2-MAVZU. O’BEKISTONDA SELEKSIYA ISHLARINING ASOSIY YUNASHLARI
REJA:
Selektsiya fanining mazmuni va vazifalari
Selektsiyaning boshqa fanlar bilan bog`liqligi
O‘zbekistonda nav yaratish holati
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish, qishloq xo`jalik fanlari va selektsiyasi oldiga muhim vazifalar qo`ymoqda. Bog`larning hosilga kirish muddatlari, hosildorligi va mevasining sifati, kasalliklar bilan zararkunandalar va noqulay sharoitlarga chidamliligi, umuman, bog`larning samaradorligi navga bog`liq bo`lib, uni tanlashmuhim ahamiyatga ega.
Respublikamiz bog`larida mevali va rezavor mevali o`simliklarning zarur xo`jalik belgilariga ega bo`lgan mahalliy va chetdan keltirilgan navlari o`stirilmoqda.
Qayta ishlash sanoatining rivojlanishi, iqtisodiyotning bozor tizimiga o`tishi navlarga bo`lgan talabni orttirib bormoqda. Shuning uchun mahalliy sharoitlarga moslashgan, xosildor, har xil xo`jalik maqsadlarida ishlatish uchun yaroqli yangi navlarni yaratish, respublikamizda mevali va rezavor mevali o`simliklar navlar majmuini yaxshilash va takomillashtirish - mevachilikning eng dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mevachilikda yangi nav yaratish jarayoni bir yillik o`simliklardan farq qilib davomiyligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari mevachilikda «nav» tushunchasi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ko`chatzorlar va ona bog`lar tashkil etish, duragay nixollarini tanlash, sinash, kupaytirish, ularning xosilga kirish muddatlarini tezlashtirish, morfologik belgilar bo`yicha duragaylarga baho berish va xokazolar selektsioner olimlardan pomologiya, genetika, sistematika, botanika va boshqa fanlardan chuqur bilimlarni talab etadi.
Selektsiya yangi navlar yaratish to`g`risidagi fan bo`lib,«tanlash», «ajratib olish» ma’nosini bildiradi. Haqiqatdan ham o`simliklar selektsiyasining ilk davrlaridainson o`z talab-ehtiyojlariga muvofiq keladigan shakllarni faqat tanlash yo`li bilan tabiatdan ajratib olgan.
Hozirgi paytda «selektsiya» so`zi ancha keng ma’noni bildirib,zamonaviy ilmiy usullar bilan yangi navlar yaratish va mavjudnavlarni yaxshilash ustida ish olib boradigan ilm-fansohasini ifodalaydi.
Nav deb ma’lum irsiy biologik xususiyatlarga, morfologik va muhim xo`jalik belgilarga ega bo`lgan madaniyo`simliklarga aytiladi, nav inson mehnatining mahsulidir.
O`simliklarning har qanday navi ma’lum bir xo`jalikahamiyatiga ega. Shuning uchun u ma’lum maqsadlar uchun yetishtiriladi. Inson yangi nav yaratish orqali shu o`simlik turidansamarali foydalanadi, o`zining ehtiyojlarini qondiradi.
Yangi meva ekinlari navlari tez hosilga kiruvchi, muntazam yuqori hosil beruvchi, mevalarining ta’mi va tovarlikxususiyatlari yuqori, qishga, sovuqqa, kasallik va zararkunandalargachidamli, har xil muddatlarda yetiladigan bo`lishilozim. O`zbekiston hududida har xil mintaqalar mavjud bo`lib, ular tuproq xususiyatlari, dengiz sathiga nisbatanjoylanishi, havo haroratining yig`indisi va boshqa agrometeorologik ko`rsatkichlar bilan bir-biridan farq qiladi. Buesa navlarning mintaqaga xos bo`lishini taqoza qiladi, chunkinavlarning muhim foydali xo`jalik belgilari ma’lum sharoitlardanamoyon bo`ladi. Navlar maxaliy sharoitlarga moslashganbo`lishi zarur.
Mevachilikni jadallashtirish navga bo`lgan talabni hamo`zgartirmoqda. Hozirgi paytda jadal texnologiyalarga moskeladigan jadal navlardan bog`lar barpo qilish kerak. Shox-shabbalarni parvarish qilishga qulaylik tug`diradigan pastbo`yli, mexanizatsiyaga moslashgan, agrotexnik tadbirlarga,ayniqsa organik va mineral o`gitlarga sezgir, mevasiningtannarxi past, yuqori samarador navlar yaratish kerak.
