NAZARIY MA’LUMOTLAR
1-MAVZU. KIRISh. SELEKSIYa FANI TARIXI VA AHAMYaTI
REJA:
Kirish.
Seleksiya haqida umumiy tushuncha
Seleksiya tarixi
Keyingi yillarda axolini oziq-ovqat maxsulotlariga, sanoatni esa xom ashyoga bo’lgan talabini qondirish xamda mamlakatimizni eksport saloxiyatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Shu jumladan qimmatbaxo meva-anor anorchilikni rivojlantirish maqsadida anorzorlar uchun yer maydonlari ajratish yangi serxosil maxalliy va istiqbolli navlarni ko’paytirish, anor yetishtirishda ilg’or inovatsion texnologiyalar qo’llagan xolda xosildorligi va sifatini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Oxirgi 5-6 yil davomida Respublikamizda paxta va boshoqli don maydonlari bosqichma-bosqich qisqartirilishi va bu maydonlarga sabzavot poliz, oziq-ovqat – yog‘li ekinlar xamda meva, uzum shu jumladan anorzorlar tashkil qilish kengaymoqda. Birgina Farg‘ona viloyatida yangitdan 2000 gektar maydonga anorzorlar tashkil etildi.
Anor juda ham foydali o‘simlik, bevosita ist’emol qilinishidan tashqari xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlarida ishlatiladi. Uning tarkibida har xil muhim moddalar bo‘lishi bilan birga u xalq meditsinasida. Bo‘yoqchilikda va manzarali o‘simlik sifatida juda qadirlanadi.
Bu esa respublikada meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan korxonalar sonini yanada oshirish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish asosida ularning yalpi ish unumdorligini ko‘tarish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Hozirgi vaqtda yer yuzi aholisi bir sutkada 4,5-5,0 mln tonna ovqat iste’mol qilayotgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda, chunki har bir sutkada tug‘ilish sonini hisobga olsak, bu ko‘rsatkich o‘z-o‘zidan ortib boradi. Mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat muammosini kafolatlangan holda xal etish bo‘yicha turli xildagi, mazmundagi Farmonu-qarorlar qabul qilinib hayotga tatbiq etilmoqda.
Bunda paxta maydonlarini qisqartirish hisobiga boshoqli ekinlar maydonini 50 ming gektarga, hamda sabzavot va boshqa oziqa ekinlar maydonini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Shu farmon asosida birinchi Prezidentning 2009 yil 26 yanvardagi Qarorida ham mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va oziq-ovqat uchun ekiladigan ekinlarni turini kengaytirish, bu asosda aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘la qondirish vazifasi qo‘yilgan.
Xalqimiz anorni mevalarning sultoni deya ataydi. Darhaqiqat, unga sinchiklab qarasangiz toj kiydirilganga o‘xshaydi.
Ona yurt ne’mati, xalqimiz tomonidan sevib is’temol qilinadigan anor qadimdan tabobatda keng qo‘llanilgan. Turli kasalliklarni davolash maqsadida uning mevasi, po‘sti bilan birga daraxtning novdasi va po‘stlog‘i ham ishlatiladi.
Bobur Farg‘ona viloyatining ma’rifatida anor va o‘rik mevasining bisyor bo‘lishini qayd etgan. O‘sha zamonlarda “Abi Samarqand” va “Anori Xo‘jand” iborasi mashhur bo‘lgan. Bobur Marg‘ilonda “Dono kalon” va “Sammon” navli anorlarning shirinligini alohida qayd qilgan.
Bobur keyinchalik Qobul va Odinapurda Samarqand bog‘laridagi kabi anor ektirgan. U kuz faslida anorning sariq rangdagi tovlanishini zavq bilan ta’riflagan. Bek va yaqin a’yonlari bilan anorxo‘rlik qilgan.
Alloma Abu Ali ibn Sino anor po‘stini qon tupirganda, milk qonaganda, me’da kasalliklari (ich ketish, qon aralash ich ketish)da, siydik haydash, tish-milkni mustahkamlashda, yaralarni va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatgan.
Anor subtropik ekinlar turkumiga mansub bo‘lib, tabiatda O‘rta yer dengizi bo‘yi mamlakatlarida, Qora dengiz atrofi yerlarida, Kavkaz ortida, Primore o‘lkasida, Xindistonda, Xitoy va O‘rta Osiyoda tarqalgan.
Yer yuzining anor qishda ko‘milmay parvarish qilinadigan xududlarida balandligi 5-7 m gacha o‘suvchi daraxt-buta qishda ko‘miladigan hududlarda buta holda o‘sadi. Anor yovvoyi holda tabiatda bir ildizdan unib chiqqan bir necha shoxlardan iborat bo‘lgan buta shaklida uchraydi.
Anor o‘simligi O‘zbekiston iqlim sharoitiga mahalliylashtirilgan issiq sevar, sug‘orish suvi va tuproq unumdorligiga talabchan, sho‘rga chidamli ekin. Anor XIX asrning oxirlaridan boshlab Farg‘ona viloyatining Quva tumani xududida keng ekilib kelinmoqda. Bugungi kunda Anor Respublikamizning Farg‘ona, Surxondaryo, Namangan, Qashqadaryo va boshqa barcha viloyatlarda ekilib o‘stirilib kelinmoqda. Surxondaryo viloyatining janubiy tumanlaridan tashqari Respublikamizning barcha viloyatlarida anor qish oylarida sovuqdan ko‘milib, baxorda ochilib parvarish qilinadi.
Mustaqillik yillardan keyin ayniqsa keyingi 4-5 yillarda anorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda anorchilik maktabi ilk bor Quvada tashkil etilib, butun Osiyoda tajriba sifatida o‘rganilgan. Bugungi kunda Quva tumanida 470 ta fermer xo‘jaligi 1 ming 800 gektar maydonda anor yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Anorchilikni rivojlantirishda serxosil maxalliy navlar bilan bir qatorda kasallik va zararkunandalariga va noqulay ob-xavo sharoitlariga chidamli va xosildorligi yuqori hamda mevasining sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan chet navlarini intraduksiya qilish, anorchilikka ilg‘or fan-texnika yutuqlarini – inovatsion texnologiyalarni joriy qilish amalga oshirilmoqda.
Anorchilik Farg‘ona sharoitida o‘zining istiqbolli dehqonchilik sohasi ekanini amalda isbotladi. Chunki sho‘rga chidamli bu ekin turi har bir xonadonning tomorqasida mavjud. Bir tup anordan 40 kilogrammdan 80 kilogrammgacha hosil berishini hisoblaganda bu tabiat in’omi qanchalik serdaromad ekanini anglash qiyin emas. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, u boshqa mevalarga qaraganda uzoqroq saqlanish xususiyatiga ega. Bu ham anorning xaridorgirligini ta’minlaydi, albatta.Anor 200 (300) yilgacha umr ko‘rishi mumkin.
Sifatli oziq-ovqat tayyorlash avvalambor xom-ashyo tarkibida bo‘lgan va mahsulotga qo‘shilgan kimyoviy moddalar turlarini, tarkibini, tuzulishini, olinish usulini hamda texnologik va organizmda xazm bo‘lish jarayonlaridagi o‘zgarishlarga uchrashi mumkinligini bilib olishga bog‘liq. Ma’lumki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil holda aholini yil bo‘yi sifatli turli xil mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hol qilib bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaliq mahsulotlarini yig‘ish, tashish, saqlash va qayta ishlashni ilmiy tashkil qilinsa bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribaga suyanib ish ko‘rilsa mahsulotning isrof bo‘lishi ancha kamayadi. Hozirgi vaqtda mahsulotni uzoq vaqt saqlashga imkon beradigan takomillashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqilgan. Bu borada kimyo, fizika, biokimyo, biotexnologiya, biofizika, fiziologiya, o‘simlik-shunoslik, mikrobiologiya va boshqa bir qator fanlarning yutuqlaridan ijodiy foydalanilmoqda.
Meva va sabzavotlarni qayta ishlash usulini mahsulotning turiga, naviga, yetishtirilgan regioniga, ularning kimyoviy tarkibiga va boshqa bir qator ko‘rsatkichlarga qarab tanlanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach dastlabki kunlaridan boshlab kichik va o‘rta biznesga keng yo‘l ochib berildi. Yurtimizga ko‘plab chet el investorlari jalb qilindi.
Anor navlarini o’rganish o’tgan asrning 20 yillaridan keyin boshlangan. Ozarbayjon quruq subtropik o’simliklar stantsiyasida 1932-1939 yillar mobaynida Zakavkaze, O’rta Osiyo respublikalari, Dog’iston va Qrimda anor o’simliklari bo’yicha tadqiqotlar o’tkazildi. 1935 yildan boshlab quruq subtropik o’simliklar ilmiy-tadqiqot institutida ushbu o’simlikning O’rta Osiyoga mansub navlarini va ularni o’stirish usullarini o’rganish davom ettirilgan.
Nikitski botanika bog’i, Dog’iston mevachilik stantsiyasi va boshqa ilmiy muassasalarda mahalliy sharoitlarda anor o’simligi keng ko’lamda sinab ko’rildi. Qulay sharoitlar mavjudligi sababli O’rta Osiyo respublikalarida anorning turli xil navlari o’stirilmoqda.Keng ishlab chiqarish sharoitlarida ko’paytirishga anorning quyidagi navlari tavsiya etilgan.
Respublikamizda anorning 40 dan ortiq navlari bor. U O‘zbekistonning deyarli barcha tumanlarida o‘stiriladi. Tabiiy holda o‘suvchi anorlar O‘zbekistonning janubiy tumanlarida uchraydi.
Anor o’simligi qadimdan ekib kelingan eng mashhur tropik va subtopik o’simliklar qatoriga kiradi. Ushu o’simlikka Ispaniyada katta qiziqish uyg’otgan va keng hududlarga ekib kelingan (Lanskiy va Nyuman, 2007). Ispaniya Yevropada asosiy anor ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi mamlakatlardan biri sanaladi. Ispaniyada anor yetishtiruvchi maydon janubiy-sharqiy qismda joylashgan.
Seleksiya yangi navlar yaratish to‘g‘risidagi fan bo‘lib, «tanlash», «ajratib olish» ma’nosini bildiradi.
Haqiqatdan ham o‘simliklar seleksiyasining ilk davrlarida inson o‘z talab- ehtiyojlariga muvofiq keladigan shakllarni faqat tanlash yo‘qi bilan tabiatdan ajratib olgan. Xozirgi paytda «seleksiya» so‘zi ancha keng ma’noni bildirib, zamonaviy ilmiy usullar bilan yangi navlar yaratish va mavjud navlarni yaxshilash ustida ish olib boradigan ilm-fan sohasini ifodalaydi.
Nav deb ma’lum irsiy biologik hususiyatlarga, morfologik va muxim xo‘jalik belgilarga ega bo‘lgan madaniy o‘simliklarga aytiladi, nav inson mehnatining ma’sulidir.
O‘simliklarning har sanday navi ma’lum bir xo‘jalik ahamiyatiga ega. Shuning uchun u ma’lum maqsadlar uchun yetishtiriladi. Inson yangi nav yaratish orqali shu o‘simlik turidan samarali foydalanadi, o‘zining ehtiyojlarini qondiradi.
