Olinishi. 1. Asosli oksidlar metallar bevosita kislorod bilan birikkanda hosil bo'ladi:
4Na+O2=2Na2O; 2Ca+O2=2CaO
2. Tuzlarning parchalanishidan hosil bo'ladi:
СаСОз CaO+CO2; Cu2OH2CO3 2CuO+H2O+CO2
3. Asoslar (gidroksidlar)ning parchalanishidan hosil bo'ladi:
Cu(OH) 2 CuO+H2O; 2Fe(OH) 3 Fe2O3+3H2O
Nomlanishi. Metall o'zgarmas valentlikka ega bo'lib, faqat bitta oksid hosil qilsa, oksidning nomi metall nomiga «oksid» so'zi qo'shib hosil qilinadi:
Na2O — natriy oksid; CaO — kalsiy oksid.
Agar bir metall ikki yoki undan ortiq oksid hosil qilsa, u taqdirda metallning nomidan keyin rim raqamida qavs icЫda uning valentligi yozilib, keyin «oksid» so'zi qo'shib aytiladi.
FeO - temir (II)-oksid; Fe2O3 - temir (III)-oksid.
Ayrim asosli oksidlar turmushda qo'llanilishiga qarab ham nomlanadi;
CaO — so'ndirilmagan ohak; MgO — magneziya. Asosli oksidlarning hammasi qattiq moddalar. i Kimyoviy xossalari. 1. Asosli oksidlarning ayrimlari oddiy sharoitda suv bilan birikib suvda eriydigan asos (ishqor)lami hosil qiladi:
K20+H2O=2KOH; СаО+Н2О=Са(ОН) 3
kaliy kalsiy gidroksid
gidroksid
2 Kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda tuz va suv hosil bo 'ladi:
CuO+H2SO2=CuSO4+H2O; FeO+2HCl=FeCl2+H20
3. Kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishganda tuz. hosil bo 'ladi:
CaO+CO2=CaCO3
Ishlatilishi. Tabiatda uchraydigan asosli oksidlardan temir (FeO, Fe2O3 Fe3O4va mis (CuO) oksidlari bevosita metall (temir va mis) olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. ZnO, Fe2O2 va Cr2O2 kabi oksidlar bo'yoqlar tarkibini tashkil qiladi.
Bir qator metallarni kislorodsiz tabiiy birikmalardan ajratib olishda oraliq mahsulot sifatida ulaming oksidlari hosil qilinib, keyin metall ajratib olinadi. Turmushda keng qo'llaniladigan asosli oksidlardan biri kalsiy oksid — CaO bo'lib, u tabiiy ohaktoshni (CaCO2) kuydirish yo'li bilan olinadi. CaO -o'ndirilmagan ohak qurilish ishlarida keng qo'llanilishini bilasiz u metallurgiya va oziq-ovqat sanoatida ham ishlatiladi.
Kislotali oksidlar
Metallmaslaming ikislorod bilan hosil qilgan birikmalari kislotali oksid hisoblanadi. СO2, SO2, P2O5, SO3, kabi oksidlar ularga misol bo'ladi. Bu oksidlami kislotali deyilishiga sabab ularga tegishli kislotalar muvofiq keladi. Masalan, CO2 ga H2CO3 (karbonat kislota), SO2 ga H2SO2, (sulfit kislota), P2O, ga H3PO5 (ortofosfat kislota), SO3 ga esa H2SO5 (sulfat kislota) muvofiq keladi.
Ayrim yuqori valentlikka ega bo'lgan metallaming' oksidlari ham kislotali oksidlar xossasiga ega bo'ladi. Bunday oksidlarga Сг2О3 (xrom (VI)-oksid). Mn2O7 (marganes (VII)-oksid)lar misol bo'lib, ularga H2CrO4 (xromat) va HmnO4 (permanganat) kislotalar muvofiq keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |