Navlar hosildorligi qishloq xo`jaligida nav hosildorli-gini oshirishda mustaqil omil sifatida namoyon bo`ladi. Ishlab chiqarishga tadbiq etilayotgan yangn navlar mavjud navlardan hosildorligi bo`yicha ustun turishi kerak. Nav hosildorligi uning genotipi bilan birgalikda o`sish sharoitlariga ham bog`-liqdir. Hosildorlikni aniqlashda nav xususiyatlaridan eng mu-himi uning unumdorligi va chidamliligidir. Nav unumdorligi o`sish muhitidan to`la foydalangan holda yuqori hosil berish qobiliyatidir. Chidamlilik - tashqi noqulay sharoitlarga bo`lgan bardoshliligidir. Nav hosildorligi unumdorlik bilan chidam-lilik xususiyatlarining bir-biri bilan bo`lgan munosabatlari-dan kelib chiqadi. Nav past haroratlarga, qurg`oqchilikka, shamol-ga, bahor ayozlariga, kasallik va zararkunandalarga qancha chidam-li bo`lsa, hosildorli shuncha yuqori bo`ladi. Yuqori unumdorlikka ega bo`lgan nav boshqa muhitda noqulay sharoitlarga chidamsiz bo`lsa kam hosilli bo`ladi.
Navlarning o`zini o`zi changlab olish qobiliyati. O`zini o`zi changlab meva, urug` beradigan navlar o`zini changlovchilar, faqat chetdan changlanib meva, urug` beradigan navlar esa o`ziga bepusht deyiladi. Chetdan changlanadigan navlar tanlash xususiyatiga ega bo`ladi, ya’ni har qanday begona nav changlovchi bo`lavermaydi. Buning uchun ularning biologik muvofiqligi zarur.
Navlarniig o`zini o`zi changlash qobiliyatini aniqlash va changlovchi navlar tanlash mevachilikda katta ahamiyatga ega. Nav o`rganishda bu muhim xo`jalik xususiyat hisoblanadi. Olma, nok, o`rik, gilos va boshqa meva ekin navlarining aksariyat qismi o`zini-o`zi changlash qobiliyatiga ega emas, Shu sababdan bog` tash-kil etilganda asosiy navlarga changlovchi navlar tanlash zarur.
Navlar fenologiyasi. Fenologiya - o`simliklarning tashqi sharoit ta’sirida mavsumiy rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi. Navlarni o`rganishda rivojlanish fazalarining tabiiy sharoitda o`tish xususiyatlarini bilish katta ahamiyatga ega. Bu navlarning vegetatsiya davri davomiyligini, alohida har bir fazasining o`tish muddatlarini va bu fazalarning meteorologik sharoitlar bilan bo`lgan bog`liqligini aniqlash zarur. Ma’lumotlar asosida navning mahalliy sharoitlarga moslashganligi, yorug`likka, issiqlikka, namlik va boshqa omillarga bo`lgan muno-sabatini o`rganish lozim.
Navlarga to`liq ta’rif berilganda ularning kasallik va zararkunandalarga bo`lgan chidamliligi, meva sifati va ba’zi morfologik belgilari ham o`rganiladi. Navlar har tomonlama o`rganilib, ularning asosiy afzalliklari va kamchiliklari ko`rsatiladi. Ularga iqtisodiy baho beriladi va qaysi tuproq-iqlim sharoitlarida rayonlashtirish to`g`risida takliflar ko`r-satiladi.
2. Respublikamizda anor va meva-rezavor ekin navlarining biologikxo`jalik xususiyatlarini o`rganish va sinashning quyidagi bosqich va usullari mavjud:
Dastlabki nav o`rganish yoki batafsil, chuqur nav o`rganish:
Kollektsiyalarda (meva-rezavor ekin namunalari to`plami) nav o`rganish;
Davlat nav sinovi;
Ishlab chiqarishda nav sinash.
Do'stlaringiz bilan baham: |