kurtak uchlaridan foydalanib, ayrim o`simliklarni ko`payti-rish (klonlash), selektsiyada geterozisga mo`ljallab liniyalar olish, virussiz material olish mumknn;
gul kurtaklar, urug`kurtak tugunchasidan foydalanib, uzoq du-ragaylashda «in vitro» urug`lantirish yo`li bilan jinsiy nomuvo-fiqlikni yengish, o`simlikni induktsiyalangan poliembrioniyada kuchaytirish mumknn;
changdon va changdan foydalanib, gaploid o`simlik to`qimalarini olish, gaploid doirada mutantlar hosil qilish va ularni tanlash, gomozigotalar olish mumkin.
murtaklardan foydalannb, uzoq duragaylashda postgam nomuvo-fiqlikni yengish va duragay urug`larni ko`paytirish mumkin;
xujayralardan foydalanib, xujayra doirasida mutantlar yuzaga keltirish va tanlash, suspenzion kulьturalar olish, protoplastlar xoznrlash va ularni ajratib olish, somatnk duragaylashda jpisiy nomuvofiqliknn yengish, irsiy axborot tashuvchilarini (xromosomalar, plastidalar, mitoxondriyalar, DNK ni) boshqa tuzilmalarga ko`chirish mumkin;
kallus to`qimasidan yangn dastlabki material yetishtirish, suspenzion kulturalar yaratish uchun yuqori darajadagi irsiy hilma-hillikdan foydalanishga imkon beradi.
Gen injeneriyasi. Gen injeneriyasi yoki genetik injeneriya, bu ta’sirchan genlarni sintezlash, ya’ni sun’iy ravishda yaratish yoki bir organizmdan genlarni ajratib olib, ularni boshqa organizmlar xujayralariga jo qilish yo`li bilan o`simlik va xayvonlarning irsiy xossalarini ma’lum bir maqsadda o`zgar-tirishdir.
Molekulyar biologiyaning yangi yo`nalishi bo`lmish gen inje-neriyasining vujudga kelishi yot DNK ning boshqa organizm xujayrasiga o`tib, usha xujayra geni bilan birika olishi kashf etilishi bilan bog`liq bo`ldi. Gen injeneriyasining nazariy asosi -genetik kodining universalligidir.
Odatdagicha chatishtirish mahallarida genlarning bir orga-nizmdan boshqasiga o`tishi xujayralar vositasida, somatik duragaylashda esa, yadrolar vositasida ro`y beradigan bo`lsa, gen injeneriyasida sun’iy yo`l bilan yuzaga keltiriladigan irsiy elementlar-vektorlar (vektor molekulalar) yordamida ro`y beradi. Genni boshqa yot xujayraga kuchirib o`tkazish transgenez deb ataladi. Sun’iy yo`l bilan sintezlanadigan gen yoki genlar blokini ko`chirib o`tkazish mumkin. Genlarni ko`chirib o`tkazish, ya’ni transgenezning bir nechta usuli ma’lum. Ularning biri viruslar va faglar yordamida transduktsiyalashdir, ayni bir vaqtda bular-ning DNK siga kimyoviy yo`l bilan yoki fermentlar yordamida bir xujayra DNK sining har qanday qismlarini payvandlab qo`yish va boshqa xujayralarga ko`chirib o`tkazish mumkin.
Gen injeneriyasidan foydalanish istiqbollari katta. Chunonchi uning yordamida moddalar almashinuvining buzilishiga aloqador irsiy kasalliklarga davo qilish usullarini ishlab chiqish, atmosfera azotini o`zlashtirish uchun nitrogenaza fer-menti genlariga ega o`simliklarni yaratish yo`li bilan biologik ravishda azotni to`plab borishiga erishish mumkin. Azot to`plov-chi bakteriyalarda ana shunday genlar bo`ladi. Gen injeneriyasi yordamida bir-biridan uzoq turgan o`simliklarni duragaylash imkoniyatlarini ancha kengaytirshp va samaradorligini oshirish mumkin.
5. O`simliklarni baholash usullari. Selektsiya ishining maq-sadi - selektsiya materialining biologik xususiyatlari va sifa-tiga, nazorat qilinadigan belgining turiga qarab o`simliklarni baholashning har hil usullari qo`llaniladi.
Baholash usullari bevosita va bilvosita usullarga bo`linadi. Bevositalari sanab ko`rish (kasalliklarga chalingan o`simliklar sonini), ulchab chiqish (poyasining balandligi, barglarining katta-kichikligini) tarozida tortib ko`rish (mahsuldor organlari, vegetativ qismlari) yo`li bilan bajariladi. Bilvosita usullar qanday bo`lmasin biror murakkab yoki kech ma’lum beradigan belgini birmuncha barvaqt ma’lum beradigan boshqa bir oddiy belgining tabiatiga qarab aniqlab olishga imkon beradi.