Yangi meva ekinlari navlari tez hosilga kiruvchi, muntazam yuqori hosil beruvchi, mevalarining ta’mi va tovarlik hususiyatlari yuqori, k;ishga, sovuvda, kasallik va zararkunandalarga chidamli, xar xil muddatlarda yetiladigan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston hududida har xil mintaqalar mavjud bo‘lib, ular tuproq; hususiyatlari, dengiz sathiga nisbatan joylanishi, xavo haroratining yigindisi va boshqa agrometeorologik ko‘rsatkichlar bilan bir-biridan fars k;iladi. Bu esa navlarning mintaqaga xos bo‘lishini taqoza qiladi, chunki navlarning muhim foydali xo‘jalik belgilari ma’lum sharoitlarda namoyon bo‘ladi. Navlar mahalliy sharoitlarga moslashgan bo‘lishi zarur.
Mevachilikni jadallashtirish navga bo‘lgan talabni ham o‘zgartirmovda. Xozirgi paytda jadal texnologiyalarga mos keladigan jadal navlardan bog‘lar barpo qilish kerak. Shox- shabbalari parvarish qilishga kulaylik tug‘diradigan past bo‘yli, mexanizatsiyaga moslashgan, agrotexnik tadbirlarga, ayniqsa organik va mineral ugitlarga sezgir, mevasining tannarxi past, yuqori samarador navlar yaratish kerak. O‘zbekistonda kuchsiz o‘sadigan (spur tipidagi) navlar istisbolli hisoblanadi.
Mevalar odam organizmi uchun zarur vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar manbaidir. Shuning uchun navlar hosildor, tovar va ta’m afzalliklariga ega bulish bilan bir qatorda, biologik aktiv moddalarga boy, parxezlik va shifobaxsh sifatlari yuqori bo‘lishi zarur. Yangi navlar yaratishda mevasining biokimyoviy tarkibiga katta e’tibor beriladi.
Texnika va ishchi kuchidan bir me’yorda foydalanish, iste’molchilarni muntazam ravishda meva bilan ta’minlash uchun ishlab-chiqarishda hosili xar xil muddatlarda, ketma- ket yetiladigan navlar yaratilishi lozim.
Shu bilan bir qatorda turli maqsadlar uchun foydalaniladigan, ya’ni xo‘lligicha iste’mol qilinadigan, shuningdek, qayta ishlashga yaroqli bo‘lgan navlar kerak.
O`simliklar selektsiyasi dehqonchilikning ilk davrlaridapaydo bo`lgan. Qadimiy yunonlar, rimliklar va xitoyliklar dehqoichilikda ishlatiladigan o`simlik shakllarini tanlashyo`li bilan takomillashtirib borishgan. Ularningmuhim xo`jalik belgilarini saqlash maqsadida o`simliklarniko`paytirishgan.O`simliklar selektsiyasi, shu jumladan meva ekinlariselektsiyasi ham o`z tarixida bir necha bosqichni bosib o`tgan.Birinchi bosqich «oddiy» (ibtidoiy) selektsiya davri. Bubosqich neolit davrida boshlangan va «tanlash» jarayoni insonning faqat kundalik extiyojlarini qondirish uchunginaolib borilgan. Ma’lum bir nav yaratish maqsadi bo`lmagan.Tabiatdagi mevali va rezavor mevali o`simliklarning engyaxshi shakllari tanlanib ko`paytirilgan. Keyinchalik,dehqonchilik rivojlangan sari tanlash ancha ongli ravishdaolib boriladigan bo`ldi.
Madaniy o`simliklarning ba’zi turlari, arxeologik ma’lumotlarga ko`ra, inson tomonidan tosh asrida yetishtirila boshlagan. Bu davrda mevali o`simliklarning ajoyib namunalari yaratildi.
