25- ma’ruza
Y1A guruh elementlari.Kislorod va oltingugurt
Ma’ruza rejasi: VI A guruh elementlarining umumiy tasnifi. Kislorod, uning tabiatda uchrashi, birikmalari, olinishi. Kislorodning fizik-kimyoviy xossalari. Allotropiyasi.
Oltingugurt, uning tabiatda uchrashi, fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalari. Vodorod sulfid, uning qaytaruvchilik xossalari. Sulfidlar. Persulfidlar. Ularning farmatsevtik ahamiyati.
Tayanch so’zlar: allotropiya, kislorod, oltingugurt, selen,tellur, polloniy va ularning birikmalari.
Ajratilgan vaqt: 2 soat.
Ma’ruzadan maqsad: VI A guruh elementlarining umumiy tasnifi. Oltingugurt va kislorod xossalari bilan talabalarni tanishtirish, ularni tibbiyotdagi ahamiyatini yoritib berish.
Adabiyotlar:
1. Q. A. Axmedov, A. T. Jalilov, Umumiy va anorganik kimyo, Tashkent,2006,390 b.
2.Ю.А. Ершов,Общая химия,М., Высшая школа,2003 г. 390 с.
3.Umumiy va anorganik kimyodan amaliy mashg’lotlar.Farmatsevtika institute talabalari uchun/ mualliflar: S.N.Aminov?R.Aristanbekov, H.R.To’xtaev va boshqalar, Toshkent,2005. 368 b.
4.N.A.Parpiyev,A.G.Muftaqov,H.R.Rahimov , Anorganik kimyo- Toshkent. ”O’zbekiston”, 2003.-428 b.
5.N.S.Axmetov,Obshaya i neorganicheskya ximiya. Uchebnik dlya VUZov,
Vыsshaya shk. 1981. 679 s.
6.E.T.Oganesyan Neorganicheskaya ximiya. Uchebnik dlya VUZov po spe-
tsialnosti Farmatsiya.- M. Vыssh. shk. 1984. 384 s.
7.N.L.Glinka,Obshaya ximiya. Uchebnoe posobie dlya VUZov.- L.Ximiya
1980, 780 s.
8. H.R.Rahimov , Anorganik kimyo T., O’qituvchi. 1984. 422 s.
9. H.R.To’xtayev, Anorganik kimyo ma’ruzalar matni. Toshkent,2001.244 b.
VI A guruh elementlarini kislorod, oltingugurt, selen, tellur va polloniy tashkil etadi. Tashqi qavatdagi erkin elektronlar soniga ko’ra ularning valentligi 2 bo’ladi. О2-, О2+, S4+, S6+. Ularning hammasi metallmaslik xossasiga ega. Vodorodli birikmalarda hamma elementlarning oksidlanish darajasi -2.
|
8О2
|
16S
|
34Se
|
52Te
|
84Po
|
Elektronlarning taqsimlanishi
|
2)6)
|
2)8) 6)
|
2)8) 18)6)
|
2)8)18)18)6)
|
2)8)18)32)18)6)
|
R,Aо
|
0,66
|
1,01
|
1,13
|
1,33
|
1,64-1,69
|
Valentligi, oksidlanish darajasi
|
-2;+2
|
+2;4;6
|
2;4;6
|
2;4;6
|
2;4;(6)
|
Тsuyuq
|
-218,7
|
112,8
|
220,9
|
450
|
954
|
Тqayn
|
-183,0
|
444,6
|
688
|
1390
|
962
|
d
|
1,4256
|
2,06
|
4,82
|
6,25
|
9,32
|
KISLOROD
1772 y. shved olimi Sheyele ochgan. Erkin holda havoni 20,9% tashkil qiladi. 1 l suvda 6,4 ml О2 eriydi.
Kislorod rangsiz, hidi va mazasi yo’q gaz. Suyuq kislorod och ko’kish rangli suyuqlik, qaynash temperaturasi -183оС. Qotish temperaturasi –218,7оС. Havodan biroz og’irroq. 1 l O2=1,492g. kislorod suyuqlangan kumushda eriydi. 1 l kumushda 22 hajm kislorod eriydi.
Kimyoviy xossalari. Kislorod oltin, platina, galogenlar va inert gazlar bilan birikmaydi. Hamma qolgan elementlar bilan ta’sirlashib, ularni oksidlaydi.
2К + О2 = 2Н2О
Na + O2 = 2Na2O
2NO + O2 = 2NO2
C + O2 = CO2
CH4 + 2O2 = CO2 + H2O
|
2Sr + O2 = 2SrO
P4 + 5O2 = 2P2O5
SiH4 + 2O2 = SiO2 + 2H2O
2H2 + O2 = 2H2O
2ZnS + 3O2 = 2ZnO + 2SO2
|
Peroksidlar:
2Na+O2=Na2O2
2K+O2=K2O2
Olinishi:
Laboratoriya usulida: 4МnO2 2Mn2O3 + O2
4CrO3 = 2Cr2O3 + O2
2KClO3 = KCl
CaOCl2 = 2CaCl2 + O2
2KMnO4 = K2MnO4 + MnO2 + O2
5H2O2 + 2KMnO4 + 3H2SO4 = 2MnSO4 + K2SO4 + O2 + 8H2O
Sanoatda havodan va suvni elektroliz qilib olinadi.
OZON - О3
Ozonni 1785 y. Van-Marum kuzatgan. 1840 y. Jenbey uni yangi element deb hisoblagan. Toza ozon 1922 y. nemis ximigi Razenfold va Jvab tomonidan olingan.
Ozon havo rangli, xarakterli hidi bor gaz. Тsuyuq = - 251,5оС. Тqayn = -112oC. d = 1,62
2О3 = 3O2 + 92,0 kJ endotermik parchalanish.
[O2*O] + 2е -= О2 + О2-
Hg + O3 = HgO + O2
2Ag + O3 = Ag2O + O2
PbS + 4O3 = PbSO4 + 4O2
2Kl + O3 + H2SO4 = l2 + K2SO4 + O2 + H2
3О2 2О3 Protses 2 bosqichda ketadi.
1. О2 + h = O + O2
2. K + O3 = KO3 ozonid
Ozon ko’p konsentratsiyada 10-4 mg/l odam organizmiga yomon ta’sir qiladi. Undan suvni sterillash uchun ishlatiladi, chunki u bakteriyalarni o’ldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |