Dastlabki nav o`rganish. Pomologik bog`larda yoki ilmiy tad-qiqot institutlarining tajriba xo`jaliklarida olib boriladi. Bu bosqichda yangi selektsion navlar, muhim xo`jalik belgilari bo`yicha ajratilgan mahalliy, chet eldan keltirilgan navlar va klonlar, ilmiy tadqiqot institutlaridan selektsiya jarayonida yaratilgan elita ko`chatlari va nazorat sifatida rayonlashtiril-gan navlar o`rganiladi.
O`rganish natijasida biologik xususiyatlari va xo`jalik ko`rsatkichlari bo`yicha rayonlashtirilgan navlardan ustun turgan navlar davlat nav sinashga beriladi.
Kollektsiyalarda nav o`rganish.Ilmiy tadqiqot institutlari-ning kollektsiyalarida olib boriladi. Kollektsiyada o`rganilayot-gan namunalar tarkibi dastlabki nav o`rganish bosqichidan farq qilmaydi. Faqat bunda tezlashtirilgan usulda namunalarga baho beriladi.
Hozirgi kunda kollektsiyalar nav o`rganishning asosiy bos-qichi bo`lib qolmoqda. Bu yeda keltirilgan dastur bo`yicha kuza-tishlar olib boriladi. Shuning uchun istiqbolli navlarni nav sinash hay’atiga topshirish mumkin.
Davdat nav sinovi.Uning asosiy vazifasi navlarni respub-likamizning har xil tuproq-iqlim sharoitlarida xo`jalik nuq-tai nazaridan sinab ularga qiyosiy baho berish va eng yaxshila-rini ma’lum bir tumanlarda, viloyatlarda yetishtirish uchun tavsiyalar berishdan iboratdir. Navlarni har xil muhitlarda si-nash ularning muhim xo`jalik belgilari to`la namoyon bo`ladigan sharoitlarni aniqlashga imkoi beradi. Natijada ishlab chiqa-rish uchun eng zarur xo`jalik ko`rsatkichlari yuqori bo`lgan navlar tavsiya etiladi.
Navlarning davlat nav sinoviga ilmiy tadqiqot institut-lari yoki jamoa xo`jaliklari taklif qilishlari mumkin. Navlar Davlat nav sinov hay’atiga pasportlari bilan beriladi. Foyda-li xo`jalik belgilari, mahalliy sharoitga moslashganligi va boshqa ko`rsatkichlar bo`yicha nazorat navdan ustun turgan navlar shu mintaqada Davlat nav sinov hay’ati tomonidan rayonlashti-riladi.
Ishlab chiqarishda nav sinash.Dastlabki nav o`rganish va Davlat nav sinov belgilarida biologik - xo`jalik xususiyatlari bo`yicha ajratilgan navlar ishlab chiqarish sharoitida sinaladi. Nav sinashning bu bosqichi asosan ixtisoslashtirilgan bog`dor-chilik xo`jaliklarida yoki tumandagi ilg`or xo`jalikning maxsus dalalarida o`tkaziladi. Navni ishlab chiqarishda sinash haqidagi bilimlarni kengaytiradi, Davlat nav bo`limlaridagi sinov natijalarini to`ldiradi. Keyinchalik bu bog`lardan ona bog`lar sifatida foydalanish mumkin.
3. Davlat nav sinovi hay’ati tomonidan ishlab chiqarishda ekishga tavsiya etilgan nav rayonlashtirilgan nav deyiladi. Respublikamizda har bir viloyat o`zining rayonlashtirilgan nav-lariga ega. Bu navlar yig`indisi rayonlashtirilgan navlar maj-mui deyiladi. Navlarni o`rganish, sinash jarayoni to`xtovsiz davom etib, har yili rayonlashtirilgan navlar majmuiga o`zgar-tirishlar kiritiladi.
Rayonlashtirilgan navlarni ko`paytirishda nav tozaligiga va navni yaxshilash maqsadida klon selektsiyasiga katta e’tibor berilishi kerak. Rayonlashtirilgan navlar ko`paytirilganda elita ko`chatlari yetishtiriladi. Elita – navga xos bo`lgan morfo-logik belgilarga, xo`jalik-biologik sifatlarga ega bo`lgan, yuqo-ri darajada saralangan ko`chatlardir. Elita ko`chatlari virus ka-salliklaridan, karantin va xavfli kasallik va zararkunandalardan xoli bo`lishi kerak.