O`zbekistonda kuchsiz o`sadigan (spur tipidagi) navlar istiqbolli hisoblanadi. Mevalar odam organizmi uchun zarur vitaminlar, mineraltuzlar, organik kislotalar manbaidir. Shuning uchunnavlar hosildor, tovar va ta’m afzalliklariga ega bo`lishbilan bir qatorda, biologik aktiv moddalarga boy, parhezlikva shifobaxsh sifatlari yuqori bo`lishi zarur. Yangi navlaryaratishda mevasining biokimyoviy tarkibiga katta e’tiborberiladi.Texnika va ishchi kuchidan bir me’yorda foydalanish, iste’molchilarni muntazam ravishda meva bilan ta’minlashuchun ishlab-chiqarishda hosili har xil muddatlarda, ketma-ket yetiladigan navlar yaratilishi lozim.Shu bilan bir qatorda turli maqsadlar uchun foydalaniladigan, ya’ni ho`lligicha iste’mol qilinadigan, shuningdek,qayta ishlashga yaroqli bo`lgan navlar kerak.Keyingi yillarda O`zbekiston selektsionerlari tomonidanmevali va rezavor mevali ekinlarining juda ko`p yanginavlari yaratildi va respublikada shu ekin navlari majmuini yaxshilash jarayoni boshlandi. Lekin qishloq xo`jaligiishlab-chiqarishi iste’molchilarning talablariga to`la javobberadigan yangi navlar yaratilishini talab qilmoqda.
Respublika selektsioner olimlari oldida hali yechilmagan ko`p muammolar bor. Danakli meva daraxtlari kechki bahor navlaridan ko`pshikastlanadi. Lekin respublika mevali o`simliklar navlari majmuida kech gullaydigan o`rik, shaftoli, gilos, tog`olcha navlari yo`q. Qish oylarida saqlash uchun mo`ljallangan olma,nok navlari zamonaviy talablarga javob bermaydi. Ishlabchiqarishdagi ba’zi navlar, masalan olmaning Renet Simi-renko, Oq Rozmarin, shaftolining - Elberta, Zolotoy Yubileynavlari 70 yildan ko`proq vaqt davomida ekilib kelinmoqda. Nok navlarining ko`pchiligi chetdan keltirilgan, ularmahalliy sharoitlarga yaxshi moslashmaganligi ustiga boshqakamchiliklardan ham holi emas.Respublikamizda meva ekinlarining yangi navlariniyaratishda kelajak yutuqlarimiz selektsiyaning samarali yangiusullarni ishlab chiqishga va selektsiya faniga oid ilmiy-nazariy izlanishlarni rivojlantirishga bog`liqdir. Muhimxo`jalik belgilariga ega bo`lgan madaniy va yovvoyi mevaekinlari turlarining genetik qiymati va yangi navlar yaratishdaularning ahamiyatini o`rganish, selektsiya jarayonidaulardan samarali foydalanish usullarini ishlab chikishlozim.
Navlarning respublikamiz bog`dorchiligi uchun muhimbo`lgan xususiyatlari, ya’ni qish va sovuqqa, qurg`oqchilik vaissiqqa, tuproq sho`riga chidamlilik xususiyatlarining genetik,fiziologik va biokimyoviy asoslarini o`rganish va buxususiyatlarni yangi navda yuqori unumdorlik bilan mujassamlantira oladigan usullarni ishlab chiqish meva ekinlariselektsiyasining eng muhim vazifalaridan biridir.
Meva ekinlari ko`p yillik bo`lgani uchun selektsiyadaduragaylarga eng muhim biologik xususiyatlari jihatidanular hosilga kirguncha baho beraoladigan usullarni yaratishham katta ahamiyatga ega. Bo`lajak navga morfologik belgilarigako`ra baho berish selektsiya jarayonini jadallashtiradi.Bu muammolarning hal qilinishi respublikabog`dorchiligini rivojlantirish bilan uzluksiz bog`liqdir.Bundan tashqari ishlab-chiqarishda qo`llaniladigan mexanizmlar,agrotexnik tadbirlarning takomillashuvi, qishloqxo`jaligi fanlari, qayta ishlash sanoatining rivojlanishinavlarga bo`lgan talabni kuchaytiradi va eski navlar o`rnigayangi navlar yaratishni zarur qilib qo`yadi. Bu jarayon uzluksizdavom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |