Anor va meva-rezavor ekinlarining selektsiyasi va urug`chiligi jadallashtirishda navlarning ahamiyati.
Nav inson mehnatining mahsuli bo`lib, u ma’lum irsiy biologik xususiyatlarga, morfologik va muhim xo`jalik belgilar-ga ega bo`lgan madaniy o`simliklardir. O`simliklarning har qan-day navi ma’lum bir xo`jalik ahamiyatiga ega. Shuning uchun ular ma’lum maqsadlar uchun yetishtiriladi. Inson nav ishlab chiqa-rish orqali shu o`simlik turidan samarali foydalanadi, o`zining ehtiyojlarini qondiradi.
O`zbekiston hududida har xil mintaqalar mavjud bo`lib, ular bir-biridai tuproq xususiyatlari, dengiz sathiga nisbatan joy-lashishi, havo haroratining turliligi va boshqa agrometeoro-logik ko`rsatkichlari bilan farq qiladi. Bu esa navlarning mintaqaviy bo`lishini taqozo etadi, chunki navlarning muhim foydali xo`jalik belgilari ma’lum sharoitlardagina namoyon bo`ladi. Navlar mahalliy sharoitlarga moslashgan bo`lishi zarur.
Mevachilikni jadallashtirish navga bo`lgan talabni ham o`zgartirmoqda. Hozirgi paytda jadallashgan texnologiyalarga mos keladigan jadal navlardan bog`lar barpo qilish davr talabi bo`lib turibdi. Buning uchun shox-shabbalarini parvarish qilishga qulay bo`lgan past bo`yli, mexanizatsiyaga moslashgan, agrotex-nik tadbirlarga, ayniqsa organik va mineral o`g`itlarga sezgir, mevasining tannarxi past, samaradorligi yuqori bo`lgan navlar ishlab chiqarilishi lozim. Bundan tashqari texnikadan, ishchi kuchidan bir me’yorda foydalanish, iste’molchilarni muntazam ravishda meva bilan ta’minlash uchun ishlab chiqarishga har xil muddatlarda ketma-ket pishadigan navlar zarur. Shu bilan bir qatorda har xil maqsadlar uchun foydalaniladigan (yangiligida iste’mol qilish uchun, qayta ishlash uchun va h.k.) navlar katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki danakli mevali daraxtlar bahorgi ayozlardan ko`p shikastlanadi. Ishlab chiqarishga kechroq gullaydigan anor, o`rik, shaftoli, gilos, tog`olcha, qishki yaxshi saqlanuvchan olma, nok navlarini tadbiq etish bog`dorchilikda hosildorlikni oshirishga va aholining mevaga bo`lgan talabini to`laroq qondirishga zamin hozirlaydi.
Kasallik va zararkunandalarga chidamli navlar hosildorlikni oshirish va tannarxini pasaytirish bilan bir qatorda ekologiyani muhofaza qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Umuman bog`dorchilikda navning ahamiyati beqiyos bo`lib, respublika meva ekinlari navlar majmuini doimo takomillashtirib borish lozim.
O`zbekiston Respublikasining «Selektsiya yutuqlari to`g`risida» gi qonuni «Nav» tushunchasini quyidagicha ta’riflaydi: «Nav – o`simlik guruhi bo`lib, u nasldannaslga barqaror o`tuvchi, muayyan genotip yoki genotiplar kombinatsiyasini boshqalardan ajratib turuvchi belgilarga qarab aniqlanadi va ayni bir botanik taksondagi boshqa o`simliklar guruhidan bir yoki bir nechta belgilari bilan farqlanadi. Klon, liniya, birinchi avlod duragayi, populyatsiya navning muhofaza qilinadigan ob’yektlaridir». Bu qonunga muvofiq nav quyidagi mezonlarga: yangilik, ajralib turuvchanlik va barqarorlik mezonlariga javob beradigan bo`lsa, unga huquqiy himoya beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |