Savollar:
Selektsiya jarayonining oxirgi natijasi nnma?
Madaniy o`simliklarning kelib chiqish markazlarini ta’-riflang.
Selektsiya ishlari uchun birlamchi material qayerdan olinadi?
Mutagenlar o`simlikka qay tarzda ta’sir ko`rsatadi?
Sabzavot ekinlarining qaysi belgilarn tezpisharlikni aniqlaydi?
5-MAVZU. ANOR EKINLARI SELEKTSIYaSI VA NAVShUNOSLIGI. ANOR EKINLARI SELEKTSIYaSI. UNING BOG`DORChILIKDA TUTGAN O`RNI VA JADALLAShTIRIShDAGI AHAMIYaTI
REJA:
Selektsiya fanining boshqa qishloq xo`jalik va biologik fanlar bilan bog`liqligi.
Seleksiyaning rivojlanish bosqichlari.
3. Anor va meva-rezavor ekinlarining selektsiyasi va urug`chiligi jadallashtirishda navlarning ahamiyati.
Selektsiya fanining boshqa qishloq xo`jalik va biologik fanlar bilan bog`liqligi
Selektsiya yangi navlar ustida izlanishlar olib borar ekan, birinchi navbatda navshunoslik fani bilan chambarchas bog`langan. Yangi navlar olishda birlamchi materiallarning biologik xususiyatlarini, eng muhim xo`jalik belgilarini o`rganish va bilish, ularni mavjud navlar bilan taqqoslash, har xil iqlim sharoitlarda sinab ko`rish lozim. Shuning uchun navlar to`g`risida to`la ma’lumotga ega bo`lmasdan, ularning afzallik va kamchilik tomonlarini bilmasdan turib yangi navlar olish, hamda ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish mumkin emas.
Genetika selektsiya fanining nazariy asosi hisoblanadi. Mevali daraxtlar selektsiyasining yutuqlari selektsiya jarayoni-ning qay darajada genetik qonuniyatlarga asoslanganligiga bog`-liqdir. Yangi nav yaratilishi jarayonining ilk bosqichida dura-gaylash uchun juftliklar tanlashda sistematikaning ahamiyati kattadir. Foydalanilayotgan o`simlik namunalarining qaysi tur, avlodga mansub ekanligini, ularning genetik kelib chiqishini yaxshi bilish lozim.
O`simliklarning yovvoyi ajdodlari foydali, juda muhim xo`jalik belgilarga ega bo`lganligi uchun ulardan samarali foydalanish ham sistematikaga bevosita bog`liqdir.
Fiziologik va biokimyo izlanishlar navlar orasidagi hosildorlik farqini tushuntirib berishda katta rolь o`ynaydi. Shuning uchun o`simliklarning mahsuldorligini aniqlovchi mor-fologik belgilarini uzviy ravishda ularning fiziologiyasi bilan birgalikda o`rganish kerak. N. I. Vavilov ham o`simlik belgilarini fiziologik analiz qilishga katta e’tibor bergan. Bu esa selektsiya ishlarini ham genetik, ham fiziologik asosda olib borishni taqozo etadi.
Meva va sabzavotlarning biokimyoviy tarkibi ham nav qiymatini aniqlaydigan belgilardan biri hisoblanadi. Vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va odam organizmi uchun zarur bo`lgan boshqa biokimyoviy birikmalarga boy bo`lgan navlar olish biokimyo mutaxassislari bilan birgalikda ish olib borishni talab etadi.
Kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar olishda esa fitopatologiya va entomologiya fani yutuqlaridan to`la foydala-niladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |