Amfoter oksidlar. Amfoter oksidlar (2-jadval) bir paytning o’zida ham kislota ham asos hosil qiladi. Bunday oksidlar ikki yoqlama xossaga ega. Amfoterlik xossalari ZnO, BeO, SnO, PbO, Al2O3, Cr2O3, SnO2, PbO2, GeO2va MnO2 da ham kuzatiladi(2-jadval).
2- jadval. Amfoter oksidlarning kislotalari va asoslari
Amfoter oksidlar
|
Asosi
|
Kislotasi*
|
Tuzdagi qoldiqning
nomi
|
ZnO
|
Zn(OH)2
|
H2ZnO2
|
Zinkat
|
BeO
|
Be(OH)2
|
H2BeO2
|
Berillat
|
Al2O3
|
Al(OH)3
|
HAlO2
H3AlO3
|
m-alyuminat
o-alyuminat
|
Cr2O3
|
Cr(OH)3
|
HCrO2
H3CrO3
|
m-xromit
o-xromit
|
MnO2
|
Mn(OH)4
|
H2MnO3
H4MnO4
|
m-manganit
o-manganit
|
SnO2
|
Sn(OH)4
|
H2SnO3
H4SnO4
|
m-stannat
o-stannat
|
PbO2
|
Pb(OH)4
|
H2PbO3
H4PbO4
|
m-plumbat
o-plumbat
|
*bunday kislotalar erkin holda mavjud emas.
Xossalari. Amfoter oksidlar suvda erimaydigan qattiq moddalardir.
Amfoter oksidlar ham kislotalar bilan va ham asoslar bilan o’zaro ta’sirlashadi va mos kislotalarining tuzlarini hosil qiladi:
Xrom(III) oksidi kislota va ishqor eritmalarida erimaydi. Lekin ishqorlarda yoki karbonatlar ishtirokida suyuqlantirilsa xromitlar hosil qiladi:
Betaraf oksidlar.Bunday oksidlar qatoriga indifferent, ya’ni tuz hosil qilmaydigan oksidlar kiradi. Ushbu oksidlar kislota ham asos ham hosil qilmaydi. Betaraf oksidlarga CO, NO,N2O, SiO kabioksidlar kiradi.
Peroksidlar. Peroksidlar oq qattiq moddalardir. Bunday birikmalarni vodorod peroksidning H2O2tuzlari sifatida qaralishi mumkin.Peroksidlarga Na2O2, K2O2, BaO2, ozonid birikmalar KO3 kabi moddalarni olish mumkin.
Peroksidlar faol metallardan bo’lgan ishqoriy metallarning havoda yonishida hosil bo’ladi:
Aralash oksidlar. Bunday moddalar qatoriga oksidlarning aralashmasi yoki ularni tuzlar deb qarashga to’g’ri keladi. Masalan: Fe3O4, Pb2O3, Pb3O4, Mn2O3, Mn3O4, Co3O4. Bu oksidlar biror metallning tuzi ko’rinishida yozilsa Fe(FeO2)2, PbPbO3, Pb2PbO4, Mn2MnO4 tuzlar sifatida yozilishi mumkin. Aralash oksidlar qatoriga shpinellar , ya’ni II va III valentli oksidlar aralashmasini ham kiritish mumkin. Masalan: FeO*Al2O3, ZnO*Al2O3, MgO*Al2O3va boshqalar.
Asoslar
Asoslar metallar va gidroksil guruhidan tashkil topgan murakkab moddalardir. Ularning umumiy formulasi Me(OH)n . Me metal atomi, n- metallning valentligi.
Elektrolit sifatida asoslarning dissosialanishida metall kationi va gidroksil anioni hosil bo’ladi.
Bunday moddalar eritmasida lakmus indikatori ko’k rangga, fenolftalein indikatori qizil - pushti rangga kiradi. Ishqorlar eritmalari to’qimalarni yemirish xossasiga ega. Agar asos ko’p kislotali bo’lsa dissotsialanish bosqichli boradi. Asoslarning kislotaliligi ulardagi gidroksid guruhlar soniga teng.
Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyilib, ularga NH4OH, LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2 kiradi. Dissotsialanish qobiliyatiga ko’ra asoslar kuchli va kuchsiz asoslarga bo’linadi. Suvdagi suyultirilgan eritmalarda to’la dissotsianadigan asoslarni kuchli asoslar deyiladi. Kuchli asoslarga barcha ishqorlar kiradi. Ishqor so’zi “o’yuvchi” ma’nosini beradi.
Suvda erimaydigan asoslar oz dissotsialanuvchi moddalar qatoriga kirib, odatda bunday asoslar bosqichli dissotsialanadi. Masalan: Cu(OH)2, Mn(OH)2, Fe(OH)2, Cr(OH)3, va boshqalar .
Do'stlaringiz bilan baham: |