Anotatsiya kirish mavzuning asoslanganligi va dolzarbligi



Download 1,52 Mb.
bet15/27
Sana08.04.2022
Hajmi1,52 Mb.
#536303
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
Disertatsiya-050618-Lotin.Tayyor

Atmosferada havo namligining o‘zgarishi. Atmosferaga suv bug‘ining qo‘shilishini ta’minlovchi yagona jarayon Yer sirtidan suvning bug‘lanishidir. Suv bug‘i elastikligi e, mutlaq namlik a va suv bug‘i massa ulushi s ning sutkalik o‘zgarishi, havo harorati sutkalik o‘zgarishi kabi ko‘p yillik o‘rtacha qiymatlarida alohida kunlar bo‘yicha qiymatlariga nisbatan yaqqolroq ko‘rinadi.


Yuqorida sanab o‘tilgan havo namligi xarakteristikalari sutkalik o‘zgarishlarining ikki turi ajratiladi.
Birinchi tur havo harorati sutkalik o‘zgarishi kabi oddiy sutkalik o‘zgarishga ega. Sutkalik maksimum kunduzi, havo harorati eng yuqori qiymatlariga erishganida, minimum esa – Quyosh chiqishidan oldin kuzatiladi. Bu tur muntazam bug‘lanish imkoniyati bor bo‘lgan juda nam, shu bilan birga kuchsiz vertikal namlik almashinuvi kuzatiladigan joylarga xos. Shu sababli mazkur sutkalik o‘zgarish keng suv sirtlari va qishda qit’alar uchun xarakterli (2.7-rasm).



2.7-rasm. Suv bug'i bosimining tropik okeanda
va cho‘lda (Nukus) qish va yozda sutkalik
o’zgarishi. e - o‘rtacha sutkalik qiymatlaridan chetlanish.

Sutkalik o’zgarishning ikkinchi turi yilning iliq, suv bug‘ining bosimi, mutlaq namlik va suv bug‘ining massa ulushi s ikkilangan sutkalik o‘zgarishga ega bo‘lgan paytda, qit’alar ichkarisida kuzatiladi. Birinchi minimum havo harorati minimumi kuzatilganda erishiladi. So’ng soat 9-10 largacha havo harorati ortishi bilan namlik xarakteristikalari ham tez ortadi. Bundan keyin namlik kamayadi va soat 15 larda ikkinchi minimum kuzatiladi. Quruq va issiq hududlarda bu minimum asosiy hisoblanadi. Ikkinchi minimumdan keyin namlik qiymatlari yana orta boshlaydi va soat 21-22 larda ikkinchi maksimumga erishadi, so’ngra namlik ertalabki minimumgacha kamayadi.
Havo namligi ikkilangan sutkalik o‘zgarishining sababi quruqlik ustida kunduzgi soatlarda konveksiyaning rivojlanishi hisoblanadi. Quyosh chiqishi bilan tuproq isiy boshlaydi. Bu bilan birga bug‘lanish ortadi va Yer yuzasi yaqinida bug‘ elastikligi ortadi. Biroq soat 8-10 lar atrofida Yer yuzasi yaqinidagi qatlamda noturg‘un stratifikatsiya yuzaga keladi va konveksiya etarlicha rivojlanadi. Konveksiya jarayonida suv bug‘i uning gradienti yo‘nalishida, ya’ni pastdan yuqoriga ko‘chadi. Bu kunduzi Yer yuzasi yaqinida bug‘ miqdorining kamayishiga olib keladi. Kechga tomon konveksiya kuchsizlanadi, isigan tuproq ustidan bug‘lanish esa hali yuqori. Shu sababli Yer yuzasi yaqinidagi qatlamda bug‘ miqdori orta boshlaydi. Biroq tungi soatlarda bug‘lanish juda kamayib ketadi, havo sovishida Yer yuzasidan suv bug‘i kondensatsiyalanadi va shudring hosil bo‘ladi. Bug‘ elastikligining tungi kamayishi shunga bog‘liq.
Tog‘ stansiyalarida bug‘ elastikligining sutkalik o‘zgarishi harorat o‘zgarishiga parallel: maksimum tushdan keyin, konveksiya suv bug‘ini yuqori qatlamlarga intensivroq olib keta boshlaganda yuzaga keladi. Tog‘ stansiyalarida amplituda kichik va ekstremal qiymatlar kechikadi.
Bug‘ elastikligining yillik o‘zgarishi haroratning yillik o‘zgarishiga parallel, yozda u katta, qishda kichikroq. Yilning eng iliq va eng sovuq oylari odatda bug‘ elastikligi qiymatlarining eng yuqori va eng kichik qiymatli oylari hisoblanadi. Ba’zida bug‘ miqdorining ekstremal qiymatlari haroratning ekstremumi kuzatiladigan oyga nisbatan kechikadi. Tropiklarning harorat maksimumi yomg‘irli davr boshlanishidan oldin kuzatiladigan hududlarida bu miqdorining maksimumi yomg‘irlar boshlanishiga mos keladi.
Yillik harorat amplitudasi qancha katta bo‘lsa, bug‘ bosimining yillik amplitudasi shuncha katta bo‘ladi. Shunday qilib, kontinental iqlimda u dengiz iqlimidagidan katta. Qishki keskin quruq va yozgi keskin sernam bo‘lgan musson sohalarida u yanada katta. Okeanlarda va dengiz iqlimli quruqlikda, asosan ekvatorial hududlarda bug‘ miqdori yillik amplitudasi kichik.
Masalan, bug‘ bosimining gektopaskallardagi o‘rtacha qiymatlari Moskvada (kontinental iqlim) – yanvarda 3, iyulda – 16, Parijda (dengiz iqlimi) – yanvarda 6, avgustda – 14; Pekinda (musson iqlimi) – yanvarda 3, iyulda – 24, Jakartada (ekvatorial iqlim) – avgustda 26, aprelda – 29.
Nisbiy namlik ham yillik o‘zgarishda haroratga teskari o‘zgaradi. Masalan, Moskvada u yanvarda 85%, iyulda 68%. Biroq, musson hududlarida dengiz havosi kirib kelishida va musson yog‘inlari yoqqan vaqtlarda nisbiy namlik yozda ortiqroq. Qishda havo massalari quruqlikdan chiqishi davrida nisbiy namlik kamroq. Masalan, Vladivostokda u iyulda 89%, noyabrda 68% (2.8-2.9-rasmlar).
Balandlik ortishi bilan suv bug‘i elastikligi, mutlaq namlik va suv bug‘ining massa ulushi kamayib boradi. Pastki 100 m qatlamda aytib o‘tilgan kattaliklarning taqsimoti logarifmik qonun bo‘yicha etarlicha yaxshi izohlanadi. Balandlik ortishi bilan namlikning kamayishi alohida hollarda turlicha kechadi. Bu havoning aralashish sharoiti va haroratning vertikal taqsimotiga bog‘liq. O‘rtacha qilib olinganda suv bug‘i bosimi balandlik ortib borishi bilan kamayib boradi. Balandlik ortgan sari suv bug‘i bosimi bilan birga havodagi mutlaq namlik ham tez kamayib boradi.



2.8-rasm. Nisbiy namlikning o‘rtacha taqsimoti (%).Yanvar.





2.9-rasm. Nisbiy namlikning o‘rtacha taqsimoti (%). Iyul.
Namlik xarakteristikalarining balandlik bo‘yicha taqsimotini izohlovchi empirik formulalar mavjud. Xususan, bu Zyuring-Xrgian formulasi:
, (2.7)

bu erda e0 – Yer yuzasi sathida suv bug‘i bosimi (elastikligi), z – balandlik (kilometrlarda).


O‘lchov ma’lumotlari bo‘yicha jami suv bug‘ining 55% i - pastki 20 km qatlamda, 90% i – 0-5 km qatlamda va 99% dan ortig‘i troposferada joylashgan.

Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish