Anorgul atajonova


Mavhum otlar ishtirok etmagan gapni toping



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/276
Sana12.01.2021
Hajmi1,23 Mb.
#55243
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   276
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili

12. Mavhum otlar ishtirok etmagan gapni toping. 
A) Ozodaning ko‘ngli negadir g‘ash edi; 
B) Muhabbat-inson qalbidagi eng oliy tuyg‘u; 
C) Oftob chiqdi olamga, yugurib bordim xolamga
D) Malikaxon mehmonlarga dasturxon yozdi. 
13.  Quyidagi  gapda  nechta  mavhum  ot  bor?  Uyg‘oqlik  uzayib 
ketsa,  uyqusizlik  paydo  bo‘lib,  nafslarda  ham  bezovtalikni  vujudga 
keltiradi. 
A) 2 ta; 
B) 3 ta; 
C) 4 ta; 
 
D) 5 ta. 
  
Mavzuni o‘zlashtirish uchun mustaqil topshiriq 
 
1. "Muomala odobi" mavzusida matn tuzing. 
Tuzgan matningizdan atoqli, turdosh, aniq va mavhum otlarni topib, 
ma’nolaridagi farqni izohlang. 
2.  "Gulzorni  bulbul  bezaydi"  sarlavhali  matnni  o‘qing,  atoqli  va 
aniq otlarni aniqlab, daftaringizga ko‘chirib yozing. 
 
Gulzorni bulbul bezaydi 
 
Mahtumquli  mushoirada  qatnashishni  juda  yaxshi  ko‘rar,  qayerda 
mushoira  boshlansa  jon-jon  deb  ishtirok  etarkan.  Kunlardan  bir  kuni 
Samarqand  chetidagi  "Bog‘i  bo‘ston"da  beqiyos  katta  mushoira 
boshlanibdi.  Shoirlar  ko‘p  she’r  bilishlik,  badihago‘ylik,  hozirjavoblik, 
she’rni san’atkorona o‘qish va hokazolarda bir-biridan qolib chiqish uchun 
bor  mahoratlarini  ishga  solishibdi.  Mahtumqulining  quvvayi  hofizasi 
kuchli  bo‘lib:  Navoiy,  Fuzuliy  va  boshqa  qanchadan-qancha  shoirlarni 


 
93
boshidan-oyoq yod bilishi, o‘zi ham bir nafasda qanchadan-qancha g‘azal 
to‘qib,  ularni  qoyilmaqom  o‘qishi  bilan  kishilarni  hayratga  solardi. 
Saroyga  sultonning  o‘zlari  ham  tashrif  buyurib,  bir  chetda  mushoiraga 
quloq  solibdilar,  hammadan  ko‘ra  Mahtumqulining  hozirjavobligi, 
topqirligi,  turkiy  va  forsiy  tillarda  she’rni  soz  o‘qishiga  maftun  bo‘lib 
Sulton  unga  tikilib  qolibdi.  Buni  ko‘rgan  vazir:  "Bu  sahroyi  shoirning 
mushoirada bo‘lishligi Sultonga ma’qul tushmadi", – deb o‘ylab: 
– Hoy, ahli fozillar, – debdi mushoirani bo‘lib, – shunchalik xilma-
xil,  chiroyli  gullardan  iborat  gulzorga,  –  u  Mahtumqulini  ko‘rsatibdi, 
buning aralashgani yaxshi bo‘lmabdi. 
Vazirning noo‘rin luqmasiga javoban Sulton lutf qilibdi:  
Unday demang, gulzorni bulbul bezab turibdi-ku. 
Sulton shunday debdi-da, Mahtumquliga qarab: 
–  Barokallo,  zehningu  xotirangga,  sendan  ulkan  shoir  chiqqusidir, 
g‘olibga  boshdan-oyoq  sarpo  berilsin,  –  deb  buyuribdi.  Tolibu-ilmlar, 
shoirning do‘stlari Mahtumqulini olqishlashibdi. 
("Allomalar ibrati" nomli kitobdan) 
  

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish