va propilen-butilen odatdagi temperaturada suyultirilib, ballonlarga 1,6 MN/m2 bosim bilan haydaladi; suyultirilgan metan gaz atmosfera bosimida va —161,3° temperaturada suyultirilib, 1 MN/m2 bosim bilan izotermik ballonlarga haydaladi. G.b.a.ning suyuq yonilgʻida ishlaydigan avtomobillardan afzalligi shundaki, bunda dvigatel detallari kam yeyiladi, qisish darajasini oshirish hisobiga dvigatel quvvatini oshirish imkoni boʻladi, yonilgʻi tejaladi, dvigateldan chiqadigan gazlarning zaharliligi kamayadi.
Siqilgan gaz
Siqilgan gaz suyultirilgan gazdan farqli ravishda normal temperatura va istalgan yuqori bosimda o‘zining gazsimon holatini saqlab qoladi. Gaz faqat o‘ta sovutilgandai keyingina suyuqlikka aylanadi. Avtomobillarda yonilg‘i sifatida 20 MPa gacha siqilgan tabiiy gazdan foydalaniladi. Tabiiy gaz, gaz konlaridan olinadi. Uning asosiy komponenti- metan. Siqilgan gaz yonganda katta massa birligida issiqlik 49,9 MJ/kg ajralib chiqadi, biroq zichligi juda kam bo‘lganligidan, hattoki 20 MPa gacha sikilgan gaz yonganda chiqadigan hajmiy issiqligi 7000 MJ/kg dan oshmaydi, ya’ni suyultirilgan gazning hajmiy issiqligidan kamida 3 marta kam. YOnganda chiqadigan hajmiy issiqlik miqdorining kam bo‘lishi avtomobilda hattoki yuqori bosimda ham etarli miqdorda gaz saqlanishiga imkon bermaydi. SHu sababli siqilgan tabiiy gaz bilan ishlaydigan, gaz ballonli avtomobillarda zaxira yo‘li - benzin yokn suyultirilgan uglevodorod gazi bilan ishlaydigan avtomobillarga nisbatan ikki barobar kiska.
Metanning tadqiqot yo‘li bilan aniqlangan oktan soni 110 atrofida. Siqilgan tabiiy gazning zaxira miqdori ko‘p va u arzon bo‘lganlgidan ben-zin o‘rniga foydalanish maqsadga muvofiqdir. Avtomobillar uchun yonilg‘i sifatida siqilgan gazdan foydalanilganda, bu ko‘rsatkichlarga siqilgan gazning komponent tarkibi va gaz ballon apparatning ishiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi hamda dvigatellarning yoqilishini tezlashtiruvchi moddalar miqdori kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |