Agroekotip deb – bir tur yoki turxilga mansub bo`lgan, aniq bir ekologik va ishlab chiqarish sharoitlariga moslashgan, to`g`ri agrotexnika qo`llanganda yuqori hosil hamda sifatli mahsulot beradigan o`simliklar guruhiga aytiladi. Amalda agroekotip deb, ekin turining har bir zonada rayonlashtirilgan yoki istiqbolli hisoblangan navlarga aytiladi.
O`simliklar bilan tashqi muhitning o`zaro munosabatini, ya’ni ekotiplarning shakllanish qonuniyatlarini o`rganadigan fan ekologiya deb ataladi. Ekologik omillar asosan 3 tadir.
1. Atmosfera (yorug`lik, harorat, havo namligi, havodagi kar-bonat angidridining miqdori).
2. Tuproq (fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, suv va tuzlar-ning miqdori).
3. Biotip omillari (kasallik va jonivorlar mavjudligi).
O`simlik turlari namlikka bo`lgan talabiga qarab uch ekotipga
bo`linadi: kserofit, gigrofit, mezofit. Qurg`oqchilikka moslash-gan o`simliklar – kserofitlar, namligi ko`p (ortiqcha) bo`lgan sha-roitga o`rgangan o`simliklar - gigrofitlar, o`rtacha (yetarli) namlik sharoitida yashashga moslashgan o`simliklar esa - mezofitlar deyiladi.
Selektsiyada muvaffaqiyatlarga erishish uchun ekinlarning bir yoki bir necha xillarini turli tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirganda ularning xususiyatlari qanday yuzaga kelishini bilish katta ahamiyatga egadir. Bunda quyidagilarga e’tibor berish ayniqsa muhimdir:
- vegetatsiya davrining davomiyligi, ya’ni o`simliklarni tezp-isharligi;
- rivojlanish fazalarining o`tishi, ya’ni vegetatsiya davri-ning tarkibi (ayrim rivojlanish fazalarini o`tishdagi farqla-nishlar);
- hosilni va uning tarkibini ifodalovchi miqdoriy belg i-lar;
- o`suvchanlik belgilari (poyaning uzunligi, bargning soni,
o`simlikning shikastlangandan so`ng tiklangan darajasi va boshqa-lar;
- qurg`oqchilikka va ortiqcha nam sharoitiga chidamlilik;
- past haroratga – sovuqqa chidamlilik;
- gullash xususiyatlari (ochiq yoki yopiq gulning changlanishi,
harorat va namlikning gullashga ta’siri;
- kasallik hamda zararkunandalarga chidamlilik;
- poyaning yotib qolmasligi, doning to`kilmasligi;
- hosilning bioximik tarkibi (oqsil, qand, kraxmal, moy va
boshqa moddalarning miqdoridagi farqlanishlar);
- muhitning namlik darajasiga bo`lgan munosabati (rivojla-nish tipining kserofil, mezofil yoki gigrofilligi).
Ekin xillarining yuqorida keltirilgan va boshqa ko`pgina biologik xususiyatlar bo`yicha ta’rifi ekologik-geografik gu-ruhlash natijasida beriladi. Ekinlarning har xil geografik sh a-kllari turli sharoitlarda o`sib moslashadi va tanlash yo`li b ilan ekologik xillarga bo`linadi.
Akademik Nikolay Ivanovich Vavilov birinchi bo`lib ekin turlarini ekologik-geografik guruhlarga ajratishning aniq qonuniyatlarini belgiladi. Shu qonuniyatlarga binoan har bir ekologik-geografik guruh ekinlar bir xil tabiiy-geografik sha-roitda vujudga kelgan bo`lib, o`xshash belgilarga egadir. Har bir ekologik-geografik guruh ekinlari bir xil morfologik belgilar va fiziologik xususiyatlarga ham ega bo`ladi.
Selektsionerlar ekinlarni ekologik-geografik jihatdan guruhlab, ularning xilma-xilligiga qarab ish tutadi hamda zarur shakl va navlarni qidirib topadi.Ko`pchilik ekinlar ekologik-geografik jihatdan o`rganilib, ularning kelib chiqishi va o`stirish sharoitlarida shakllangan ekotiplari aniqlangan. Masalan, bug`doyning cho`l, o`rmon -cho`l, o`rmon, G`arbiy Yevropa, tog`li Ozarboyjon, tog`oldi ekologik g u-ruhlari ma’lumdir.
Madaniy o`simliklarni ekologik-geografik negizida o`rganish har xil ekotiplarning shakllanishida tabiiy, sun’iy tanlash va tashqi sharoitning ahamiyatini aniqlash imkoniyatini berdi.
N.I.Vavilov madaniy o`simliklarni tur ichida ekologik-geografik guruhlashning quyidagi sxemasini taklif etdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |