3.Oddiy moddalarning qattiq holda solishtirma issiqlik sig’imini o’lchash orqali atom massani aniqlash(P.L.Dyulong va A.Pti,1819 y.). Juda ko’p har xil metallar uchun qattiq holatda molekulyar issiqlik sig’imi deyarli bir xil ekanligi aniqlangan.O’rtacha bu qiymat 26J /(mol*K ekanligi topilgan.
1 mol atom moddaning haroratini 1 oC oshirish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdori atom issiqlik sig’imi deyiladi.
A= 26/Catom
A- element atom massasi;
Catom- elementning atom issiqlik sig’imi.
4. Agar elementning mol ekvivalent massasi ma’lum bo’lsa uning atom massasini aniqlash mumkin.
E=A/V; A=E*V
GAZLARNING PARSIAL BOSIMI
Turli gazlar bir-biri bilan har qanday nisbatda aralashadi.Bunda har bir gaz o’zining parsial bosimi bilan tasniflanadi. Aralashmadagi alohida gazning parsial bosimi deganda, shu gazning bir o’zi aralashma hajmiga teng hajmni egallaganda hosil qiladigan bosimiga aytiladi. Aralashmaning bosimi (P) shu aralashmani hosil qilgan alohida gazlarning parsial bosimlari yig’indisiga teng:
Phavo = PN + PO + PAr + ...
Agar biron gazni suv ostida yig’ilsa, umumiy bosim shu gaz va suv bug’i bosimlari yig’indisiga teng bo’ladi:
Pumum = P N + PO+Psuv PN = P umum-(Psuv+ PO)
MAVZUNING FARMATSIYADAGI AHAMIYATI
Kimyo qonunlarini yaxshi bilish kimyoviy hisoblashlarda juda asqotadi. Jarayonlarni oldindan bilish uni unumini hisoblash uchun kerak.Kimyo qonunlarini yaxshi bilish yuqori kurslarda fizik kimyo, analitik kimyo va mutaxassislik bo’yicha fanlarni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi.
Tayanch so’zlar:Oddiy modda, murakkab modda, metal va metallmasslar, oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar, nordon,asosli,qo’sh va kompleks tuzlar.
Anorganik moddalarning sinflanishi
Anorganik moddalar ikkiga bo’linadi: oddiy moddalar va murakkab moddalar:
Oddiy moddalar molekulasining tarkibi faqat bir xil element atomlaridan tashkil topgan.Oddiy moddalarga misol davriy jadvaldagi barcha elementlarni olish mumkin.
Murakkab moddalar molekulasining tarkibi har xil element atomlaridan tuzilgan. Bunday moddalar qatoriga KOH, H2SO4, H2O, HCl, Al2O3 va boshqalar kiritiladi. Moddalar ikkiga bo’linadi: metallar va metallmaslar.Davriy jadvaldagi metall va metallmaslarni ajratish uchun 5 element bordan 85 element astatga diagonal o’tkazish kerak. Shu diogonalni pastidagi barcha elementlar va yuqorisidagi barcha qo’shimcha guruh elementlari metallar jumlasiga kiradi.
Barcha metallmaslarni agregat holatiga qarab uchga bo’lish mumkin:gazlar,suyuqliklar va qattiq moddalar.Gazlar davriy jadvalda o’ziga xos tartibda kelib, ularga N2, H2, O2, F2 va Cl2 kiradi.VI11 guruh elementlari ham gazlarga kirib ular alohida guruhga joylashgan.Odatdagi holda metallmaslardan faqat brom suyuqlik holatida uchraydi.Qolgan barcha metallmaslar qattiq moddalardir.
Barcha gazlar V11 guruhning asosiy guruh elementlari ikki atomli molekulalar hosil qiladi: bularga N2 ,Н2 O2 F2, Cl2, Вг2, I2 ва At2 kiradi.
Murakkab moddalar. Barcha murakkab moddalar to’rtga bo’linadi: oksidlar,kislotalar, asoslar va tuzlar kiradi.
Oksidlar molekulasining tarkibi ikki xil atomdan iborat bo’lib, ularning biri kisloroddan iborat.Oksidlarning umumiy formulasi RxOy.. X va Y indeks deyiladi.Oksidlarni formulasi valentlik orqali indeks topish bilan chiqaziladi.
1 H 11 11 Ш 11 1V 11 V 11 V1 11 Y11 11 8 2
Do'stlaringiz bilan baham: |