Qay tariqa bajarilishiga qarab, baholash usullari ikki guruhga ajratiladi: obьyektiv va subьyektiv usullar.
Baholashning ob’yektiv usullarida o`simlik organ.parining ogirligi, katta-kichikligi, tarkibidagi kimyoviy moddalarning miqdorini bilib olishga imkon beradigan har hil asboblardan yoki sanab ko`rish (masalan, pomidor mevalarida uyalar sonini va birinchi to`pguligacha chiqargan barglarning sonini sanab ko`rish) usulidan foydalanadi. Bunda belgilarning kattaligi fizik bir-liklar: og`irlik, uzunlik o`lchovlari, hisobga olinayotgan organ-larining foiz nisbatlari va miqdori bilan ifodalanadi. Ba’-zi belgilar bir yo`la bir nechta o`lchov miqdorlari bilan ifo-dalanadi (masalan karamboshining qattiqligi, tig`izligi). Uzun-lik o`lchovlari bilan ifodalanuvchi belgilarni baholash uchun (o`simliklarning bo`yi, barg yaprog`ining uzunligi va eni, mah-suldor organlarining bo`yi va diametrini) turli o`lchash asbob-lari: chizg`ichlar, shtangentsirkullar va boshqalar ishlatiladi.
Ob’yektiv usullarning yaxshi tomoni shuki, ular yuqori dara-jada aniq bo`ladi, lekin bu usullar sub’yektiv usullarga qara-ganda vaqt va mehnatni ko`proq talab qiladi. Bu usullar selek-tsiya jarayonining so`nggi bosqichlarida, bir kadar tekislab olin-gan kamroq sondagi namunalar sinalayotgan mahallarda qo`llani-ladi.
Baholashning sub’yektiv usullariga sezgi organlari (ko`ruv tuyg`u organlari, maza bilish, xid bilish organlari) yordamida bajariladigan usullar kiradi. Bunda belgilarning nechog`lik ifodalangani to`g`risida ularning qanchalik yaxshi sezilib turganiga qarab fikr yuritiladi.Baholash ishida bir necha kishi ishtirok etayotgan bo`lsa, aniqlik ortadi.
Eng muhim xo`jalik belgilarini baholash usullari Xo`jalik uchun qimmatli bo`lgan eng muhim belgilarni baholashning o`ziga xos tomonlari bor. Belgilarning tabiati, o`simliklarining biologik xususiyatlari va xo`jalikda qanday maqsadlarga ishlatilishiga qarab baholash ishi bir necha usullar bilan olib boriladi.
Hosildorlik - o`sha mintaqada rasm bo`lgan ekish muddatlari va o`simliklarni joylashtirish sxemalariga rioya qilingan xolda solishtiriladigan namunalarning o`sish qalinligi tekislab olingan yuksak agrofon sharoitlarida aniqlanadi.
Ekinning tezpisharligi hosildorligini aniqlash bilan birgalikda belgilanadi. Tezpisharlik ko`rsatkichi hosili ko`p martalab yig`ib olinadigan ekinlarda maysalari unib chiqqani-dan boshlab to birinchi hosili yig`ib olinguncha o`tadigan kunlar soni shuningdek meva tugishidan boshlab hisoblaganda ma’lum davr ichida yig`ib olingan hosilining foizlar hisobidagi miq-doridir.
O`simliklar mahsulotining tovarlik sifatlari ularning qay tariqa ishlatilishi va biologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda belgilanadi.
Saqlab qo`yishga yaroqliligi mahsulotni saqlash jarayonida baholanadi. Har qaysi mahsulotdan olingan namuna tortib ko`-riladi va mazkur ekin uchun tavsiya etiladigan sharoitlarda saq-lanadi. Saqlash jarayonida namunani vaqti-vaqti bilan tortib ko`rib, vaznning qancha kamaygani, tovar mahsulotdan necha foiz qolgani va ballar hisobida kasalliklar bilan qanchalik zarar-langani aniqlanadi. Saqlashga yaroqlilik namunalari ma’lum muddat saqlab qo`yilganidan keyin tovarlik sifatlarini yo`qot-magan mahsulotning foizlar hisobidagi miqdori bilan ifoda-lanadi.
Mexanizmlar yordamida yig`ib terib olishga yaroqliligi - bu bir nechta belgilar majmuasi bo`lib, ularning o`ziga xosligi o`sim-liklarning biologik xususiyatlariga va terim mashinalarining konstruktsiyasiga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |