|
|
bet | 183/192 | Sana | 22.04.2022 | Hajmi | 0,63 Mb. | | #573736 |
| Bog'liq anorganik kimyo
Azotning kislorodli birikmalari.
Azot (I) oksidi. Rangsiz, kuchsiz hidli, shirin mazali gaz. Suvda kam eriydi, xona temperaturasida barqaror.
NH4NO3 = N2O + 2H2O
N2O + H2O = H2N2O2
HNO - giponitrid kislotasi deyiladi.
Olinishi: Gidroksil aminga nitrit kislotasi ta'sir ettirib olinadi.
NH2OH + HNO3= H2O + H2N2O2
H2N2O2 erkin holda uchramaydi. Lekin uning tuzlari ma'lum - Ag2N2O2.
N2O yuqori temperaturada kuchli oksidlovchi:
H2 + N2O = H2O + N2
S + 2N2O = SO2 + 2N2
2P + 5N2O= P2O5 + 5N2
N2O meditsinada narkoz sifatida ishlatiladi. U bilan nafas olinsa mast qiladi va kishi xursand bo’ladi.
Azot (II) oksid. Rangsiz, zaharli gaz.
Olinishi:
3. N2 + O2= 2NO
4. 4NH3 + 5O2= 4NO + 6H2O
Laboratoriyada olinishi:
3. 2KJ + 2KNO2 + 2H2SO4 = 2K2SO4 + 2NO + J2 + 2H2O
4. Cu + 8HNO3= 3Cu(NO)2 + 2NO + 4H2O
NO - kuchli oksidlovchi va qaytaruvchi:
SO2 + 2NO= SO2 + N2O oksidlovchi
2NO + Cl2=2NOCl nitrozilxlorid hosil bo’ladi.
Azot (IV) oksidi. NO2 - sovutilganda qizil-qo’ng’ir suyuqlikka aylanadi. T.suyuqlanish 22,45ºC sovutila borgan sari sarg’ish oq, keyin rangsiz bo’ladi. -11,2ºC rangsiz kristall hosil qiladi. Isitilganda uning rangi o’zgarib to’qlashadi, 140ºC da rangli bo’ladi.
N2O + H2O= HNO3 + HNO2
2NO2 + 2NaOH= NaNO3 + NaNO2 + H2O
Shuning uchun u aralash angidrid deyiladi. HNO2 beqaror.
3HNO2= HNO3 + 2NO + H2O
NO2 issiq suvda ta'sirlashib:
6NO2 + 2H2O= 4HNO3 + 2NO
3NO2 + H2O= 2HNO3 + NO
O2 ishtirokida NO2 to’la HNO3 ga aylanadi.
4NO2 + O2 + 2H2O= 4HNO3
NO2 kuchli oksidlovchi, qaytaruvchi. U uglerod, azot, oltingugurt, vodorod, metallarni oksidlaydi.
7H2 + 2NO2 = 4H2O + 2NH3
Kuchli oksidlovchilar Br2, F2 bilan u qaytaruvchi.
2NO2 + F2 + 2H2O= 2HNO3 + 2HF
2NO2 + H2O= HNO3 + HNO2
Olinishi:
1. 2NO + O2= 2NO2
2. 2Pb(NO3)2= 2PbO + 4NO2 + O2
3. Cu + 4HNO3= Cu(NO3)2 + NO2 + H2O
4. As2O3 + 4HNO3= 2HAsO3 + H2O + 4NO2
Laborotoriyada olinishi:
3. As2O3 + 2HNO3 + 2H2O= 2H3AsO4 + N2O3
4. NaNO2 + H2SO4= NaHSO4 + HNO2
Nitrit kislotasi uning suyultirilgan eritmalari va tuzlari ma'lum. Nitrit kislota kuchsiz elektrolit K=4·10-4. U ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi.
2HNO2 + O2= 2HNO3
2HNO2= NO + NO2 + H2O
KJ, H2S ishqoriy metallarning amalgamasi bilan nitrit kislotasining oksidlovchi xossasi namoyon bo’ladi.
H2S + 2HNO2 = 2H2O + S + 2NO
2KJ + 2KNO2 + 2H2SO4 = J2 + 2NO + 2K2SO4 + 2H2O
5NaNO2 + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 5NaNO3 + 2MnSO4 + K2SO4 + 3H2O
2FeSO4 + 2KNO2 + 2H2SO4 = Fe2(SO4)3 + K2SO4 + 2NO + H2O
Azot (V) oksidi- nitrat angidrid, rangsiz kristall modda, gidroskopik.
H2O + N2O5 = 2HNO3
N2O5 = NO + NO2 + O2
HNO3 + P2O5 = 2HPO3 + N2O5
Natriy nitrat holatida oz miqdorda havoda hosil bo’ladi.Atmosferadagi elektr razryadi paytida ham hosil bo’ladi.
Nitrat kislota va uning tuzlari.
Nitrat kislota rangsiz suyuqlik yorug’lik ta'sirida parchalanadi.
4HNO3=2H2O + 4NO2 + O2
Nitrat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Konsentrlangan nitrat kislota qaytarilish mahsuloti har xil bo’lishi mumkin. Nitrat kislota nodir metallardan boshqa hamma metallarni oksidlaydi.
Sn + 4HNO3 = H2SnO4 + 4NO2 + H2O
3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
4Mg + 10HNO3 = 4Mg(NO3)2 + NH4NO3 + 5H2O
PbS + 8HNO3 = 3PbSO4 + 4H2O + 8NO
3HCl + HNO3 = 2H2O + 2Cl2 + NOCl
Platina ham zar suvda eriydi.
3Pt + 4HNO3 + 4HCl= 3PtCl4 + 4NO + 8H2O
Kaliy nitratga olitingugurt va uglerod qo’shilsa, qora porox hosil bo’ladi.
2KNO3 + S + C = K2S + N2 + 3CO2 +169 kkal
Og’ir metallar nitratlarining va ishqoriy metallar nitratlarining parchalanishi:
2KNO2 = 2KNO2 + O2
2Zn(NO3)2= 2ZnO + 4NO2 + O2
2AgNO3= Ag + 2NO2 + O2
Hg(NO3)2= Hg + 2NO2 + O2
Nitrat kislotasining sanoatda olinishi: Oldingi paytda nitrat kislotasi chili selitrasidan olinar edi.
NaNO3 + H2SO4= NaHSO4 + HNO3
Hozirgi paytda ammiakni yoki azotni oksidlab NO ga aylantiriladi. NO dan NO2 va so’ngra nitrat kislota olinadi.
N2 + O2 = 2NO
2NO + O2 = 2NO2
2NO2 + H2O= HNO3 + HNO2
3HNO3 = HNO3 + H2O + 2NO
Hozirgi paytda konsentrlangan nitrat kislota N2O4 va O2 dan 50 atmosfera bosimda 75ºC da olinadi.
2NO2 + O2 + 2H2O = 4HNO3
Azot birikmalarining tibbiyotda ishlatilishi. Azotning barcha birikmalari zaharli. Bularning ichida natriy nitrit stenokadiya va tomirlarni kengaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.
Gidroksilamin.
Gidroksilamin: NH2OH - rangsiz kristall modda.
Тs= +34ºC, Тq= 56,3ºC, d=1.35
Oksidlanish darajasi -1. Qaytaruvchi. Gidroksilamin sulfatini gidroliz qilib olinadi.
HO-NH-SO3-H + HOH = NH2OH + H2SO4
Nitrat kislotani Pb yoki Hg elektrodlari bo’lganda elektroliz qilib olinadi.
HNO3 + 3H2= NH2OH + 2H2O
NH2OH + HCl= NH3OHCl
Azotning vodorodli birikmalarini tibbiyotda ishlatilishi.
Ammoniy xlorid tibbiyotda yurak xastaligida simobli diuretiklarning ta'sirini kuchaitirish uchun ishlatiladi. NH4HCO3 non mahsulotlari va pechenyelar tayyorlashda ishlatiladi. NH4OH nashatir spirti nomi bilan tibbiyotda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|