Jamiyatning rivojlanishi, dehqonchilik madaniyatiningo`sishi tanlash jarayonini ancha takomillashtirdi. Usimlikturlari va shakllari o`rtasidagi farqni odamlar yaxshi bilib,ulardan foydalanish imkoniyatlarini tushunib olganlaridankeyin sun’iy tanlash ancha yuqori bosqichga ko`tarildi. Budavrda sun’iy tanlash ma’lum bir maqsadga qaratilganbo`lib, umumiy tus oldi, va yangi navlar yaratishda «xalq selektsiyasi» bosqichi boshlandi. Bu bosqich bir nechta davrni uzichiga oldi va hozir ham davom etib kelmoqda. Dunyoning qadimiy dehqonchilik mintaqalarida xalqselektsionerlari tomonidan mevali o`simliklarning judako`p navlari yaratildi. Ayniqsa Markaziy Osiyo, Kavkaz orti, Rossiya va Ovro`paning ba’zi davlatlarida meva o`simliklariselektsionerlari katga yutuqparga erishdi. Har bir iqlimsharoiti uchun shunga moslashgan navlar yaratildi va ularumumiy nom bilan «mahalliy navlar» yoki «jaydari navlar»deb atala boshladi. Olmaning Antonovka va Borovinka (Rossiya), Litva pepini (Litva), Kandilь Sinap (Qrim), Sari trush (Ozarbayjon), nokning Xecheguri va Uzun Armud (Gruziya), BilьdirgimBudum (Armaniston), Basskaya Zimnyaya (Latviya), Aleksandrovka va Glek (Ukraina), Axmad qozi (Ozarbayjon), Sari armud (Qrim), Royalь zimniy (Italiya), Panka (Germaniya), Ledyanka (Moldaviya), Tonkovetka (Rossiya), o`rikning Akban va Yerevani (Armaniston), Musa va Xonobax (Dog`iston), Alipriala (Gruziya)va boshqa ko`pgina mahapliy navlari hozirgi kungacha o`zqiymatini saqlab, bog`dorchilik va selektsiyada katga ahamiyatga ega bo`lib qolmoqda.
Jamiyatda ishlab-chiqarish kuchlari va sanoatning rivojlanishiyangi bozorlar paydo bo`lishiga, mevaga talabning kuchayishiga olib keldi. O`sib borayotgan sanoatni xom-ashyo, xalqni meva bilan ta’minlash zaruriyati mevachilikni ancharivojlantirdi.
XVIII asr oxiri va XIXasr boshlarida Ovro`po mamlakatlarida kapitalizmning rivojlanishi o`simliklar selektsiyasi, jumladan mevali ekinlar selektsiyasi, oldiga yangi vazifalar qo`ydi. Qayta ishlash sanoati va bozor talablariga javob beradigan navlar yaratilishi kerak edi. Bu davrda «sanoatselektsiyasi» vujudga kelib, selektsiya fani o`zining rivojlanishida yana bir bosqichga ko`tarildi. Ko`p selektsionerlarning faoliyati tufayli yangi nav yaratishga oid ma’lumotlar to`plandi. Ayniqsa bozor raqobatiga chidamli yangi-yanginavlar yaratildi.
Belgiya olimi J.B.Van Monsa (1765-1842), tabiiy changlanish natijasida olingan mevali daraxt uruglarini ekib, hosilga kirgan nihollarning eng yaxshisidan urug` oldi va bujarayonni bir necha avlod davomida takrorladi. Shu usul bilanmevali daraxtlarning eng yaxshi shakllari tanlab olinardi.Ingliz olimi T.E.Nayt (1759-1838) sun’iy chatishtirishusulini qo`llab, olma, nok, olxo`ri va qulupnayning yangi navlarini yaratdi. Bu davrda meva ko`chatzorlari tashkil qilinaboshladi.
XIX asr o`rtalarida darvinizmning paydo bo`lishi mevaekinlari selektsiyasining rivojlanishida katga rolь o`ynadi.Ch.Darvining (1809-1882) evolyutsion ta’limoti yangi navlaryaratish uchun ilmiy asos bo`ldi. Ch.Darvin ta’limotiga asoslanib, meva ekinlari selektsiyasida amerika selektsionerolimi L.Berbank (1849-1926) katta yutuqlarga erishdi.L.Berbank yangi navlar yaratishda tanlashga ayniqsa kata e’tibor berdi. Meva ekinlari selektsiyasida birinchi bo`libuzoqdan chatishtirish usulini qo`lladi. Olim tomonidan mevaliekinlarning xaridorlar talabiga javob beraoladigannavlari yaratildi. Uning yaratgan olxo`ri navlari nafaqatAQShda, balki boshqa davlatlarda ham keng tarqaldi.Ch.Darvin ijodida o`zgaruvchanlik va irsiyat haqidagi ta’limotalohida o`rin tutadi. Bu ta’limot va Mendelь kashf etganqonuniyatlar asosida XX asr boshlarida genetika fani vujudga keldi va u o`simliklar selektsiyasi uchun nazariy asosbo`ldi. Shu bilan bir qatorda biologiyaning boshqa sohalaridagiijobiy ilmiy izlanishlar natijalari ayniqsa o`simliklarsistematikasi, botanikasi va tsitologiyasining yutuqlari vamikroskopik texnikaning rivojlanishi XX asr boshidao`simliklar selektsiyasini yuqori bosqichga-«ilmiy selektsiya»davriga ko`tardi.
Meva ekinlari selektsiyasi nazariyasiga va amaliyotigakatga hissa qo`shgan olimlardan biri I.V.Michurindir (1855-1935). Olim kerakli xo`jalik belgilari va xususiyatlarga egabo`lgan yangi navlar yaratib, selektsiya jarayonini ilmiy asosdaboshqarish mumkinligini isbot etdi. Uning geografikjihatdan uzoq joylashgan o`simlik shakllarini chatishtirishva dominant belgilarni mevali ekinlar ontogenezida, belgiva xususiyatlarining shakllanish jarayonida boshqarishto`grisidagi ta’limoti, nav va shakllarni yaratishdaqo`llangan yangi usullari mevali o`simliklar selektsiyasiningrivojlanishiga katga hissa qo`shdi.Ota-ona juftlarini tanlash uslubining ishlabchiqilmaganligi selektsioner xohlagan belgilarga ega bo`lgannav yaratish imkonini bermas edi. Shuning uchun I.V.Michurinchatishtiriladigan juftlarni tanlashda akklimatizatsiya,ya’ni iqlimlashtirish muammolariga ham katga e’tibor berib,bu sohadagi bilimlarni ancha boyitdi.
I.V. Michurin va ko`pgina shogirdlarining ijodiymehnati tufayli yarim asr davomida mevali va rezavor mevaliekinlarning 300 dan ortiq nav va duragaylar jumladan,hosildor, meva sifati yuqori, sovuqqa chidamli olma, nok vaboshqa meva ekinlari navlari yaratildi.Qishloq xo`jaligi ekinlari selektsiyasining rivojlanishigakatga hissa qo`shgan olimlardan biri N.I.Vavilovdir(1887-1943).
XIX asr oxirlarida navga bo`lgan talab yana kuchayib, navyaratishda yangi muammolar vujudga keldi. Selektsiya jarayoniniilmiy asosda boshqarish biologiya va qishloq xo`jaligifanlari yutuqlari bilan to`la bog`liqligi namoyon bo`ldi.
Madaniy o`simliklarni to`plash va o`rganish bo`yicha Rossiyada 1894 yilda tashkil topgan «Amaliy botanika byurosi» 1924 yilda «Amaliy botanika va yangi ekinlar institugi»gaaylantirildi.
Bu institut o`simliklarning genetik resurslarinito`plash, o`rganish va saqlash bo`yicha keyinchalik jahon markazibo`lib qoldi. 1930 yilda institut Butunittifoqo`simlikshunoslik institutiga aylantirilib, sobiq Itgifoqning turli mintaqalarida tajriba stantsiyalari barpoetildi, jumladan O`zbekistonda ham Urta Osiyo tajribastantsiyasi tashkil topdi. N.I.Vavilov shu institutda samaraliijod qilib, jahon qishloq xo`jaligi fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shdi. N.I.Vavilovning ilmiy faoliyatiko`p qirrali bo`lib, uning jahon o`simliklar resurslarinijamlash, bularni qishloq xo`jaligi fani va ishlab-chiqarishiextiyojlariga safarbar qilishga doir ishlari shu faoliyatning eng muhim tomonlaridan biri edi. U, 50 dan ortiq mamlakatlardabo`lib, juda ko`p o`simliklar namunalarinito`pladi. Bular jahon o`simliklar resursi to`plamining negizi bo`ldi.Uning «O`simliklarning yuqumli kasalliklarga tabiiyimmuniteta», «O`simliklarning irsiy o`zgaruvchanligidagomologik qatorlar qonuni» va «Madaniy o`simliklarningkelib chiqish markazlari» va boshqa bir qator mukammal asarlari o`simliklar selektsiyasida ishlatiladigan birlamchi materiallarning genetik asosini boyitdi va selektsiyaningyanada rivojlanishiga olib keldi.
O`zbekistonda mevali ekinlar selektsiyasi bir necha asrlik tarixga ega. Tabiatdan mevali ekinlarning eng yaxshishakllarini tanlash, ko`paytirish va ulardan foydalanishmahalliy xalq tomonidan dehqonchilikning ilk davrlaridaboshlangan.
Z.M.Bobur (1483-1530) o`zining «Boburnoma»sidaMarg`ilon anorlari, Andijon o`riklari va Samarqand olmalari to`grisida yozib, ularning juda yuqori sifatli ekanliginiqayd etgan.
Respublikamiz hududi madaniy o`simliklarning kelibchiqish markazlaridan biri - O`rta Osiyo markazida joylashgan.
Markaz mevali va rezavor mevali ekinlarning yovvoyiturlariga boy. Iqlim sharoitining qulay bo`lishi tabiatdamevali ekinlarning shakllanishini, yangi shakllarining paydo bo`lishini tezlashtirdi. Shu sababdan O`rta Osiyoda, jumladan,Uzbekistonda ham dunyoning boshqa mintaqalarigaqaraganda mevali ekinlar selektsiyasi jadal sur’at bilanrivojlangan.Bu yerda xalq selektsiyasi juda katga yutuqlarga erishdi.Xalq selektsionerlari tomonidan yaratilgan navlarningba’zilari necha yuz yillar davomida ekib kelinmoqda. O`rikning Ko`rsodiq, Jaupazak, Mahtobi, Mirsandjali, Xurmoy, Subxoni; olxo`rining Qora olu, Ko`k sulton; gilosning Qora gilos, Savri surxoni; behining Non behi, Turush;olmaning Oq olma, Qizil olma, Charxiy; nokning Dilafruz,Kuz nashvati, Kadu nok, Kulola; anorning Achchiq dona, Oqdona, Qozoqi anor, Qizil anor; anjirning Qora anjir, Sariq anjir navlari hozir ham o`z qiymatini yo`qotgani yo`q.Ular mahalliy sharoitga yaxshi moslashgani, muntazam ravishdahosil berishi va boshqa muhim xo`jalik belgilarga egaekanligi bilan selektsiyada birlamchi material sifatidaalohida o`rin tutadi. Ba’zilari hozirgi kungacha mevaliekinlar majmuiga kirib, katta maydonlarda ekilib kelmoqda.Lekin XIX asr oxirigacha mevali ekinlar selektsiyasioddiy usul bilan olib borildi.1908 yilda Toshkentda Turkiston qishloq xo`jaligi tajribastantsiyasi tashkil etilishi mevali va rezavor mevaliekinlar sslektsiyasini ilmiy asosda olib borishga imkonyaratdi.
Stantsiyada mevali ekinlarning chetdan keltirilgan vamahalliy navlarini sinash, ulardan eng yaxshilarini tanlashva ishlab-chiqarishga tadbiq etish bilan bir qatorda yanginavlar yaratish ustida ham ilmiy ishlar olib boriladi.
O`rta Osiyo madaniy o`simliklari, shu jumladan mevaliekinlari resursini o`rganishga N.I. Vavilov katga hissaqo`shdi. U 1916-1926 yillar davomida O`zbekiston, Turkmanistonva Tojikistonda mahalliy navlar va yovvoyi turlarto`plash bo`yicha samarali ish olib bordi.
Mevali ekinlarning yovvoyi turlari 1929-1935 yillardaM.G. Popov, K.F. Kostina, A.M. Poyarkova, P.A. Baranov, A.I.Raykova, N.P. Gorbunov, P.M. Yakovlev va boshqa olimlartomonidan har tomonlama o`rganilib, ularning selektsiya uchunmuhim xo`jalik belgilari aniqlandi.1950-1960 yillarda mevali ekinlarning mahalliy navlariva yovvoyi ajdodlarini to`plash va o`rganish bo`yicha ilmiyishlar davom ettirildi. A.S. Tuz, D.I. Tupitsin, N.V. Kovalev,S.S.Kalmыkov, G.V. Monaxov, E.N.Lomakin,K.I.Baymetov va boshqalar Urta Osiyo togli rayonlarida vadehqonchilik mintaqalarida selektsiya uchun zarur belgilargava xususiyatlarga ega bo`lgan namunalar to`plashdi. Bu izlanishlar natijasida mevali ekinlar mahalliy turlari va navlarining kelib chiqishi, tasnifi (klassifikatsiyasi), sistematikasi va ko`p shaklliligi (polimorfizi) aniqlandi va bu selektsiyaning yangi yo`nalishlarini belgilabolishga yordam berdi.
1948 yili Turkiston qishloq xo`jaligi tajriba stantsiyasiasosida P.P. Shreder nomidagi bog`dorchilik, uzumchilikva vinochilik instituti tashkil etildi. Toshkent, Samarqand,Farg`ona vodiysi va boshqa viloyatlarda to`plangan mahalliynavlar selektsiya uchun ishlatiladigan birlamchi materiallarni boyitdi. Selektsiya ishlari ancha keng ko`lamda olib borilaboshladi. Hozirgi paytda institut respublikamizda mevaliva rezavor mevali ekinlari bo`yicha selektsiya markazihisoblanadi. Respublikamizning har xil mintaqalarida buinstitutning filiallari va tajriba stantsiyalari bor.Mevali va rezavor mevali ekinlari selektsiyasini jadallashtirish, samaradorligini oshirishda 1924 yil tashkiletilgan N.I. Vavilov nomidagi Butunittifoqo`simlikshunoslik institutining O`rta Osiyo tajriba stantsiyasi(hozir O`zbekiston o`simlikshunoslik ilmiy tadqiqotinstituti) muhim rolь o`ynadi. Institutning asosiy vazifasio`simliklar namunalarini to`plash, o`rganish va selektsiyamuassasalarini birlamchi materiallar bilan ta’minlashdaniboratdir. Institutning mevali va rezavor mevali ekinlarkollektsiyalarida 5000 dan ortiq namunalari tirik holdasaqlanmoqda. Bular respublikamizda yangi navlar yaratish vadehqonchilikda foydalanilayotgan navlarni yaxshilash asosihisoblanadi.
Keyingi 40 yil davomida Uzbekistan selektsionerlari mevali va rezavor mevali ekinlarning 100 dan ortiq naviniyaratishdi.Respublikamizda va qo`shni davlatlarda P.P. Shreder,V.V. Kuznetsovlarning - olma, A.S. Cherevatenko, T.A. Vdovtseva va K.I.Baymetovning - shaftoli, S. Yagudinaning – rezavormeva, A.K. Pavlov, S.K. Sharipovning - nok, N.V. Kovalevning - o`rik, S.S. Kalmikovning - yong`oq, bodam navlarimashhur bo`lib, bog`dorchilikda katga maydonlarda yetishtirilmoqda.
Nazorat savollari:
1.Anorni halq ho’jaligidagi ahamyati?
2.Seleksiyaning mevachilikdagi ahamyati ?
3.Seleksiyaning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |