3. Ammoniy gidroksidi ammiak gay (NHy) т suvda eritib olinadi:
NH2+H2O=NH4OH
Kimyoviy xossalari. 1. Asoslar kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi. Bunday reaksiyalar neytrallanish reaksiyalari deb ataladi.
NaOH+HCl=NaCl+H2O Са(ОН) 2+2НNOз=Са(NOз) 2+2Н2О
2. Asoslar kislotali oksidlar bilan ham reaksiyaga kirishib, tuz. va suv hosil qiladi:
Са(ОН) 2+СО2=СаСОз+Н20
3. Asoslar tu2lar bilan reaksiyaga kirishib yangi tuz va yangi asos hosil qiladi.
NiС12+2КОН=Ni(ОН)з+2КС1
4. Suvda eriydigan asoslar juda yuqori temperaturaga ham chidamli, lekin suvda erimaydigan asoslar qizdirishga chidamsiz, tezda parchalanib ketadi:
4. Ayrim asoslar borki, ular ham kislotalar bilan, ham ishqoriar bilan reaksiyaga kirishib Шт. va suv hosil qiladi. Ular amfoter gidrvksidlar deb ataladi. Masalan, А1(ОН)з, Zn(OH)2 Сг(ОН)з va hokazo.
Amfoter gidroksidlar ham metallaming suvda yaxshi eriydigan tuzlariga ishqoriar ta'sir ettirilib olinadi:
ZnCl2+2NaOH=Zn(OH) 3+2NaCl
Al(NO3) 3+3KOH=Al(OH) 3+3KNO3
Amfoter gidroksidlar suvda erimaydi. Ular kislota va ishqoriar bilan oson reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.
Zn(OH)2+2HCl=ZnCl2+2H20
Zn(OH) 2+2NaOH=Na2Zn02+2H20
2А1(ОН)з+ЗН2S04=А12(S04)з+6Н20
А1(ОН)з+КОН=КАlO2+2Н20
Eng muhim asoslar va ularning ishlatilishi
Natriy va kaliy ishqorlari kimyo sanoatining eng muhim mahsulotlari hisoblanadi.
NaOH — o'yuvchi natriy sanoatning juda ko'p tarmoqlarida ishlatiladi. U «kaustik soda» deb ham ataladi.
Natriy ishqori oq tusli modda, suvda yaxshi eriydi. Uning konsentrlangan eritmasi hayvonot va o'simlik mahsulotlaridan tayyorlangan matolarni yemiradi. O'yuvchi natriy eritmasiga botirilgan ip, jun bo'kib iviq massaga aylanadi.U odam terisiga tushsa yara qiladi.
O'yuvchi natriy sanoatning juda ko'p sohalarida ishlatiladi. U sovun tayyorlash korxonalarida, neftni qayta isMash zavodlarida va boshqalarda ishlatiladi.
O'yuvchi natriy ko'p miqdorda osh tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilib olinadi.
KOH — o'yuvchi kaliyning barcha xossalari, ishlatilish sohalari o'yuvchi natriyga o'xshash, faqat farq shundaki, sovun tayyorlashda o'yuvchi kaliy ishtirok etgan bo'lsa suyuq sovun hosil bo'ladi.
O'yuvchi kalsiy — Ca(OH) 2, ya'ni so'ndirilgan ohak osongina kukunga aylanadigan qattiq oq modda. U suvda kaliy va natriy asoslariga nisbatan yomonroq eriydi. Uning tiniq eritmasi ohakli suv deb ataladi.
So'ndirilgan ohak asosan qurilish materiali sifatida ishlatiladi. U ohak, qum va suvdan iborat qorishma, ancha arzon va yaxshi sementlovchi vositadir.
So'ndirilgan ohak ohaktoshni kuydirib olingan kalsiy oksidi (CaO — so'ndirilmagan ohak)ni suv bilan reaksiyaga kiritib olinadi.
Uning suvdagi eritmasiga xlor yuttirib xlorii ohak olinadi.
Xlorli ohak zararii mikroblarni o'ldiruvchi vosita sifatida turmushda, tibbiyotda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |