Agrotexnikasi. Anor ko‘chati eqilganidan keyin birinchi yildan boshlab 3040 sm balandlikda 45 ta asosiy shox qoldirib past bo‘yli daraxt ko‘rinishida yoki 34 asosiy shox qoldirib butasimon shakl beriladi. Har yili qurigan, nimjon rivojlangan, eskirgan ozak novdalar kesib turiladi. Vegetatsiya davrida 610 marta sugoriladi, qator oralari yumshatiladi, begona otlardan tozalanadi, oziqlantiriladi.
Zararkunandalari mevaxorlar, bitlar, kanalar;
Kasalligi novdalar qorasoni.
Ozbekiston Genomika va bioinformatika markazi ilmiy jamoasi osimliklarning sovuqqa chidamliligini oshirish maqsadida olib borgan izlanishlari samarasida Eskimos genlarni topdi. Bu haqda OzA xabar bergan.
"Ushbu genlar model osimlikda sinalganda, ularda sovuqqa, shorxoklikka va qurgoqchilikka chidamlilik belgisi paydo boldi. Hozir anorda klonlanib, sovuqqa chidamli osimlik olish boshlandi.
Maqsad qisqa muddatlarda anorning sovuqqa chidamli navlarini yaratishdan iborat. Ana shunda qish faslida ularning tanasini kommasdan ham mol hosil olinadi".
Mazkur yangilik butun dunyoda katta qiziqish uygotmoqda. Dunyo olimlarini hayratlantirgan bu usulning afzalligi belgilangan genlar faolligini toxtatishdan iborat. Bunda qishloq xojaligi ekinlarining biologik korsatkichlari hosildorlik, ertapisharlik, zararkunanda va hasharotlarga chidamlilikning namoyon bolishida ishtirok etuvchi gen aniqlangandan song kerak bolgan gen faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha toxtatish mumkin.
Masalan, osimlikning pishib yetilish jarayonini sekinlashtiruvchi genlar faoliyatini susaytirib yoki toxtatib, ertapisharlikka erishish yoki, aksincha, ular faolligini kuchaytirib, pishib-yetilishni kechiktirish mumkin. Asosiysi, bunda hech qanday begona gen ishlatilmay, ichki genlar asosida osimlikning biologik potensiali kotariladi.
Shuning uchun bunday texnologiya asosida olingan navlar va mahsulotlar biologik va ekologik jihatdan batamom xavfsizdir.
«Genlarni ochirib qoyish» amaliyotini boshqa qishloq xojaligi ekinlari, jumladan, anor yetishtirishda ham qollash borasidagi tadqiqotlar davom ettirilmoqda.
Genomika va bioinformatika markazida ayni paytda qishloq xojaligi ekinlarining hasharotlarga, shorlanishga chidamliligini belgilovchi boshqa genlarni aniqlash va ular asosida yangi biotexnologik navlar yaratish boyicha ilmiy tadqiqotlar davom etmoqda.
Begona gen ishlatilmay, ichki genlar asosida biologik potensiali oshirilgan osimlik qancha muddatgacha ijobiy xususiyatlarini saqlashi kopchilik uchun qiziqarli, albatta. Unda gen-nokaut texnologiyasining qishloq xojaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli onkologik, nerv tizimi, buyrak va koz kasalliklari hamda qon orqali yuquvchi kasalliklarni davolashdagi imkoniyatlari keng ochib berildi.
Anorning koproq ekiladigan navlari
Kolleksiyalarda anorning 69 navi hisobga olingan. Lekin Ozbekistonda ixtisoslashgan xojaliklarda asosan achchiq dona va qozoqi anor kop ekiladi, qayim anor, qizil anor, oq dona, ulfi va boshqa navlari ham keng tar-qalgan.
Achchiqdona. Jaydari nav. Mevasi 400600 g. Mazasi nordon, sharbati qizil, tarkibida 1516% qand bor. Posti qalin, 5 oygacha yaxshi saqlanadi. Tupi 3035 kg hosil beradi. Fargona vodiysida keng tarqalgan.
Qayim anor Jaydari nav. Mevasi yirik (500700 g). Nordon-xushxor, sharbati qizgish. Tarkibida 1920% qand bor. Postining qalinligi ortacha, martgacha saqlanadi. Tupi 3540 kg hosil beradi. Ozbekistonning hamma viloyatlarida bor.
Qizil anor. Bu ham jaydari nav. Sharbati tarkibida qand 1516%, posti yupqa, uzoq saqlashga chidamsiz.
Qozoqi anor. Xalq seleksiyasi yoli bilan yetishtirilgan. Mevasi 250300 g, ayrimlari 600700 g. Mazasi nordon-shirin, sharbati qizil. Tarkibida 1819% qand bor. Posti qalin, 6 oygacha saqlanadi. Tupi 5060 kg hosil beradi. Toshkent, Andijon, Surxondaryo viloyatlarida keng tarqalgan.
Oq dona (shirin anor) anor. Jaydari nav. Mevasi 250350 g, ayrimlari 500600 g. Mazasi shirin. Sharbati pushti, tarkibida 1921% qand bor. Posti yupqa yoki ortacha qalinlikda, qizgish-pushti, bazisi oq, 23 oy saqlanadi. Tupi 2530 kg hosil beradi. Ozbekistonning kopchilik viloyatlarida ostiriladi.
Ozbekistonning iqlim sharoitlari subtropik iqlimga moslashgan ekinlarni ostirishga mos, qulay keladi. SHular qatoriga anor va anjir ham kiradi. Bu daraxtsimon - butalar azal zamonlardan beri ekilib, Orta Osiyo mamlakatlari, jumladan Ozbekistonliklar uchun bogdorchilikning bir tarmogi bolib qolgan.
Madaniy osimliklar orasida mevali bog daraxtlari turli zararkunadalar bilan eng kop shikastlanadi. Bunga asosiy sabab, uzoq vegetatsiya hamda daraxt tanasining nisbatan yirikligidir. Bu yerda oziqlanish jihatidan turli guruh bogimoyoqli jonivorlarning namunalarini uchratish mumkin: barg, novda. Meva va ildiz zararkunandalari. Umuman, Ozbekiston sharoitida mevali daraxtlarda 300 dan ortiq bogimoyoqli jonivorlar oziqlanadi. Xududimizning iklim sharoiti keskin kontinental xisoblanib, yozning jazirama issigi kishning nisbatan sovuk kunlari bilan almashinishi sababli, ayrim tropik iklimga moslashgan turlar yashay olmaydi. Ikkinchilari esa uz rivojlanishida albatta kishki nokulay sharoitni boshdan kechirish uchun moslashib, diapauza davrini utaydi. Urugli va danakli mevali daraxtlarga zarar keltiruvchi asosiy zararkunandalarni oziklanish turiga karab suruvchi va kemiruvchi guruxlarga axratish mumkin.
Anor (Punica granatum L.) uncha baland osmaydigan butasimon osimlik bolib, asosan mevalari uchun ekib ostiriladi. Ozbekistonda 40 dan ortiq navlari mavjud bolib sovuqga chidamsiz bolganligi uchun asosan qishda komib ekib ostiriladi. Boglarni yoshi hamda navlarga qarab, har gektar bogdan 15-35 ts hosil olish mumkin. Mevalari, tarkibida juda kop biokimyoviy moddalar mavjudligi tufayli, oddiy istemol uchun va tibbiyotda keng ishlatiladi. Ozbekistonda anor ekini keng tarqalgan: uni janubiy xududlardan (Surxondaryo) tashqari, nisbatan shimoliy bolgan Xorazm va Qoraqalpogistonda ham ekishadi. Ammo eng sifatli meva Surxondaryoning Dashnabodida hamda Fargona vodiysining Quva tuman hududlarida yetishtiriladi.
Anor kochatlarini fermer xojaliklari, aholining tomorqa va dala hovlilari sharoitida oson yetishtirish mumkin. Qishloq xojalik ishlab chiqarish sharoitida anor kochatlari asosan qalamchalardan ekib yetishtirish bilan tayyorlanadi. Qalamchalardan yetishtirilgan anor kochatlari qaysi anor tupidan olingan bolsa, osha nav hosildorligi va meva sifati korsatkichlari xususiyatlari ozida toliq saqlanib qoladi. SHuning uchun ham kochat yetishtirish uchun qalamchalar tanlangan navning hosildorligi, mevasining tashqi va ichki tovar sifatiga yani tami, donalarining yirikligi, tashqi tovar korinishi, sharbat miqdoriga kora afzal deb tanlangan navlar tupidan olinadi.
Qalamchalar kuzda anor barglari tokilib bolgandan keyin, yani komish oldidan har tomonlama soglom tanlangan anor tupining hosilli novdalaridan kesib tayyorlanadi. Kesib olingan novdalar yon ingichka shoxchalardan tozalanib, uchi taxminan 6-8 mm dan kam bolmagan qismidan kesib tashlanadi. Kop sonda kochatlar yetishtirishda olingan qalamchalar 50-100 tadan qilib uch joyidan boglanib, boglamga navi, qalamcha olingan joy, tayyorlangan sanasi yozilgan yorliq boglab qoyiladi.
Qalamchalar boglamini qishda saqlash uchun yer osti sizot suvi 2 metrdan past bolgan yerga chuqurligi 0,75-1,0 metr va boglamning uzunligiga qarab kengligi 1,0-1,5 metr bolgan xandaklarga komiladi. Tayyorlangan novdalar boglami ikki-uch qavat taxlanib, qavatlar orasiga 3-4 sm qalinlikda nam tuproq solinadi. Eng yuqori qavatdagi qalamchalar yer sathi bilan baravar bolishi lozim.
Qalamchalar ekiladigan maydon tekis, sugorish uchun qulay, quyosh nuri yaxshi tushuvchi, quruq va sovuq shamollardan himoyalangan bolishi kerak. Bahor va yoz paytlarida sugorish suvi bilan yetarli taminlangan bolishi alohida ahamiyatga ega. Qalamchalar ekiladigan maydonnning tuprogi yengil yoki ortacha zichlashgan unumdor, shorlanmagan yoki kam shorlangan bolishi kerak.
Qalamchalardan kopaytiriladigan daraxt va butalar orasida anor va anjir qalamchalarini ekishda vaqt mezoniga alohida etibor qaratish kerak boladi. CHunki bular erta bahorgi ozgaruvchan havo haroratiga juda sezgir va tasirchan bolib tuproqning 12-15 sm qatlamidagi harorat 10-12 oS bolishi optimal hisoblanadi.
Bunday sharoit Fargona viloyatida 5-10 aprel kunlari oraligiga togri keladi. Qalamchalarni ekish ishlari bundan kechiktirilganda havo harorati kotarilishining keskinlashuvi sababli ildiz otish jarayoni buzilib, qalamchalar tutish foizi kamayib ketadi. Kechikib ekilgan qalamchalardan olingan kochatlar ham sifat jihatdan talabga tola javob bermaydi.
Anor qalamchalari ekish oldidan avvalgi komib qoyilgan joyidan bir kunlik ekish uchun yetarli sonda kovlab olinib, shikastlangan va chirigan novdalar ajratib olib tashlanadi, yaroqli soglom novdalar 20-25 sm uzunlikda otkir boltacha yoki bog qaychisi bilan kesiladi. Tayyorlanayotgan qalamchalarning yuqorigi uchi oxirgi kurtakdan 0,7-1,0 sm, yuqoridan pastki uchi esa kurtak yoki kesib olingan shoxcha ornidan biroz pastdan har ikkalasida ham qiya yonalishda kesiladi.
Qalamcha har ikkala uchining ham qiya xolatda otkir asbobda kam kuch bilan oson kesilganligi tufayli ezilib shikastlanish roy bermaydi, natijada soglom qalamchaning ildiz nishlari oson va tez shakllanadi. Ezilib shikastlanmagan qalamchaning yer yuzasidagi uchida qurish holati sodir bolmay yashovchanligi yanada faollashadi.
Qalamchalarni tayyorlash va ekish jarayonida ayniqsa quyoshli kunda ochiq havoda qolishiga yol qoymaslik kerak. CHunki kesib tayyorlangan qalamchalar tanasidagi zahira namlikni yoqotmasligi ularning kokarishida eng katta ahamiyatga ega. Buning uchun qalamchalar ekilguncha ekish maydonida komilgan holda yoki hollangan mato ostida tutib turilishi maqsadga muvofiq boladi.
Hamma osimliklar kabi, anor butalari ham turli bogimoyoqli hayvonlar tomonidan shikastlanadi. Bu boglanish tarixiy evolyutsion qonuniyatlarga boysunib, vujudga kelgan. Misol uchun, otgan asrda bu masala bilan shugullangan olimlar anorni zararkunandalari sifatida hozirda oz ahamiyatini yoqotgan hasharot va orgimchakkanalarni korsatib otganlar.
Ozbekistonda V.V.YAxontov, Kirgizistonda L.S.Krivosheyeva, Kavkazda B.S.Rozanov, Ozarbaydjonda A.Samedov, Turkmanistonda T.A.Krasilnikova-larning korsatishicha, anorda 30 dan ortiq hasharot va orgimchakkana uchraydi. Bularning ichida qalqondorlardan boshlab, shira, komstok qurti, orgimchakkana va boshqalar mavjud. Ammo anor mevaxori ikkilamchi bir hasharot sifatida korsatilgan. SHuningdek anorni ayrim zararkunandalariga koproq ahamiyat berilgan maqolalar ham kop. Masalan anor shirasiga alohida ahamiyat berilgan; Korchagin, Vanek va b..
Anorga zarar yetkazadigan bargorovchi hasharotlar togrisida D.A. Kole-sova, T.Ryabchinskaya [67], B.Mamirzaev va b. [82] takidlab otganlar.
YUqoridagi malumotlardan anor zararkunandalari hududlar boyicha tarqalishi va qisman zarari qay darajada ekanligi malum. Har bir keltirilgan ishda zararkunandalarga qarshi kurash usul va vositalari takidlab otilgan bolsa ham ular birinchidan toliq emas, ikkinchidan vaqt otishi bilan oz ahamiyatini yoqotib borgan. Hozirgi vaqtda Ozbekistonda asosiy bolib qolgan anor mevaxori togrisida esa juda oz dalillar keltirilgan.
CHunki, keyingi biz tomonimizdan otkazilgan tadqiqotlar natijalari bundan dalolat beradi. Eng oxirgi chop etilgan manbalardan birida anorga koplab qalqondorlar va hatto soxta qalqondorlar hamda orgimchakkana zarar yetkazadi deyilgan. Vaholangki, Fargona vodiysi viloyatlari sharoitlarida bu zararkunan-dalar anorda kamdan kam uchraydi. SHunday ekan, anor zararkunandalarining royxatini qayta korib chiqib, ularning orasidagi asosiylarining biologik hususiyatlarini chuqurroq organib samarali himoya qilish uchun zamin yaratish, ushbu ishning maqsad va vazifalariga kiradi.
Yuqorida qayd etilgan ishlarning barchasida har bir zararkunanda haqida qisqacha axborot berilib, unga qarshi osha paytlarda mavjud bolgan vositalar yordamida umumiy kurash tizimi korsatib berilgan. Vaqt otishi hamda kurash usullari va vositalarga nisbatan ozgargan dunyoqarash oqibatida, bu tavsiyalar amalda oz kuchini yoqotgan. Bundan tashqari, iqlim ozgarishi oqibatida har bir zararkunandaning biologik rivojlanish xususiyatlariga ham ozgarish kirib, ahamiyatsiz bolib qolgan birini orniga ikkinchisini xojalik ahamiyati oshib borgan. Bu jarayonni organish ham bizning vazifalarimizdan orin oldi.
Anor - issiqsevar osimlik, foydali harorat summasi 50000 S ga yetganda undan alo sifatli meva olinadi. Janubiy hududlarda anor dengiz sathidan 1200 m balandlikda, qariyb 700 kun yogingarchilik tushadigan lalmikor yerlarda yetishtiriladi. Anorzor boglar bir yillik kochatlardan barpo etiladi. Anorzor bog barpo etish uchun yer boshqa meva daraxtlar uchun tayyorlangandek, odatdagi usulda tayyorlanadi. Anor sovuq shamollardan himoyalangan va quyosh qizdirib turadigan unumdor qumoq boz yerlarda yaxshi osadi.
Anorning kop navlari otqazilgandan keyin 3-4 yilda hosilga kiradi va 6-7 yildan boshlab toliq hosil bera boshlaydi. 50 yil va undan ortiq hosil berishi mumkin. Tupidan ortacha 25-30 kg gacha hosil olinadi. Anorning osuv davri 180-225 kun. U yorugsevar va namsevar osimlik, lekin nam meyoridan ortiq bolsa, juda osib ketadi va kam hosil beradi. Anor sovuqqa chidamsiz osimlik, shuning uchun kopchilik maydonlarda, u tuproqqa komib ostiriladi.
Yoruglikni yaxshi koradi, quyoshli joyni xushlaydi. YOruglik yetarli bolmagan yerlarda gullamaydi.
Vatani Orta Osiyo, Ozarbayjon, eron va Afgoniston; yovvoyi turlari Orta dengiz atrofi, Orta Osiyoning janubida, Qrim, Kavkaz, eron, Afgoniston, old Osiyo va Dogistonda uchraydi. Ozbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Varganza) tumanlari alo sifatli anorlari bilan mashhur.
Mevasi yirik, dumaloq, qizgish (qizil post) yoki oqish (oq post) bolib, ogirligi 2501000 g keladi. Mevasi 612 uya (xona)li, doni och pushti yoki toq qizil. Tami shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (4060%), tarkibida 1421% qand, 0,39% limon kislota, tanin, vitamin V,S bor. Posti 2950%, doni 1020%ni tashkil etadi. Mevasi, posti, ildiz postlogida 28% gacha oshlovchi moddalar bor. Anordan qandolat va tibbiyotda keng foydalaniladi. Gulbargi va meva postidan boyoq, donidan sharbat tayyorlanadi. YOvvoyisidan limon kislota olinadi. Anor asosan qalamchadan kopaytiriladi. Kollektsiyalarda anorning 69 xil navi hisobga olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |