SIQILGAN GAZDA ISHLAYDIGAN GAZ BALONLI USKUNALARNING ELEMENTLARI.
R E J A .
1. Siqilgan gazda ishlaydigan gaz balonli uskunalarning ishlashi.
2. Yuqori bosimli reduktor vazifasi
3. Past bosimli reduktirlar.
4. Gazisitkich va filtrning vazifasi
ZIL-138A avtomobilining ballonlaridan to yuqori bosimli reduktorigacha bo'lgan gaz quvuryo'llari - tashqi diametri (10+0,1) mm va devorinmg qalinligi 2 mm.li po'lat trubkalardir. Yuqori bosimli reduktordan past bosimli reduktorgacha bo'lgan quvuryo'llar esa diametri (10+0,15) mm va devorining qalinligi 1 mm.li trubkalardir. Gaz quvuryo'llarining oraliq o'tkazgichlar (perexodnik), ventillar va gaz apparaturalarining boshqa elementlari bilan hosil qilgan barcha birikmalari qistirmasiz nippel (rezbali qisqa quvur) turidagi "o'yib kiruvchi halqa" - birikmalarni ko'p marta qismlarga ajratish imkonini beradi. Tashlama gaykani qotirganda, nippel halqasi deformatsiyalanadi va shtutserdagi konussimon teshik shakliga kirib, birikmani germetiklaydi. Shu bilan bir vaqtda halqaning o'tkir qirralari trubka devorlariga botib, yuqori bosim ta’siri ostida uni birikmadan chiqib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
ZIL-138A avtomobilining gaz ballonli tizimiga o'rnatilgan ventillar turlicha vazifalarga ega: bittasi to'ldiruvchi va uchtasi sarflovchi. Ventillar konstruksiyasi asosan bir xil, ular yon shtutserdagi rezbalar bilan farqlanadi (to'ldiruvchi ventilda maxsus chap rezba). Ventil konussimon rezbali korpus, shpindelli maxovik, mufta va klapanlardan iborat. Gaz o'tkazgichni ventilning yon shtutseriga biriktirish uchun ularga qistirma pona qo'yilib, o'tkazgich shtutser burab kiritiladi. Siqilgan gaz bilan ballonlar to'lg'azib bo'lingandan so'ng, to'ldirish ventilining o'tkazgich shtutseri zanjirli saqlovchi qalpoq bilan berkitiladi.
Yuqori bosimli reduktor (45-chizma) siqilgan gazning bosimini 20 dan 0,9-1,15 MPa gacha pasaytirish uchun mo'ljallangan. Reduktorda gaz bosiminmg pasayishi. uning klapan va o'rindiq orasidagi tirqishdan past bosimli kameraga o’tish chog'ida kengayishi oqibatida ro'y beradi. Siqilgan gaz yuqori bosimli bo'shliqqa shtutser orqali kirib boradi. Klapan bosuvchi prujina kuchining tasiri ostida ochiladi. Bu kuch, qachonki membrana ostidagi gaz bosimi bilan muvozanatlashgunga qadar membrana va turtkich orqali klapanga uzatiladi. Kuchlar muvozanatlashgandan so'ng, klapan prujina ta'siri ostida yopiladi. Reduktor ishchi bosimni avtomatik tarzda ushlab turadi. Agar bosim 0,45 MPa dan past bo'lsa, reduktor klapani doimiy ochiladi, shunda haydovchi kabinasidagi nazorat chirog'i yonadi. Bordi-yu ishchi bosim qandaydir sabablarga ko'ra 1,7 MPa dan ortib ketsa, saqlagich klapan ishga tushadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |